Toshkent farm atse vtikainstituti
Download 7.28 Mb. Pdf ko'rish
|
dastarbosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Anissimon (oddiy) arpabodiyon o‘simligini o‘stirish texnologiyasi
verum Hook, daraxti (mognoliyadoshlar - Magnoliaceae oilasiga
kiradi) mevasidan olinadi. Bu o ‘sirnlikning mevasi yulduzsimon anis mevasi (Fructus Anisi stellati) yoki bad’yon nomi bilan oziq- ovqat sanoatida ishlatish maqsadida chet eldan keltiriladi. Anissimon (oddiy) arpabodiyon o‘simligini o‘stirish texnologiyasi Oddiy arpabodiyon yoki oq zira-ukrop hidi anqib turadigan bir yillik yoki ikki yillik o‘simlik boTib, 0 ‘zbekistonda tarqalgan 185 barcha sug‘oriladigan yerlarda yoki lalmikor yerlarda ham o ‘sadigan yorug‘sevar va qurg‘oqchilikka moslashadigan о ‘simlik hisoblanadi. Arpabodiyon uchun haydab ekiladigan va kuzgi ekinlardan bo‘shagan yerlami ajratish tavsiya qilinadi. Arpabodiyon ekiladigan yerlami kuzda haydashdan oldin mahalliy o‘g ‘itlar va superfosfat berib 25-28 sm chuqurlikda sifatli qilib haydab qo‘yiladi. Sizot suvlarimng sathi chuqur va yog‘ingarchilik kam bo‘ladigan yerlarda azot o‘g‘itidan gektar hisobiga 20-30 kg berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Arpabodiyon o‘simligini um g‘larini kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin. Ekishdan oldin yer tekislanadi va begona o‘t qoldiqlaridan tozalanadi. Umg‘ini mart oyining oxiri va aprelning boshlarida tuproq harorati 15-17°S bo‘lganda qator oralari 60-70 sm qilib 1-2 sm chuqurlikda sabzavot seyalkalari bilan gektariga 8-10 kg dan urug‘ sarflab ekiladi. Urag‘lami bir tekis ekilisbi uchun yog‘och qipiqlari, qum yoki chirindiga aralashtirib ekish tavsiya qilinadi. Bahorda ekilgan urug‘lar 6-8 kunda unib chiqadi. Kuzda ekilgan urug‘laming bir qismi sovuq tushguncha unib chiqadi va maysalari to‘pgulbarg tarzida qishlaydi. Saqlab qolingari ekinlardagi maysalaming bir qismi to ‘pgu!barg holatida boMadi va ikkinchi yili gullay boshlaydi. Arpabodiyonni yaxshi o ‘sishi va rivojlanishi uchun uni yaganalash, begona o‘tlardan tozalash va oralariga ishlov berishdan boshlanadi. Birinchi kunlarda maysalaming sekin o ‘sishi kuzatila boshlaydi va begona o ‘tlar orasida qolib ketmasligi uchun yerlami kultivatsiya va yumshatib turiladi. Arpabodiyon zich ekilganda yoki begona o ‘tlar ko'payib ketganda bahor scryomg‘ir kelganda o‘simliklarda zararkunanda va kasallik paydo bo‘lishini oldini olish kerak bo‘lad i. 0 ‘simlik tuplarining zichligi bir metrga 10-15 donadan ortiq bo‘masligi kerak. Birinchi yili o‘simlikning ildiz tizimiga zarar etkazmasdan ehtiyotkorlik bilan qator oralariga ishlov berish tavsiya qilinadi. Tuproqning namligi va o‘simlikning holatiga qarab sug‘orishni tabaqalab o‘tkazish lozim. Mavsum davomida 6-7 marta sug‘oriladi. Arpabodiyon о ‘suv davrida, ayniqsa ildiz tizimining rivojlanish fazasida suvni ko‘proq talab qiladi. Arpabodiyon o ‘simligini maysalar unib chiqqandan keyin 186 ulaming yaxshi rivojlanishi uchun qator oralariga ishlov berish bilan bir vaqtda gektar hisobiga azot o‘g‘itidan 40 kg va 20 kg dan kaliy o‘g ‘iti beriladi, 0 ‘g‘itlami 7-8 sm chuqurlikda solish tavsiya qilinadi. Ikkinchi oziqlantirish shonalash fazasida 30 kg dan azot va 20 kg dan fosfor o ‘g‘iti berilganda uning o‘sishi va rivojlanishi yanada tezlashadi. Oxirgi oziqlantirish arpabodiyonning poyasi o ‘sib, gullay boshlashi davrida gektar hisobida 40 kg dan azot va 20 kg kaliy o ‘g ‘iti beriladi. Bu davrda arpabodiyonning bo‘yi 2 metrgacha va undan balandroq bo‘lib, ko‘plab meva tuggan fazasiga to ‘g‘ri keladi. Arpabodiyon meva tutgan fazasida oziqa elementlarga juda talabchan bo‘ladi. 0 ‘simlikni oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshirilishi kerak. Shulami e’tiborga olib mavsum davomida oddiy arpabodiyon ekilgan maydonlarga o‘rtacha gektar hisobiga 90-100 kg azot, 70-80 kg fosfor va 50-60 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantirish tavsiya qilinadi. Ikkinchi va keyingi yillarda arpabodiyon ekinzorlariga gektar hisobida 40 kg dan azot, 30 kg dan fosfor va 20 kg dan kaliy o ‘g ‘iti bilan oziqlantiriladi. Keyingi yiilari arpabodiyon ekilgan yerlarda uning ildiz poyalari birlashib ketishi munosabati bilan oralarini kultivatsiya qilish va o ‘g ‘itlash imkoniyati boTmaydi. Shuning uchun argotexnik tadbirlami shox-shabbalari birikib ketgunga qadar amalga oshirilishi tavsiya qilinadi. M ahsulot tayyorlash. Arpabodiyon o ‘simligini urugTarini pishib etilish davri uzoq cho‘ziladi (avgust-oktyabr). Shuning uchun birinchi urug‘ yigTsh qoTda, tanlab olib boriladi. Ikkinchi galgi urug‘ yigTsh mexanizatsiya yordamida o‘tkaziladi, poyalarning yuqori qismlari mexanizm yordamida yoki qoTda o ‘riladi. So‘ng bog‘-bog‘ qilib, xirmonga to ‘planadi. Urug‘ni quritish va etiltirish 1-1,5 hafta davom etadi. Undan keyin g‘alla yanchadigan mashinada urugTar yanchiladi, g ‘alvirlarda tozalanadi. Urug‘ni saqlash muddati 3 yil. Agrotexnik tadbirlami o ‘z vaqtida amalga oshirilsa sug‘oriladigan yerlarga ekilgan arpabodiyonning har gektaridan 10-15 sentner urug‘ yig‘ib olish mumkin. 187 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling