Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o


Download 40.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/41
Sana09.03.2017
Hajmi40.58 Kb.
#1946
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41

 
MA‟RUZA – 11 
Qirqquloqsimonlilar. Yuksak o‟simliklar evolyutsiyasi.Ochiq urug‟lilar. 

128 
 
 
    
Ma‟ruzaning maqsadi: 
   Chin  qirqquloqlar  va  suv  qirqquloqlari  haqida  tushuncha,qirqbo‘g‘imlilar,plaunlar 
tuzilishi,ko‘payishi.Ochiq  urug‘lilarga  tasnif,klassifikatsiyasi,tuzilishi,ko‘payishi  haqida 
tushuncha berish. 
Reja: 
   1.O‘rmon qirqqulog‘ining tuzilishi,ko‘payishi. 
   2.Suv qirqqulog‘ining tuzilishi,ko‘payishi. 
   3.Qirqbo‘g‘imlilarga tasnif. 
   4.Dala qirqbo‘g‘imining tuzilishi,ko‘payishi. 
   5.Plaunlar tuzilishi,ko‘payishi. 
   6.Bir xil va har xil sporali plaunlar. 
   7.Ochiq urug‘lilarga tasnif,klassifikatsiyasi. 
   8.Ochiq urg‘lilarning tuzilishi,ko‘payishi. 
   9.Igna barglilar sinfiga harakteristika. 
   10.Igna barglilarning ko‘payishi. 
 
Tayanch  iboralar:    Ochiq  urug‟li  o‟simliklar.  Urug‟li  o‟simliklar.  Ochiq  urug‟lilarni 
asosiy vakillari. Urug‟li o‟simliklarni xususiyati. Evolyutsion jarayonda urug‟ni kеlib chiqishi. 
Ochiq  urug‟li  o‟simliklarni  kеlib  chiqishi.  Kubbalarning  tuzilishi.  Urug‟kurtak  va  chang 
tuzilishi. Changlanish va otalanish.   Ochiq  urug‟li  o‟simliklarning  sinflari:  sagovniklar, 
bеnnеtitlar,  ginkolar,  gnеtumlar  va  ignabarglilar.  Ninabarglilar  sinfiga  tasnif.  Ninabarglilar 
oilasi: qarag‟aydoshlar, sarvidoshlar, toksodiyadoshlar, araukariyadoshlar

zarnabdoshlar.  
 
CHIN QIRQQULOQLAR TARTIBI 
Bu tartibga o‘rmon qirqqulog‘i kiradi. 
O‘rmon qirqqulog‘i(Dryopteris filixmas)salqin o‘rmonlarda, butalar orasida, nam yerda, 
O‘rta  Osiyoning  tog‘li  rayonlarida  uchraydi.  O‘rmon  qirqqulog‘I  ko‘p  yillik  o‘t 
o‘simlik.Ildizpoyasi  yo‘g‘on  qoramtir  bo‘lib,tangacha  barg  bilan  qoplangan.  Ildizpoyaning 
uchida  bo‘yi  1m  gacha  yetadigan  ko‘p  patsimon  yashil  rangli  barg  o‘sib  chiqadi.  Yoshlik 
vaqtida  bargning  uchi  gajaksimon  qayrilgan  bo‘ladi.  Barglar  kuzda  qurib,tushib 
ketadi.Bargning  ostki  qismiqoladi.Bu  qolgan  burglar  hisobiga  ildizpoya  tobora  yo‘g‘onlashib 
boradi. Yoz paytlarining oxirida bargning orqa tomonida mayda g‘uddalar-soruslar paydo bo‘la 
boshlaydi.  Bularning  shakli  yumaloq  bo‘ladi.  Soruslar  barg  o‘rtasida  tomirlar  bo‘ylab,ikki 
qator bo‘lib joylashadi. 
Soruslar-sporangiyaning  yig‘indisidir.Chunki  sorusning  ichida  bir  qancha  tuxumsimon 
sporangiyalar 
joylashgan 
bo‘ladi.Sporangiyalrning 
o‘sib 
chiqqan 
joyini 
planset 
deyiladi.Sporangiyalari  ko‘p  hujayrali  bo‘lib,ularning  tashqi  tomonidagi  bir  qator  hujayrasini 
tapetum  deyiladi.Ichki  tomonidagi  hujayralarini  arxespora  deyiladi.Bu  hujayralar  reduksion 
tipda bo‘linishi natijasida har bir hujayradan 4 tadan spora-tetraspora hosil bo‘ladi.Sporalarning 
rangi  qo‘ng‘ir  bo‘ladi.Sporalarning  hujayra  po‘sti  2  qavat  bo‘lib  yetilgandan  so‘ng  tashqi 
qavati  yorilib  ketadi.  Bir  tup  o‘simlikda  millionlab  spora  hosil  bo‘lishi  mumkin.Nam  yerga 
tushgan  spora  una  boshlaydi.Natijada  diametri  0,5-1  sm  bo‘lgan  yashil  rangli  yuraksimon 
o‘simta  o‘sib  chiqadi.Bu  o‘simta  rizoidlar  yordamida  yerga  yopishgan  bo‘ladi.O‘simtada 
xlorofill donachalari bo‘lganligi sababli fotosintez protsessi ham bo‘lib o‘tadi.O‘simta bir uyli 
ikki  jinsli.Shu  o‘simtada  anteridiya  ham,arxegoniya  hamtaraqqiy  etadi.O‘simta  o‘rmon 

129 
 
qirqqulog‘ining  jinsli  nasli  gametofit  hisoblanadi.Spora  hosil  qilgan  o‘simlikning  o‘zi  jinssiz 
nasl-sporafit hisoblanadi. 
O‘simta  qisqa  umrli  efemerdir.U  faqay  1-2  hafta  yashay  oladi.Jinsiy  ko‘payish 
yog‘ingarchilik  vaqtida  bo‘ladi.Anteridiya  ishlab  chiqqan  spermatozoidlar  suvda  suzib 
yuradi.Bu  spermatozoidlarni  o‘ziga  jalb  qilishi  uchun  arxegoniya  ―olma  kislotasini‖ishlab 
chiqadi.Spermatozoidlar  arxegoniyaning  bo‘yniga  kelib  yopishadi….,natijada  arxegoniyaning 
tuxum  hujayrasini  otalantirgandan  so‘ng  embrion  hosil  bo‘ladi.Embriondan  yangi  o‘simlik 
o‘sib chiqadi. 
 
 
 
SUV QIRQQULOQLARI TARTIBI 
Har  xil  sporali  qirqquloqlarga  suv  qirqqulog‘ini  misol  qilib  olamiz.Suv  betida  suzib 
yuruvchi 1 yillik o‘t o‘simlik.Poyasi gorizontal ravishda shoxlangan.Bargi 2xil bo‘ladi. 
   a)Suvning betidagi bargi 
   b)Suvning ostidagi bargi 
Suvning  betidagi  bargi  yashil.Unda  xlorofill  donachalari  bo‘ladi.Bu  bargda  fotosintez 
protsesi  bo‘lib  turadi.Suvning  ostidagi  bargi  qo‘ng‘ir  rangli  bo‘lib  ildiz  vazifasini 
bajaradi.Qo‘ng‘ir  rangli  barglarda  soruslar  joylashgan.Soruslar  ichida  sporangiyalar  taraqqiy 
etadi.Sporangiyalar 

xil 
bo‘ladi:mikrosporangiyalar 
va 
makrosporangiyalar.Mikrosporangiyalarda mikrosporalar,makrosporangiyalarda makrosporalar 
yetiladi.Soruslar kuzda uzilib,suv tagiga cho‘kib ketadi.Suv tagida qishlaydi.Bahorda makro-va 
mikrosporangiyalar  sorusdan  ajralmagan  holda  suvni  yuziga  ko‘tariladi.Mikrosporalar 
sporangiyadan  ajralmagan  holda  otalik  o‘simtasini  hosil  qiladi.Bu  o‘simtada  2ta  anteridiya 
bo;lib,anteridiyalar 
spermatozoidlarna 
ishlab 
chiqaradi.Makrosporalar 
sporangiyadan 
ajralmagan  holda  onalik  o‘simtasini  vujudga  keltiradi.Onalik  o‘simtasida  bir  nechta 
arxegoniyalar  yetiladi.Spermatozoidlar  suvda  suzib  kelib  arxegoniyaning  bo‘yni  orqali 
kirib,tuxum  hujayrani  otalantiradi.Bunda  embrion  hosil  bo‘ladi.Embriondan  yangi  o‘simlik 
o‘sib chiqadi. 
QIRQBO‟G‟IMLILAR 
Bu  sinfga  1ta  oila,25  turdan  iborat.Qirqbo‘g‘imlilar  ko‘p  yillik  o‘t  o‘simlik 
hisoblanadi.Bular  yer sharining Avstraliyadan boshqa hamma qismida tarqalgan.Shulardan 11 
turi  MDHning  har  xil  joylarida,3turi  O‘z.Rda  uchraydi.Janubiy  Amerikaning  tropic  qismida 

130 
 
uchraydigan qirqbi;g;imning poyasining yo‘g‘onligi 2sm,uzunligi esa 12mga yetadi.Ubutalarga 
osilib o‘sadi. 
Dala  qirqbo‘g‘imi  ko‘p  yillik  o‘t  bo‘lib,  uning  ildizpoyasi  yerga  chuqur 
o‘rnashgan.Ildizpoyada    kattaligi  danakdek  keladigan  tugunagi  bor.Bu  tugunakda  zapas  oziq 
moddalar to‘planadi.Ildiz poyadan yer betiga poyalar o‘sib chiqadi.Bu poyalarning uzunligi 1m 
gacha bo‘lishi mumkin.Qirqbo‘g‘imning poyasi 2 xil  bo‘ladi.  
1.Vegetativ  yoki assimillatsion  poya-yozgi. 
2.Spora beruvchi poya-bahorgi. 
Vegetativ poya  yashil rangda  bo`lib, kech bahorda o`sib  chiqadi, kuzda qurib qoladi. 
Bu  poyani ―yozgi poya‘‘ deb ham yuritiladi. Spora  beruvchi poya jigarang-pushti bo`lib, erta 
bahorda o`sib  chiqadi. Sporalari  yetilib to`kilgandan so`ng qurub qoladi.  Poyasida bir qancha 
bo`g`in  oraliqlari    bo`lgani    uchun  bu  o`simlikni    halq  orasida  qiriq  bo`g`im  deyiladi. 
Poyasidagi epidermis hujayralari kremniziom (qumga o`hshash) bilan sug`orilgan. Bargi  juda  
mayda,  reduksiyalangan,  uchburchakli  bo`lib,  poyaga    tagi  bilan  doira  shaklida  o`rnashgan. 
Poyasining  ko`ndalang  kesimida  tashqi  tomonidan    epidermis  bilan  qoplangan.  Epidermis 
ostida  ustitsalar  joylashgan.    So`ngra  mehanik  to`qima  po`stloq  hujayralari,  peresikil  bilan 
o`raglan  o`tkazuvchi  to`qima  bog`lamlari  uchridi.  O`tkazuvchi  to`qima  bo`g`lamlari  yopiq, 
ya‘ni  floema  bilan  ksilema  o`rtasida  kambiy  bo`lmaydiy  bo`lmaydi.  Dala  qiriq  bo`g`mi 
vegetative,  jinssiz  va  jinsiy  yo`l  bilan  ko`payadi.  Vegetativ  ko`payishi  ildiz  poya  yoki 
tuganaklari    yordamida  bo`ladi.  Jinsiz  ko`payish  sporalar  yordamida,  jinsli  ko`payish 
o`simtada,  ya‘ni  gametofitda  taraqiy    etgan  jinsiy  o`rganlar    yordamida    bo`ladi.  Sporalar 
bahorgi  poyaning  uchiga  joylashgan  boshoqchalarda  vujudga  keladi.  Spora  beruvchi  boshoq 
sporachi  barglardan  tashkil  topgan.  Sporachi    barglarning    ostki  tomonidan  6-8  tagacha 
sparangiyalar doira shaklida joylashgan. Sparangiyalarning shakli ko`zachaga o`hshash bo`ladi. 
Sparangiyalar ichida ko`p miqdorda sporalar taraqiy etadi. Sporasi sharsimon qoramtir –yashil 
hujayralardan iborat bo`lib, ikki qavat po`st bilan o`raglan. Tashqi po`sti ― ekzina‖ ichki po`sti 
― intina ―  deb ataladi.Sporaning 4 ta spiral simon elaterasi bo`ladi. Elateralar havo nam bo`lgan 
vaqtda  to`g`rilanib,  yozilib  ketadi.  Bu  elateralar  sporalarning  bir  biriga  ilashib  tarqalishiga 
yordam  beradi.  Sporalar  morfologik  jihatdan  bir  hil  bo`lsa  ham,  Fiziologik  jihatdan  har  hil 
bo`ladi.  Bir  hil  sporadan  otalik  o`simta  o`sib  chiqsa,  ikkinchi  sporadan  onalik  o`simta  o`sib 
chiqadi.  O`simtalarning  otalik  yoki  onalik  bo`lishiga  tashqi  muhit  ham  bog`liq.  O`simta  ikki 
uylik, bir jinsli, agar spora organic moddasi  ko`p bo`lgan unumdor  yerga tushib qolsa, undan 
onalik  o`simtasi,  qumli  yerga  tushib  qolsa,  otalik  o`simtaga  aylanadi.  Jinsi  ko`payish  suv 
yordamida sodir bo`ladi. 
22
 
       Anteridiya ishlab chiqqan spermatozoyidlar suvda suzib borib, arhegoniyani bo`yni orqali 
kirib  tuhum  hujayrani  otalantiradi.  Natijada  embrion  hosil  bo`ladi.  Embriondan  yangi  
o`simlik-jinsiz  nasil-  sporofit  o`sib  chiqadi.  Qiriq  bo`g`imning  yozgi  poyasi  tibbiyotda  siydik  
haydovchi  dori  sifatida  ishlatiladi.  Qiriq  bo`g`imning  epidermis  hujayrasi  kremnezem  bilan 
sug`orilgani uchun misgarlikda ishlatiladi. Bahorgi poya  ba‘zan  ovqat uchun istemol qilinadi.  
                               
PLAUNLAR TARTIBI 
     
                                                             
3.
 
22
 
Pharmaceutikal  Botany,  a  Text-Books  for  students  of  pharmacy  and  science. 
Published by forgotten books, 2013. –50 p 
 

131 
 

 
Plaunlar sinfiy 2 tartibga bo`linadi 1.Bir xil sporali plaunlar  
2.Har xil sporali plaunlar  
Bir xil sporali plaunlarga vakil qilib apteka plaunini olamiz.  
Apteka  plauni  o`rmonlarda,  qarag`ayzorlarda  uchraydi.  O`rta  Osiyoda    uchramaydi. 
Poyasining uzunligi  70 sm bo`ladi. Apteka plauni doim yashil, ko`p yillik o`t o`simlik. Poyasi 
dixatomik ravishda o`sadi. Bargi mayda, bigiz shaklida bo`ladi. Tik o`suvchi poyasi qo`shaloq 
yoki yakka boshoqchalari bilan tamom bo`ladi. Boshoqcha sporacha barglardan tashkil tobgan. 
Sporachi  barglarning  ichida  shakli  byurak  simon  sporangiyalar  taraqiy  etadi  ichida  sporalar 
vujudga keladi.  Bu sporalar spo`rangiya hujayralarning reduksion yo`lida bo`linishi natijasida 
hosil bo`ladi. Sporalar nihoyatda mayda va yengil, quruq bo`ladi. Spo`ralar  yetilgandan so`ng 
sporangiyalar  yoriladi.  Natijada  sporalar  shamol  yordamida  tarqalib  ketadi.  Qulay  sharoyitga 
tushib  qolgan  spora  una  boshlaydi.  Sporadan  tuganakga  o`xshash  o`simta  o`sib  chiqadi.  Bu  
o`simtada anteridiya  va arxegoniya taraqiy  etadi. Anteridiya va arxegoniyalarning tarqiy etishi 
uchun  10-12  yil  vaqt  ketadi.  Apteka  plaunining  o`simtasi    bir    uyli    2  jinslidir.  Otalanish 
protsesi    bahorda,  yog`ingarchilikda  bo`ladi.  Anteridiyada  ishlab  chiqqan  spermatazoidlar 
arhegoniyaning  tuxum  hujayrasini  otalantirgandan  so`ng  embrion  hosil  bo`ladi.  Embriondan 
yangi o`simlik o`sib chiqadi. Bu o`simlik jinsiz nasil-sporofit. Apteka plauni detskaya prisipka 
sifatida, pillyula tayorlashda sporadan sepib qo`yiladi, yani pilyulalar pirga yopishib qolmaydi. 
Og`ir sanoatda eritilgan metallarni qoliplashda ishlatiladi. 
       Har  xil  sporali  plaunlarga  selaginellani  misol  qilib  olamiz.  Bu  o`simlik  xam  ko`p  yillik 
o`simlik,  doyim  yashil  o`tli  o`simlik,  poyasi    dihatomik  ravishda  shoxlangan.  Tik  va  yotib 
o`suvchi poyalari bo`ladi. Vertikal  poyasida boshiqchasi bor. Boshoqchasida ikki xil : katta – 
makrosporangiyalar  va  kichik  mikro  sporangeyalar  bo`ladi.  Mikrosporangiyalardan  mikro 
spora  taraqiy  etiladi,  undan  otalik  o`sib  chiqadi.  Makrosporangiyalardan  makrospora  taraqiy 
etiladi,  undan  onalik  o`simta  o`sib  chiqadi.  O`simtasi  ikki  uyli  bir  jinsli.  Otalanish 
yog`ingarchilikda bo`ladi.   
               Ochiq urug`lilar tipi 
Ochiq  urug`li  o`simliklar  bir  tomonidan  yuqori  sporali  o`simliklarga  o`xshaydi.  Ochiq 
urug`li  o`simliklar  urug`  beradigan  qirq-quloqlardan,  yopiq  uru`gli  o`simliklar  ochiq  urug`li 
o`simliklardan kelib chiqan.  
Ochiq urug`li o`simliklarga butalar, daraxtlar kiradi 
Yopiq  urug`li  o`simliklar  orasida  daraxtlar,  butalar,  yarim  butalar  va  o`tli  o`simliklar 
uchraydi.  Ochiq  urug`li  o`simliklar  asosan  monopodial  tipda  shohlanadi  .  yopiq  urug`li 
o`simliklar esa monopodial, simpodial va dixatomik ravishda shohlanadi.  

132 
 
Ochiq urug`li o`simliklarda suv naylari bo`lmaydi. Suv naylari traxeidlar bajarib turadi. 
Yopiq  urug`li  o`simliklarni    to`qimasida  suv  naylari  xamda  traxeidlar  bo`ladi.  Ochiq  urug`li 
o`simliklarning urug` kurtagi ochiq yerda taraqiy etadi.     
Yopiq urug`li o`simliklarni urug`I mevaning ichida taraqqiy etadi.  
Ochiq  urug`lilarda    esa    urug`  g`uddalarda  taraqqiy  etadi.  Bularda  meva  bo`lmaydi. 
Ochiq urug`li o`simliklardagini aksi, yopiq urug`li o`simliklarni mevasi bo`ladi. Ochiq urug`li 
o`simliklarining endosperma to`qimasi otalanish prosesidan oldin hosil bo`ladi. 
Yopiq urug`li  o`simliklarda esa endosperma to`qimasi otalanishdan keyin hosil bo`ladi. 
Ochiq urug`li o`simliklarda qo`shaloq otalanish bo`lmaydi,  yopiq urug`li o`simliklarda 
esa  qo`shaloq  otalanish  bo`ladi.  Ochiq  urug`li  o`simliklarning  ko`pchiligi  doimo  yashil 
o`simlik hisoblanadi. Ochiq urugli o`simliklar 7 sinfga bo`linida:  
1.Urug`li paporotniklar 
2.Sagovniklar 
3.Bennetitlar 
4.Kordaitlar 
5. Ginkgolar 
6.Igna barglilar 
7.Ignacha barglilar  
                         
URUG`LI QIRQQULOQLAR 
 
Ular  o`zining tashqi  ko`rinishi  bilan hozirgi  daraxtsimon   qirqquloqlarga  o`hshaydi, 
lekin har xil sporali bo`lib, urug`  yordamida ko`payishi bilan ulardan farq qiladi.  
Uning  poyasida  qo`sh  patsimon    yirik-yirik  murakkab  burglar  bo`ladi,  ularning  asosiy 
bandlari ko`pincha bixotomik shoxlanadi. 
Poya  o`zak  qismining  juda  rivojlangan  bo`lishi  va  kambiy    halqasi  yordamida 
ikkilamchi  tartibda  qalinlasha  olgani  bilan  ajralib  turadi.  Ikkilamchi  yog`och,  hozirgi  ochiq 
urug`lilardagiga o`hshash, traxeidladan tuzilgan, po`stlog`i    ancha qalin  bo`lgan.Liginoptenis  
mikro, makrosporalar hosil qilgan.  
                                
SAGOVNIKLAR 
 
Sagovniklar    hozir  yashab  turgan  o`simliklar  bo`lib,  eski  (Cycas,  Masrozamia, 
Bowenia, Encephalarhos, Stangeria kabi  avlodlar) va   yangi  dunyoning  (  Zamia, Microcycas, 
Ceratoramia, Pion avlodlari) tropik va subtropik mintaqalarida taqalgan 9 ta avlodni o`z ichiga 
oladi.  
Sagovniklar-ustunsimon  oddiy  poyali  darahtlardan,  poyasi  ahyon-ahyonda  shohlangan 
bo`ladi.  Poyasining  uchida  juda  yirik,  patsimon  qalin-  qattiq  burglar  tojdek  bo`lib  turadi. 
Mikrosparangilari  tangacha  simon  mikrasporofillarning  chetida  turadi  yoki  tangacha  simon 
makro  sporofillardan  joy  olgan,  mikrosporofinllari  to`p-to`p  bo`lib,  otalik  kubalarini  hosil 
qiladim  Makrosporongiylar  (urug`kurtaklar)  makrosporofinlarning  chetida  turadi  yoki 
tangachasimon  mikrosporofillardan  hosil  bo`lgan  onalik  kubbalaridan  joy  oladi.  Bu  tartibga 
Cucas (yoki sagovnik) misol bo`la oladi. 
  
Barcha  ochiq  urug`lilar  singari,Cucas  har  xil  sporali  o`simlik  bo`lib,  makro  va 
mikrosporalar bilan ko`payadi. 
Ko`pchilik  sagovniklar  Cucasga    o`hshash,  aksari  shohlanmaydigan  to`g`ri  poyali 
o`simliklar  bo`lib,  poyasining  uchida  uzunligi  2,5-3  m  ga  boradigan  yirik  burglar  chiqaradi. 
Sagovniklarning  poyalari  odatda  metrlar  bilan  o`lchanadi.  Eng  katta  barglar  bilan  qoplanishi 
gulning  atrofidagi  gulqo`rg`onini  eslatadi.  Ularning  changlanishi  shamol  va  hashorotlar 
yordamida  sodir  bo`ladi.  Bennettetlarning  urug`ida  murtak  to`la  rivojlangan,  oziq  moddalar 
ikki pallada to`plangan.  
                                

133 
 
Kordaitlar 
  
Kordoitlar  asosan  paleozoy  erasida  o`sib,  hozir  qurib  bitgan  o`simliklar  tartibidir. 
Tartibning eng myahshi o`rganilgan vakili  Cordates avlodidur. 
   
Tanasida  yog`och  zonasi    bilan  yahshi  rivojlangan,  o`sha  yog`och  qismi  tuzulishi 
jihatidan ninabarglilarning yog`och qismiga o`hshab ketadi.  
 
Ginkgolar 
Ginkgoales    tartibi  hozir  Ginkgoaceae  degan  atigi  bitta  oyilani    o`z  ichiga  oladi,  bu  oilaninig 
birdan bir vakili Ginkgo (  Ginkgo biloba) dir. 
Ginkgo biloba daraxt o`simlik bo`lib, balandligi 30-40 metirga, yo`g`onligi 3-4 metrga 
yetadi .Mas: Avstraliyada o`suvchi Macroramia Hopei ning poyasi  shuncha keladi.  
 
Bennetitlar 
Bennetitlar  tashqi  ko`rinishidan  sagovniklarga    o`hshab  yura  davrida  rivojlangan,  yer 
yuzini  qoplab  so`ng  yuqori  bo`r  davrida  butunlay  yo`qolib  ketgan  o`simliklardir.    
Bennetitlarlarning  ichki  tuzilishi  urug`li  qirqquloqlilar  bilan  sagovniklarning  ichki  tuzilishiga 
juda  yaqin.  Ularning    poyalarida  kambiylarini,  lub  va  ancha  qalin  po`stloq,  birlamchi, 
ikkilamchi  yog`ochlik xalqalarni xosil qiladi.  
    
Bennetitlarni  g`uddasi  o`zidan  oldingi  sinf  o`simliklarning  g`uddasidan    ikki  jinsliligi 
bilan  farq  qiladi.  G`uddaning  tashqi  tomonidagi  ko`plab  mikrosporongiylarda  mikrosporalar  
yetilsa, g`uddaning markazidagi juda qisqargan makrosporofitda bitta urug` kurtak rivojlanadi. 
Sporofitlar tashqi tomondan  po`stlog`I to`q kulrang va silliq bo`lib, keginchalik xar tomonga 
yoyilib ketadigan piramida shox- shabasini hosil qiladi.  
Gingko  barglari  juda  g`alati:  ular  odatda  ikki  bo`lakga  bo`lingan  uch  burchak 
plastinkadan iborat bo`lib, uzun bandga aylanadi, ba`zan  plastinkasi yaxlit bo`ladi.  
Gingko-2  uyli  o`simlikdir:  uning  mikro-va  makrosporangiylari  har  xil  individda  hosil 
bo`ladi.  
 
 
IGNA BARGLILAR 
Bu  sinifga    6  ta  oyila,  40  avlod,  450  tur  kiradi.  Ular  hozirgi  zamon  iqlimiga  ham 
moslashgan.    Igna  barglilar  sinfiga    daraxtlar,  qisman  butalar  kiradi.  Bu  sinfga  kiruvchi 
o`simliklardan  yer  yuzida  ko`p  tarqalganlilari:  Sosna-Qarag`ay,  Archa,  pixta  kiparis, 
majavelnik  va  boshqalar.  Ignabarglilarning  bargi  qattiq,  ensiz,  igna  simon,  ba`zan  tangacha 
simon  bo`lib,  Yosh  shoxchalarda  spiral  yoki  qarama  qarshi  joylashgan.  Igna  barglilarning 
barglarining ko`pchiligi igna simon bo`lgani uchun ularga shunday nom berilgan. Igna barglilar 
asosan monopodial,  qisman simpodial tipda  shoxlanadi.  Masalan: Mamont daraxti simpodial 
shoxlangan  bo`ladi.  Bu  daraxt  yer  yuzida  uchraydigan  daraxtlarning  eng    kattasidir.  Uning 
bo`yi 150 m, eni 40 m bo`lib, u uzoq yil yashaydi. 

134 
 
   
Igna  bargli  o`simliklarning  ildizida    ildiz  qini  bo`lmaydi.  Ildiz  qini  o`rnida  ektotrof 
mikorizlar bo`ladi. Igna barglilar jinssiz va jinsli yo`lda ko`payadi. Igna barglilarga  vakil qilib 
oddiy qarag`ayni olamiz.  
Oddiy  qarag`ay    1  uyli,    doim  yashil  2  jinsli  o`simlik  bo`lib,  yer    yuzida  juda    ko`p 
tarqalgan.  Qarag`ay  daraxtining  bo`yi  40-50  m  bo`lib,  u    500  y-  gacha  yashaydi. 
Qarag`aydaraxtining  poyasida  va  bargida  smola  yo`llari    bo`lib,  unda  smola  ishlanib  chiqadi.  
Shuning  uchun  ham  poyasini  binokorlikda  ko`p  ishlatiladi.  Qarag`ay    poyasi  uzoq 
muddatgacha  chirimaydi.  Qarag`ayning    otalik  va  onalik  gullari    g`uddalarda  joylashgan 
bo`ladi.  Bu    g`uddalarda    turini  o`zgartirgan  barglardan  tashkil  topgan.  Otalik  guli-
mikrosporalistik, onalik  guli esa makrosporalistik deb ataladi. Otalik  gulining pastki tomonida  
changdon    /mikrosporangiyalar/  taraqqiy  etadi.  Mokrosporangiya  hujayralarining    reduksion 
bo`linishinatijasida  mikrosporalar,  ya`ni  changlar  hosil  bo`ladi.    Chang  2    qavat  po`st  bilan 
qoplangan. 
1.
 
Ekzina –tashqi qavati 
2.
 
Intina – ichki qavati. 
Qarag`ayni    o`zi    sporofit,  chang,  urug`  kurtak  arhegoniya-gametofit,  chang  bilan  tuxum 
xujayra  qo`shilib  ya`ni    gametofit  bilan  gametofit  qo`shilib  diploid  jinssiz  ganloid  nasil  xosil 
bo`ladi. 
    Ekzina  bilan  intina  orasida  bo`shliq  bo`lib,  u    yer  havo  bilan  to`lgan,  shuning  uchun    xam 
qarag`ay change havoda uzoq muddat tura oladi. Changda 2 xil yadro bo`ladi: 
     1.Anteridial yadro 
     2.Vegetativ yadro. 
Onalik g`uddasi  2 hil turni o`zgartirgan barglardan tashkil tobgan,  1- xili g`uddaning  tashqi 
tomonida  bo`lib, qoplag`ichlik  vazifasini bajaradi.  Buni  ―korushaya cheshuya‖ deyiladi.  Bu-
barg  urug`I  hosil  qilmaydi.  2    xil  bargi  urug`  beruvchi  bargsemennaya  cheshuya  deyiladi.  
Urug` beruvchi bargni pastki tomonida  2 ta urug` kurtagi, ya`ni makrosporangiya joylashgan. 
Urug` kurtagi quyidagi qisimlardan  tashkil tobgan.  
1.Urug` kurtagining bandi-funikulus. 
2.Urug` kurtagining qoplog`ch to`qimasi- integument 
3.Urug` kurtagining asosiy to`qimasi-nusellus 
4.Chang yo`li-mikropille. 
Urug`  kurt agi ning  m arkazi da  bol a  qopchig`i ,  endosperma    hamda    2  t a 
arhegoni ya - 
 
korpuskul a 
jo yl ashgan. 
Qarag`a y 
shamol 
yordamida 
changlanuvchi  o`s im likga kiradi.  Qarag`a y  changchi sham ol yordam ida onalik  
g`uddasi ga    kelib  t ushadi.  Onali k  g`uddasidagi  urug`  kurtagi ning    asosi y  
to`qimasi- nuts ellus ga  chang kiri b, 1  yi l dam  ol adi.  2  yili  una bos hla ydi .   
Changni ng  ant eredial  yadro`si    2    ga  bo`li nadi.    Nati jada  2  xil  yadro 
xosil bo`l adi:    
1.
 
Bazal   yadro  
2.
 
Generativ  yadro.                 
Changning  vegetativ  yadro`si  esa,  chang  trubkasiga  aylanib  ketadi.  Anteredial 
yadro`dan  xosil  bo`lgan  bazal  yadro  chang  trubkasining  o`sishiga  yordam  beradi.  Generativ 
yadro  bolinib,  2  ta  spermiya  hosil  qiladi.  Spermiyalarning  1    si  chang  trubkasi  orqali  siljib 
kirib,  arhegoniyalarning  1  tasini  otalantiradi.  2  chi  arhegoniya    otalanmasdan  qoladi.  
Otalangan  arhegoniyadan  embrion  vujudga  keladi.        Onalik  g`uddasi    otalanish  prosesidan 

135 
 
oldin  qizg`ish  rangda  bo`lib,  otalangandan  so`ng  yashil  rangli  bo`lib  qoladi.  Urug`  yetilishi 
davrida  qo`ng`ir    rangga  aylanadi.  Qarag`ayni  otalanish  prosesini  rus  olimi  Gorojanin 
tekshirgan.  
  
Qarag`ay poyasidan skipidar, bargidan smola olinadi. Skipidar bod kasaligida surtiladi.  
 
Download 40.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling