Toshkent farm atse vtikainstituti
Download 7.28 Mb. Pdf ko'rish
|
dastarbosh
Dorivor preparatlari. Damlama, nastoyka, suyuq ekstrakt.
Mahsulot tinchlantiruvchi choy-yig‘malar va Zdrenko yig‘masi tarkibiga kiradi. Arslonquyruq o‘simligini o‘stirish texnologiyasi 0 ‘zbekistonning sug‘oriladigan (sho‘riangan tuproqlardan tashqari) barcha yerlarida ekib o‘stirish mumkin. Arslonquymqdan yuqori hosil yetishtirish uchun uni unumdor suv bilan yaxshi ta ’minlangan yerlarga ekishni tavsiya qilamiz. Haydab ekilayottan ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Arslonquyruq yog‘ochlangan ildizpoyali, ildiz tizimi yuza, ya’ni tuproqning 20 sm qatlamida tarqalgan ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik bo‘lganligi uchun uni kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin. Yerlami kuzda haydashdan oldin gektar hisobiga 30 tonna go‘ng va 50 kg superfosfat o‘g‘iti bilan oziqlantirib 20-25 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi. 109 Arslonquyruq asosan urug‘dan ko‘paytiriladi, Kech kuzda quruq urug‘lar gektariga 12-18 kg dan ekiladi va erta bahorda 7-8 kg dan stratifikatsiya qilinib 1,5-2 sm chuqurlikda ekiladi. Sug‘oriladigan yerlarga urug‘ ekilgandan keyin 60-70 sm oraliqda sug‘orish egatlari olinadi va ketma-ket sug‘oriladi. Urug‘ni go‘ngga yoki daraxt qipig‘iga aralashtirib ekilsa bahorda yog‘adigan yomg‘irlardan qatqaloq hosil bo‘!maydi va urug‘lar to‘iiq unib chiqadi. Urug‘ ekilgandan 15-20 kun keyin maysa chiqa boshlaydi. Arslonquyruqni birinchi yili parvarish qilishda, qo‘lda o‘toq qilinadi, oralari yumshatiladi, ya’ni kultivatsiya qilinadi va o ‘simliklami oralarini siyraklashtirish uchun yagana qilinadi. 0 ‘simliklar oralig‘i 15-20 sm dan qilib va har bir uyaga 1-2 tadan o‘simlik qoldiriladi. To‘pbarg gul chiqargandan keyin kultivatsiya qilish bilan birga gektar hisobiga 50-60 kg dan azot va 20 kg dan kaliy o ‘g‘iti bilan oziqlantiriladi va sug'oriiadi. Ikkinchi va uchinchi oziqlantirish shonalash va gullash fazalarida gektariga 30 kg azot, 20 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Bu davrda o ‘simlikning o‘g ‘itga bo‘lgan talabchanligi eng yuqori bo‘ladi va poyalari 2-2,5 metrga etib qoladi. Vegetatsiya davomida arslonquyruq 7-8 marta sug‘oriladi va jami 110 kg azot, 80 kg fosfor va 60 kg kaliy o‘g ‘i;i beriladi. Uning xom-ashyosi barg, gul shonalari bilan birgalikda 40 sm uzunlikdagi poyasidir. Ko‘pchilik o‘simliklarda to‘pgullari quyi qismlaridagi gullarining uchdan ikki qismi qiyg‘os gullaganda, to‘pgullaming yuqori qismi shonalayotgan davr xom-ashyoning to‘la etilgan vaqti hisoblanadi. Urug‘lari to‘liq etilganida xom- ashyo sifati buziladi. Xom-ashyoni povasini 35-80 sm oralig‘ida qirqish imkonini beradi, ya’ni uning vositasida arslonquyruq poyasini o‘rtacha 50 sm balandlikda qirqish mumkin. Xom-ashyoni qayta jihozlangan kombaynlarda yig‘ish mumkin. Birinchi yili uning hosildorligi gektariga o‘rtacha 25 sentnemi, keyingi yillarda 35 sentnerdan 110 hosil yig‘ib olish mumkin. Urug‘laming hosildorligi o‘rtacha gektariga 5-6 sentnemi tashkil qiladi. Bir dalada arslonquyruqni 3-4 yil saqlash mumkin. Uning xom-ashyosi soya yerda quritiladi. Download 7.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling