Xolinolitik dorilardan zaharlanish.
Xolinolitik vositalar-atropin, amizil, astmatol, skopolamin, aprofen va b. markaziy va periferik nerv tizimidagi xolinolitik tizimlarni tormozlaydi.
Xolinolitiklardan zaharlanganda og‘iz qurishi, yutish va nutqning buzilishi, yorug‘likdan qurqish, Yurak o‘ynashi, nafas siqishi, bosh og‘rig‘i kuzatiladi. Akkomadatsiya falajlanadi, qorachiqlar kengayadi, yaqindan ko‘rish buziladi. Teri qoplamlari quruq, giperimiyalangan. Og‘ir hollarda ruxiy va harakat qo‘zg‘alishi, ko‘rish gallyusinatsiyalari, jazavaga tushish, tutqanoqsimon xuruj, so‘ngra es-xushni yo‘qolishi kuzatiladi.
BTYO.
Agar zahar og‘iz orqali kirgan bo‘lsa, me’dani 1 % tanin yoki 1:1000 kaliy permanganat eritmasi bilan zond orqali yuvish, suyuqliklar ichirib qutsirish lozim.
Agar zahar ko‘z shilliq pardalari orqali kirgan bo‘lsa, tezlik bilan ko‘zni yuvish kerak. Taxikardiyada inderaldan foydalanish mumkin. Agar gipertermiya kuchli bo‘lsa, sovuq suv yoki muzli xaltacha, nam artish usulidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |