Toshkent farm atse vtikainstituti


Download 7.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/134
Sana21.11.2023
Hajmi7.28 Mb.
#1791693
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134
Bog'liq
dastarbosh

Geografik tarqalishi. Y o‘1 yoqalarida, o ‘t.loqlarda, ekinzorlarda 
o ‘sadi. Asosan Ukraina, Belorus, Moldova, Boltiq bo‘yi davlatlar, 
Rossiyaning Yevropa qismida, о ‘arbiy Sibirda, Kavkazda va 0 ‘rta 
Osiyoda uchraydi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot maydalangan 
barg va gul aralashmalaridan iborat. Mahsulotning yoqimli hidi
sho‘r va achchiq mazasi bor.
Mahsulotga qashqarbedaning boshqa turlari (Melilotus dentatus 
Pers. - guli hidsiz, qo‘shimcha bargi tishsimon qirrali, Melilotus 
albus Desr. - guli oq rangli) aralashib qolmasligi lozim.
207


Mahsulot namligi 14%, umumiy kuli 10%, diametri 3 mm 
dan yo‘g ‘on bo‘lgan poyalar 2%, teshigining diametri 0,5 mm li 
elakdan o ‘tadigan mayda bo‘laklar 5%, sarg‘aygan, qo‘ng‘ir rangli 
va qoraygan bo'laklar 2%, organik aralashmalar 1% va mineral 
aralashmalar 0,5% dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 0,4-0,9% gacha kumarin, 
dikumarin (dikumarol), melilotin, melilotozid glikozidi, kumar va 
melilot kislotalar hamda 0,01% efir moyi bo‘ladi.
Kumarin va qisman melilotin hidi mahsulotga xos yoqimli hidni 
beradi.
Ishlatilishi. Mahsulotning dorivor preparatlari yumshatuvchi va 
ta’sirlovchi dori sifatida yaralami davolash uchun (yiringni so‘rib 
olishda) qo‘llaniladi. Dikumarol qonni ivitmaydigan ta’sirga ega, u 
kumaringa nisbatan 1000-5000 marta kuchli ta’sir qiladi. Shuning 
uchun dikumarol antikoagulyant (qon ivishga qarshi ta’sir etuvchi) 
preparat sifatida ishlatiladi.
Dorivor preparatlar. Mahsulotdan tayyorlangan malham. 
Mahsulot yumshatuvchi yig‘malar - choylar tarkibiga kiradi.
Tibbiyotda dorivor qashqarbeda bilan bir qatorda bo‘ychan 
(baland bo‘yli) qashqarbeda - Melilotus altissimus Thuill (bo‘yi
1,5 m keladigan ikki yillik o ‘simlik bo‘lib, Sobiq Ittifoqning 
Janubi-o‘arbiy jismida va Oltoy o‘lkasida uchraydi) va xushbo‘y 
qashqarbeda - Melilotus suaveolens Ledeb. (dorivor qashqarbeda 
o‘sgan yerlarda uchraydi) o‘simliklari ham ishlatiladi.

Download 7.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling