Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya


Patogenlik va Virulentlik omillari


Download 19.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/32
Sana16.12.2017
Hajmi19.01 Kb.
#22443
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32

Patogenlik va Virulentlik omillari. 
Patogen  mikroorganizmlarning  virulentligi,ularning  adgeziv,kolonizatsiya  qilish  yoki 
ko'payishi,invaziv,ximoya  omillarini  (  birinchi  navbatda  fagositoz  qiluvchi  hujayralar 
faoliyatini ) susaytirish ,zaharli moddalar ishlap chiqarish kabi xossalari orqali amalga oshadi. 
Adgeziya  va  kolonizatsiya.  Infeksion  jarayon  boshida,mikrob  xujayralari  ularga 
ta'sirchan  makroorganizm  xujayralariga  yopishib  oladi  (  adgeziya  qiladi  )  so'ngra  u  yerda 
ularning ko'payishi (kolonizatsiya) boshlanadi. 
Adgeziya(lot.adhasio-yopishish)da 
mikrob 
epiteley 
xujayrasining 
ustki 
qismiga 
yopishadi.Bu 
jarayonda 
bir 
tomondan 
nomaxsus 
fizik-kimyoviy 
omillar( 
mikrob 
xujayralarining gigrofobligi,membrana usti zaryadlari va boshqalar), ikkinchi tomondan maxsus 
tuzilmalar ( adgezinlar, retseptorlar ) qatnashadi. 
Adgezinlar  asosan  oqsil  tabiatli  tuzilmalar  bo'lib,ularning  maxsusligi  xisobiga  bir  tur 
mikroorganizmlar  nafas  yo'llarining,ikkinchilari  -  ichak  yo'llari,uchinchilari  -siydik-  tanosil 
a'zolarining epiteleylariga birikadi va x.k. 
Ko'pgina grammanfiy bakteriyalarda tukchalar adgezinlar vazifasini bajaradi.Grammusbat 
bakteriyalada esa hujayra devoridagi oqsil va lipoteyxova kislotalari shunday xossaga ega. 
Odam to'qimasi xujayralarida har xil : tabiiy, induksiya qilingan va orttirilgan retseptorlar 
mavjud.Tabiiy 
retseptorlar 
epiteley 
xujayralarida 
joylashgan 
bo'lib,ularga 
moyil 
bakteriyalarning adgeziyasida  qatnashadi. Induksiya qilingan retseptorlar  viruslar  o'ziga  sezgir 
xujayralarga  absorbsiya  qilganidan  keyin  paydo  bo'ladi.(  masalan.gripp  virusi)  so'ngra  bu 
xujayralarga har xil bakteriyalar ( masalan.stafilakokk,streptokokk.) yopishishi mumkin. 

157 
 
Kasallik  qo'zg'atuvchi  mikroorganizmlar  o'ziga  moyil  to'qima  xujayrasiga    birikkanidan 
so'ng  uning  ustki  qismi  yoki  ichiga  kirib  tezda  ko'payishiga  (  kolonizatsiya  qilishga  )  xarakat 
qiladi.Agar shunday  qilmasa ,maxalliy ximoya omillari va normal mikrofloraning antogonistik 
ta'siri xisobiga tezda nobud bo'ladi. 
Penetratsiya (lot.penetrate-kirib olish)bir necha yuqumli kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar 
epiteley xujayralari. Leykosit va limfositlar sitoplazmasiga kira olish 
(penetratsiya  qilish)  xususiyatiga  ega.  Ichakning  epiteley  xujayralariga  shigella,  ma'lum 
tip  ichak  tayoqchasiga  salmonollelar  kira  oladi.  Bunda  xujayra  parchalanadi.  Epiteliy 
qavatining butunligi buzilib, muvofiq a'zo yoki  to'qimada patologik jarayon rivojlanadi. 
Invaziya  (lot.invasio-xujum  qilish)  Patogen  mikroblarning  organizmga  kira  olish 
xususiyati  to'qimalarni  yemira  oladigan  yoki  har  xil  xujayralarni  shikastlaydigan  fermentlar 
ishlab  chiqarishiga  bog'liq.  Ko'pgina  patogen  mikroblar  (Cl.perfringens,  Streptococcus, 
Starhylococcus  va  boshqalar)  da  gialuron  kislotani  yoki  birikturuvchi  to'qima  asosini  tashkil 
etuvchi  mukopolisaxaridni  parchalay  oladigan  gialurondaza  fermenti  topilgan.  Bu  ferment 
mikroblarning  organizmga  tez  tarqalishiga  imkon  beradigan  patogenlik  omillaridan  biri 
xisoblanadi. 
Vabo  vibrioni,  streptokokk  kabi  mikroorganizmlar  neyraminidaza  fermenti  ishlab 
chiqaradi,  bu  ferment  har  xil  glikoprotoid  glikolipid  polisaxaridlar  tarkibidagi  neyramin 
kislotasini  tanlab  parchalaydi,  natijada  har  xil  to'qimalarning  o'tkazuvchanligi  ortadi.  Shuning 
uchun mikroblar neyraminidaza yordamida nafaqat to'qimalar, balki xujayralar ichiga ham kirib 
olishi mumkin. 
Stafilokokk  streptokokklar  qon  va  turli  a'zo  xujayralarining    qobig'ini  yemiradigan 
lesitinaza va leykosidin, eritrositlarni lizisga uchratadigan gemolizin ishlab chiqaradi. 
Agressiv  omillar.  Organizmning  ximoya  kuchlariga  ta'sir  ko'rsatuvchi  omillar  agresinlar 
deb yuritiladi. Bakteriya xujayrasining ustki qismida joylashgan kapsulalar 
(polisaxaridlar, oqsillar) tilla rang  stafilokokklarning xujayra devoridagi  A-oqsili,patogen 
streptokokklarning 
M-oqsili, 
grammanfiy 
bakteriyalarning 
lipopolisaxaridlari, 
mikobakteriyalarning  kort  -omili,  o'lat  bakteriyasining  V-va  W  -  antigenlari  shunday 
xususiyatga  ega  moddalardir.  Bu  omillar  leykositlar  xemotaksisini  susaytirib,  fagositozning 
amalga  oshishiga  to'sqinlik  qiladi.  Boshqa  taxminlarga  ko'ra.  yuqorida  sanab  o'tilgan  omillar 
opsoninlar  (antitelolar)  yoki  komplement  ma'lum  bir  komponentlarning  faolligiga  ta'sir 
ko'rsatadi. 
Fermentlar  yordamida  xam  organizm  ximoya  to'sig'ini  yengib  o'tishi  mumkin.  Bularga 
proteaza,  qon  plazmasini  ivitadigan  koagulaza,  fibrinni  eritadigan  fibrinolizinlar  misol  bo'la  
oladi 
Bakteriya toksinlari (zaxarli moddalari) Bakteriyalar sintez qiladigan zaxarli moddalar 
kimyoviy tabiatiga ko'ra oqsillar (ekzotoksinlar) yoki liposaxaridlar (endotoksinlar)ga bo'linadi. 
Oqsillar bakteriya xujayrasining tashqi qobig'ida joylashgan bo'lib, to'liq tashqariga sintez 
qilinadigan (V.cholerae xolerogeni, V.parahaemolyticus gemolizni. Cor. diphteiae. gistotoksini 
va  boshqalar)  qisman  (Bord.pertussis  leykotoksini,  Vl.teteani  tetanospazmini,  Cl.botulinum 
neyrotoksini,) va umuman  sintez qilinmaydigan turlar (Sh.dysenteriae enterotoksini, Y.pestis " 
sichqon  toksini")  ga  bo'linadi.  Oxirgi  xillari  faqat  bakteriya  xujayrasi  parchalangandan  keyin 
tashqariga  tushadi.  Binobarin,  oqsil  tabiatli  toksinlar  nafaqat  mikrob  virulentligining  amalga 
oshishida, balki bakteriyalarning metabolik jarayonlarida xam qatnashadi. 
Lipopolisaxaridlar  (LPS)  bakteriyaning  xujayra  devorida  joylashgan  bo'lib  bu  tuzilma 
parchalangandan  so'ng tashqari tushadi. 
Oqsil  tabiatli  toksinlar.  Bu  xilga  mansub  80  dan  ortiq  bakteriya  zaharlari  tafovut 
qilinadi.Ular bir-biridan molekulyar massasi, kimyoviy tuzilishi, tropligi (moyilligi) va biologik 
faolligi  bilan farq qiladi. 
Oqsillar  asaosan  termolabil  bo'lishiga  qaramay,  ularning  issiqqa  chidamli  turlari  xam 
mavjud. Masalan,Cl.botulinum, E.coli, patogen stafilokokklar ishlab chiqaradigan zaxarlar 100 
C    da  xam  bir  necha  minut  saqlanib  qoladi.  Ekzotoksinlar  a'zo  va  to'qimalarga 

158 
 
moyilligi,zaxarliligi,antigenligi,  immunogenligiva  boshqa  belgilari  bilan  ta'riflanadi.  Ta'sir  
mexanizmiga ko'ra 4 xili ajratiladi. 
Sitotoksinlar oqsil sintezini buzadi. 
Membranotoksinlar-  eritsosit  (gemolizin)  va  leykositlar  (leykosidin)  o'tkazuvchanligini 
oshiradi, natijada birinchilar gemolizga uchraydi, ikkinchilari parchalanadi. 
Funksional  blokatorlar-  xujayra  adenilatsiklaza  fermenti  faolligini  oshiradigan 
enterotoksinlar, ular ta'sirida  ingichka ichak  devorining  o'tkazuvchanligini oshadi  va suyuqlik  
ko'p  miqdorda  chiqib ketishi  xisobiga  diareya  yuzaga keladi.  Masalan, patogen   vabo  vibrioni 
ishlab 
chiqaradigan 
xolerogen,enterobakteriyalarning 
enterotoksinlari 
xuddi 
shunday 
xususiyatga ega. 
Patogen  stafilokokk  va  streptokokklar  ishlap  chiqaradigan  eksfoliatin  va  eritrogenlarning 
xujayralarning  o'zaro  va  xujayra  aro  moddalar    ta'sirlashuvi  jarayonlariga  ta'sir  ko'rsatadi.  Bir 
qator oqsil tabiatli formalin ta'sirida anatoksinlar olinadi. 
Endotoksinlar  bakteriya  qobig'i    bilan  bog'langan  bo'lib,  organizmda  mikrob  xujayrasi 
parchalangandan  so'ng  ajralip  chiqadi.  Endotoksinlar  kimyoviy  tarkibi  bo'yicha    LPS  bo'lgani 
uchun,ko'proq  grammanfiy  bakteriyalarda  uchraydi.  Ular  glyusido-lipido-protein  birikmasidan 
iborat  bo'lib,  issiqqa    chidamli        (termostabil),  avtoklavda  xam  o'z  kuchini  saqlab  qoladigan 
preteolitik fermentlar ta'sirida parchalanmaydi, endotoksin formalin ta'siriga ham chidamli. 
Endotoksin tajriba xayvonlariga katta miqdorda kiritilsa, fagositozning pasayishi, xolsizlik 
kuzatiladi, nafas olish qiyinlashadi, yurak  faoliyati  susayadi,  tana xarorati  pasayadi.  Aksincha, 
kichik  miqdorda  kiritilsa,  qarama-qarshi  xolat  kuzatiladi:  fagositoz  kuchayadi,  tana  xarorati 
ko'tariladi  va  x.k.  LPS  qonga  tushgach  qon  xujayralariga  ta'sir  ko'rsatib,  ulardan  pirogen 
moddalar ajraladi, natijada odam isitmalaydi. 
Infeksion jaroyonning yuzaga kelishi va rivojlanishida makroorganizm. Tashqi muxit va 
ijtimoiy sharoitlarning axamiyati. 
Yuqumli    kasalliklarning  paydo  bo'lishi  odam  organizmning  reaktivligi,  patogen 
qo'zg'atuvchi uchun kerakli moddalar, immunitet xolati, mikrobning patogenligi va virulentligi, 
tashqi  muxit  ta'siri  va  ijtimoiy  omillar  bilan  bog'liq.  Bu  omillarning  munosabatiga  qarab 
infeksion  jarayon  qo'zg'atuvchisi  yoki  xo'jayini  o'limi  yoki  xo'jayin  bilan  parazit  o'rtasida 
moslashuv  yuzaga  kelishi  mumkin.  Organizmning  yuqumli  mikrobga  ta'sirchanligiga 
asab,endokrin, immun, va boshqa tizimlar xolati, jinsi, yoshi ma'lum bir fiziologik xolatlar ta'sir 
ko'rsatadi. Ko'p hollarda organizm ximoyasining susayishiga och qolish, sovqotish, isib ketish, 
nurlanish,  alkogolizm  va  boshqalar  sabab  bo'ladi.  O'z  navbatida  to'g‘ri  ovqatlanish,  kerakli 
vitaminlarni vaqtida olish, sarishtalik qoidalariga rioya qilish, yashash va ishlashni to'gri yo'lga 
qo'yish,  o'z  vaqtida  dam  olish.organizmni  chiniqtirish  va  sport  bilan  shug'ullanish  yuqumli 
kasalliklarning  oldini  oladi.  Uzoq  vaqt  och  qolish  yoki  to'g'ri,  to'la-to'kis  ovqatlanmaslik 
natijasida  sil.  ichburug',  furunkulyoz  kabi  kasalliklar  rivojlanadi.  Infeksion  xolatlarning 
rivojlanishida  gipovitaminozlarning (ayniqsa A.B.C guruh) ahamiyati katta. Tana xaroratining 
pasayishi  organizmdagi  patogen  va  shartli-patogen  mikroblarning  ko'payib  xar-xil  kasalliklar 
keltirib chiqarishiga sabab bo'ladi. 
Yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilaring organizmga tushishi va kasallikning  
rivojlanish davri. 
Infeksiya  manbaiga  qarab  antroponoz,  antropozoonoz,  zoonoz  va  sopronoz  infeksiyalar 
tafovut  qilinadi.  Antroponoz infeksiyalar (qorin tifi, ichburug',  vabo, qizamiq, zaxm  so'zak va 
boshqalar)  faqat  odamlarga  yuqadi,  Antropozoonoz  infeksiyalar  (toun,  kuydirgi,  brutselyoz, 
quturish va x.k.) odam va xayvonlarga yuqadi. Bunda kasal va bakteriya tashuvchi odam xamda 
xayvonlar  infeksiya  manbai  bo'lib  xizmat  qiladi.  Zoonoz  infeksiyalar  (tovuq,  va  itlar  o'lati)da 
faqat xayvonlar oziqlanadi. Sopronoz infeksiyalarda tashqi muxit kasallik qo'zg'atuvchi manba  
(suv,  xavo  tuproq  va  boshqalar)  xisoblanadi.  Patogen  mikroorganizmlarning  organizmga 
kiradigan a'zo va to'qimalari infeksiyalarning kirish darvozalari deb ataladi. 
 
 

159 
 
Yuqumli kasallik davri. 
Yashirin  (inkubatsion)  davr,  patogen  mikrob  organizmga  tushganidan  boshlab  to 
kasallikning  dastlabki  belgilari  paydo  bo'lgungacha  o'tadigan  vaqt. Yashirin  davrning  muddati 
odam organizmning umumiy rezistentlik va immunitet darajasi, tashqi muxit va ijtimoiy omillar 
ta'siri,  patogen  mikrobning  tushgan  miqdori  va  virulentligiga  bog'liq.  Agar  organizm  tushgan 
mikrobni ximoya omillar yordamida yengsa, unda kasallik rivojlanmasligi ham mumkin. 
Prodromal  davr.  Bu  davrda  patogen  mikrob  o'ziga  moyil  a'zo  yoki  to'qimada  ko'paya 
boshlab,  agressiv  ferment  va  toksinlar  ishlab  chiqaradi.  Prodromal  davr  bir  necha  soatdan  bir 
necha  kungacha  davom  etadi.  Bu  davrda  kasallikga  xos  umumiy  belgilar:  tana  xaroratining 
ko'tarilishi,  bosh  og'rig'i,  darmonsizlik.lanj  bo'lish,  ishtaxa  yo'qolishi  va  boshqalar  paydo 
bo'ladi. 
Kasallikning avj olish davrida bemorda kasallikning asosiy belgilari namoyon bo'ladi. Bu 
davrda  kasalik  qo'zg'atuvchisi  yanada  ko'payib,organizmda  gemotagen,  limfogen  va  neyrogen 
yo'llar  bilan  tarqaladi.  Bu  davr  turli  kasalliklarda  turlicha  davom  etadi  va  patogen  mikrob 
tutuvchi  bemor  atrofdagilar  uchun  xavfli  xisoblanadi.  Shu  bilan  birga.immun  tizim  omillari 
kasallik  qo'zg'atuvchisi    bilan  kurasha  boshlaydi.  Agar  bu  kurashda    patogen  mikroorganizm 
g'olib  kelsa  bemor  nobud  bo'lishi  mumkin.  Aksincha,  organizmning  ximoya  omillari  yengib 
chiqsa, keyingi  tuzalish  davri (rekonvalesensiya)  boshlanadi,  bunda  organizmning  zararlangan 
a'zo to'qima va xujayralari asta-sekin tiklanib, fiziologik xolat barqarorlashadi. 
Infeksiya shakllari va ularning tavsifi. 
Infeksiya  va  infeksion  jarayon  shakllari  xar  xil  bo'lib,  bu  kasallik  qo'zg'atuvchisining 
tabiati, uning makroorganizmdagi ta'sir joyi, tarqalish yo'llari va boshqa sharoitlarga bog'liq. 
Ekzogen  infeksiya  -  patogen  makroorganizmning  odam  organizmiga  tashqaridan  oziq-
ovqat maxsulotlari, suv, xavo,va tuproq kasal odam, mikorb tashuvchi va rekonvalesentlarning 
chiqindilari orqali tushishi. Masalan, vabo, botulizm, ichburug', salmonellyoz va boshqalar. 
Endogen  infeksiya  -  ma'lum  bir  sharoitda    odamning  normal  mikroflorasiga  kiruvchi 
shartli  -patogen  mikroorganizmlarning  kasallik  qo'zg'atishi.Bunday  holat  ko'pincha  har  xil 
sabablarga  ko'ra,  masalan  organizmning  ximoya  omillari  susayganda,uzoq  vaqt  antibiotiklar 
qo'llanilganda  yuz  beradi.Disbakterioz.appendisit,xolisistit  kabi  kasalliklar  shular  jumlasiga 
kiradi. 
Autoinfeksiya  -  endogen  infeksiyaning  bir  turi  bo'lib  odam  mikroflorasi  bir  biotopdan 
ikkinchisiga  ma'lum  bir  sabablar  bilan  tushganida  yuzaga  keladi.  Makro  -  va  mikroorganizm 
o'rtasidagi  muvozanatning  buzilishi  infeksiya  o'chog'i  faollashib    patogen  mikrobni  
gematogen,limfogen,  va  neyrogen  yo'l  bilan  organizmda  tarqalishiga  olip  keladi.  Bakteriyalar 
qonga tushsa,bakteremiya, bakteriya toksinlari tushsa, toksinemiya,viruslar tushsa , virussemiya 
xolati yuzaga keladi.  Agar patogen mikroorganizmlar qondagi ximoya omillarini yengsa, unda 
ko'payib,  sepsis  yoki  septisemiya  xolatini  vujudga  keltiradi.  Kasallik  qo'zg'atuvchi  infeksiya 
turlarining xili bo'yicha kam farq qiladi: monoinfeksiya- bir tur  mikroorganizm qo'zg'atadigan 
kasalliklar  (masalan,  gripp,  so'zak,  zaxm,  vabo  va  boshqalar  ):  aralash  (mikst)  infeksiya  -  bir 
necha  tur  patogen  mikroorganizmlar  yuzaga  keltiradigan  kasalliklar  .Yuqumli  kasallikning 
qaytalanishi  bo'yicha  quyidagi  turlari  mavjud  :  reinfeksiya  -  bemor  kasallikdan  tuzalgandan 
keyin  qisqa  vaqt  ichida  xuddi  shu  tur  infeksiya  qo'zg'atuvchisining  organizmga  qayta  tushib 
kasallik paydo qilishi. Residiv  - kasallik qo'zg'atuvchisining organizmda saqlanb qolib, ma'lum 
vaqtdan  so'ng  kasallik  belgilarining  qaytalanishi,  Masalan,  osteomielit.qorin  tifi,  sil  va 
boshqalar.  Superinfeksiya  -  bemor  tuzalmasdan,  xuddi  shu  tur  patogen  mikroorganizmning 
uning organizmiga tushishi. Masalan, zaxm kasalligida.  Kasallik kechish  muddatiga ko'ra ham 
farq qilinadi : o'tkir infeksiya va surunkali infeksiya. 
Mikroorganizmlarning antagonizm xususiyati. 
Antagonizm—mikroorganizmlarning  bir  turining(bakteriya,  zamburug‘,  antinomisetlar) 
boshqa bir turning o‘sishi va ko‘payishini ozuqa uchun kurash maqsadida to‘xtatib qo‘yadi. 
Antogonizm  namoyon  bo‘lishi:  metabolizmning  achchiq  mahsulotlarni  ajratishi  PH 
kamayishi,  protiolitik  valigolitik  fermentlar  ajratish,  mikotoksin,  fitonsid,  antibiotiklarni 

160 
 
ajratish.  Antagonistik xususiyatga ega bo‘lgan mikroorganizmlarga mog‘or zamburig‘I, tuproq 
aktinomisetlar ,achigan sut bakteriyalari misol bo‘la oladi. 
Nazorat savollari. 
1.Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarni ayting.Virulentlik omillari nima? 
2.Patogenlik va virulentlik nima ? 
3.Infeksiya,infeksion jarayon. Infeksion yuqumli kasalliklar haqida ayting. 
4.Laboratoriya jonivorlariga kasallik yuqtirishning maqsadi  va vazifalarini aytib bering. 
5 Yuqumli kasalliklarning yuqish yo`llari. 
 
Mavzu: Immunitet va immun sistema. Immun kimyoning infeksion kasalliklarni oldini olishdagi 
ahamiyati 
Darsning maqsadi: Immunitet, antigen, antitela haqida tushuncha olish. 
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi: 
darsning turi - suhbat 

a)
 
metod - 1. ―Qopdagi mushuk‖ , 2. ― Qo'r boron‖, 3. ―Interaktiv usul‖ v) forma (shakl) - 
gurux 
b)
 
g) vosita - doska, tarqatma material, jadval, tayyor preparat, mikroskop, bo‘yoqlar, 
reaktivlar, kompyuter 
c)
 
usul - nutqli 
d)
 
nazorat- kuzatish (ко 'rish)  
e)
 
j) baholash - o‘z - o‘zini va umumiy baholash  
.. 1 “Qopdagi mushuk‖ isli o‘yinini o‘tkazish usJubi. 

Ish uchun zarur 
,, 
Guruhdagi talabalar soniga qarab qur‘a tashlash uchun 
Topshiriqlar variantlarining to‘plami, sonlar 

t
. . 
Toza qog‘oz varog‘lari. 

lshni bajarish tartibi. 
1)
 
Qur‘a tashlash yo‘li bilan gurux 3-4 ta talabadan iborat bo‘lgan kichik guruxlarga 
bo‘linadi. 
2)
 
Har bir kichik gurux alohida stol atrofida o‘tiradi toza qog‘oz varog‘i va ruchka 
tayyorlanadi. 
3)
 
Varoqda sana, gurux soni, ish o‘yinini nomi, shu kichik guruxda ishtirok etadigan 
talabalar familiyasi, ismi, sharifi yoziladi. 
4)
 
Xar bir kichik guruxlarni bitta qatnashchisi o‘qituvchini oldiga kelib kanvertdan 
topshiriq variantini oladi. 
5)
 
Talabalar varoqga o‘zlarining topshiriqlarini ko‘chiradilar va ish bajarish uchun 15 mm 
vaqt beriladi. 
6)
 
Kichik guruxlar topshiriqni muxokama qiladilar va to‘liq javobni yozadilar. 
7)
 
O‘qiluvchi kuzatib turishi shart, talabalar ko‘chirmasligi va boshqa guruxlar bilan aloqa 
qilmasligi kerak. 
8)
 
15 min o‘tgandan so‘ng javob varaqalari yig‘ib olinadi. 
9)
 
Q‘qituvchi dars davomida topshiriqlar to‘g‘ri, to‘la, tartib bilan bajarilishini tekshiradi. 
10)
 
Kichik guruxlarni hamma ishtirokchilariga bir hil ball qo‘yiladi. 
11)
 
Darsni joriy baxolashda talabalami olgan ballari e‘tiborga olinadi 
Variant-II. 
1.
 
Fagotsitoz jarayonini tushuntirib bering? 
2.
 
Immunitet turlarini sanab bering? 
3.
 
Antitelalar va antigenlarning o‘zaro munosabati qanday? 
Variant-II. 
1.
 
Immunitetning reaksiyalarinin sanab bering?  
2.
 
Agglyutinatsiya reaksiyasini gapirib bering? 

161 
 
3.
 
Interaktiv usui. 
Kompyuter yordamida mavzu bo'yicha video va audio materiallari bilan tanishish. 
O‘quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi. 
1.
 
Zardoblar layyorlash. 
2.
 
Antigenlar sinab ko‘rilayotgan mikroorganizmlarning tortmasini tayyorlash 
3.
 
Talabalarning o'z ustida ishlash uchun lozim bo'Igan metodik qo'llanmalar. (nazariy 
materiallar) 
4.
 
 
I. IMMUNITET HAQIDA TUSHUNCHA. Immunitet lotincha  so‘z bo‘lib, immunitas- 
ozod  bo‘lish  yoki  qutqazish  ma‘nosini  bildiradi.Bu  murakkab  fiziologik  moslashish 
kompleksidir.  Shu  moslashish  kompleksi  organizmga  tashqaridan  genetik  informatsiyani 
tashuvchi  tirik  organism  yoki  moddalarni  kirishga  to‘sqinlik  qilib  yo‘l  bermaydi.  Organizm 
faqat yuqumli kasal qo‘zg‘atuvchilarga va ular ishlab chiqargan zaharli  moddalargagina qarshi 
turmasdan,  u  begona  to‘qimalarga  ham  qarshi  turadi.  Organizmning  begona  to‘qimalarga 
bunday  qarshi  turish  qobiliyati  transplatatsion  deb  nom  olgan.  Immunitetni  o‘rganadigan  fan 
immunologiya  deyiladi.  Immunitet  paydo  bo‘lishi  juda  murakkab  hodisadir.  U  butun 
organizmning  ishtiroki  bilan  vujudga  keladi,  ammo  immunitetni  paydo  bo‘lishida  asosiy  rolni 
markaziy nerv sistemasi o‘ynaydi. Bulling ta‘sirida retikula - endothelial sistemaning fagotsitar 
funksiyasi  zo‘rayadi va  organizmga kirgan  mikrobning  yoki uning  zaharini zararsizlash uchun 
immune  modda  (antitela)  paydo  bo‘ladi.  Organizmning  anatomic  va  fiziologik    hususiyatlari 
uni  turli  pathogen  mikroblardan  qo‘riqlab  turishda,  ya‘ni  immunitetli  bo‘lishida  katta 
ahamiyatga  ega.  Yetarli  ovqatlanmaslik,  A  va  С  vitaminlarning  yetishmasligi,  organizmning 
qizib  ketishi  yoki  sovub  qolishi,  o‘ta  charchashlar  immunitet  vujudga  kelishida  katta  ta‘sir 
ko‘rsatadi. 
II. IMMUNITETNING TURLARI. Immunitetning paydo bo‘lishiga qarab uni bir necha 
turlarga  bo‘lish  mumkin.  Bular:  infektsion  immunitet  va  infektsion  bo‘imagan,  ya‘ni 
transplatatsion immunitet. Infektsion immunitet spetsifik va spetsifik bo‘lmaganlarga bo‘linadi. 
Spetsifik  bo‘lmagan  immunitet  tabiiy  yoki  tug‘ma  va  organizmni  himoya  qiiish  anatoma  - 
fiziologik  faktorli  bo‘ladi.  Tabiiy  yoki  tug‘ma  immunitet  o‘z  navbatida  ikkiga:  absolyut  yoki 
mutloq va  nisbiyga bo‘linadi.  Ular  ham aktiv va  passivga  bo‘linadi.  Aktiv immunitet  steril  va 
steril bo‘lmaganga bo‘linadi. 1898 yilda N. N. Chistovech va J. Barde degan olimlar immunitet 
faqat mikroorganizmlarga va uiarning zaharlariga emas, balki to‘qimalarning hujayralariga ham 
hosil  bo‘lishini  aniqladilar.  Bu  spetsifik  emas,  ya‘ni  transplantatsion  immunitetni  o‘rganishga 
sabab bo‘ldi. 
Organ  va  to‘qimalarni  boshqa  organizralarga  ko‘chirish  paytida  katta  rol  o‘ynaydi. 
Spetsifxk  bo‘lmagan  immunitet  boshqa  organizmdan  olingan  va  to‘qimalarga'  qarshi  turishga 
qobiliyatlidir. 
Bu  hodisaning  aksinchasi  -  immuniologik  tolerantlikdir.  Inymmiologik  tolerantlik,  ya‘ni 
immunologik  chidamlilik  to‘g‘risida  F.  Bernet  degan  olim  aytib  o‘tgan.  Lekin  1953  yili 
olimlardan  P.  Medavar  va  M.  Gasheklar  embrional  rovojlanish  paytida  antigen  ta‘sir  etilgan 
organizm,  tug‘ilib  katt  bo‘lganda  shu  antigenga  -  organ  va  to‘qimalarga  qarshi  turish 
qobiliyatiga  ega emasligini  isbotladilar. Ya‘ni bunday  organizmlarda immuniologik tolerantlik 
hosil bo‘ladi va shu to‘qimalarga qarshi qobiliyat bo‘lmaydi. 
Yuqorida  aytib  o‘tilganidek,  immunitetning  yana  bir  turi  infektsion  immunitetdir. 
Infektsion  immunitet  o‘z  navbatida  spetsifik  va  spetsifik  bo‘lmaganlarga  bo‘linadi.  Spetsifik 
bo‘lmagan  immunitet  tug‘ma  immunitet  bo‘lib,  mexanik,  fizikaviy  va  biologic  faktorlarga 
organizmning qarshi turish qobiliyatidir. 
Tabiiy  passiv  immunitet  —  bu  chaqaloqlar  (platsenta)  immuniteti  bo'lib,  homila  ona 
qorindaligidayoq orttiriladi. Shuningdek, chaqaloqlar ona suti orqali ham immunitetni orttirishi 
mumki.  Immunitetning  bu  turi  uzoq  davom  etmaydi,  6-8  oydan  so'ng  yo'qolib  ketadi.  Lekin 
tabiiy  passiv  immunitetning  ahamiyati  katta,  u  chaqaloqlarni  yuqumli  kasalliklarga 
chalinmasligini ta'minlaydi 

162 
 
Sun'iy  immunitet (faol immunitet)  odamda  immunizatsiya (emlash)  natijasida  orttiriladi. 
Immunitetning  bu  turi  organizmga  kuchsizlantirilgan  yoki  turli  usulda  o'ldirilgan  bakteriya, 
ularning  zaharlari,  viruslar  yuborilgandan  so'ng  hosilbo'ladi.  Masalan,  ko'kyo‘tal,  bo'g'ma, 
chechak  kasalliklariga  qarshi  immunitet  shular  jumlasidan.  Bunda  organizmda  faol  qayta 
qurilish  yuzaga  keladi,  ya'ni  qo'zg'atuvchi  va  toksinlarga  o'ldiruvchi  ta'sir  ko'rsatuvchi  modda 
(antitelo)  hosil  bo'ladi.  Shuningdek,  hujayra  xossasining  o'zgarishi  mikroorganizmlar  va  ular 
ishlab  chiqaradigan  moddalarga  ta'sir  ko'rsatadi.  Sun'iy  faol  immunitet  sekin-asta,  3-4  hafta 
ichida hosil bo'ladi va 3 oydan 1 yilgacha saqlanadi. 
Sun'iy  passiv  immunitet  organizmga  tayyor  antitelo  yuborish  natijasida  yuzaga  keladi. 
Immunitetning bu turi organizmga antitelo, zardob va immunoglobulin yuborilgan zahoti hosil 
bo'ladi va  faqat 15-20 kungacha saqlanadi, so'ngra antitelolar parchalanib, organizmdan chiqib 
ketadi. 
Mahalliy  immunitet  tushunchasini  fanga  A . M . B e z r e d k o   kiritgan.  U  organizm 
to'qimalari va alohida hujayralar ma'lum moyillika ega, deb hisoblaydi. Ularni emlash infeksiya 
qo'zg'atuvchilarning  kirishiga  to'siq  hosil  qiladi.  Hozirgi  vaqtda  umumiy  va  mahalliy 
immunitetning  birligi  isbotlangan.  Lekin  alohida  to'qima  va  a'zolarning  mikroorganizmlarni 
yuqtirmasligi katta ahamiyatga ega. 
Antimikrob  immunitet  turli  xil  mikroorganizmlar  keltirib  chiqaradigan  kasalliklardan 
so'ng  yoki vaksina (kuchsizlantirilgan tirik  yoki  o'ldirilgan  mikroorganizmlardan tayyorlangan 
vaksinalar) yuborilganda hosil bo'ladi. 
Antitoksik  immunitet  —  bakteriyalarning  zaharli  ta'sirlari  (toksinlari)ga  nisbatan  hosil 
bo'ladi. 
Antivirus  immunitet  —  virusli  kasalliklardan  so'ng  hosil  bo'ladi.  Immunitetning  bu  turi 
uzoq  davom  etadi  va  mustahkam  (qizamiq,  chechak  va  boshqalar)  bo'ladi.  Shuningdek,  faol 
virusli immunitet virusli vaksinalar bilan emlangandan so'ng hosil bo'ladi. 
Steril  immunitet  —  ko'pgina  qo'zg'atuvchilar  bemor  tuzalganda  organizmdan  yo'qoladi. 
Immunitetning bu turi steril immunitet deyiladi (qizamiq, chechak va boshqalar). 
Sterillanmagan immunitet — infeksiya qo'zg'atuvchining moyilligi xo'jayin organizmida 
bo'lgan  davrdagina  saqlanib  turiladi.  Bunday  immunitet  sterillanmagan  yoki  infeksion 
immunitet deyiladi. Immunitetning bu turi sil, zaxm va ayrim boshqa infeksiyalarda kuzatiladi. 
Odamning  yuqumli kasalliklarni yuqtirmasligi  spetsifik va nospetsifik  himoya  omillarida 
o'z aksini topadi. Nospetsifik himoya deb, organizmning tug'ma xususiyatiga aytiladi, bu odam 
tanasi  yuzasidagi va  organizm  ichidagi turli xil  mikroorganizmlarni yo'qotishga  imkon beradi. 
Spetsifik  himoya  omili  organizm  kasallik  qo'zg'atuvchisi  yoki  toksinlar  bilan  to'qnashganda 
hosil  bo'ladi, bu  omillarning ta‘siri  faqat  shu qo'zg'atuvchilar yoki ularning toksinlariga qarshi 
qaratilgan bo'ladi. 
Spetsifik bo‘lmagan immunitet ikkiga bo‘linadi: 
Tabiiy yoki tug‘ma. 
Organizmni himoya qilish anatoma - fiziologik faktorlari. 
Tabiiy yoki tug‘ma immunitet evolyutsiya jarayonida hosil bo‘lib, nasldan - naslga o‘tadi. 
Masalan,  qoramollar,  otlarning  manqa  kasalligiga,  otlar,  itlarning  toun  kasalligiga,  odam  esa 
cho‘chqalarning  va  itlarning  toun  kasalligiga  sezgir  emas.  Hayvonlarda  va  odamlarda 
bo‘ladigan  bunday  immunitet  tabiiy,  tug‘ma  va  zotiga  xos  immunitet  deyiladi.  Bunday 
immunitetning  paydo  bo‘lishi  sababi  har  xildir.  I.  M.  Mechnikov  tug‘ma  immunitetning  bir 
turim kaltakesak va toshbaqalarda tekshirib, uning sababini isbotlagan. 
U  qoqshol  tayoqchasinining  katta  miqdorini  kaltakesak  va  toshbaqaning  terisi  ostidan 
yuborib,  bu  toksin  ularga  hech  ta‘sir  etmaganligini,  ya‘ni  ularni  shu  toksinga  immunitetli 
ekanligini aniqlagan. 
Tabiiy  tug‘ma  immunitet  absolyut  yoki  mutloq  va  nisbiyga  bo‘linadi.  Absplyut  yoki 
mutloq  immuniteti  bo‘lgan  hayvonlar  kasallik  qo‘zg‘atuvchilarning  miqdori  katta  yoki  shu 
qo‘zg‘atuvchi  mikrob  uchun  nihoyatda  qulay  sharoit  bo‘lishiga  qaramay  kasallanmaydilar. 

163 
 
Misol uchun ot hech qanday sharoitda ham qoramollarning toun kasalligi bilan kasallanmaydi, 
ya‘ni otlarda qoramollarning toun kasalligiga absolyut immunitet bor. 
Nisbiy  immunitetda  esa  organizm  fizikaviy  -  kimyoviy  va  biologic  faktorlar  yoki  tashqi 
muhitning ta‘sirida  qo‘zg‘tuvchi  mikroorganizmiaming katta miqdori  bilan zaharlantirilsa,  shu 
qo‘zg‘tuvchi  mikroorganizmlargaorganizmning  qarshi  turish  qobiliyati  yo‘qoladi.  Masalan, 
tabiiy sharoitda kaptar kuydirgi kasalini qo‘zg‘tuvchi mikroorganizmlarga chidamli. Lekin unga 
avval alkagol berib, keyin mikroorganizmlar yuborilsa, u albatta kuydirgi bilan kasallanadi. 
Download 19.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling