Toshkent farm atse vtikainstituti
Download 7.28 Mb. Pdf ko'rish
|
dastarbosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dorivor preparatlari.
- 0 ‘g‘itlash.
Kimyoviy tarkibi. Har ikkala bodom urug‘i tarkibida 45-
62% moy, vitamin V2, 20% oqsil moddalar, 2-3% saxaroza va emulsiya fermenti bo‘ladi. Achchiq bodom urug‘ida yana 2,2- 3,5% amigdalin glyukozidi uchraydi. Tibbiyotda ishlatiladigar* bodom moyi sovuq presslash usuli bilan olinadi. 91 Aehchiq bodom urug‘idan moy olayotganda suv aralashib ketishiga yo‘l ko‘ymaslik kerak. Aks holda suv amigdalinni parchalaydi va ajralib chiqqan mahsulotlar moyga o‘tadi Moy zaharli bo‘lib qoladi. Bodom moyi kuyuq, sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, uning zichligi 0,913-0,918, refraksiya soni 1,470-1,472, sovunlanish soni 190- 195, yod soni 93-102 ga teng. Kislota soni 2,5 dan oshmasligi kerak. Moy - 10°C haroratgacha sovutilganda qotmasligi kerak. Bodom moyi qurimaydigan suyuq moylarga kiradi, unda 83% olein, 16% linol kislotalaming glitseridlari va 0,5% gidrolizlanmaydigan moddalar bor. lshlatilishi. Po‘sti olib tashlangan chuchuk bodom urug‘idan tayyorlangan emulsiya me ’ da va ichak og ‘ riq larini qoldirish uchun, bodom moyi esa ich yumshatuvchi dori sifatida qo‘l!aniladi. Farmatsevtikada bodom moyi ba’zi dorilar (kamfora va boshqalar) ni yeritish hamda surtma tayyorlash uchun ishlatiladi. Achchiq bodom urug‘i kunjarasidan olingan achchiq bodom suvi og‘riq qoldirish uchun va tinchlantiradigan dori sifatida qo‘llaniladi. Chuchuk bodom oziq-ovqat sanoatida, turupi esa parfyumeriyada ishlatiladi. Dorivor preparatlari. Bodom moyi va moy emulsiyasi, chuchuk bodom urug‘idan tayyorlangan emulsiya. Bodomni o‘stirish texnologiyasi 0 ‘zbekistonda bodomning yupqa po‘choqli, to‘ng‘ich, yaltinskiy va turkmenskiy svetliy naviari rayonlashtirilgan. Ekish. Tuproq-iqlim sharoitiga qarab bodomni ekish sxemasi ham har xil bo‘ladi. Quyida bodomning ekish sxemalari keltirilgan: 1. Sug'oriiadigan yerlarda- 8 x 8 m; 2. Tog‘ va tog‘ oldi, lalmikor yerlarda - 6 x 6 m; Bu yerlarning janubga qaragan yonbag‘irlarida esa bodom 92 5 x 5 sxemasida, erta bahorda yoki kuzda gorizontal terassalar kengligi 1,5-5 m gacha bo‘lgan yerlarda ekiladi. Sug‘oriImaydigan yerlarda yomg‘ir suvlarining bug‘lanishini kamaytirish, shu tariqa suvning tuproqqa shimilishini oshirish maqsadida bodom ko‘chatlarining atrofiga boshqa о‘simliklarning qoldiqlari, poxol va somondan m o‘Scha qilib tashlanadi. Buttdan tashqari bodom ko‘chatlarining atrofi muntazam ravishda yumshatilib turiladi. 0 ‘g‘itlash. Muntazam ravishda bodomzorlarga hosildorlikni oshirish maqsadida 2-3 yilda bir marta har gektar yerga sof holda azotdan 120 kg, fosfordan 90 kg va 40-60 kg dan kaliy o‘g‘iti hamda 20-30 t dan chirigan go‘ng solinadi. Yangi ekilgan bodom ko‘chatlarining ildiz olish va o‘sishini faollashtirish uchun har bir ко‘chat atrofiga 60-80 g dan ammofos hamda 4-6 kg dan organik o‘g ‘it qo‘llanishi yaxshi samara beradi. M a’lumki tog‘li hamda lalmi yerlarda yog‘in suvlari tuproqdagi ozuqa elementlarini yuvib ketishi natijasida ular kuchsizlanib qoladi. Shuning uchun ham bunday yerlarga ekilgan bodom ko‘chatlarini o‘z vaqtida organik va m a’dan o‘g ‘itlar bilan oziqlantirib turish zarur. Bodom ko‘chatlari sekin o ‘sayotgan bog‘lar to‘liq hosilga kirgunga qadar har bir kv m ga sof azotdan 6-8 g dan, fosfordan 3-4 g dan, kaliydan 2-3 g dan hamda 4-5 g dan organik o ‘g‘it solish tavsiya etiladi. Download 7.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling