In‘eksiya uchun suvdan steril dorivor vositalarni tayyorlashda va ular joylanadigan idishlar (upakovka) larni yuvishda (yuqori darajada chayishni istisno qilgan holda) foydalaniladi. Farmatsevtik maqsadlarda foydalaniladigan suv tabiiy ichimlik suvidan olinar ekan, uni albatta har xil aralashma va cho‘kindilardan tozalash kerak. Tabiiy suv tarkibida har xil aralashmalar bo‘lishi mumkin: mexanik zarralar (erimaydigan organik va noorganik aralashmalar), eriydigan moddalar(noorganik tuzlar, kalsiy, magniy, natriy, xlor ionlari, oltingugurt, ko‘mir kislotalari va boshqalar); kimyoviy faol bo‘lmagan eriydigan gazlar (kislorod, azot); kimyoviy faol bo‘lgan eriydigan gazlar (uglerod dioksidi, ammiak); mikroorganizmlar (jumladan, ko‘z ilg‘aydiganlar, mog‘or zamburug‘lari, suv o‘tlari va sistalar va h); bakteriyali endotoksinlar (grammanfiy mikroorganizmlarning hujayra devorlaridagi lipopolisaxaridlar); organik moddalar (tabiiy organik moddalar – gumin kislota va b. hamda ifloslantiruvchi organik moddalar – sanoat chiqindilari, o‘g‘itlar, pestitsitlar va b. ); kolloidlar; qolgan dezinfiksiyalovchi moddalar (xlor, xlor kislotasi, gipoxlorit – ion, xloraminlar va boshqalar). Asos suv ―Ichimlik suvi‖O‘zbekiston Rtspublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 951-2011 Davlat Standart «Ichimlik suvi sifatiga bo‘lgan gigiyenik talablar va uning nazorati» qoidalariga muvofiq ichimlik suvi talablariga javob berishi shart. Asos suvning sifati, uning kimyoviy tarkibi, undagi mavjud aralashmalardan qat‘iy nazar texnologik sxema bo‘yicha suvni tozalangan holda olishda filtratsiya, yumshatish, ion almashish, qayta so‘riltirish va h. kabi bir necha bosqichlardan iborat suvni dastlabki tayyorlash jarayoni katta ahamiyatga ega. Uz.wikipedia.org Fayllar.org Gigiyena darslik Etiboringiz uchun tashakkur!!! Toshkent 2022
Do'stlaringiz bilan baham: |