Toshkent farm atse vtikainstituti
Download 7.28 Mb. Pdf ko'rish
|
dastarbosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Hosilni yig‘ish. Sarimsoqni yig‘ish usuli ko‘p jihatdan
piyozning hosilini yig‘ishga o‘xshaydi. 0 ‘simlikni piyozboshisi yoz oylarida kavlab olinadi. BODOM - AMYGDALUS COMMUNIS L Bodom - Amygdalus communis L. ra’noguldoshlar Rosaceae oilasiga kiradi. Bodom daraxtining bo‘yi 2-5, ba’zan 8 m bo‘ladi. Novdaiari qizg‘ish-jigarrang, shoxlarining po‘stlog‘i kulrang-qo‘ng‘ir, tanasiniki esa qoramtir. Bargi oddiy, lansetsimon yoki ensiz ellipssimon, o ‘tkir uchli, cheti esa o‘tmas, mayda tishsimon bo‘lib, bandi bilan poyada ketma-ket o‘mashgan. Gullari oq yoki och pushti rangda bo‘lib, shoxlarida yakka-yakka joylashgan. Gulqo‘rg‘oni murakkab, to‘g‘ri, kosacha va tojbarglari 5 tadan, birlashmagan, otaligi ko‘p sonli, onalik tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi - qiyshiq yoki cho‘ziq tuxumsimon danakli meva. 90 Bodomning ikki tur xili uchraydi, ulami faqat mag‘zining achchiq-chuchukligiga qarab ajratish mumkin: chuchuk bodom -Amugdalus communis L. varietas dulcis D. C. va achchiq bodom - Amugdalus communis L. varietas amara D. C. Bodom fevrai-aprel oylarida, barg chiqarmasdan gullaydi. mevasi iyun-iyul oylarida pishadi. Geografik tarqalishi. Achchiq bodom yovvoyi holda tog‘ yonbag‘irlarida va dengiz sathidan 800-1800 m balandlikdagi tog‘li tumanlarda o‘sadi. Achchiq bodom asosan 0 ‘rta Osiyo tog‘larida (Tyanshan, Pomir-Oloy, Kopetdag), Ozarbayjonning janubiy qismi, Janubiy Armanistonda o‘sadi. Achchiq va chuchuk bodom 0 ‘rta Osiyoda, Kavkazda va Qrimda ko‘p o‘stiriladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot danakdan ajratib olingan tuxumsimon, cho‘ziq, yassi bodom urug‘idan iborat. Bodom urug‘i g ‘adir-budur bo‘lib, asosida qora dog‘ga o‘xshash (po‘stining ichki tomonidan yaxshi ko‘rinadigan) xalaza joylashgan. Xalaza atrofida radius bo‘ylab mayda suv naychalari joylashgan. Urug‘ning o ‘rtacha uzunligi 2 sm, eni esa - 1,5 sm. Issiq suv bilan namlanganda, po‘sti tez ko‘chadi. Urug‘ ikkita palladan iborat. Embrionning ildizchasi va kurtagi urug‘ining uch tomoniga joylashgan. Chuchuk bodom urug‘i hidsiz, yog‘simon yoqimli mazasi bor. Achchiq bodom urug‘i esa achchiq, quriganida hidsiz bo‘ladi, namlab havonchada ezilsa, sianid kislota hidi keladi. Chuchuk bodom um g‘i orasida singan urug‘lar va achchiq bodom urug‘i bo‘lmasligi kerak. Singan um g‘lardagi moy um g‘ni saqlash davrida (po‘sti bo‘lmaganidan) havo va namlik ta ’sirida oksidlanadi va parchalanib buziladi. Download 7.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling