0 ‘simliklarni yetishtirishda yuqorida qayd qilib o ‘tilgan
agrotexnik tadbirlarga
rioya qilib parvarish qilinsa, sug‘oriladigan
maydonlaming har gektaridan 10-15 sentner urug‘ olish imkoniyati
yaratiladi.
DORIVOR QASHQARBEDA (SARIQBEDA) - MELILOTUS
OFFICINALIS DESCR.
Dorivor qashqarbeda (sanqbeda) -
Melilotus Officinalis Descr.
dukkakdoshlar -
Fabaceae oilasiga kiradi.
Ikki yillik, bo‘yi 50-100 sm ga (ba’zan 2 m ga) etadigan o‘t
о ‘simlik. Ildizi sershox, o ‘q ildiz. Poyasi bitta yoki bir nechta, qirrali
bo‘lib, yuqori qismi shoxlangan. Bargi
uch plastinkali murakkab
barg, poyada bandi bilan ketma-ket o‘mashgan. Bargchasi teskari
tuxumsimon, tuxumsimon yoki cho‘ziq lansetsimon,
tekis qirrali
yoki mayda arrasimon-tishsimon qirrali va tuksiz bo‘lib, uzunligi 3
sm. Bargda ingichka, tekis qirrali qo‘shimcha bargchalar bor. Gullari
mayda, sariq, shingilga to‘plangan. Gulkosachasi yarmisigacha
uchburchak lansetsimon shakldagi 5 bo‘lakka qirqilgan.
Gultojisi
kapalak-guldoshlarga xos tuzilgan. Otaligi 10 ta, shundan bittasi
birlashmagan, qolganlari birlashgan. Onalik tuguni bir xonali,
yuqoriga joylashgan.
Mevasi - tuxumsimon, ko‘ndalangiga
burishgan, kulrang tusli, tuksiz, bir urug‘li dukkak.
lyun-sentyabr oylarida gullaydi, urug‘i esa avgust oyidan
boshlab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: