Har bir yog‘ ingarchilikdan so‘ng
lalmi yerlardagi namlikni
saqlash maqsadida bodom ekilgan bog‘lardagi yer yuinshatiladi.
Bahor va kuz mavsumlarida bodom ko‘chatlarining atrofi
chopiladi. Bodom ko‘chatlari hosilga kirgach bog‘lami sug'orish
3-4 martagacha kamaytiriladi.
Hosilni yig‘ish. Bodom yong‘og‘ini yig‘ib-terib
olish davri
uning navlarini pishib etilish muddatlari bilan bog‘liq. Meva
qobig‘ining yorilishi mevasining pishib etilganligidan dalolat
beradi. Bodom mevasini daraxt tagiga oldindan to‘shalgan
qanorga daraxt shoxlarini engil silkitib yig‘ib-terib olinadi.
Meva qobig‘idan bodom yong‘og‘i
darhol ajratib olinadi va
5-6 sm qalinlikda yoyiladi hamda soya joyda shamollatib 8-10
kun davomida quritiladi. Quritilgan bodom yong‘og‘i yog‘och
taxtali yashiklarga joylanadi va quruq shamollatiladigan xonada
2 yilgacha saqlanadi.
ODDIY DASTARBOSH - TANACETUM VULGARE L
Oddiy dastarbosh -
Tanacetum vulgare L, astradoshlar -
Asteraceae (murakkabguldoshlar -
Compositae) oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, bo‘yi 50-150 sm ga etadigan, o‘ziga xos hidli o‘t
o ‘simlik. Poyasi tik o ‘suvchi, sershox, tuksiz yoki bir oz tukli.
Bargi oddiy,
patsimon ajralgan, ustki lomoni to'q yashil, pastki
tomoni kulrang-yashil. Poyaning pastki qismidagi barglari bandli,
o‘rta va yuqori qismidagilari esa bandsiz bo‘lib,
poyada ketma-
ket o‘mashgan. Gullari sariq, savatchaga to‘planib,
qalqonsimon
to‘pgulni tashkil etadi. Mevasi - cho‘ziq pista.
0 ‘simlik yoz bo‘yi gullaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: