Тошкент фармацевтика институти


O‘TKIR TERAPEVTIK KASALLIKLAR


Download 0.53 Mb.
bet70/89
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#204961
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89
Bog'liq
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni

O‘TKIR TERAPEVTIK KASALLIKLAR.
Reja

1.O‘tkir Yurak va tomir etishmovchiligi

a) SHok va kollaps belgilari, BTYO

b) Yurak astmasi belgilari, BTYO

2.Gipo va giperglikemik komalar va unda BTYO

3.Tutqanoq kasalligi va unda birinchi tibbiy yordam


Yurak va tomirning o‘tkir etishmovchiligi- tomirlar tonusining pasayishi, vena va kapillyar qon tomirlarning kengayishi natijasida kelib chiqadi. Oqibatda qon bosimi pasayadi, Yurakka qon kelishi kamayadi. Sababi: psixik travmalar, MNS travmasi, og‘ir jaroxatlanish bulib, bemor shok va kollaps xolatiga tushib qoladi.

SHok va kollaps infeksiya va intoksikatsiyalarda tomirlarning o‘tkir etishmovchiligi tufayli qon aylanishning buzilishi kollaps deyilib,jaroxatlanish, travma, kuyish, peritonitlarda buladigan kollaps xolati shok deyiladi.

Belgilari: bemor xushidan ketmaydi, o‘zini zaif sezadi, tana xarorati pasayib oyoq qo‘llari muzlaydi, kuz qorachig‘i kengayadi, yuzi kukarib sovuq ,yopishqoq ter bilan qoplanadi, til va og‘iz qurib, tashnalik sezadi. Nafas yuzaki, puls tezlashgan, sezilarsiz, arterial va venoz qon bosimi pasayadi, siydik miqdori ancha kamayadi.

BTYO: toza xavoga olib chiqish, kiyim, kukrak va buyin soxasidagi tugmalar echiladi, boshini past qilib yotqiziladi, xushiga keltirish uchun yuziga sovuq suv purkaladi, navshatir spirti xidlatiladi. Xushiga qaytmasa kofein, kamfora in’eksiya qilinadi, sun’iy nafas beriladi, narkotiklar, tomir toraytiruvchi (adrenalin, noradrenalin, efedrin, mezaton), MNS ni quzg‘atuvchilar (kofein, srixnin, kamfora) beriladi.




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling