Тошкент фармацевтика институти
Download 0.53 Mb.
|
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni
Diabetik koma. Insulin miqdorining organizmga etishmasligi va buning natijasida giperglikemiyaning rivojlanishi, keton tanachalarining xosil bo‘lish jarayonining oshishi, vodorod ionlarining kupayishi diabetik komaning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Giperglikemiya natijasida xujayradan tashqari suyuqlikning osmatik bosimi oshib ketadi va xujayra degidratatsiyasi kuzatiladi. Birlamchi siydikda glyukoza miqdorining yuqoriligi suv va elektrolitlarni buyrak kanalchalarida qayta surilishiga qarshilik qiladi va organizm suvsizlanib minerallar almashinuvi buziladi. Diurez kamayadi va vodorod ionlarining chiqarilishi susayib ketadi (atsidoz). Metabolik atsidoz natijasida natriy va kaliy zapaslari kamayadi. Diabetik koma koma qandli diabet kasalligi bilan kasallangan bemorlarda, insulinni ortiqcha qabul qilish va parxezga rioya qilmaslik oqibatida rivojlanadi. Bunga yuqumli kasalliklar, jarroxlik operatsiyalari, jismoniy va emostianal zuriqish xam sabab buladi. Belgilari: Koma oldidan chanqash kuchayadi, peshob miqdori ortadi, kungil aynish , qusish va ayrim xollarda qorin va bug‘imlarda og‘riq kuzatiladi. Giperglikemik koma atsa sekin rivojlanadi, bemorlar apatik (loqayd), es-xushi tiniq emas, nafas olishi chuqur va shovqinli, og‘zidan atseton xidi keladi, teri qoplamlari oqargan va quruqlashgan, kuzlari kirtaygan, mushaklar bushashgan, pay reflekslari deyarli yuq, AD pasaygan, puls tez va zaif. CHuqur koma vaqtida kollaps xolati rivojlanib, qondagi qand miqdori (normada 3,3-5,5 g/l) 8 g/l gacha oshadi. Diabetik koma ayrim xollarda yuqori giperglikemiya, glyukozuriya bilan kechadi, lekin ketoatsidoz kuzatilmaydi. BTYO. insulinoterapiya utkaziladi (40-50 TB insulin izotonik eritmani 20-40 ml bilan aralashtirilib venaga, bir vaqtda yana Ringer-Lokk eritmasi yoki 4-8% li 200-400 ml natriy gidrokarbonat, Yurak glikozidlaridan korglyuqon (1ml 0,06%) yoki srofantin 1ml, 0,05% venaga yuboriladi.Og‘ir xolatida bemorning qoniga mos yangi tayyorlangan sitrat qushilgan qon qo‘yiladi.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling