Toshkent farm atse vtikainstituti
JAG‘-JAG‘ (ACHAMBITI) CAPSELLA BURSA
Download 7.28 Mb. Pdf ko'rish
|
dastarbosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik tarqalishi.
- Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
JAG‘-JAG‘ (ACHAMBITI) CAPSELLA BURSA
PASTORIS MEDIC Jag‘-jag‘ (Achambiti) - Sapsella Bursa Pastoris Medic, karamdoshlar - Brassicaceae (butguldoshlar - Cruciferae) oiiasiga kiradi. Bir yillik, bo‘yi 20-30 (ba’zan 60) sm ga etadigan o‘t o ‘simJik. Poyasi bitta, ba’zan bir nechta, tik o ‘suvchi, shoxlangan yoki shoxlanmagan. Ildizoldi barglari bandli, cho‘ziq lansetsimon bo‘lib, turlicha qirqilgan barg plastinkasiga ega. Poyadagi barglari mayda boiadi. Gullari shingilga to ‘plangan. Mevasi - qo'zoqcha. Aprel oyidan boshlab kuzgacha gullaydi, mevasi iyundan boshlab etiladi. Geografik tarqalishi. Sobiq Ittifoqning uzoq Shimol va cho‘1 tumanlaridan tashqari barcha aholi yashaydigan yerlarda, yo‘1 yoqalarida, o ‘tloqlarda va begona o‘t sifatida ekinlar orasida o‘sadi. Mahsulot Ukraina Respublikasida hamda Volga bo‘yi tumanlarida yig‘iladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot poya, barg, gul va xom meva aralashmalaridan iborat. Poyasi siyrak bargli, shoxlanmagan yoki shoxlangan, qirrali, tuksiz yoki tuklar bilan qoplangan, uzunligi 20-50 sm boTadi. Ildizoldi barglari (agar mahsulotda boTsa) cho‘ziq lansetsimon, band tomoniga qarab torayib boruvchi, kemtik tishsimon qirrali yoki patsimon kesik, ba’zan tekis qirrali boTadi. Poyasidagi barglari mayda, lansetsimon, tekis qirrali boTib, bandsiz ketma-ket o‘mashgan. Gullari oqimtir rangli, shingilga to‘plangan. Kosacha va tojbarglari 4 tadan, otaligi 6 ta, shundan 2 tasi kalta, onalik tuguni 2 xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi teskari uchburchak yoki teskari uchburchak yuraksimon qo‘zoqcha. Mevasining uzunligi 5-8 mm, eni 4-5 mm. Mahsulot kuchsiz, o‘ziga xos hidli boTib, mazasi achchiq. XI DF ga ko‘ra, mahsulot namligi 13%, umumiv kuli 10%, 10% li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 2%, organik aralashmalar 2% va mineral aralashmalar 1% dan oshiq boTmasligi kerak. 176 Butun mahsulot uchun: teshigining diametri 1 mm boTgan elakdan oTadigan maydalangan qismlar 2% dan, ildizidan ajratilmagan poyalar yoki ayrim lioldagi ildizlar, sarg‘aygan barglar va zamburug4 bilan zararlangan o ‘simlik boTaklari 3%, qirqilgan mahsulot uchun: teshigining diametri 7 mm li elakdan oTmaydigan yirik qismlar 10% dan, teshigining diametri 0,5 mm boTgan elakdan oTadigan maydalangan qismlar 10% dan oshiq boTmasligi lozim. 70% ii spirtda yeruvchi ekstrakg moddalar miqdori 10% dan kam boTmasligi kerak. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida gissopin glikozidi, bursa kislota, 0,12% askorbin kislota, vitamin К I, olma, limon, vino, fumar kislotalar, xolin, atsetilxolin, tiramin, inozit, flavonoidlar (uiosmin va boshqalar), saponinlar, oshlovchi hamda boshqa birikmalar boTadi. Ishlatilishi. Jag‘-jag‘ o ‘simligining preparatlari tuqqandan keyin va bachadon kasalliklarida qon oqishini to‘xtatish uchun hamda bachadon zaiflashganda uni tonuslovchi vosita sifatida ishlatiladi. Download 7.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling