Toshkent farm atse vtikainstituti
MEKSIKA BANGIDEVONASI - DATURA
Download 7.28 Mb. Pdf ko'rish
|
dastarbosh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik tarqalishi.
MEKSIKA BANGIDEVONASI - DATURA
INNOXIA MILL Meksika bangidevonasi - Datura innoxia Mill.; ituzumdosh- lar - Solanaceae oilasiga kiradi. Ko‘p yillik (o‘stiriladigani bir yillik), bo‘yi 60-150 sm ga etadigan o‘t o ‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, yashilroq yoki qizg‘ish- binafsha rangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy, bandli, kulrang-yashil, tuxumsimon yoki cho‘ziq-tuxumsimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali yoki cheti bir oz o‘yilgan va poyada ketma-ket joylashgan bo‘lib, boshni aylantiruvchi yoqimsiz hidi bor. Gullari yirik, oq, faqat bir kecha gullaydi. Gulkosachasi sertuk, besh tishli, shishgan va uzun naysimon, asos qismi meva bilan birga qoladi, gultojisi naycha shaklidagi voronkasimon, besh tishli bo‘lib, uchlari qayrilgan; otaligi 5 ta, onalik tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi - ko‘p urug‘li, sharsimon, kulrang- yashil yoki qo‘ng‘ir rangli va tikanli ko‘sakeha. Meksika bangidevonasi iyul-oktyabr oy lari da gullaydi, mevasi avgust oyidan bosh lab pishadi. 0 ‘simlikning hamma qismi zaharli. Geografik tarqalishi. Vatani Markaziy va Janubiy Amerika. Poltava va Chimkent viloyatlarida, Krasnodar oikasida, Qrimda va Moldova respublikasida o‘stiriladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot maydalab qirqilgan meva va urug‘dan iborat. Urug‘ kiyshiq, buyraksimoti, 1 ] 7 qirrasida egri-bugri o‘simtalari bo‘lib, ustki tomoni mayda chuqurchali, xira k.ulrang-qo‘ng‘ir yoki och sariq, uzunligi 4-5 mm, eni 3,5-4 mm, qalinligi 1-1,5 mm. Urug‘i hidsiz, sho‘rtang mazasi bor. Maydalab qirqilgan meva shakli va ko‘rinishi har xil qo‘ng‘ir- yashil bo‘lakchalardan iborat. Urug‘ o‘mi oqish-sariq, ustki tomoni g‘ovak so‘rg‘ichlar bilan qoplangan. Meva po‘stida o‘tkir uchli, ingichka. juda ko‘p tikanlar bo‘Iadi. Kosachabargining asos qismi hamda mevasi, bandi sertuk. Mevasining o‘tkir, narkotik hidi bor. Mahsulot narnligi 12%, umumiy kuli 5%, organik aralashmalar 1,5% va mineral aralashmalar 1% dan oshiq, skopolamin alkaloidimng miqdori 0,2% (mevada) - 0,3% (urug‘da) dan kam bo‘lmasligi kerak. Download 7.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling