Og‘ir metall tuzlaridan zaharlanish.
Mis birikmalaridan zaharlanish.
Mis kuporosi, mis oksidimis karbonat va b. ko‘pincha nafas yo‘llari orqali tanaga tushadi. va ularni ta’sirlaydi. Ular qon gemolizi va ichki a’zolarda degenerativ o‘zgarishlarni chaqirish xususiyatiga ega.
YAshirin davr (4-48 soat) o‘tgach, bemorda isitma (39-400 S), titrash, kuchli terlash kuzatiladi. So‘ngra umumiy holsizlik, taxikardiya, qusish boshlanadi. Burundan qon ketishi, katta dozalarda esa o‘pka shishi, MNS zararlanishi rivojlanadi. Bemor tezda o‘lib qolishi mumkin.
Mis birikmalari me’daga tushsa og‘izda metall ta’mi, salivatsiya kuzatiladi. Bunga ko‘ngil aynish, qusish, qorinda og‘riq, chanqash, ich ketishi qushiladi. Teri qoplamlari sarg‘ayadi. Til va og‘iz shilliq pardalari ko‘k rangga bo‘yaladi. Tana harorati pasayadi. Yurak qisqarishlari soni kamayadi. Og‘ir hollarda koma, tirishishlar kuzatilishi mumkin.
BTYO.
Birinchi yordam me’dani bir necha marta yuvishdan iborat. SHuningdek, faol ko‘mir va magniy oksiddan foydalaniladi. Bemorga sut, yog‘li ovqatlar berish taqiqlanadi. Bemorning terisi ostiga morfin va atropin, venasiga 100 ml 30 % natriy tiosulfat yuboriladi. Ko‘p qusganda amnazin yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |