Mishyak birikmalaridan zaharlanish.
Mishyak birikmalari tanada nefrotoksik, gepatotoksik, neyrotoksik, enterotoksik ta’sirlarni namoyon qiladi. Zahar tanaga og‘iz orqali tushganda metall ta’mi, qorinda og‘riq, qusish kuzatiladi. Qusuq massasi yashil rangda bo‘ladi, axlat guruch qaynatmasini eslatadi. Tana suvsizlanib, tirishishlar rivojlanadi. Gemolitik kamqonlik, sariqlik, buyrak etishmovchiligi, og‘ir hollarda kollaps, koma kuzatiladi.
Zahar nafas yo‘llari orqali kirganda sopor holati, tirishishlar, xushdan ketish, nafasning falajlanishi, kollaps kuzatiladi. Ingalyasiya yo‘li bilan zaharlanganda tezda qon gemolizga uchraydi. 2-3-kunlarga kelib jigar va buyrak etishmovchiligi kuzatiladi.
Mishyakning o‘ldiruvchi dozasi ichga qabul qilinganda 0, 1-0, 2 g ga teng.
BTYO.
Me’dani yuvish, xuqna, venaga 150-200 ml 5 % unitiol eritmasi yuborish tavsiya etiladi. Vitaminoterapiya ham maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |