Toshkent farmasevtika instituti sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 101 a guruh talabasi ergasheva rayhonaning gigiyenadan muataqil ishi


Download 166.95 Kb.
bet4/5
Sana12.02.2023
Hajmi166.95 Kb.
#1191097
1   2   3   4   5
Bog'liq
Gigiyena Bozorova Shahrizoda 102-A 12

Ichimlik suvning fizikaviy xossalarini aniqlashSuvning organoleptik xususiyatlarini aniqlash.Odamning sezgi a‘zolari yordamida aniqlash mumkin bo‘lgan tekshirish usullariga organoleptik usullar deyiladi. Suvning organoleptik xossalariga uning hidi, tiniqligi, rangi, ta‘mi, harorati va boshqalar kiradi. Suv hidini aniqlash: 150—200 ml kolbaga 2/3 qism hajmida sinama suv olinadi. Kolbaning og‘zi soat oynasi bilan berkitiladi va 40—50° gacha qizdiriladi. Kolba silkitilgandan keyin, hidi aniqlanadi va 5 ball darajasida ifodalanadi.Agar suv hidining jadalligi ruxsat etilgan 2 balldan oshmasa, iste‘mol qiluvchiga yomon ta‘sir qilmaydi.

Sanoatning elektron, kimyo, farmatsevtika va boshqa sohalarida ko‘pgina texnologik jarayonlarda yuqori darajada toza hisoblangan suvdan foydalaniladi. Suvning o‘ta toza bo‗lishi va uni olishning maxsus texnologiyasi dori vositalarini ishlab chiqarishda (in‘eksiya uchun suv va tozalangan suv) zarurdir. Tozalangan suvdan turli maqsadlarda foydalanilsada, ammo uni olishning usullari bir xil tartibga asoslanadi. Bunda farmatsevtik maqsadlarda ishlatiladigan toza suvni olish tartibi namuna qilib belgilangan.

In‘eksiya uchun suvdan steril dorivor vositalarni tayyorlashda va ular joylanadigan idishlar (upakovka) larni yuvishda (yuqori darajada chayishni istisno qilgan holda) foydalaniladi. Farmatsevtik maqsadlarda foydalaniladigan suv tabiiy ichimlik suvidan olinar ekan, uni albatta har xil aralashma va cho‘kindilardan tozalash kerak. Tabiiy suv tarkibida har xil aralashmalar bo‘lishi mumkin: mexanik zarralar (erimaydigan organik va noorganik aralashmalar), eriydigan moddalar(noorganik tuzlar, kalsiy, magniy, natriy, xlor ionlari, oltingugurt, ko‘mir kislotalari va boshqalar); kimyoviy faol bo‘lmagan eriydigan gazlar (kislorod, azot); kimyoviy faol bo‘lgan eriydigan gazlar (uglerod dioksidi, ammiak); mikroorganizmlar (jumladan, ko‘z ilg‘aydiganlar, mog‘or zamburug‘lari, suv o‘tlari va sistalar va h); bakteriyali endotoksinlar (grammanfiy mikroorganizmlarning hujayra devorlaridagi lipopolisaxaridlar); organik moddalar (tabiiy organik moddalar – gumin kislota va b. hamda ifloslantiruvchi organik moddalar – sanoat chiqindilari, o‘g‘itlar, pestitsitlar va b. ); kolloidlar; qolgan dezinfiksiyalovchi moddalar (xlor, xlor kislotasi, gipoxlorit – ion, xloraminlar va boshqalar). Asos suv ―Ichimlik suvi‖O‘zbekiston Rtspublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 951-2011 Davlat Standart «Ichimlik suvi sifatiga bo‘lgan gigiyenik talablar va uning nazorati» qoidalariga muvofiq ichimlik suvi talablariga javob berishi shart. Asos suvning sifati, uning kimyoviy tarkibi, undagi mavjud aralashmalardan qat‘iy nazar texnologik sxema bo‘yicha suvni tozalangan holda olishda filtratsiya, yumshatish, ion almashish, qayta so‘riltirish va h. kabi bir necha bosqichlardan iborat suvni dastlabki tayyorlash jarayoni katta ahamiyatga ega.


Download 166.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling