Toshkent farm atse vtikainstituti
inodora.; Leucanthemum vulgare Lam.; Anthems
Download 7.28 Mb. Pdf ko'rish
|
dastarbosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy tarkibi.
- Ishlatilishi.
inodora.; Leucanthemum vulgare Lam.; Anthems turlaridan)
farq qiladi. Har ikkala moychechak mahsulotining xushbo‘y hidi va achchiqroq o‘tkir mazasi bor. XI D F gako‘ra mahsulot namligi 14%, umumiykuli 12%, 10% li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 4%, teshigining diametri 1 mm li elakdan o ‘tadigan savatchaning mayda qismlari 30%, poya, barg aralashmalari va gul bandining uzundigi 3 sm dan oshiq bo‘lgan (5 smdanoshib ketmagan), savatchalar odatda 9% (yashil moychechak uchun 2%), qoraygan yoki qo‘ng‘ir savatchalar 5% (yashil moychechak uchun 8%), organik aralashmalar 3% va mineral aralashmalar 0,5% dan oshmasligi kerak. Kimyoviy tarkibi. Savatchaga to‘plangan gullar tarkibida 0,22-0,8%) efir moyi, apiin, kversimeritrin, kversetin, lyuteolin va boshqa (35 tacha birikmalar) flavonoidlar, gvayyanolid guruh laktonlaridan matrikarin va matritsin, geterotsiklik halqali poliin laktonlar, pioxamazulen, qumarinlar (umbelli-feron, gerniarin), dioksiqumarin, karotin, vitamin S, shilliq, achchiq va boshqa moddalar bo‘ladi. XI DF ga ko‘ra, oddiy moychechak guli tarkibida 0,3%, yashil moychechakda 0,2% efir moyi bo‘lishi kerak. Efir moyi ko‘k suyuqlik bo‘lib, tarkibida 1,64-8,99% xamazulen, 20% gacha seskviterpen spirtlari, kadinen, tritsiklik spirt, bisabolen va uning oksidlari, kapril, nonil, izovalerian kislotalar hamda boshqa terpen va seskviterpenlar bor. Efir moyi tarkibidagi seskviterpenlaming umumiy miqdori 50% gacha bo‘ladi. Xamazulen efir moyining asosiy ta’sir etuvchi qismi hisoblanadi. Ishlatilishi. Moychechak ichaklarning yopishib qolishi (ichaklar spazmi) ga, mikroblarga, allergiyaga va yallig'lanishga qarshi hamda yaralarni davolovchi ta’sirga ega, Shuning uchun uning dorivor preparatlari me’da-ichak (ichak yopishib qolganda va ich ketganda) va ginekologik kasalliklami davolashda hamda ter va el haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari, moychechak guli yumshatuvchi, antiseptik va yallig'lanishga qarshi (og‘iz, tomoqni chayqashda, shifobaxsh vanna hamda klizma qilishda) vosita sifatida. qo‘llaniladi. Moychechak guli tarkibidagi kimyoviy birikmalar kompleksi (xamazulen, matntsin, apigenin, gerniarin va boshqalar) ta’sir etuvchi qism hisoblanadi. Xamazulen tinchlantiruvchi xossaga hamda ichaklarning yopishib qolishi, allergiyaga va yalliglanishiga qarshi ta’sirga ega. Apigenin, apiinva gemiarinlar ham ichaklarning yopishib qolishiga qarshi ta’sir qiladi. Dorivor p rep aratlari, Moychechak gulidan (savatchalardan) damlama tayyorlanadi. Savatchalar m e’da kasalliklarida, tomoq chayqashda ishlatiladigan va yumshatuvchi yig‘malar - choylar tarkibiga ham kiradi. 113 M oychechak o£sim!igini o‘stirish texnoiogiyasi Nihollarni biologik xususiyatlari: moychechak urug‘larini unishi 6-7°S dan boshlansa-da, optimal harorat 20-2.5°S hisoblanadi. Agar urug‘lar ekilgandan so‘ng namlik etarli bo‘lmasa, urug‘lar uzoq vaqtgacha unrnasligi mumkin. Bu vaqtda um g‘ ekilgan maydonlar sug‘oriladi. Nihollar imib chiqqandan so‘ng (namlik va havoning harorati normal darajada bo Uganda) 20-40 kunda har bir niholda 6-10 tadan rozetka barglari o ‘sib chiqadi. Kuzda ekilgan nihollar shu holda qishlaydi. Erta bahorda ekilgan nihollardan aprel oyining birinchi o‘n kunligida 7-9 tadan rozetka barglari о‘sib chiqadi. Mart-aprel oyi davrida bahorning ser yomg‘ir kelishi natijasida rozetka barglari tez o‘sishi va yiriklashishi natijasida o‘simlik o‘rtasida poyani о‘sib chiqishi va shoxlanishi kuzatiladi. 0 ‘simlikni namlik bilan yaxshi ta ’minlab borilsa, havo haroratining ko‘tarilib borishi natijasida may oyining birinchi o‘n kunligida dastlabki gullar ochiladi. Umuman olganda bahorda ekilgan urugiardan 30- 50 kunda dastlabki gullami ochilishini ko‘ramiz. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, o ‘simlik poyalarida endigina paydo bo‘lgan gunchalardan 10-12 kunda gullar ochilishi mumkin. Shubhasiz bunga havoning harorati, tuproq namligi va luproqdagi oziqa elementlar muhim rol o‘ynaydi. Kunlarning issiqligi va t uproq nam ligi ga qarab, o‘simlikd agi bitta savatcha 5-6 kun ochilib turishi mumkin. Havoning harorati o‘rtacha 19-21°S bo‘lganda gullami yaxshi ochilishi kuzatilgan. Haroratning 30°S dan ortishi gullaming ochilishiga salbiy ta’sir etishi bilan birga ulaming maydalashishiga olib keladi. Gullami ochilishida yomg‘lik ham muhim ahamiyatga ega. Havoning bulutsiz ochiq bo‘lib turishi gullami tez ochilishiga yordam beradi. Download 7.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling