Toshkent farm atse vtikainstituti


inodora.; Leucanthemum vulgare Lam.; Anthems


Download 7.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/134
Sana21.11.2023
Hajmi7.28 Mb.
#1791693
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   134
Bog'liq
dastarbosh

inodora.; Leucanthemum vulgare Lam.; Anthems turlaridan) 
farq qiladi.
Har ikkala moychechak mahsulotining xushbo‘y hidi va 
achchiqroq o‘tkir mazasi bor.
XI D F gako‘ra mahsulot namligi 14%, umumiykuli 12%, 10% 
li xlorid kislotada yerimaydigan kuli 4%, teshigining diametri 1 
mm li elakdan o ‘tadigan savatchaning mayda qismlari 30%, poya, 
barg aralashmalari va gul bandining uzundigi 3 sm dan oshiq 
bo‘lgan (5 smdanoshib ketmagan), savatchalar odatda 9% (yashil 
moychechak uchun 2%), qoraygan yoki qo‘ng‘ir savatchalar 5% 
(yashil moychechak uchun 8%), organik aralashmalar 3% va 
mineral aralashmalar 0,5% dan oshmasligi kerak.
Kimyoviy tarkibi. Savatchaga to‘plangan gullar tarkibida 
0,22-0,8%) efir moyi, apiin, kversimeritrin, kversetin, lyuteolin 
va boshqa (35 tacha birikmalar) flavonoidlar, gvayyanolid guruh 
laktonlaridan matrikarin va matritsin, geterotsiklik halqali poliin


laktonlar, pioxamazulen, qumarinlar (umbelli-feron, gerniarin), 
dioksiqumarin, karotin, vitamin S, shilliq, achchiq va boshqa 
moddalar bo‘ladi.
XI DF ga ko‘ra, oddiy moychechak guli tarkibida 0,3%, yashil 
moychechakda 0,2% efir moyi bo‘lishi kerak.
Efir moyi ko‘k suyuqlik bo‘lib, tarkibida 1,64-8,99% 
xamazulen, 20% gacha seskviterpen spirtlari, kadinen, tritsiklik 
spirt, bisabolen va uning oksidlari, kapril, nonil, izovalerian 
kislotalar hamda boshqa terpen va seskviterpenlar bor. Efir moyi 
tarkibidagi seskviterpenlaming umumiy miqdori 50% gacha 
bo‘ladi. Xamazulen efir moyining asosiy ta’sir etuvchi qismi 
hisoblanadi.
Ishlatilishi. Moychechak ichaklarning yopishib qolishi 
(ichaklar spazmi) ga, mikroblarga, allergiyaga va yallig'lanishga 
qarshi hamda yaralarni davolovchi ta’sirga ega, Shuning uchun 
uning dorivor preparatlari me’da-ichak (ichak yopishib qolganda 
va ich ketganda) va ginekologik kasalliklami davolashda hamda 
ter va el haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari, 
moychechak guli yumshatuvchi, antiseptik va yallig'lanishga 
qarshi (og‘iz, tomoqni chayqashda, shifobaxsh vanna hamda 
klizma qilishda) vosita sifatida. qo‘llaniladi.
Moychechak guli tarkibidagi kimyoviy birikmalar kompleksi 
(xamazulen, matntsin, apigenin, gerniarin va boshqalar) 
ta’sir etuvchi qism hisoblanadi. Xamazulen tinchlantiruvchi 
xossaga hamda ichaklarning yopishib qolishi, allergiyaga va 
yalliglanishiga qarshi ta’sirga ega. Apigenin, apiinva gemiarinlar 
ham ichaklarning yopishib qolishiga qarshi ta’sir qiladi.
Dorivor p rep aratlari, Moychechak gulidan (savatchalardan) 
damlama tayyorlanadi. Savatchalar m e’da kasalliklarida, tomoq 
chayqashda ishlatiladigan va yumshatuvchi yig‘malar - choylar 
tarkibiga ham kiradi.
113


M oychechak o£sim!igini o‘stirish texnoiogiyasi
Nihollarni biologik xususiyatlari: moychechak urug‘larini 
unishi 6-7°S dan boshlansa-da, optimal harorat 20-2.5°S 
hisoblanadi. Agar urug‘lar ekilgandan so‘ng namlik etarli 
bo‘lmasa, urug‘lar uzoq vaqtgacha unrnasligi mumkin. Bu vaqtda 
um g‘ ekilgan maydonlar sug‘oriladi.
Nihollar imib chiqqandan so‘ng (namlik va havoning harorati 
normal darajada bo Uganda) 20-40 kunda har bir niholda 6-10 
tadan rozetka barglari o ‘sib chiqadi. Kuzda ekilgan nihollar shu 
holda qishlaydi.
Erta bahorda ekilgan nihollardan aprel oyining birinchi o‘n 
kunligida 7-9 tadan rozetka barglari о‘sib chiqadi. Mart-aprel oyi 
davrida bahorning ser yomg‘ir kelishi natijasida rozetka barglari 
tez o‘sishi va yiriklashishi natijasida o‘simlik o‘rtasida poyani 
о‘sib chiqishi va shoxlanishi kuzatiladi. 0 ‘simlikni namlik bilan 
yaxshi ta ’minlab borilsa, havo haroratining ko‘tarilib borishi 
natijasida may oyining birinchi o‘n kunligida dastlabki gullar 
ochiladi. Umuman olganda bahorda ekilgan urugiardan 30- 
50 kunda dastlabki gullami ochilishini ko‘ramiz. Kuzatishlar 
shuni ko‘rsatdiki, o ‘simlik poyalarida endigina paydo bo‘lgan 
gunchalardan 10-12 kunda gullar ochilishi mumkin. Shubhasiz 
bunga havoning harorati, tuproq namligi va luproqdagi oziqa 
elementlar muhim rol o‘ynaydi.
Kunlarning issiqligi va t uproq nam ligi ga qarab, o‘simlikd agi 
bitta savatcha 5-6 kun ochilib turishi mumkin. Havoning harorati 
o‘rtacha 19-21°S bo‘lganda gullami yaxshi ochilishi kuzatilgan. 
Haroratning 30°S dan ortishi gullaming ochilishiga salbiy ta’sir 
etishi bilan birga ulaming maydalashishiga olib keladi. Gullami 
ochilishida yomg‘lik ham muhim ahamiyatga ega. Havoning 
bulutsiz ochiq bo‘lib turishi gullami tez ochilishiga yordam 
beradi.

Download 7.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling