Тошкент фармацевтика институти
Download 0.53 Mb.
|
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni
Saramas. Teri va shilliq pardalarni sreptokokk bilan SHikastlanishi bo‘lib, mikrob odatda mayda yoriqchalar orqali kiradi va tarqaladi. Engil shaklida (eritemasimon) terining qizarishi va shishi, o‘rtachada esa po‘faksimon-yiringli toshmalar, to‘qimalarni kuchliroq shishi, og‘ir shakli teri yallig‘lanishi, ter iva teri osti kletchatkasining nekrozi bilan tavsiflanadi.
Bemorda holsizlik, titrash, tana harorati ko‘tarilishi kuzatiladi. Og‘ir hollarda es-xush aynishi, alahlash mumkin. Saramas tromboflebit, nefrit, pnevmoniyaga olib kelishi mumkin. Davolashda antibiotiklar penitsillin 500000 TB 4-6 marta), mahalliy muolajalar-UB nurlantirish, antiseptiklar bilan bog‘lab qo‘yish, organizm qarshiligini oshirishga qaratiladi. Bemorlar atrofdagilardan ajratib davolanadi. O‘TKIR JARROHLIK KASALLIKLARI Reja: 1. O‘tkir appenditsitning kelib chiqish sabablari, asoratlari, asosiy belgilari va unda ko‘rsatiladigan BTYO 2. O‘tkir xolitsitsitning kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari, asoratlari va unda ko‘rsatiladigan BTYO 3. O‘tkir pankreatit va peritonit kasalliklarining kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari, asoratlari va unda ko‘rsatiladigan BTYO 4. Me’da va 12 barmoqli ichakning teshilishi va qon ketishi kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari, asoratlari va unda ko‘rsatiladigan BTYO 5. CHurrak va ichakning buralib qolishi, ularning kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari, asoratlari va unda ko‘rsatiladigan BTYO. O‘tkir jarrohlik kasalliklari to‘satdan boshlanib, tez rivojlanadi va hayot uchun xavfli asoratlarni qoldiradi. Bu kasalliklar albatta jarrohlik aralashuvi bilan davolanadi. Bu kasalliklarga quyidagilar kiradi: 1) yallig‘lanish kasalliklari-o‘tkir appenditsit, xoletsistit, pankreatit. peritonit; 2) kovak a’zolarning yorilishi (me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasining teshilishi, ichak yarasining yorilishi; 3) o‘tkir ichak tutilishi (ichak tutilishi, churraning chiqib qolishi; 4) ichki qon ketishlar-me’da-ichakdan qon ketishi, bachadondan tashqari homiladorlik; 5) qorin bo‘shlig‘i a’zolarining ochiq va yopiq SHikastlanishlari. Yug‘on ichak chuvalchangsimon o‘simtasi-appendiksning nospetsifik yallig‘lanishi utkir appenditsit kasalligi deyiladi. Kasallikning kelib chiqish sababi appendiksning bo‘shlig‘iga qoldiq massaning yig‘ilishi va u erda mikroorganizmlarning rivojlanishi natijasida o‘simtaning parda qavatlari yalliglanishidir. Utkir appenditsit bir necha kurinishlarda kechadi. Kataral shakli-chuvalchangsimon o‘simta shilliq pardasi qizarib (giperimiya) yallig‘lanishi, flegmanoz shakli-chuvalchangsimon usimtaning fibroz yiringli qoplam bilan qoplanishi, gangrenoz shakli-chuvalchangsimon usimtaning oziqlanishi buzilishidir. Flegmanoz va ganrenoz shakllari kasallikning og‘ir formalaridir. Asosiy belgilari: bemor kasallik boshlanishida qorinnnig yuqori qismida, kindik atrofida, keyinchalik esa qorinning ung va pastki qismida og‘riqdan shikoyat qiladi. Bemorda intoksikatsiya belgilari, titrash,og‘iz qurishi, xolsizlik, kungil aynishi va qusish, puls tezlashishi, tana xaroratining oshishi kuzatiladi. Og‘ir shakllarida bu belgilarning kuchayishi kuzatiladi. Aniq tashxis quyishning maxsus belgisi-SHyotkin-Blyumberg simptomi yordamida, ya’ni osoyishtalik bilan barmoqlar yordamida usha soxani sekin bosib birdan quyib yuborilganda qorinning ung pastki qismida qattiq og‘riq kuzatilishi, shuningdek, qorin pardasining tarangligi, leykostitoz kabi belgilar bilan aniqlanadi. BTYO. Bemor utkir appenditsitga shubxa qilinganda uringa yotqiziladi va qorin soxasiga muzli xaltacha quyiladi. Bemorga narkotiklar va surgi dorilar berish, klizmalar qilish, qoringa grelka quyish qatiy man etiladi. Bemor tezda shifoxonaga yuborilishi kerak. O‘t pufagining o‘tkir yallig‘lanishi o‘tkir xoletsistit deyiladi.Bu kasallik kup uchrashi bilan appenditsitdan keyingi urinda turadi va o‘t qopida va yo`llarida tosh yig‘ilishi bilan bog‘liqdir. Toshning yig‘ilishiga sabab moddalar almashinuvining buzilishi, kamxarakatlik va boshqalardir.SHakllari: a) kataral-shilliq parda yallig‘lanishi b) flegmanoz- ut pufagi barcha qavatlari yiringli yallig‘lanadi v) gangrenoz-ut pufagi devorlari nekrozga uchraydi. Belgilari: xoletsistit xuruji tusatdan, kupincha kechqurun boshlanib, jigar satxida ,ung qovurg‘a osti soxasida kuchli og‘riq turadi. kungil aynish, qusish, ishtaxaning pasayishi, tana xaroratining kutarilishi, et uvishishi, pulsning tezlashishi, og‘izda temir mazasi, jig‘ildon qaynashi, qonda leykostitoz (1 mmz .qonda 15000-20000) kuzatiladi. Og‘ir turlarida bu belgilar yaqqolroq namoyon buladi. Aniq tashxis quyishning maxsus belgisi- ung tomon qovurg‘alariga kaft yoni bilan urilganda og‘riqning kuchayishi xisoblanadi. BTYO. O‘tkir xoletsistit xurujida xam bemorga og‘riq qoldiruvchi, surgi dorilar va antibiotiklar berish, oshqozonnni yuvish, qayt qildirish taqiqlanadi. Bemor uringa yotqizilib, muzli xaltacha quyiladi va tezda kasalxonaga olib borilishi lozim.Kasallikning og‘ir turlari tezlikda operatsiya qilinadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling