Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya
Download 19.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning maqsad va vazifalari
- Fan bo‗yicha talabaning malakasiga qo‗yiladigan talablar
- O‗quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‗liqligi
- Fanni o‗qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
- Shaxsga yonaltirilgan ta‘lim.
- Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv.
- Hamkorlikdagi ta‘limni tashkil etish.
- Axborotni taqdim qilishni zamonaviy vositalarini va usullarini qo‘llash
- O‘qitishni tashkil etish shakllari
- Kommunikatsiya usullari
- Boshqarish usullari va vositalari
- Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
- Prokariotlar va eukariotlar. Bakteriyalarning struktura tuzilishi. Xujayralarning katta kichik molekulalari.
- Xujayra devori va bakteriyalarning tuzilishi farqlari
- Bakteriyaning doimiy bo‗lmagan kiritmalari va ularning bakteriyalardagi xususiyatlari. Bakteriyalarning nafas olishi.
- Mikroorganizmlarning o‗sishi va ko‗payishi
- Viruslar umumiy xususiyati. Bakteriofaglar
1 O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI SOG‗LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI EKOLOGIYA VA MIKROBIOLOGIYA KAFEDRASI KIMYOVIY MIKROBIOLOGIYA FANI BO`YICHA O‗ Q U V –U S L U B I Y M A J M U A Toshkent -2016 y. 2 Mazkur o‗quv-uslubiy majmua Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 2016 yil 6 aprelidagi 137-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan o‗quv reja va dastur asosida tayyorlandi. Tuzuvchi: Fayzullaeva Z.R. – Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. Qodirova D.E. – Ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi dotsenti, t.f.n. Taqrizchi: Saidov S.A. – Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi mudiri Maxkamova D.E. – ToshPMI Bolalar yuqumli kasalliklari va mikrobiologiya,virusologiya,immunologiya kafedrasi dotsent i O‘quv -uslubiy majmua Bosh ilmiy-metodik markaz Ilmiy-metodik kengashining 2016 yil __________dagi ___-sonli qarori bilan tasdiqqa tavsiya qilingan. Toshkent farmasevtika instituti Markaziy uslubiy kengashi tomonidan muhokama qilindi. 2016 yil _____________ dagi __________sonli bayonnoma Toshkent farmasevtika instituti Ilmiy kengashining sonli bayoni asosida tastiqlangan. 3 MUNDARIJA I. Ishchi dastur………………………………………………………..............................................4 II. Sillabus......................................................................................................................................21 III. Fanni o‗qitishda foydalaniladigan interfaol ta‘lim metodlari.................................................24 IV. Nazariy mashg`ulot materiallari…………………………...................…………………...…37 V. Amaliy mashg‗ulot materiallari ………………………..…………………..………….…....116 VI. Keyslar banki……………………………….........................................................................183 VII. Mustaqil ta‘lim mavzulari ……………………………………………..….........................193 VIII. Testlar …………………………………............................................................................194 IX. Glossariy……………………………………………………..……………………………..219 X. Adabiyotlar ro‗yxati…………………………..…………………………………………….223 4 Kirish Toshkent Farmatsevtika instituti sanoat farmatsiya fakulteti talabalari kelajakda injener biotexnolog bo‗lib, mamlakatimizning sotsial taraqqiyotida asosiy omillardan biri bo‗lgan ikkilamchi metabolitlarni (antibiologik, vitaminlar, polisaxaridlarni) sintez qilishni tashkil etishlari lozim. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun talabalar kimyoviy mikrobiologiya fanini chuqur o‗rganishlari zarur. Bu maqsadga erishish va o‗quv jarayonini tuzishda ishchi dastur katta rol o‗ynaydi. 2016-2017 o‗quv yili uchun ishlab chiqilgan o‗quv uslubiy majmuada Microbiology and Immunology /Faculty of Pharmacy. General Microbiology Immunology .Edition 2015, "Mikrobiolugiai Laboraturiumi Gyakorlatok 2013. xorijiy adabiyotning bob ma‘lumotlaridan foydalanib mavzulari kiritildi. Fanning maqsad va vazifalari Mikrobiologiya, biotexnologiya negizlaridan biri bo‗lib, mikroorganizmlar hayot faoliyatining molekulyar, genetik, o‗sish mexanizmi, ko‗payishi, metabolizmi, sodda jonivorlar, zamburug‗lar, viruslar to‗g‗risidagi zamonaviy bilim asoslari bilan ikkilamchi metabolitlarning, antibiotiklar, vitaminlar, polisaxaridlarning biosintezi bilan tanishtiradi. Mikroorganizm produtsentlarining tuzilishi, fiziologik aktivligini aniqlash sanitar – ko‗rsatkich mikroorganizmlarning, yuqumli kasallik qo‗zg‗atuvchilarining, ularga qarshi ishlatiladigan kimyoterapevtik moddalarning ta‘sirini immunologiya, immunoximiya asosida o‗rganadi. Mikrobiologiyada o‗rganilgan molekulyar genetika asoslari, biotexnologiya sanoatida original bilim manbai hisoblanadi. Ishchi dasturda kimyoviy mikrobiologiya fanining asoslari zamon talablari asosida o‗z aksini topgan. Biotexnologlarni tayyorlashda, kimyoviy mikrobiologiya fanini o‗rganishdan asosiy maqsad - mikroorganizmlar fiziologiyasining elementlari: oziqlanish, nafas olish, o‗sish, ko‗payish, mikroorganizmlar kimyosi, mikroorganizmlarga tashqi muhitning ta‘siri, ularning tabiatda modda almashinuvidagi ahamiyatini o‗rganish. Biotexnolog professional faoliyatida aseptika, antiseptika, sterillizatsiya, tayyor dorilar va xom-ashyosini saqlash, dorilarni ekstemporal tayyorlashda kimyoviy mikrobiologiya fanining saboqlari muhim ahamiyatga egadir. O‗quv jarayonida talabalarga mikrob xujayralarini o‗lchash, molekulyar tarkibi, mikrometriya usullari, bakterial massani o‗lchash, mikrob xujayrasini dezintegratsiyasi, ularning uglevod tarkibini o‗rganish, DNKni olinishi, ammonifikatsiya, denitrofikatsiya reaksiyalari, bakteriofaglarning olinishi va ishlatilishi, vaksinalar, immunoglobulinlar olinishi va ishlatilishi haqida ma‘lumotlar beriladi. Fan bo‗yicha talabaning malakasiga qo‗yiladigan talablar Talabalar o‗quv jarayonida kimyoviy mikrobiologiya fanidan mikroorganizmlarning tasnifi, prokariot va eukariot xujayralarining tuzilishi, aktinomitsetlar, spiroxetlar, rikketsiyalar, xlamidiya, mikoplazma, zamburug‗lar va sodda jonivorlar morfologiyasi, mikroorganizmlar kimyosi, kichik molekulalar, katta molekulalar, viruslar morfologiyasi, bakteriofaglar, patogenlik va virulentlik, vaksinalar, immunoglobulinlar, anatoksinlar, ximioterapevtik preparatlar, ularning mikroorganizmlarga ta‘sirini, ularning tabiatda modda almashinuvidagi ahamiyatini bilishi kerak. Talabalar, o‗qituvchining nazorati ostida xavfsizlik texnik qoidalariga rioya qilib, uslubiy ko‗rsatmalar yordamida quyidagi ko‗nikmalarga ega bo‗lishi kerak. - surtma preparatlarini tayyorlash. - surtmalarni bo‗yash usullarini bilish. - mikroorganizmlarni morfologiyasini o‗rganish uchun mikroskopiya usullarini qo‗llay olish. - antibiotiklarning mikroblarga nisbatan sezgirligini seriyali suyultirish, disk usullarida aniqlay olish. - mikroorganizmlarni indikatsiya va identifikatsiya qila bilishlari kerak. - mikrob xujayralarini o‗lchash, bakterial massani o‗lchash. - mikrob xujayrasini dezintegratsiyalash, uning uglevod tarkibini o‗rganish. - DNKni olinishi, uning xususiyatlarini o‗rganish. 5 - aerob va anaerob sharoitda kletchatkani parchalovchi mikroblar, ammonifikatsiya, denitrifikatsiya reaksiyalarini o‗rganish. Organizmni himoyalanishi immunitet tushunchasini chuqur tahlil qilish va uning mohiyatini bilgan holda immun patologik xolatlarga to‗g‗ri baho bera bilishi kerak. YUqumli kasallik qo‗zg‗atuvchilarga bakteriologik, virusologik, serologik, mikroskopik, biologik, allergik usullarda tashxis qo‗yish asoslarini chuqur bilishi kerak. Yuqumli kasalliklarni oldini olishda, davolashda qo‗llaniladigan vaksinalar, anatoksinlar, immun zardob va biopreparatlarni olish texnologiyasi malakalariga ega bo‗lishi kerak. O‗quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‗liqligi Kimyoviy mikrobiologiya bioximiya, ekologiya, genetika, Kimyoviy mikrobiologiya , organik kimyo fanlari bilan chambarchas bog‗langan. Ekologiya fanidan tashqi muhit faktorlarining mikroorganizmlar xayot faoliyatiga ta‘siri, bu jarayonlarning hayvonot olamiga, o‗simliklarga ta‘sirini o‗rganish, yangi dori preparatlarini tayyorlashda muhim rol o‗ynaydi. Genetika – kimyoviy faktorlarning genetik o‗zgarishlarga ta‘sirini o‗rganishda foydalaniladi. Biokimyo fanidan mikroorganizmlarga fermentlar, vitaminlar, polisaxaridlarning biosintez ta‘sirini o‗rganish bilan bog‗liq bo‗lib, biofarmatsevtika sanoatidagi asosiy yo‗nalishlarni tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Mikroorganizm produk-sentlarining strukturasi, biologik faolligini o‗rganiladi. Mikroorganizmlarni o‗stirish, toza kulturasini ajratib olish, yangi preparatlar tayyorlash jarayonlari, Kimyoviy mikrobiologiya qoidalariga rioya qilish bilan bog‗liq. Biotexnologiya fani kimyoviy mikrobiologiyani davomi bo‗lib, ishlab chiqarailadigan fermentlar, ajratib olinadigan dorilarni tarkibini bilishda katta yordam beradi. Fanni o‗qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Kimyoviy mikrobiologiya fanini o zlashtirishlari uchun o‗qitishning ilg‗or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi informatsion pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‗zlashtirishda darslik, o‗quv va uslubiy qo‗llanmalar, ma‘ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma‘ruza va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg‗or pedagogik texnologiyalardan (―Vertushka‖, ―Aqliy xujum‖ va ―Bumerang‖ va hk.) keng foydalaniladi. O‘quv jarayoni bilan bo‘liq ta‘lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy- pedagogic darajada dars berish, muammoli ma‘ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedogogik texnologiyalardan va multimediya vositalridan foydalanish, tinglovchilarni undadigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqat yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish. ―Kimyoviy mikrobiologiya‖ kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlardan foydalaniladi: Shaxsga yonaltirilgan ta‘lim. Bu ta‘lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta‘lim jarayoninig barcha ishtirokchilarini tolaqonli rivojlantirishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta‘limni loyhalashtirilayotganda, albatta, ma‘lum bir ta‘lim oluvchining shaxsini emas, avvalo kelgusidagi mutaxasisslik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni nazarda tutadi. Tizimli yondashuv. Ta‘lim texnologiyasi tizimining barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘imlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga ta‘lim oluvchining faoliyatini aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta‘limni ifodalaydi. Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. 6 Hamkorlikdagi ta‘limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e‘tiborni qaratish zarurlugini bildiradi. Muammoli ta‘lim. Ta‘lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta‘lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob‘ektiv qarama- qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta‘minlanadi. Axborotni taqdim qilishni zamonaviy vositalarini va usullarini qo‘llash- yangi kompuyter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash. O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma‘ruza (kirish, mavzuga oid vizuallash), muammoli ta‘lim, keys-stadi, pinbord, paradox va loyihalash usullari, amaliy ishlar. O‘qitishni tashkil etish shakllari: diolog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal kollektiv va guruh. O‘qitish vositalari:o‘qitishning an‘anaviy shakllari (darslik ma‘ruza matni) bilan bir qatorda-kompyuter va axborot texnologiyalari. Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar. Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits- so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarni tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi. Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi oquv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqri mustaqil ishlarning nazorati. Monitoring va baholash:o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham oqitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib boorish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. ― Kimyoviy mikrobiologiya‖ fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi: t/r MAVZUNING NOMI Jami soat Ma‘- ruza Amaliy mash- g‘ulot Mus- taqil ta‘lim 1 Мikrobiologiyasi хaqida tushuncha va rivojlanish tarixi. Umumiy bakteriologiya: bakteriyalar klassifikasiya morfologiyasi va tuzilishi.. Mikrobiologiya laboratoriyasining tuzilishi va uning jixozlari. Surtma tayyorlash. 8 2 2 4 2 Prokariotlar va eukariotlar. Bakteriyalarning struktura tuzilishi. Xujayralarning katta kichik molekulalari Mikroorganizmlarning morfologiyasi. Mikroorganizmlarni tirik va o‗ldirilgan holda tekshirish. Bo‗yash usullari. 8 2 2 4 3 Xujayra devori va bakteriyalarning tuzilishi farqlari Prokariot va eukariot mikroorganizmlar. Katta kichik molekulalar. Bakteriyalar struktura tuzilish va gram manfiy va gram musbat bakteriyalarni farqlash. 8 2 2 4 4 Bakteriyaning doimiy bo‗lmagan kiritmalari va ularning bakteriyalardagi xususiyatlari. Bakteriyalarning nafas olishi. Sterilitsaziya va uning usullari. Aseptika, antiseptika, Dezinfeksiya va uning turlari. Ozuqa muhitlari klassifikatsiyasi, ularni 8 2 2 4 7 tayyorlash usullari. 5 Mikroorganizmlarning o‗sishi va ko‗payishi. Mikroorganizmlarni sof kulturasi, ularni ajratib olish usullari va bosqichlari. 4 2 2 6 Umumiy virusologiya: tuzilishi, klassifikasiyasi, reproduksiyasi. Bakterofaglar. 8 2 2 4 7 Mikroorganizmlarning xayot faoliyatida ishlab chiqaradigan moddalari. (pigmentlar, toksinlar, aromatik moddalar, yorug‗lik energiyasi). 8 2 2 4 8 Dorivor o‗simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O‗simliklarda kasallik qo‗zg‗atuvchi mikroorganizmlar. 4 2 2 9 Mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan fermentlar. Fermentlarni biotexnologiyada foydalanilishi va biotexnologik xususiyatlari. 8 2 2 4 10 Tabiatda uglerod va azot aylanishida mikroorganizmlarning roli. Aerob va anaerob sharoitda kletchatkani parchalovchi mikroblar. 8 2 2 4 11 Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson tana normal mikroflorasi. 4 2 2 12 Biotexnologiya ob`ektlari.E coli,zamburug`larning umumiy xususiyatlari. 8 2 2 4 13 Infeksiya haqida ta‘limot. Patogenlik va virulentlik. O‗rganish usullari. 4 2 2 14 Yuqumli kasalliklarda kimyo terapiyasining ishlatilishi. Infeksiya va uning turlari. Yuqumli kasalliklarni davrlari, mikrobioloigik tekshirish usul va bosqichlari. 4 2 2 15 Immunitet, immunitet turlar.Organizmning infeksiyaga qarshi ximoya mexanizmi 8 2 2 4 16 Mikroorganizmlar genetikasi. Mikroorganizmdagi uzgaruvchanlik va ulardan tibbiyotda foydalanish 8 2 2 4 17 Vaksinalar va zardoblar. Vaksinalar, immunoglobulinlar, anatoksinlar olinishi va ishlatilishi 4 2 2 18 Ximoterapevtik preparatlar, ularning immun sistemaga ta‘siri. Antibiotiklar olinishi va turlari. biotexnologiyada ishlatilishi. 9 2 2 5 121 36 36 49 Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi Kimyoviy mikrobiologiya fanini o‗rganish davrida talabalar ishlab chiqarish jarayonida kerakli bo‗ladigan kasb va profil fanlar uchun bilimi, mahorati amaliy faoliyati shakllanadi. Talabalar kimyoviy mikrobiologiya fanidan olgan bilimlari bo‗yicha dori moddalarning sterilligini aniqlash, kasallikni oldini olish uchun ishlatiladigan immunobiologik preparatlarni ajratib ishlata bilish, dorivor o‗simliklarni antimikrob xossalarini o‗rganib, yangi dori mahsulotlarini tayyorlashda olingan natijalarni qo‗llanilishi xaqida ma‘lumot oladilar. Ma‘ruza mashg‘ulotlari Мikrobiologiyasi хaqida tushuncha va rivojlanish tarixi. Umumiy bakteriologiya: bakteriyalar klassifikasiya morfologiyasi va tuzilishi Kimyoviy mikrobiologiya fanining tarixi, taraqqiyoti, davrlari mikrobiologiya fanining sanoat farmatsiya faoliyatidagi ahamiyati bilan tanishtiriladi. Kimyoviy mikrobiologiya fanining boshqa fanlar bilan o‗zaro bog‗liqligi. Mikroorganizmlar sistematikasi, nomenklaturasi tushuntirilib, har bir turkumga kiruvchi 8 mikroorganizmlarning morfologik xossalariga tasnif beriladi. Berdji tasnifi bo‗yicha mikroorganizmlarni farqlari tushuntiriladi Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta‘lim, klaster, aqliy xujum, o‘z-o‘zini nazorat. Adabiyotlar: (1. 1, 1. 2, 1. 3, 2. 4). Prokariotlar va eukariotlar. Bakteriyalarning struktura tuzilishi. Xujayralarning katta kichik molekulalari. Mikroorganizmlar strukturasining asosiysi: sitoplazmatik membrana, hujayra devori, sporasi, kapsulasi, sito-plazmasi va uning asosiy kiritmalariga e‘tibor qilinadi. Har birini funksiyasiga tushuncha beriladi. Bakteriya hujayrasi azot, uglerod, kislorod va vodorodlardan tashkil topganligi, ularni miqdori to‗g‗risida ma‘lumot beriladi. Suvni miqdori, uni ahamiyati, vazifasi, quruq qoldiq, lipidlar, oqsillar, fermentlar, nuklein kislota, uglevodlar va polisaxaridlar to‗g‗risida tushuntiriladi va misollar keltiriladi Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta‘lim, klaster, aqliy xujum, o‘z-o‘zini nazorat. Adabiyotlar: (1. 1, 1. 2, 1. 3., 2. 2). Xujayra devori va bakteriyalarning tuzilishi farqlari Mikrob hujayra tuzilish bilan farqlanmasdan xujayra devori tuzilishi bilan ham farqlanadi. Hujayra devori tarkibiy qismi oqsil, uglevod va yog‗ miqdori bakteriyaning toksigenlik, anilin bo‗yoqlariga ta‘sir, chidamlilik faoliyatini ta‘minlab beradi Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta‘lim, klaster, aqliy xujum, o‘z-o‘zini nazorat. Adabiyotlar: (1. 1, 1. 2, 1. 3., 2. 4). Bakteriyaning doimiy bo‗lmagan kiritmalari va ularning bakteriyalardagi xususiyatlari. Bakteriyalarning nafas olishi. Doimiy kiritmalarga bakteriya kapsulalari, xivchin (fimbriya) kiprikchalar va sporalar kiradi. Kiritmalar bakteriya xayotida ma‘lum vazifani bajaradi. Bakteriyalar ko‗payish, o‗sish jarayonida nafas oladi. Turlariga qarab aerob, anaerob, fakultativ, mikroaerofillarga bo‗linadi Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta‘lim, klaster, aqliy xujum, o‘z-o‘zini nazorat. Adabiyotlar: (1. 1, 1. 2, 1. 3., 2. 2). Mikroorganizmlarning o‗sishi va ko‗payishi Prokariot va eukariot mikroorganizmlarning hujayralari standart zich ozuqa muxitlarida rivojlanishi stabil hamda spetsifikligi bilan ajralib turadi. YAngi hujayralar generatsiyasi vujudga kelishi vaqtidan boshlab, barchalari aniq bir o‗sish jarayonidan o‗tadi. Ko‗payish bakteriyaning sonini oshishi bilan kuzatiladi Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta‘lim, klaster, aqliy xujum, o‘z-o‘zini nazorat. Adabiyotlar: (1. 1, 1. 2, 1. 3., 2. 5). Viruslar umumiy xususiyati. Bakteriofaglar Viruslarning o‗ziga xos xossalari, ularning rejasi, reproduksiyasi jarayonlari haqida ma‘lumot berilib morfologik, biologik xossalari bayon etiladi. Viruslar genetikasida rekombinatsiya jarayonlari yoritiladi. Viruslarning integrativ o‗zaro ta‘siri kulturalash indikatsiyasi tushuntiriladi. Bakteriofaglar, ularning xossalari, bakteriya xujayralari bilan o‗zaro ta‘siri, faglarning amaliyotda qo‗llanilishi bayon etiladi Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: diologik yondashuv, muammoli ta‘lim, klaster, aqliy xujum, blits, o‘z-o‘zini nazorat. Adabiyotlar: 1.1., 1.4., 1.5., 9 Download 19.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling