Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o


Download 40.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/41
Sana09.03.2017
Hajmi40.58 Kb.
#1946
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41

a)
 
VEGETATIV 
b)
 
JINSSIZ 
c)
 
JINSLI 
Vegetativ  ko‗payishda  tanasi  bo‗linib  ko‗payadi  yoki  tanasida  o‗simtalar  hosil 
bo‗ladi. Sorediya – bu koptoksimon (tugunsimon) bo`lib, suvo‗tlarini zamburug‗lar o‗rab oladi. 
(1ta yoki 2ta suvo‗tlarini). 
Sorediya  etilgandan  keyin  lishaynikni  tanasi  bosim  ta‘sirida  yoriladi    va  sorediya 
shamol yordamida uchib ketadi va qulay sharoitda nam erda o‗sib, ko‗payadi. 
Izideya  – lishaynik  tanasida  yonidan o‗sib  chiqqan o‗simlik bo‗lib, shuni yordamida 
uzilib qulay erga tushib ko‗payadi.  
 Jinssiz ko‗payish sporalar yordamida bo‗ladi. Zamburug‗ bilan suvo‗ti birgalikda  sorediya 
yoki izideya  xosil qilib ko‗payishi mumkin. Suvo‗ti qaysi suvo‗tidan tashkil topgan bo‗lsa, shu 
bo‗yicha ko‗payadi. Lishayniklarning ba‘zi birlari odamlar tomonidan ovqatga ishlatiladi. 
Masalan: Islandiya lishaynigi. Ba‘zi lishayniklardan lakmus bo‗yog‗i olinadi. Tundrada 
o‗suvchi lishayniklar bug‗ular uchun ovqat. Lishayniklar juda sekin o‗sadi. Masalan: tundrada 
o‗suvchi lishayniklar 1yilda 3,5 sm o‗sishi mumkin. Ba‘zi  bir lishayniklardan efir moyi 
olinadi. Ba‘zi bir lishayniklar zaxarli bo‗lgani uchun ovchilar bo‗rilarni zaharlash uchun 
ishlatadilar 
 
 
Nazorat savollari 
 
1.
 
Suvo‗tlarining tuzilishi, yashash sharoiti va klassifikatsiyasi haqida nimalarni bilasiz? 
2.
 
Suvo‗tlarining ko‗payishini tushuntirib bering? 
3.
 
Suvo‗tlarining  axamiyati  to‗g‗risida nimalarni  bilasiz?  
4.
 
Zamburug‗lar  qanday  o‗simlik,  ularning  tuzilishi  va  klassifikatsiyasi    haqida  nimalarni   
bilasiz? 
5.
 
Zamburug‗larning ahamiyati qanday? 
6.
 
Lishayniklar qanday organizmlardan tashkil topgan? 
7.
 
Lishayniklarni qanday xillari mavjud? 
8.
 
Lishayniklarni ko‗payishi va ahamiyati? 
 
 
 
Foydalaniladigan  asosiy  darsliklar  va  o„quv   
qo„llanmalar  ro„yxati 
1.
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: ―Высшая школа‖ ,  2001.-230 c. 
2.
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‗.A.  Botanika. – T.: O‗zbekiston, 2005.- 435 b. 
3.
 
Mustafaev    S.M.,  Ahmedov  O‗.A.,    Samatova    SH.    O‗simliklar    sistematikasidan  
amaliy  mashg‗ulotlar. – T.:  ―YUNAKS-PRINT‖ MCHJ  bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 
4.
 
Ahmedov  O‗.A.,  Yulchieva  M.T. Botanika  fanidan  elaktron  darslik.-T.: 2008. 
5.
 
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published 
by forgotten books, 2013. –48 p 
6.
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 
7.
 
Hamidov A.,  Nabiev M.M. ―O‗zbekiston  o‗simliklarini  aniqlagichi‖.-T.: 1987.-235 b. 

122 
 
8.
 
Василев  A.E.  ―Морфология,  анатомия растений‖. – M.: Изд-вo  ― Высшая школа 
‖, 1988. -435 c. 
9.
 
Xolmatov  X.X.,  Karimova    S.U.,  Ahmedov    O‗.A.  va    boshqalar.    Dorivor  
o‗simliklarning    lotincha-o‗zbekcha-ruscha-arabcha    va    forscha-tojikcha    lug‗ati.-T.: 
X.F.  ―Nizim‖  bosmaxonasi,  2004. – 239 b. 
10.
 
Berezovskaya    T.P.,  Dmitruk    S.E.,  Grishinna    e.I.,    Belousov    M.V.    Osnovы  
farmatsevticheskoy  botaniki. – Tomsk:  Pechatnaya  manifaktura,  2004.-294 s. 
11.
 
Xolmatov    X.X.,    Ahmedov    O‗.  A.  Farmakognoziya.  1-2  qism.  –  T.:  ―Ibn    Sino‖  
nashiryoti, 2007.- 806 b. 
 
Ma‟ruza – 10 
 
Yuksak sporali o‘simliklarga qisqacha tasnif. Moxsimonlar. Qirqquloqsimonlar . 
 
Ma‟ruzaning maqsadi: 
1.Yuqori sporali o‘simliklarga qisqacha nasnif. 
2.Moxsimonlilar bo‘limi. 
3.Jigarsimon moxlar. 
4.Poya va bargli moxlar. 
5.Torf hosil qiluvchi moxlar. 
6.Moxlarning yashash sharoiti. 
7.Qirqquloqsimonlar bo‘limi. 
8.Qirqquloqlar.O‘rmon qirqqulog‘i. 
9.Qirqbo‘g‘imlilar.Dala qirqbo‘g‘imi. 
10.Plaunlar.Cho‘qmoqli plaun. 
11.Yuqori sporali o‘simliklarning kelib chiqishi. 
 
Tayanch 
iboralar: 
Yuksak 
sporali 
o‟simliklarga 
tasnif. 
Moxsimonlar. 
qirqquloqsimonlar. Yuksak sporali o‟simliklarni tuban sporali o‟simliklardan ustunligi. Moxlar 
va qirqquloqsimonlarning umumiy xususiyati. Yuksak o‟simliklarning umumiy tasnifi va kеlib 
chiqishi.  havodan  oziqlanish  asoslari.  Yuksak  o‟simliklarda  qonuniy  nasl  gallanish  sodir 
bo‟lishi. Yuksak o‟simliklarning asosiy bo‟limlari.  Moxsimonlar  bo‟limi.  Bo‟limning  umumiy 
xususiyatlari.  Moxsimonlar  sinfi:  jigarsimon  va  poya  bargli  moxlar,  ularning  xususiyatlari. 
Tanasining tuzilishi va ko‟payishi. Rivojlanish davri va ularda nasl gallanish. Poya va bargli 
moxlarning kеnja sinflari: torf moxlar, kakku zig‟iri.  
 
YUQORI SPORALI O‘SIMLIKLAR 
 
Tuban sporali o‘simliklarning jinsiy organlari bir hujayrali,sodda tuzilgan.Tuban sporali 
o‘simliklar  organlarga  bo‘linmaydi.  Yuqori  sporali  o‘simliklarning    ko‘pchilik  vakillari 
organlarga bo‘linadi.Ba‘zi bir vakillari organlarga bo‘linmaydi.Jinsiy organlari ko‘p hujayrali, 
murakkab tuzilgan.Yuqori sporali o‘simliklarga 2 ta tip kiradi. 
1.Moxsimonlar 
2.Qirqquloqsimonlar 
 
MOXSIMONLAR 
 
Bu tipga yuqori sporali o‘simliklarning eng soda tuzilganlari kiradi.Shunday bo‘lsa ham 
ular  tuban  sporali  o‘simliklarga  nisbatan  yaxshi  taraqqiy  etgan  bo‘ladi.Moxlar  quruqlikda 

123 
 
yashashga  moslashgan  bo‘lsa  ham  ular  asosan  nam  yerni  yaxshi  ko‘radi.Moxlarni  ariq 
bo‘ylarida,botqoqliklarda,zax  yerlarda  uchratish  mumkin.Moxlarning  ba‘zi  bir  vakillari 
organlarga 
bo‘linmaydi.Mas:jigarsimon 
moxlar.Ko‘pchilik 
vakillari 
organlarga 
bo‘linadi.Bularda  haqiqiy  tuzilgan  barg,  poya  mavjud.  Lekin  ildiz  bo‘lmaydi.Ildiz  vazifasini 
rizoidlar  bajarib  turadi.Rizoid-epidermisdan  o‘sib  chiqqan  mayda  tukka  o‘xshaydi.Moxlarda 
yuqori  o‘simliklarga  nisbatan  to‘qimalari  yaxshi  taraqqiy  etmagan.Moxlarning  otaligi- 
anteridiya,onaligi-arxegoniya deyiladi. 
Moxlarning  jinsli  nasli  yaxshi  taraqqiy  etgan.  Jinsli    naslini  gametofit  deyiladi.  Jinssiz 
nasli yomon taraqqiy etgan. Jinssiz naslini sporofit deyiladi. Moxlar 3 xil yo`lda ko`payadi.  
1.Vegetativ  
2. Jinsli  
3. Jinssiz  
  Jinsli va jinssiz ko`payish gallanib turadi. Oldin jinsli, so`ngra jinssiz ko`payish bo`ladi. Jinsli 
ko`payish  natijasida  spora  hosil  bo`ladi.  Jinssiz  ko`payganda  yangi  o`simlik  hosil  bo`ladi. 
Moxlar 2 sinfga bo`linadi:  
1.Jigarsimon moxlar 
  Bularning  ba`zi  vakillarining  tashqi  ko`rinishi  jigarga  o`xshash  bo`ladi.  Jigarsimon  moxlar 
organlarga bo`linmagan.  
2. Poya va bargli moxlar  
Ularda haqiqiy poya va barg bo`ladi.  
 
JIGARSIMON MOXLAR. 
Jigarsimon  moxlarga  vakil  qilib  Marshansiyani  olamiz.  Marshansiyani  birinchi  marta 
fransuz  vrachi  Marshanse  topgan  va  o`z  nomiga  qo`ygan.  Morshansiya  zax  yeralarda  ,  ariq 
bo`ylarida  o`sadi.  Uning  tanasining  tashqi  ko`rinishi  bargga  o`xshash  bo`ladi.  Tanasining 
pastki tomonidan, ya`ni epidermisdan o`sib chiqqan rizoidlar yordamida yerga yopishib o`sadi. 
Marshansiyaning ko`ndalang kesimida tashqi tomoni epidemis bilan qoplangan.  Epidermisda 
ustitsalar joylashgan . Ustitsaning ichkari tomonida havo kamerasi bor. Assimilyatsion hamda 
zapas oziq moddalarni to`playdigan to`qimalar uchraydi.  
 
Assimilyatsion  to`qima  hujayralarida  xlorofill  donachalari  bor.  Bu  hujayralarda 
fotosintez  protsessi  bo`lib  turadi.  Marshansiya  tanasining  pastki  epidermisidan  rizoid  o`sib 
chiqqan bo`ladi. Marshansiya 3 xil yo`lda ko`payadi: 
1.
 
Vegetativ 
2.
 
Jinsli  
3.
 
Jinssiz 

124 
 
Vegetativ  ko`payish  kurtaklar  yordamida  bo`ladi.  Kurtaklar  marshansiyaning  ustki 
tomoniga  joylashgan.  Kurtaklar  shamol  yordamida  uzilib  ketib,  bu  uzilgan  kurtaklardan 
marshansiya  o`sib  chiqadi.  Ya`ni  kurtaklar  marshansiya  tanasiga  aylanadi.  Marshansiya  bir 
jinsli ikki uyli o`simlik hisoblanadi . Bitta marshansiya onalik ekzemplyar hisoblanadi. Otalik 
va  onalik  marshansiyalar  bir-birlaridan  quyidagicha  farq  qildi:  Otalik  marshansiyaning 
tanasining ustidan o`sib chiqqan plastinka kamroq qirqilgan. Onalik ekzemplyaridagi plastinka 
ko`proq  qirqilgan.  Otalik  ekzemplyaridagi  plastinka  dastasi  tuksiz  va  kaltaroq.  Onalik 
ekzemplyaridagi  plastinkaning  dastasi  tukli  bo`ladi.  Otalik  va  onalik  ekzemplyaridagi 
plastinkalar  ichida  jinsiy  organlar  taraqqiy  etadi.  Otalik  ekzemplyaridagi  plastinka  ichida  bir 
nechta  yumaloq  shaklda  anteridiya  uchraydi.  Onalik  ekzemplyaridagi  plastinka  ichida 
arxeginiyalar  taraqqiy etadi.  
Arxegoniya ikki qismdan ibborat : 
1.  Arxegoniyaning bo`yni 
2. Arxegoniyaning qorni    
        
  Arxegoniyaning    qornida  tuxum  hujayra  taraqqiy  etadi.  Marshansiyaning    jinsli 
ko`payishi  yog`ingarchilik vaqtida suv yordamida sodir bo`ladi.  
Anteridiyalar  ishlab  chiqargan  spermatozoidlar  (otalik  ekzemplyaridagi)  suvda  suzib 
yuradi.  Spermotazoidlar  onalik  ekzemplyaridagi  arxegoniyaning    uchiga  kirib  yopishadi. 
Natijada 
arxegoniyaning 
 
uchi 
yoriladi. 
Spermatozoidlaning 
kirishiga 
yo‘l 
ochiladi.Spermotozoidlar 
arxegoniyaning 
bo‘yni 
orqali 
kirib 
tuxum 
hujayrani 
otalantiradi.Otalanish bo‘lib o‘tgandan so‘ng embrion hosil bo‘ladi.Shu bilan jinsiy ko‘payish 
tugaydi va jinssiz ko‘payish boshlanadi. 
   
Sporogon  avval  arxegoniyaning  qornida  joylashgan  bo‘ladi.Sporogon  yorilgandan 
so‘ng  uning  bandi,arxegoniyani  yorib  chiqadi.Sporalar  yorilgandan  so‘ng  sporogon  ham 
yoriladi.Natijadajuda ko‘p sporalar va ellateralar chiqadi. 
     
Ellateralar 
–bu  jinssiz  hujayra.Sporalar  qulay  sharoitga  tushib  qolsa,o‘sa 
boshlaydi.Sporalar  marshansiyaga  aylanadi.Sporalar  tashqi  ko‘rinishi  jihatidan  bir  xil  bo‘lsa 
ham,fiziologik    jihatdan  har  xildir.Bitta  sporadan  otalik  marshansiya  o‘sib  chiqsa,2-sporada 
onalik  marshansiya  o‘sib  chiqadi.Marshansiya  oldin  jigar  kasalligiga  ishlatilgan.Hozir  esa 
meditsinada ishlatiladi. 
                                      
POYA VA BARGLI MOXLAR 
Poya va bargli moxlarda haqiqiy poyasi va bargi bor. 
Ildizi  bo‘lmaydi.Ildiz  vazifasini  rizoidlar  bajarib  turadi.Bu  sinfga  vakil  qilib  ―Kakku 
zig‘iri‖ni  olamiz.Kakku  zig‘iri  MDHning  o‘rmon  zonasida,ba‘zan  botqoqliklarda 
o‘sadi.Bo‘yining  uzunligi  40  sm  gacha  boradi.Bargi  ko‘ndalang  kesimida  tashqi  tomondan 
epidermis bilan qoplangan.Bargida mehanik va assimilyatsion to‘qimalarni uchratish mumkin. 
Barg poyali moxlar sinfi 3ta tartibni o`z ichiga oladi :  
1.Yashil moxlar. (Bryales) 
2.Sfagnum moxlar. (Sphagnales)  
3. Andrea moxlari (Andreales)  
Yashil  moxlar  tartibiga  kakku  zig`iri  va  Respublikamizda  uchraydigan  Funariya  moxi 
kiradi.  Kakku  zig`iri  ikki  uyli,  ko`p  yillik  o`simlik  bo`lib  poyasi  tik  o`suvchi  qizg`ish  rangda 
bo`ladi  .  Funariya  ham  boshqa  moxlar  kabi  o`rmon  zonalarida  o`sadi.  Uning  bargi  poyasiga 
zich  o`rnashgan  bo`lib  bo`yi  3  sm  ga  teng.  Poyasi  och-yashil  rangli  bo`lib    yashil  gilamlar 
tashkil qiladi poyaning yer osti qismida rizoidlar ko`p bo`ladi.      
   
Kakku  zig‘irida  haqiqiy  poya  va  barg  bor,  ildiz  bo‘lmaydi,  ildiz  vazifasini  rizoidlar 
bajarib turadi. Kakku zig‘iri uch xil yo‘lda ko‘payadi.  
1.Vegetativ 

125 
 
  2.Jinsli  
  3.Jinssiz 
Vegetativ ko‘payish rizoidlar yordamida bo‘ladi. Oldin jinsli, so‘ngra jinssiz ko‘payish 
bo‘ladi. Kakku zig‘iri marshansiyaga o‘xshash  bir jinsli, ikki uylik o‘simlik hisoblanadi. Bitta 
ekzemplyarda  arxegoniyalar  taraqqiy  etadi.  Bitta  ekzemplyarda  anteridiya  taraqqiy  etadi. 
Onalik  kakku  zig‘irining  bo‘yi  uzun,  otalik  kakku  zig‘irining  bo‘yi  bir  oz  kaltaroq  bo‘ladi. 
Otalik ekzemplyarda anteridiyalarni o‘rab turgan qizil bargchalar parafizalar bo‘ladi. Bu qizil 
bargchalarni perianti deyiladi. Anteridiya uzun xaltachaga o‘xshash bo‘ladi. Anteridiyalar ikki 
xivchinli  ,  harakatchan  spermatazoidlarni  vujudga  keltiradi.  Arxegoniyaning    shakli  kolbaga 
o‘xshash  bo‘lib  ular  ham  parafizalar  bilan  o‘ralgan.  Otalanish  protsesi  suvning  yordamida  
bo‘ladi.  Suvda  suzib  yurgan  spermatozoidlar  kelib  arxegoniyaga  yopishadi.  Bo‘yni  orqali 
kirib,tuxum  hujayrani  otalantiradi.  Natijada  embrion  paydo  bo‘ladi.  Embrion  ko‘p  hujayrali 
sporogonga  aylanadi.  Sporogon  band  tashkil  etadi.  Shu  holicha  u  qishlaydi.  Kelgusi  yili 
sporogon bandi cho‘zilib ketib ,poyadagi bargdan uzoqlashadi. Sporogonning yuqori tomonida 
qalpoqchasi bo‘ladi. Bu qalpoqcha sporogonni sovuqdan va issiqdan saqlaydi.Bu qalpoqchalar  
bahorda tushib ketadi. Qalpoqcha ostidagi qalpoqcha esa sporogonning ichki tomonini  yopib 
turadi.  Sporogon  ichida  sporangiya  hujayralari  taraqqiy  etadi.  Sporongiya  hujayralarining 
reduksion bo‘linishi natijasida sporalar vujudga keladi. Sporalar yetilgandan so‘ng sporongiya 
devoriy  yoriladi.  Sporogonning  qopqoqchasi  ochilib,  sporolar  tarqalib  ketadi.  Sporalar  juda 
mayda,  sariq  rangli  bo‘ladi.  Sporalar  qulay  joyga  tushib  qolsa,  kakku  zig‘iriga  aylanadi. 
Sporalar  fiziologik  jihatidan  har  xil.  Bitta  sporadan  otalik  kakku  zig‘iri,  ikkinchi  sporadan 
onalik kakku zig‘iri vujudga keladi.
20
 
 
TORF HOSIL QILUVCHI MOXLAR 
Sfagnum bir-biriga o‘xshash bo‘lgan 300 dan 
ortiq turga ega. Asosan u MDH ning shimol va 
g‘arbida, mineral moddalari kam bo‘lgan 
suvlarida, nam va botqoqliklarda o‘sadi. 
Tarkibida Ca tuzlari bor suvga chidayolmaydi. 
Shuning uchun ham ohakli  tuproqda o‘smaydi. 
Sfagnum namlikmimg 99% ini o‘ziga shimib
Natijada sfagnum o‘sgan yer botqoqlikka 
aylanadi. Sfagnumning yuqori tomoni asta sekin 
o‘sib boraveradi. Pastki tomoni esa asta sekin 
qurib boradi. Natijada qurigan tomoni yig‘ilib 
torf botqoqligiga aylanadi. Torf bakteriyalarini o‘ldirish hususiyatiga ega. Shuning uchun u 
tibbiyotda yara bog‘lovchi material ya‘ni paxta sifatida ishlatiladi. Torf yoquv ashyosi, hamda 
o‘g‘it sifatida qo‘llaniladi.
21
 
 
 
QIRQQULOQSIMONLAR TIPI 
   
Qirqquloqsimonlar toshko‘mir davrida yer yuzida ko‘p tarqalgan o‘simlikhisoblanadi.U 
davrda  daraxtsimon  paporotniklarning  juda  katta  o‘rmonlari  bo‘lgan.Bu  daraxtlarning 
balandligi 20-30m bo‘lgan.Yerdan qazib olingan bu o‘simliklarning toshga aylangan qoldiqlari 
                                                             
1.
 
20
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 
 
2.
 
21
 
Pharmaceutikal  Botany,  a  Text-Books  for  students  of  pharmacy  and  science. 
Published by forgotten books, 2013. –50 p 
 

126 
 
va  ularning  tosh  ko`mir  davrining  o`simligi  ekanligini  bildiradi.  Hozirgi  vaqtda  ham 
Avstraliya,  Yangi  Zelandiya  ,  Braziliya  mamlakatlarida  o`sadigan    tuzilgan  turlari  uchraydi. 
Bularning    tashqi  ko`rinishi  palmaga  o`xshaydi.  Qirqquloqsimonlilar    moxlardan    shu  bilan 
farqlanadiki,  ularning    sporofit  nasli  yaxshi  taraqqiy  etgan.  Moxsimonlarda  ildiz  bo`lmaydi, 
qirqquloqsimonlilarda  haqiqiy    ildiz  bo`ladi.  Qirqquloqsimonlilar  quruqda  o`ssa  ham  ,  ular 
soya  salqinni  yaxshi  ko`radi.  Qirqquloqsimonlilar  orasida  suvda  o`sadigani  ham  uchraydi. 
Masalan:  suv  qirqqulog`i.  qirqquloqsimonlilarning  o`tkazuvchi  to`qimalari  yaxshi  taraqqiy 
etgan.  Ularda  floema  va  ksilema  elementlarini  ko`rish  mumkin.  O`tkazuvchi  to`qima 
elementlari konsentrik, yani ksilema markazida joylashgan. 
Qirqquloqsimonlilar 3 sinifga bo`linadi: 
1. Qirqquloqlar 
2. Qirqbo`g`inlar 
3. Plaunlar 
  Qirqquloqsimonlarning  turlari 8000 dan oshadi. Qirqquloqlar yer sharining  cho`l zonasidan 
tashqari  hamma  yerida  tarqalgan.  Havosi  nam  bo`lgan  joylarda  ,  o`rmonlarda,  ba`zilari  tog`li 
joylarda  o`sadi.  Ba`zi  qirqquloqlar  madaniy  o`simliklar  orasida  begona  o`t  sifatida    uchraydi. 
Mas : Gruziyada choy plantatsiyasida orlyak deb atalgan qirqquloq uchraydi. Uning bargi shu 
darjada katta bo`ladiki, odam ko`rpa o`rnida yopib yotsa bo`ladi.  
Qirqquloqlarning  urug`langan  tuxum  hujayrasidan  vujudga  kelganva  rivojlangan  sporafit 
moxlarnikiga nisbatan ancha  yirik, tashqi va ichki tuzilishi ham  murakkab bo`lib, unda barg, 
poya va ildiz  bo`ladi. Ba`zi qirqquloqlarning sporafiti ancha yirik bo`lib, tashqi ko`rinishidan 
gulli o`simliklarga o`xshaydi.   
Qirqbo`g`imlilar 
Qirqbo`g`inlar  poyasida  bo`g`im  va  bo`gim  oraliqlari  bo`lishi  bilan  xarakterlidir. 
Bo`g`imida  mayda  reduksiyalangan  barglar  bo`ladi.  Qirqqbo`g`inlar  ariq  bo`ylarida,  nam 
yerlarda  ,  madaniy  o`simliklar  orasida  begona  o`t  sifatida  uchraydi.  O`rta  Osiyoda  o`sadigan 
vakillaridan  biri  dala  qirq  bo`g`imi  (Equisetum  arvense)  dir.  Dala  qirqbo`g`imining  ildiz 
poyasida  tugunaklar  bo`lib,  yoz  davomida  zapas  oziq  moddalar  (krahmal)  saqlashga 
moslashgan. 
Dala  qirqbo`g`imi  yoz  faslida  2  xil  novda  chiqaradi.  Erta  bahorda  qoramtir-to`q 
jigarrangli novda o`sib, bo`yi 8-12 sm  ga yetadi. Bu tik o`suvchi bahorgi novda oziq moddalar 
bilan    to`yingan  bo`lib,  ularning  poyasi  bo`g`im  va  bo`g`im  oraliqlarga  bo`linganligi  bilan 
xarakterlidir . Har qaysi bo`g`mda  tangacha simon, nishtarga o`xshash reduksiyalangan barglar 
joylashadi.  Yozgi  novdalar  yashil  rangda  bo`lib,  asossan,assimlyatsiya  qilishga  moslashgan. 
Qirqbo`g`im  o`simligida  ham  gallanib  ko`payish  kuzatiladi.  Sparangiylar  sporali 
boshoqchalarida  6-8  tadan  joylashadi.  Sporangilar  ichida  ko`p  miqdorda    elaterali  sporala 
pishib  yetilgandan  so`ng,  tashqariga  chiqib  sochiladi.  Spora  to`q  yashil  rangli  shar  simon 
hujayradan  iborat  bolib,  qalin  po`st  bilan  o`raladi,  uni    spiral  shaklda  o`ralga  2  ta  tasma-
elaterlar  o`rab  turadi.  Bir  xil  sporalar    o`sib  urg`ochi  gametofit,  2  xillari  esa  erkak  gametafit 
hosil  qiladi.  Urg`ochi  o`simta  ancha  yirik    bo`lib,  unda  arxegoniya  yetiladi.  Erkak  o`simta 
mayda bo`lib,unda anteridiy hosil bo`ladi. Otalanish suv yordamida bo`ladi. Otalangan tuxum 
hujayralardan zigota, undan esa yangi qirqbo`g`im xosil bo`ladi.  
 Plaunsimonlar.  
Plaunlarning  poyasi  dixatomik  ravishda  shoxlanishi  bilan  boshqa  sinflardan  farq 
qiladi.Plaunsimonlarga uncha katta bo`lmagan  ko`p yillik yashil  o`tlar, poyasining uzunligi 1-
3 metrgacha yetadigan yer bag`irlab o`sadigan o`simliklar kiradi. Plaunsimonlarda sporafit nasl 
ustun bo`ladi.     
Jinssiz  ko`payish  sporalar  yordamida  ,  jinsli  ko`p  ayish  jinsiy  organlar  yordamida 
bo`ladi. Plaunsimonlilarda oldin jinssiz , so`ngra jinsiy ko`payish  bo`ladi.  Moxlarda aksincha 
bo`ladi.    O`simtalar  bir  uyli  ikki    jinsli  yoki  ikki  uyli  bir  jinsli  bo`lishi  mumkin  .  otalanish 
protsessi  yog`ingarchilik  vaqtida  bo`ladi.  Otaslangan  tuxum  hujayradan  jinssiz  nasl-  sporafit 
o`sib  chiqadi.  Sporafit  –  bu  ildiz  ,  poya,  bargli  haqiqy  o`simlikdir.  Jinssiz  nasli  –  sporofitda 

127 
 
sporangiya  hujayralarining  reduksiyon  yo`lda  bo`linishi  natijasida  sporalar  hosil  bo`ladi. 
Sporalar  shamol  yardamida  tarqaladi.  Agar  sporalar  bir  xil  bo`lsa  undan  ikki  jinsli  o`simta 
o`sib chiqadi. Sporalar har xil bo`lsa ikki uyli bir jinsli o`simta o`si chiqadi. Sporalar katta va 
kichik bo`lishi mumkin. Kichik sporalarni mikrospora, katta sporalarni makrospora deyiladi. 
  
Mikrosporalar  mikrosparangiyalarda  makrosporalar  esa  makrosporalarda  taraqqqiy 
etadi. Mikrosporadan otalik o`simtasi o`sib chiqadi. Bu otalik o`simtada anteridiyalar taraqqiy 
etadi. Makrosporadan onalik o`simtasi o`sib chiqadi. Unda arxegoniyalar taraqqiy etadi.  
O`rmon  qirqqulog`ining  ildiz  poyasidan  gijja  haydaydigan    ekstrakt  tayyorlanadi  . 
qirqbo`g`imning  poyasi  siydik  haydovchi  dori  sifatida  ishlatiladi.  Apteka  plaunning  sporasi 
detskaya  pudra  va  pilyula  tayyorlashda  ,  bir-biriga  yopishib  qolmasliga  uchun  sporadan 
sepiladi. Og`ir sanoatda metallarni quyishda , qolipga sporasi solib qo`yiladi.    
 
Nazorat savollari 
1.
 
Tuban va yuqori sporali o‘simliklar farqi? 
2.
 
Moxlar qanday ko‘payadi? 
3.
 
Jigarsimon moxlarning tuzilishi va ko`payishi?  
4.
 
Poya va bargli moxlarning tuzilishi va ko‘payishi? 
5.
 
Qirqquloqsimonlilar klassifikatsiyasi? 
6.
 
Qirqquloqlarning moxlardan farqi? 
7.
 
Qirqbo`g`imlilar tuzilishi?  
8.
 
Qirqbo`g`imning ko`payishi? 
9.
 
Plaunsimonlar, tuzilishi, ko`payishi? 
10.
 
Qirqquloqsimonlilar ahamiyati? 
 
Foydalaniladigan  asosiy  darsliklar  va  o„quv   
qo„llanmalar  ro„yxati 
1.
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: ―Высшая школа‖ ,  2001.-230 c. 
2.
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‗.A.  Botanika. – T.: O‗zbekiston, 2005.- 435 b. 
3.
 
Mustafaev    S.M.,  Ahmedov  O‗.A.,    Samatova    SH.    O‗simliklar    sistematikasidan  
amaliy  mashg‗ulotlar. – T.:  ―YUNAKS-PRINT‖ MCHJ  bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 
4.
 
Ahmedov  O‗.A.,  Yulchieva  M.T. Botanika  fanidan  elaktron  darslik.-T.: 2008. 
5.
 
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published 
by forgotten books, 2013. –50 p 
6.
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 
7.
 
Hamidov A.,  Nabiev M.M. ―O‗zbekiston  o‗simliklarini  aniqlagichi‖.-T.: 1987.-235 b. 
8.
 
Василев  A.E.  ―Морфология,  анатомия растений‖. – M.: Изд-вo  ― Высшая школа 
‖, 1988. -435 c. 
9.
 
Xolmatov  X.X.,  Karimova    S.U.,  Ahmedov    O‗.A.  va    boshqalar.    Dorivor  
o‗simliklarning    lotincha-o‗zbekcha-ruscha-arabcha    va    forscha-tojikcha    lug‗ati.-T.: 
X.F.  ―Nizim‖  bosmaxonasi,  2004. – 239 b. 
10.
 
Berezovskaya    T.P.,  Dmitruk    S.E.,  Grishinna    e.I.,    Belousov    M.V.    Osnovы  
farmatsevticheskoy  botaniki. – Tomsk:  Pechatnaya  manifaktura,  2004.-294 s. 
11.
 
Xolmatov    X.X.,    Ahmedov    O‗.  A.  Farmakognoziya.  1-2  qism.  –  T.:  ―Ibn    Sino‖  
nashiryoti, 2007.- 806 b. 
Download 40.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling