Тошкент фармацевтика институти
Download 0.53 Mb.
|
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni
Peritonit-qorin pardasining utkir yallig‘lanishi. Ko‘pincha qorin bo‘shlig‘i a’zolarining teshilishi oqibatida rivojlanadi.
Belgilari: Butun qorin soxasida og‘riq, intoksikatsiya, bemorning es-xushi ayniydi va eyforiyaga tushadi, arterial qon bosimi pasaygan, puls ipsimon, ya’ni zurg‘a seziladi. Bemordan muzdek ter ajraladi, qorin shishadi, ichak peritsaltikasi (xarakati) yuq, gaz ajralmaydi, qorinda quchib yurgan suyuqlikning shovqini eshitiladi, buyrak va jigar faoliyati buziladi. Qorin devorini siylaganda uning mushaklarining qisqargan bo‘lishi natijasida u taxtaga o‘xshash qattiq xolatda bo‘ladi. BTYO. Bemorga tinch sharoit yaratish, uni yotqizib qo‘yish, qoringa muzli xalta qo‘yish va kasalxonaga etkazish zarur. O‘tkir peritonitda yordam qancha erta boshlansa, asoratlari shuncha kam va bemorning tuzalib ketishi tez bo‘ladi. CHunki kasallik faqat jarroxlik yo‘li bilan davolanadi: oshqozon, ichak, qorin bo‘shlig‘ini yuvish, mikroblarni yo‘qotish, drenaj qo‘yish, antibotiklar va boshqa antibakterial terapiya o‘tkazi, immunitetni oshirish va b. tadbirlardan iborat. SHuningdek, bemorni shok xolatidan chiqarish, ichki a’zolar faoliyatini tiklash lozim. Me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligida ichakning yoki me’daning teshilishi og‘ir asoratdir. Belgilari: Bunda tusatdan qorin soxasida pichoq urgandek sanchiq turib bemor shoka tushadi. Og‘riq kuchliligidan bemor majburiy xolat,ya’ni qulni qoringa quyib,bukchayib,tizzalari qoringa tiraladi. Ko‘zdan kechirilganda qorin pardasi taranglashgan, xarakatsiz,nafas olishda ishtirok etmaydi. Bu xolat qorinning taxta kabi qotib qolish xolati deyiladi. Koringa Kul bilan tegilganda juda qattiq og‘riq va gazlarning tutilib qolishi kuzatiladi, AB pasayadi, puls minutiga 50-60 ta, nafas olish susayadi. Me’da va 12 barmoqli ichak teshilganidan 5-6 soat utgandan sung peritonit rivojlanadi. BTYO. Bemorni zudlik bilan kasalxonaga olib boirsh. Bemorga ovqat va suyuqliklar berish, me’dani yuvish, tozalovchi klizmalar qilish, qorinni isitish man etiladi. Davolash. yalliglangan a’zoning qismi olib tashlab qorin pardasini yuvib, drenaj quyiladi, sungra qolgan kismini jarroxlik usuli qullaniladi. Me’da va 12 barmoqli ichak yarasining asoratlaridan yana biri undan qon ketishidir. Bemorning umumiy axvoli ketayotgan qon miqdoriga bog‘liq. o‘larda xolsizlik, bosh aylanishi,nafas siqilishi,qusish, kurish funksiyasining buzilishi (sharpalar paydo bulishi va atrofdagi buyumlarning 2 ta bulib kurinishi) kuzatiladi. Bemor kofe quyqasiga uxshash qusadi.Agar qon ichakka tushsa axlat qorayadi. Bemorning bezovta, terisi oqargan, sovuq ter bilan qoplangan, puls tez va kuchsiz, AB susaygan. Kup miqdorda qon yuqotish bemor xayoti uchun xavfli. BTYO. Bemor urinda yotish kerak, xarakat taqiqlanadi, bemorga muz parchasi beriladi, 5% li aminokapron kislota, 10% li kalsiy xlor venaga yuboriladi. Sungra kasalxonaga nosilkada olib boriladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling