Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya
Talabalar bilimini baholash tizimi
Download 19.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Talabalar bilimini baholash tizimi: t/ r Nazorat turidagi topshiriqlarning nomlanishi Maksimal yig‗ish mumkin bo‗lgan ball JN va ON ballar taqsimoti I. Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti 50 ball Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda Maksimal ball 1. Talabaning ma‘ruza va amaliy mashg‗ulotlardagi faolligi va o‗zlashtirish darajasi, daftarlarning yuritilishi va holati 45 2. Mustaqil ta‘lim topshiriqlarining o‗z vaqtida va sifatli bajarilishi referat, taqdimot va boshqa turdagi mustaqil ta‘lim topshiriqlari) 5 II. Oraliq nazorat 20 ball Oraliq nazorat (ma‘ruzachi o‗qituvchisi tomonidan qabul qilinadi). 20 Semestrning 10-11 haftalar oralig‗ida III. YAkuniy nazorat 30 ball Semestrning oxirgi haftasida Jami: 100 ball Asosiy adabiyotlar: I.1. Elinov N. P. Fayzullaeva Z. R. Qodirova D. E. Ataulaeva S. G‗. Kimyoviy mikrobiologiya. Darslik. ―Saydana-print‖ MCHJ nashriyoti T., 2011, 416 b. 1.2. Muhamedov E. M., Eshboev E. X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T., ―O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi‖ Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. - 519 b. I. 3. Elinov N. P. Ximicheskaya mikrobiologiya. M., izd-vo ―Vыsshaya shkola‖.1989.- 448 s. I. 4. Elinov N. P. , Zaikina N. A. , Sokolova I. P. Mikrobiologiya fanidan amaliy mashg‗ulotlari uchun o‗quv qo‗llanma. T. , 2007. - 239 b. I. 5. Elinov N. P. , Zaikina N. A. , Sokolova I. P. Руководство к лабораторным занятиям по микробиологии. М.1988 с 207 Qo‗shimcha adabiyotlar: II. 1. Vorobyov A. A., Bыkov A. S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Visshaya shkola». 2003. - 210 s. II. 2. K. SH. Baltaeva, SH. R. Aliev. Kimyoviy mikrobiologiya o‗quv-qo‗llanma. T., Moliya instituti Nashr tahririyati, 2010 y., 308 b. II. 3. M.Xodjitdinova, A.Rizayev. Suv kimyosi va mikrobiologiyasi. O‘quv qo‘llanma. ―Yangi nashr‖ nashriyoti. 2010 y. 319 b Internet saytlari www. wikipedia. com www. pharmapractice. ru www. remedium. ru 24 III. FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA‘LIM METODLARI. Yangi interfaol usullar bo‗yicha ishlash uchun guruhda kichik guruhlar tashkil qilinib, ishonchni yaratish, ochiq muhokamaga xalaqit beruvchi ruhiy zo‗riqishni yo‗qotish, amaliy mashg‗ulotlarda talabalarning barchasini darsda faol qatnashishiga erishish va 45 daqiqadan ortiq bo‗lmagan vaqtni belgilash lozim (135 daqiqalik darslarda). Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanidan amaliy mashg‗ulotlarda ―Miya shturmi‖, ―Stol o‗rtasida ruchka‖, ―Kim ko‗proq, Kim tezroq‖, ―Dumaloq stol‖, ―Kuchsiz zveno‖, ―Diskussiya‖, ―Galereya bo‗ylab sayohat‖, ―Qor bo‗lakchalai‖, ―Qor uyumi‖, ―Ari uyasi‖ – nomli usullar qo‗llaniladi. Amaliy mashg‗ulotlarda bu usullarni qo‗llashdan maqsad: - talabalarning amaliy mashg‗ulotlarda ishtirok etish darajasini oshirish. - talabalarning bir-biridan o‗rganishga imkon berish. - guruhlarda o‗qitish jarayonini kuchaytirish va talabalarni shu fanga bo‗lgan qiziqishini orttirish. - mavzularga mos bo‗lgan yangi interfaol usullarni tanlay bilish (reja asosida) va mashg‗ulotlarni qiziqarli o‗tkazishga erishish. - talabalarga o‗zaro g‗oya va fikrlarini almashishga imkoniyat berish. - ishtirokchilar katta guruhlarda bayon qila olmagan fikrlarini kichik guruhlarda bayon qilishlariga erishish. - amaliy mashg‗ulotlarda diqqat markazini o‗qituvchidan ishtirokchilarga o‗tkazish va bilimni olish uchun katta mas‘uliyatni ishtirokchilarga topshirishga erishish. Amaliy mashg‗ulotlarda yangi interfaol usullardan foydalanish samaradorligini oshirish usullari: 1. Talabalarga amaliy mashg‗ulotlarda o‗tiladigan barcha mavzular qaysi interfaol usulda o‗tishini oldindan tushuntirish va kalendar tematik reja asosida yozdirish. 2. Talabalarga auditoriyada joylashish uchun vaqt berish. 3. Har bir amaliy mashg‗ulotda mavzuga talabalarning qaysi usuldan foydalanishi qay darajada bilishlarini aniqlash. 4. Ishtirokchilar topshiriq olguncha o‗zlarining guruhlarga bo‗linish imkoniyatidan foydalanish. 5. Talabalarni shunday kichik guruhlarga ajratish kerakki, guruhda bir-biri bilan tanishlar kamligiga e‘tibor berish. 6. Topshiriqni hech bo‗lmasa bir marta takrorlash. 7. Vazifani aniq, ravshan bayon qilish, uni hamma tushunganiga ishonch hosil qilish. 8. Ishtirokchilarni topshiriq bo‗yicha ishlashayotganini tekshirib borish. ―M I YA SH T U R M I‖ U S U L I Bu usulda dastlab o‗qituvchi amaliy mashg‗ulotga tayyorlanib kelgan talabalarni aniqlaydi (darsga tayyorlanmay kelgan talabalar reyting tizimi asosida 10, 20, 30 ball bilan baholanadilar) va o‗qituvchi savol beradi – talaba javob beradi, o‗qituvchi javobga qoniqmasa, navbatdagi talabaga savolni takrorlaydi – javob to‗g‗ri, aniq, bo‗lgunga qadar o‗rtaga tashlangan jumboqli savol takrorlanaveradi. Masalan: ―Bakteiyalar sof kulturasini ajratib olish usullari, aerob va anaerob mikroorganizmlarga sharoit yaratish usullari. Identifikatsiya‖ mavzusida o‗qituvchi tomonidan 5-10 ta savol (talabalarning tayyorligiga qarab) beriladi: 1. Bakteriyalar sof kulturasini ajratib olishning nechta bosqichi bor? 2. Anaerostat va eksikatorlarning anaerob sharoit yaratish uchun ishlatilishi qanday? 3. Anaerob mikroorganizmlarga sharoit yaratishning qanday usullarini bilasiz? 25 4. Anaerob mikroorganizmlarni o‗stirishning fizik usularini ayting. 5. Anaerob mikroorganizmlarni o‗stirishning kimyoviy, biologik usullariga misollar keltiring. 6. Identifikatsiya nima? Mikroorganizmlarni identifikatsiya qilishdan maqsad nima? va boshqalar O‗qituvchi guruhdagi har bir talabaning muhokamada ishtirokini kuzatib boradi – talaba 3 ta savolga javob bera olmasa, eng past ball beriladi – amaliy mashg‗ulotning nazariy qismini o‗zlashtirmagan talaba sifatida savol-javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi Bu usulning ahamiyatli tomoni shundaki, qisqa vaqt ichida guruhdan ko‗p miqdordagi javob variantlarini olish, talabalar bilimini aniqlash, ulardan kutilmaganda so‗rash oqibatida mashg‗ulotga tayyorgarlik daraxasini bilish, xotirada fan bo‗yicha saqlanib qolgan barcha bilimlarni aniqlash imkoni tug‗iladi. Talabalar tomonidan berilgan barcha javoblar, ma‘nosi va mazmunidan qat‘iy nazar, muhokama qilinadi. Barcha talabalar o‗z fikrlarini aytadilar, o‗qituvchi tomonidan yuqori kasbiy va pedagogik mahorat bilan yo‗naltirilgan savol-javoblar, bahs-munozarada haqiqat qaror topadi, kuchli nazariy bilim va tayyorgarlikka ega talabaning yuqori ball to‗play olishiga erishiladi, shuningdek tayyorgarligi past talaba ham ko‗plab bilimlarni o‗z xotirasida saqlab qolishiga erishiladi. Bundan tashqari fan bo‗yicha yangi bilimlarni olishga erishish, ishtirokchilarga taklif etilgan g‗oyalarni muhokama qilish uchun imkoniyat yaratish va guruhda faollikni oshirishga erishiladi. ―S T O L U S T I D A R U CH K A‖ U S U L I Tahsil olayotgan guruh talabalari 2 ta guruhchaga ajratiladi. Talabalarga savol yozilgan qog‗oz beriladi va talabalar qog‗ozga ism shariflarini yozadilar. O‗qituvchi mashg‗ulotni diqqat bilan kuzatadi, agar talaba qog‗ozdagi savolga javobni bilmasa, qo‗lidagi ruchkani stol o‗rtasiga qo‗yadi. Boshqa talaba javob berishga kirishadi va hokazo. Talaba javob bera olmay o‗z ruchkasini stol o‗rtsiga 3 marta qo‗ysa, amaliy mashg‗ulotning nazariy qismini o‗zlashtirmagan talaba sifatida savol-javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi, mashg‗ulotning nazariy qismidan ball olib bilmaydi. Bu usulda bitta talabaga 5-6 ta savol yozilgan qog‗oz beriladi va barcha qog‗ozlarga talabalar ism shariflarini va javobni yozadilar. Masalan: ―Mikroorganizmlar fiziologiyasi. Oziqlanishi, nafas olishi, ko‗payishi, oziq muhitlar klassifikatsiyasi, tarkibi, tayyorlash usullari‖ mavzusi bo‗yicha savollar: 1. Mikroorganizmlar oziqlanishiga qarab qanday bo‗linadi? 2. Mikroorganizmlarning ko‗payish usullari va davrlari qanday? 3. Oziq muhitlar nima? Klassifikatsiyalari. 4. Oziq muhitlarni laboratoriya sharoitida tayyorlash usullari. 5. Differensial-diagnostik oziq muhitlarni laboratoriya sharoitida ishlatishdan maqsad nima? 6. Bakteriyalarning gemolitik xususiyatini aniqlashda qanday oziq muhitlar ishlatiladi? ―D U M A L O Q S T O L‖ U S U L I Stol ustiga vaziyatli masala (mavzuga oid savol) yozilgan qog‗oz tashlanadi. Har bir talaba o‗zining javob variantini yozib boshqa talabaga qog‗ozni uzatadi. Hamma o‗z djavobini yozib bo‗lgandan keyin tahlil qilinadi: noto‗g‗ri javoblar o‗chirilib, to‗g‗ri javoblar muhokama qilinadi, talabalar bilim darajasi baholanadi. Bu usul nafaqat yozma, balki og‗zaki holda ham olib borilishi mumkin. O‗qituvchi tomonidan savol to‗liq va aniq berilishi lozim. Masalan: ―Mikroorganizmlar ekologiyasi. Tuproq, suv va havo mikroflorasi, ularni o‗rganish usullari‖ mavzusi bo‗yicha savollar quyidagicha: 1. Havoni sanitar-bakteriologik tekshirish usullari. 26 2. Qaysi mikroorganizm suv uchun sanitar bakteriologik ko‗rsatkich bo‗lib hisoblanadi? Nima uchun? 3. Suvning koli titr va koli indeksi nima? 4. Qaysi mikroorganizmlar tuproqning yangi va eski ifloslanganlik darajasini ko‗rsatuvchilar hisoblanadi? Nima uchun? Vaziyatli masala: Bakteriologik laboratoriyaga sanitar-bakteriologik tekshirish uchun tuproq namunalari olib kelindi. Xulosa berish uchun qanday ko‗rsatkichlarni aniqlash kerak? ―G A L E R E YA B O‗ Y L A B S A YO H A T‖ U S U L I Guruh talabalarii kichik 2-4 guruhlarga bo‗linadi va har bir kichik guruhlarga bittadan muammoli (vaziyatli masala) savol yozilgan qog‗oz beriladi. O‗qituvchi amaliy mashg‗ulotlarda rangli qog‗ozlardan foydalanadi. Har bir kichik guruh 10 daqiqa davomida o‗zlarining fikrlarini yozib, boshqa guruhdagi javob varaqalari bilan almashadilar. Keyingi guruh oldingi guruhning javobini baholab, agar javob to‗liq bo‗lmasa, o‗zining variantini taklif etadilar. Mavzu bo‗yicha savollar: ―Odam tanasi normal mikroflorasi va ularni o‗rganish usullari‖ mavzusidan vaziyatli masala: 1. Tish karachidan mikroskopik tekshiruvda treponemalar, stafilokokklar topildi, bu og‗iz bo‗shlig‗ida patologik jarayon borligini bildiradimi? 2. Qo‗ldan olingan yuvindi bakteriologik tekshirilganda Kandida avlodiga mansub zamburug‗lar topildi. Bu nimani bildiradi? Talabalar o‗z javoblarini berganlaridan keyin tengdoshlari javoblariga qo‗shimcha kiritganlaridan keyin ular birgalikda tahlil qilinadi va eng to‗g‗ri javoblar tanlab olinib, baholanadi. ―Q O R B O‗ L A K CH A L A R I‖ U S U L I Bu usulda guruh kichik 2 guruhchaga ajratiladi va sardorlar tanlanadi – har bir talaba o‗ziga boshqa kichik guruhdan raqobatdosh tanlaydi. Har bir talaba raqibiga mavzuga oid 3 ta savol beradi va o‗ziga berilgan 3 savolga javob beradi. 2 guruhdan iborat bo‗lgan talabalar o‗zaro muammoli savollarga javob beradilar – bu javoblar o‗qituvchi tomonidan muhokama qilinadi, tahlil qilinadi. Masalan: ―Umumiy virusologiya. Viruslarga umumiy ta‘rif – sistematikasi, tuzilishi, o‗stirish usullari. Faglar, tuzilishi, xususiyatlari‖ mavzusi bo‗yicha savollar: 1. Virusni ―xo‗jayin‖ hujayrasi bilan o‗zaro ta‘siri turlari va bosqichlarini ayting. 2. Viruslarni o‗stirish usullari. 3. Viruslarning obligat parazitligiga sabab nima? 4. Virusning ―xo‗jayin‖ hujayrasiga kirish yo‗llari. 5. Virusning xo‗jayin hujayrasidagi dezintegratsiyasi, ―echinishi‖ qanday yuz beradi va bu jarayonda qaysi fermentlar ishtirok etadi? 6. Tovuq embrioniga virusli ashyoni yuqtirish usullari. 7. Tovuq embrionida viruslarni o‗stirishning afzalliklari va kamchiliklari nimalar? Har qanday to‗g‗ri javob shu guruhga ―qor bo‗lakchasi‖ ko‗rinishida ball keltiradi. ―Q O R U YU M I‖ U S U L I Bu usulda talabalar 2-4 kichik guruhlarga bo‗linadi, 1-kichik guruh talabalari navbati bilan 2-kichik guruhidan bir talabaga savol beradilar (kichik guruh talabalar soniga qarab 4, 5, 6 ta). Talaba bilgan savoliga javob beradi. Bu usulga ―qor uyumi‖ deyishdan maqsad ―bir uyum‖ning (kichik guruh) bir talabaga beradigan savollariga asoslangan. Masalan: ―Bakteriyalar hayot faoliyati davomida ishlab chiqargan maxsulotlari - fermentlar, pigmentlar, toksinlar‖ mavzusiga oid savollar: 27 1. Differensiatsiya va identifikatsiya uchun ahamiyatga ega bo‗lgan bakteriyalar fermentlarini sanab bering. 2. Bakteriyalarda bo‗ladigan toksinlarni ayting, ularning mikrob hujayrasida joylashishi. 3. Pigmentlarning hujayra hayot faoliyatidagi o‗rni. 4. Mikrob hujayrasi patogenlik fermentlarini ayting. ―K I M K O‗ P R O Q, K I M T E Z R O Q‖ U S U L I Bu usul ―Miya shturmi‖ usuliga o‗xshash bo‗lib, bunda o‗qituvchi talabalarga mavzuga oid savol beradi. Qaysi talaba berilgan savolga javob berish uchun birinchi bo‗lib qo‗l ko‗tarsa va to‗g‗ri javobni aytsa, maqsadga muvofiq hisoblanadi. Darsga tayyor talabalar 3-5 marta birinchi bo‗lib qo‗l ko‗tarib, to‗g‗ri javob berishsa, ular yuqori ball bilan baholanadilar. Masalan: ―Kimyoterapevtik preparatlar va antibiotiklar. Bakteriyalarning antibiotiklarga sezgirligini o‗rganish usullari‖ mavzusi bo‗yicha savollar: 1. Mikroorganizmlar antagonizmi va uning mexanizmi. 2. Antibitiklarning olinishi, ta‘sir mexanizmi, ta‘sir doirasi, kimyoviy tarkibiga ko‗ra klassifikatsiyasi. 3. Hujayra devoriga, oqsil sinteziga, nuklein kislotalarga, sitoplazmatik membranaga ta‘sir etuvchi antibiotiklarni ayting. 4. Antibiotiklarga rezistentlik mexanizmi. ―K U CH S I Z Z V E N O‖ U S U L I Guruh talabalari kichik 4-8 guruhchalarga bo‗linadi va o‗qituvchi bitta muammoli savolni (yoki vaziyatli masalani) aytadi va qum soatchasi yordamida ma‘lum vaqt belgilaydi. Qaysi kichik guruh savolga birinchi bo‗lib aniq, to‗g‗ri javobni bersa, rag‗bat kartochkasi beriladi. Mashg‗ulotda 5-6 marta rag‗bat kartochkasi olgan kichik guruh baland ball bilan baholanadi, savollarga javob topa olmagan kichik guruh mashg‗ulotdan chetlashtiriladi va past ball bilan baholanadi. Masalan: ―Jinsiy yo‗l bilan yuquvchi infeksiyalar. Zahm, so‗zak qo‗zg‗atuvchilariga ta‘rif, laboratoriya tashhisi‖ mavzusi bo‗yicha savollar: 1. Spiroxetalar klassifikatsiyasi va ularning odam patologiyasidagi o‗rni. 2. Spiroxetalarning umumiy xususiyatlari va ularning bakteriyalardan farqlari. 3. Zahmning asosiy patogenetik jihatlari va unda immunitet xarakteri. 4. So‗zak mikrobiologik tashhisida qo‗llaniladigan usullar va ularni baholash. 5. So‗zakda bakterioskopik usul qaysi holatlarda va qanday o‗tkaziladi? ―D I S K U S S I YA‖ U S U L I Guruhdan ikki nafar sardor tayinlanadi. Har bir sardor o‗zining kichik guruhiga talabalar o‗rtasidan talaba tanlaydi - 2 ta kichik guruh ajralgach, har bir kichik guruh talabasi o‗ziga 2 - kichik guruhdan raqib tanlaydi. Bu usulda talabalar o‗zaro bir-birlariga mavzuga oid savol beradilar va raqibi tomonidan berilgan savollarga javob beradilar. O‗qituvchi mashg‗ulotni diqqat bilan kuzatadi, chunki har bir savol muammoli, jumboqli, mavzuga oid va qiziqarli bo‗lishi, berilayotgan javoblar to‗g‗ri, aniq, ravshan bo‗lishi keak. Masalan: ―Virusli infeksiyalar: ortomiksoviruslar va paramiksoviruslar, ular qo‗zg‗atgan kasalliklar laboratoriya tashhisi‖ mavzusi bo‗yicha savollar: 1. Ortomiksviruslarning zamonaviy klassifikatsiyasi. Ularga berilgan nom nima bilan bog‗liq? 2. Orto- va paramiksoviruslar oilasiga kiruvchi viruslarni sanab bering. 3. Epidemiya va pandemiya vaqtida gripp virusi o‗zgaruvchanligi qaysi antigenga bog‗liq? 28 4. Gripp tashhisi qaysi holatlarda o‗tkaziladi? Bu usulda talabalar - mavzuni muhokama qiladilar; - mavzuni ochib beradilar; - talabalar o‗z bilimlarini tekshiradilar; - diskussiya qilib bilimlarini oshiradilar; - mashg‗ulotni o‗yin usulida o‗tkazadilar; - har bir talaba mashg‗ulotda qatnashadi va o‗zini erkin his qiladi. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanidan amaliy mashg‗ulotda yangi interfaol usularni qo‗llash o‗qituvchilardan ko‗p mehnat, mahorat, bilimlilik, izlanuvchanlik talab qiladi. CHunki har bir mashg‗ulotga u mavzuga oid ko‗plab vaziyatli masalalar, muammoli savollar, qiziqarli krossvordlar, mulyaj, maketlar, rangli tablitsalar va shu bilan birga o‗qitishning yangi dasturini tayyorlaydi, kichik guruhlarda ishlash uchun ma‘lumotlarni beruvchi materiallar (rangli qog‗ozlarda) to‗playdi. O‗qituvchi katta va kichik guruhlarda faol kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi, muammoli savolni echishda har xil alternativ yo‗llar ko‗rsatadi, qo‗shimcha savollar berib bahslashadi, muhokama qiladi, xulosa qiladi. Ushbu yangi intefaol usullar o‗qituvchilar va talabalardan o‗z ustida mustahkam ishlashni, ma‘lumotga boy materiallar yig‗ib, texnik vasitalardan foydalanishni o‗rgatadi. 1. Mikrobiologiya laboratoriyasining tuzilishi va uning jihozlari. Surtma tayyorlash. 1) 2) 3) 4) Mikrobiologik laboratoriya strukturasiga kiradi: 29 Mikroorganizmlar laboratoriyada ishlayotgan kishilarga kassallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar yuqtirish ehtimoliga ko‘ra guruhlari: 1. 2. 3. 4. Mikrobiologiya laboratoriyasida ishlatiladigan uskunalar Anaerostatlar Quritish strelizatorlari Bug‘latish sterilizatorlari Filtrli sterilizatsiya asboblari Harorat nazorat qilib turiladigan suvli hammom Sovutkich va sovutkich xonalari Sentrofuga Mikrobiologik laboratoriyada ishlagan paytdagi qoidalar M ik ro b io lo gi ya la b o ra to ri ya si d a i sh la ti la d ig an u sk u n al ar 30 Tayyorlanish uchun savollar: 1) Mikrobiologik tajribalarni tashkil etish prinsiplari va maqsadi nimadan iborat? 2) Tajribaxona va ish joyi qanday jihozlanadi? 3) Mikrobiologik tajribaxonada ishlash qoidalarini ayting. 4) Mikroorganizmlaming har xil guruhlari bilan ishlash tartiblari qanday bo'ladi? 2. Mikroorganizmlarning morfologiyasi. Mikroorganizmlarni tirik va o‘ldirilgan holda tekshirish. Bo‘yash usullari. Tayyorlanish uchun savollar: 1. Mikroorganizmlarning jonli ekmasini o'rganish uchun preparatlar tayyorlash texnikasi (―ezilgan‖ va ―osilgan‖ tomchilar, Burri usuli) qanday bo'ladi? 2. Surtmalar tayyorlash texnikasi va ulaming fiksatsiya qilinishi. Fiksatsiya qilishning maqsad va usullarini aytib bering. 3. Bo‗yashning oddiy usullari qanday bo‘ladi? 4. Bo'yashning murakkab usullari (Gram, Sil-Nilsen, Romanovskiy- Gimza, Zdrodovskiy usullarining maqsadi, mexanizmi va texnikasi)ni tushuntirib bering. Murakkab bo'yash usuli Usuli Bo'yash texnikasi. Gram usuli bo'yicha bo'yash (Sinevning takomillashtirilgan usul Sil-Nilsen usuli bo'yicha bo'yash. Romanovskiy-Gimza usuli bo'yicha bo'yash. Zdrodovskiy usuli. Yo'g'on tomchi usuli. Bo'yash- ning murakkab usullari 31 Surtmalar tayyorlash texnikasi Fiksatsiya qilinishi fizikaviy fiksatsiya usuli Fiksatsiya qilishning kimyoviy usuli bo‘yash usullari Bo‘yash usullari Oddiy usul murakkab usullari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling