Toshkent farm atse vtikainstituti
Download 7.28 Mb. Pdf ko'rish
|
dastarbosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlatilishi.
- Dorivor preparatlar.
- - Pimpinella anisetum Boiss.
Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida 1,2-3,2% (ba’zan 6% gacha)
efir moyi, 8-28,4% yog‘ va oqsil moddalar bo‘ladi. XI DF ga ko‘ra meva tarkibida 1,5% efir moyi bo‘lishi kerak. Efir moyi maydalangan va pishgan mevalardan suv bug‘i yordamida haydab olinadi va suvdan ajratilib, suv bug‘i bilan yana bir marta haydab, tozalanadi. Toza efir moyi 15°C da oq kristall shaklda qotadi va 20° da yeriy boshlaydi. Efir moyi rangsiz yoki och sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, o ‘ziga xos hidi va shirinroq mazasi bor. Zichligi 0,979-0,991, refraksiya soni 1,552,-1,560; qutblangan nur tekisligini og‘dirish burchagi -2-0°. 184 Efir moyi tarkibida 80-90% stearopten-anetol, 10% metilxavikol, anis aldegid, anis keton va anis kislota hamda boshqa terpenlar uchraydi. Agar efir moyi yorugTikda uzoq saqlansa, moy buziladi. Anetol oksidlanib, anis aldegidga, so‘ngra anis kislotaga o‘tishi mumkin. Shu tufayli moyning kislotaliligi oshib ketadi va u buziladi. Ishlatilishi. Arpabodiyon mevasi preparatlari va moyi tibbiyotda bronxit kasalligida balg‘am ko‘chiruvchi, ichak faoliyatini yaxshilovchi, el haydovchi dori sifatida hamda farmatsevtikada dorilar mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi. Arpabodiyon urugTdan olingan moy sovun pishirishda keng qoTlaniladi. Mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida, anetol esa parfyumeriyada shlatiladi. Dorivor preparatlar. Arpabodiyon efir moyi. Arpabodiyon efir moyi ko‘krak eliksiri va nashatir arpabodiyon tomchisi tarkibiga kiradi. Arpabodiyon mevasi ich yumshatuvchi va ko‘krak og‘rig‘iga qarshi ishlatiladigan yig‘malar - choylar tarkibiga kiradi. Arpabodiyon efir moyi anizet - Pimpinella anisetum Boiss. 0 ‘simligi mevasidan ham olinadi. Anizet ikki yillik o‘t о‘simlik sifatida o‘stiriladi. Bu o‘simlik mevasi tarkibida 8% dan ko‘proq efir moyi boTadi. Efir moyi tarkibida esa 77-87% anetol bor. Arpabodiyon efir moyiga o‘xshagan bir xil kimyoviy tarkibga ega boTgan efir moyi tropik mamlakatlarda (Xitoy, Yaponiya, Vetnam va boshqalar) uchraydigan va o ‘stiriladigan doim yashil Illicium Download 7.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling