Rux va uning birikmalaridan zaharlanish.
Tanaga rux birikmalari nafas a’zolari va hazm yo‘llari orqali tushishi mumkin. Rux birikmalari bilan zaharlanganda og‘izda metall ta’mi, chanqash, holsizlik, ko‘ngil aynish, qusish, qorinda og‘riq, ich ketishi kuzatiladi. Bemor uyquchan, mushaklarda og‘riqqa shikoyat qiladi. Keyinroq bronxit belgisi bo‘lgan quruq yo‘tal kuzatiladi. Bu 4-5 soat davom etib, so‘ngra kuchli titrash, tana haroratini 38-400 S ga ko‘tarilishi, terlash kuzatiladi. Og‘ir hollarda pnevmoniya va o‘pka shishi rivojlanadi.
Agar rux birikmalari teriga tushsa yara paydo bo‘ladi, og‘iz orqali kirsa hazm yo‘llarining kuyishiga olib keladi.
BTYO.
Rux birikmalari og‘iz orqali kirganda me’dani 3 % natriy gidrokarbonat yoki 0, 2 % tanin eritmasi bilan yuviladi, tuzli surgilar beriladi. Ziddizahar sifatida unitiol ishlatiladi, u 1-kunlarda har 10 kg og‘irlikka 1 ml 5 % eritma hisobida 3-4 mahal, 2-kunda 2-3 mahal, 3-7-kunlar 1-2 mahal beriladi. Ishqorli ingalyasiyalar, glyukoza va askorbin kislota vena orqali, zaruriy hollarda esa narkotiklar, Yurak-tomir vositalari beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |