Yurak astmasi. Nafas siqish bilan kupincha kechqurun xuruj qiladi. Bunga gipertoniya, miokard infarkti, ateroskleroz, Yurak porogi, o‘tkir nefrit va yuqumli kasalliklar sabab buladi.
Belgilari: xavo etishmasligi, teri ransizlanib kukaradi, ter tomchilari paydo buladi, nafas olish tezlashadi. Ba’zan yutal, balg‘am ajralishi, puls tezlashishi kuzatiladi.
BTYO: bemorga orom berish, boshini yuqori qilib yotqizish, qon dimlanmasligi uchun 300-400 ml qon chiqariladi, miya va Yurak tomirlarini kengaytirish uchun venaga 0,5 ml srofantin va 20 ml 40% li glyukoza yuboriladi. Kislorod beriladi, nitroglitserin, validol tabletkalari, bronxlarni kengaytirish uchun 1% li 1 ml morfin eritmasi, 0,1% atropin (0,5 ml) yuborish lozim.
Koma xolati- oliy nerv faoliyatining buzilishi natijasida yuzaga kelib, es-xushning, sezgirlikning susayishi bilan kechadi. Ammo nafas olish va qon aylanish faoliyati buzilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |