Toshkent farm atse vtikainstituti
Download 7.28 Mb. Pdf ko'rish
|
dastarbosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atirgulni yetishtirish texnologiyasi
L., Rosa gallica L., atirgullilar - Rosaceae oilasiga kiradi.
Atirgul bo‘yi 1,5-2 m ga etadigan buta. Poyasi sershoxli bo‘lib, tikanlar bilan qoplangan. Bargi toq patli murakkab, 3-5, ba’zan 7 ta bargchadan tashkil topadi. Bargi da qo‘shimcha bargchalar ham bo‘ladi. Gullari yirik, xushbo'y bo1 'lib, qalqonsimon to‘pgulga yoki qalqonsimon ro‘vakka to‘plangan. Kosachabargi 5 ta, tojbargi 25-30 tacha qizii, pushti, ba’zan oq rangga bo‘yalgan. Otalik va onahklari ko‘p sonli. Mevalari yong‘oqsimon, bir urug‘li, gal o‘rni bilan birlashib, qizil rangli, cho‘zinchoq, soxta meva hosil qiladi. Iyun oyida gullaydi. Geografik tarqalishi. Atirgullar , yovvoyi holda uchrainaydi. Atirgul Rossiyada, asosan Gruziya, Moldaviya, Tojikiston, Qirg‘iziston respublikalarida hamda Qrimda, Zakavkazeda va Krasnodar o‘lkasids o'stiriladi. Kimyoviy tarkibi. Gultojbargi tarkibida 0,05-0,075% efir moyi va kratanoidlardan rubiksantin boTadi. Efir moyi ertalab yig‘ilgan gultojbarglardan suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Efir moyi sarg‘ish, xushbo‘y bo‘lib, +15°C temperaturada stearopteni (hidsiz, keraksiz qismi) kristal.1 holida ajraladi. Efir 85 moyining solishtirma ogirligi 0,8368-0,8776, refraksiya soni 1,5571, qutblangan nur tekisligini og‘dirish burchagi - 2,50° -4,25°. Efir moyi tarkibida 50-60% geraniol, 22,6% sitronellol, 10% nerol, 2% gacha feniletil spirti, evgenol hamda sitral, ionil va boshqa aldegidlar b o ‘ladi. Ishlatilishi. Atirgul moyipreparati-AquaRosaefarmatsevtika dorilar hidi va mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi. Atirgul moyi asosan parfyumeriyada qo‘ilaniladi. Atirgulni yetishtirish texnologiyasi Atirgul ra’noguldoshlar (atirgullilar) turkumining xushmanzara o‘simlik sifatida ekiladigan bir qancha turiga xalq tomonidan qo‘yilgan umumiy norn hisoblanadi. Bu turkumning yovvoyi holda o‘sadigan turlari xalqda ra’no, na’matak, gulzavr va itburun nomlari bilan m a’lum. Shulardan ra’no va atirgul so‘zlari oila nomiga asos qilib olingan. Atirgulning yer yuzida 10 mingga yaqin naviari bor b o iib , 0 ‘zbekistonning barcha iqlim sharoitlarida 6 ta remontant, choy-duragay, pero‘nsion, poliant, floribund va chirmashuvchi kabi turlari bor. Atirgulga mansub 340 dan ortiq naviari sug‘oriladigan mintaqamizda ekib kelinmokda. Bu navlar gulining katta-kichikligi, rangi, hidi, poyada o‘mashishi, gullash davri, poyaning tikka yoki ilashib o‘sishi kabi xususiyatlari bilan farq qiladi, fasl bo‘yi uzluksiz yoki takroriy gullab turadigan va poyasi ilashib o‘sadigan xillari ko‘proq ekilib kelinmokda. Atirgulning bizning sharoitimizda asosan payvand qilish yo‘li bilan ko‘paytirishda kerakli atirgul navinmg bitta yoki bir nechta kurtagi avgust oyining oxirlarida payvandtakka (na’matakka) ulanadi. Kelasi yil erta bahorda payvandtak unga ulangan kurtak yuqorisidan kesib tashlanadi va payvandni bog‘lagan chipta bo‘shatiladi. Mavsum davomida bachki shoxchalar 4-5 marta yulib tashlanadi. Payvandli gui 15-20 sm o‘sgandan keyin 86 uning bo‘yiga cho‘zilishiga va muddatidan oldin guliashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Buning uchun payvandi gulning uchi kesiiib, vaqti- vaqti bilan yon shoxlari kisqartirib turilads. Oktyabr oyining oxiri noyabr oyining boshlarida bu payvandlar toTa sbakllangan ko‘chatga aylanadi. Atirgulning ko‘chatlarini unumdor va suv bilan ta’minlangan yerlarga kuzda va bahorda o‘tqaziladi. Bu yerlar oldindan gektar hisobiga 30-50 tonnadan chirigan go‘ng solib 30-35 sm chuqurlikdahaydaladi. Begona o‘tlardari tozalanib tekislab qo‘yilgan bo‘ladi. K o‘chatlar 70 x 70 sm oraliqda o‘tqaziladi. К о‘chat o‘tqaziladigan cnuquming kengligi 30-40 sm, chuqurligi 40-50 sm dan qilinadi. Vegetatsiya davomida atirgul ekilgan maydon 20 martacha sug‘oriladi va 6 martagacha oralari chopiladi. Atirgulning (gulzor) yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun mavsum davomida ikki marta (1 m2 yerga 30 g dan ammoniy nitrat, 20 g dan fosfor va 15 g dan kaliy o ‘g‘iti bilan) oziqlantiriladi. Atirgulni vegetatsiya davomida zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayniqsa un shudringga qarshi oltingugurt kukuni bilan 3 marta dorilash kerak bo‘ladi. Begona o‘tlardan xoli tutiladi. Atirgulning bazi 82 xillarining gulbarglaridan efir moyidan tashqari gulqand va murabbolar tayyorlanadi. SARIMSOQ PIYOZ (SASSIQ PIYOZ) - ALLIUM 8ATIVURN L. Sarimsoq (sassiq piyoz) - Allium sativum L. lolaguldoshlar (piyozguldoshiar) - Liliaceae oilasiga kiradi. Ko‘p yillik, piyozboshli, bo‘yi 20-70 (ba’zan 100) sm ga etadigan o‘i o ‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, silindrsimon bo Tib, taxminan yarmisigacha barg qini bilan o'ralgan. Bargi chiziqsimon, yassi yoki tamovsimon, o‘tkir uchli. Sarimsoq piyozning ba’zi navlarini barg ko‘ltig‘ida piyozchalari boTadi. Gullari oddiy soyabonga to ‘plangan. Soyabon tushib ketadigan bitta bargli qinga o‘ralgan. Gul bandlarining oraiig‘ida mavda piyozchalar bor. Gulqo‘rg‘oni oddiy, 6 ta oq rangli tojbargdan tashkil topgan. Otaligi 6 ta, onalik tugimi uch xonali, yuqori ga joylashgan. Mevasi - ko‘p urug‘li ko‘sak. K o‘pincha meva tugmaydi. Download 7.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling