Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o
Download 40.58 Kb. Pdf ko'rish
|
Vertushka metodi № hujayradagi zapas oziq mod-dalar va plastidlar Sudan III Lyugol yashil sariq qizil rangsiz 221 1 2 3 4 5 6 Kraxmal donachalari ko‗kim-tir binafsha ranga bo‗yaladi. Yog‗ tomchisi qizil ranga bo‗yaladi. Oqsil donachalari tilla sariq rangga bo‗yaladi Xloroplast Leykoplast Xromoplast 6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar. 1 – topshiriq: hujayradagi zapas oziq moddalarni aniqlash. Ob‟ektlar: kanakunjut urug‗i, kartoshka tuganagi 1 – tajriba: Kartoshka tuganagidan ozrog‗ qirqib olib buyum oynasiga qqo‗yiladi va uning ustiga Lyugol eritmasi tomizib qoplog‗ich oyna bilan yopib mikroskopda ko‗riladi. Bunda kraxmal donachalari ko‗kimtir binafsha ranga bo‗yalgani kuzatiladi. 2 – tajriba: Kanakunjut urug‗ining qattiq po‗sti olib tashlanib, mag‗izi buyum oynasiga surtiladi. Uning ustiga Sudan III eritmasi tomizib qizdiriladi. So‗ng bir tomchi suv tomizilib qoplag‗ich oyna bilan yopib mikroskopda ko‗riladi. Bunda yog‗ tomchilarining qizil ranga bo‗yalganligi kuzatiladi. 3 – tajriba: Yana kanakunjut urug‗ining mag‗zi buyum oynasiga surtiladi. Uning ustiga Lyugol eritmasidan tomizilib qoplag‗ich oyna bilan yopib mikroskopda ko‗riladi. Bunda oqsil donachalari tilla sariq rangga bo‗yalgani kuzatiladi. Topshiriq: kraxmal, oqsil va yog‗ tomchilarining rasmini chizib nomini yozing. Laboratoriya mashg‗ulot-4 Mavzu: “Kristallar, ularning tuzilishi, vakuola va hujayra po„sti” 1. Darsning maqsadi: Hujayrada to‗planadigan chiqindi moddalar, hujayra shirasi va hujayra po‗stining holatlari, vazifalari, ximiyaviy o‗zgarishlari va ularni aniqlash usullari o‗rganiladi. 2. O„quv jarayonining mazmuni: 1. CHiqindi moddalar qanday holatda bo‗lishi 2. Kristallar hujayraning qaysi qismida to‗planadi 3. Kristallarning kimyoviy tarkibi va shakllari 4. hujayra shirasining hosil bo‗lishi 5. hujayra vakuolasidagi moddalar va ularni aniqlash usullari 6. hujayra po‗stining vazifasi 7. hujayra po‗stida kechadigan kimyoviy o‗zgarishlar 8. hujayra po‗stining kimyoviy tarkibini aniqlash usullari 4. O„quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma (shakl), vosita, usul, nazorat, baholash) a) Darsning turi - suhbat b) Metod – Vertushka, Bumerang v) Forma – (shakl) guruh g) Vosita – doska, tarqatma material, tablitsa 222 d) Usul – nutqli e) Nazorat – kuzatish (ko‗rish) j) Baholash – o‗z-o‗zini va umumiy baholash 5. Metod – Bumerang, Vertushka. Bumerang metodi Bu metodda – talabalar kichik guruhlarga bo‗linadi. O‗qituvchi har bir guruhga vazifa yozilgan material tarqatadi. har bir guruh talabalari berilgan vazifa bo‗yicha o‗z fikrlarini bayon qiladi va guruhlar orasida savol - javob ketadi. 1 – guruhga beriladigan vazifa 1. Chiqindi moddalarning kimyoviy tarkibi qanday 2. Kristallar necha xil bo‗ladi 3. Kristallar qaysi o‗simliklarda uchraydi 2 – guruhga beriladigan vazifa 1. Hujayra shirasi nima 2. Hujayra shirasida uchraydigan moddalar 3. Hujayra shirasidagi moddalarni aniqlash usullari 3 – guruhga beriladigan vazifa 1. Hujayra po‗stining bajaradigan vazifasi 2. Hujayra po‗sti qanday kimyoviy o‗zgarishlarga uchraydi 3. Hujayra po‗stini aniqlaydigan reaktsiya Vertushka № Chiqindi moddalar uch- raydigan o‗simliklar va shakllari yakka kris- tallar rafid- lar druz- lar qumli kris- tallar sfero- kris- tallar tsisto- litlar 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 Belladonna bargida Marvaridgul bargida qo‗nog‗ bargida Anjir bargida Piyoz po‗stida Tutdoshlar oilasida Bangidevona bargida Tradeskantsiya bargida G‗o‗za bargida Agava bargida Krapiva bargida Fikus bargida Vertushka 223 № Hujayra po‗stining kimyoviy tarkibining o‗zgarishi Yog‗och -lanish Po‗kak- lanish SHi- lim- shiq- la-nish Ku-tin- lanish Mine- ral- lanish Tsel- lyulo-za 1 2 3 4 5 6 hujayra po‗stida qum-tuprog‗ bilan kaltsiy yoki magniyli tuzlar uchrasa hujayra po‗sti lignin moddasi bilan to‗yinsa O‗zida nam saqlab hu-jayrani qurib qolish-dan asraydi hujayra po‗sti suberin moddasi bilan to‗yinsa O‗zidan suv va havoni yaxshi o‗tkazadi hujayra po‗sti yog‗simon modda bilan to‗yinsa 5. Mustaqil bajarish uchun vazifalar. Ob‟ektlarni o„rganish: Chiqindi moddalar, vakuola va hujayra po‗sti Ob‘ektlar bo‗yicha ma‘lumotlar. Chiqindi moddalar. O‗simliklarning hujayra shirasida ko‗pincha chiqindi moddalar hosil bo‗ladi. Chiqindi moddalar kristallar holida uchraydi. Bu kristallar oksalat kislotaning kaltsiy tuzidan iborat bo‗lib, o‗simlikni hayvon va hashoratlarning eyishidan saqlaydi. O‗simlik hujayrasida uch xil kristallar ko‗prog‗ uchraydi. Yakka kristallar uch burchak, to‗rt burchak, kubik, prizma, romb kabi shakllarda bo‗ladi. Yakka kristallar piyoz qobig‗ida to‗planadi. Druzlar – yulduz shaklidagi qirrali kristallar bo‗lib, bangidevona, g‗o‗za kabi o‗simliklarda to‗planadi. Rafidlar – ignasimon, ikki uchi o‗tkir kristallardir. Ular mavaridgulda uchraydi. Ba‘zi o‗simliklarda qumli xaltachalar, shingil shaklidagi – sistolitlar, fikus, krapiva bargida to‗planadi. Hujayraning markaziy qismida vakuolalar deb ataladigan pufakchalar yoki bo‗shliqlar bo‗ladi. Yoshrog‗ hujayralarda vakuolalar hujayra sitoplazmasi orasida tarqoq holda joylashgan bo‗lib, hujayra voyaga etishi bilan ular kattalashib boradi. Vakuolalar turli organik mineral moddalarning suvli eritmasi bilan to‗la bo‗ladi. Hujayra shirasi – yopishqoq suyuqlik bo‗lib, tarkibida shakar, har xil organik kislotalar, inulin, oshlovchi moddalar, alkoloidlar, glyukozalar, efir moylar va boshqa moddalar ham uchraydi. Hujayra shirasida ikki xil pigment (bo‗yovchi modda): antotsian va antoxlor bo‗ladi. hujayra shirasining muhiti ishqriy va nordon bo‗lishi mumkin. hujayra shirasi nordon reaktsiyada bo‗lsa, antotsian uni qizartiradi, ishqoriy bo‗lsa – moviy tusga kiritadi. Antoxlor gul va mevalarni sariq tusga kiritadi. SHu pigmentlar tufayli gullar rang-barang bo‗lib, hashoratlarni o‗ziga jalb etadi. Hujayra shirasidagi erigan moddalarning ayrimlari zapas holda to‗plansa, boshhalari chiqindi moddalar bo‗lib, ular hujayra hayotida ahamiyatga ega. 224 Hujayra po‗sti. Hujayra po‗sti protoplastning mahsuli hisoblanadi. hujayra po‗sti hujayralarni bir – biridan ajratib, ularni ma‘lum shaklga kiritib, protoplastni tash?i nog‗ulay ta‘sirotlardan saqlaydi. Hujayra po‗stida teshikchalar bo‗lib, shu teshikchalar or?ali hujayralar o‗zaro munosabatda bo‗ladi; bunda yonma – yon joylashgan ikkita hujayra teshikchalari bir –biriga qaragan bo‗ladi. Hujayra po‗stining kimyoviy tarkibi o‗simlik turiga qarab har xil bo‗ladi. U asosan sellyuloza, gemitsellyuloza va pektindan iborat bo‗ladi. Zamburug‗ va bakteriyaning hujayra po‗sti azot va xitin moddasidan tuzilgan. Ko‗k- yashil suv o‗tlari esa pektin moddalaridan tarkib topgan. Gemitsellyuloza sellyuloza tarkibi va mustahkam emasligi bilan farqlanadi. hujayra po‗sti sellyulozadan tarkib topgan bo‗lsa, u o‗zidan suv va havoni osongina o‗tkazib tura oladi. Hujayra po‗stining kimyoviy tarkibi yoshiga qarab o‗zgarib turadi. CHunki ularning devori xossalarini o‗zgartirib yuboradigan organik va mineral moddalarni shimib oladi. Bu o‗zgarishlar asosan, bir necha protsesslardan: yog‗ochlanish, po‗kaklanish, shilimshiqlanish va minerallanish kabilardan iborat. hujayra po‗sti organik modda lignin bilan to‗yinsa – yog‗ochlanadi, suberin bilan to‗yinsa po‗kaklanadi, kutinlashganda mumsimon (moysimon) modda bilan to‗yingan bo‗ladi. Suberin va Kutin tirik hujayralarda hosil bo‗ladi va to‗planadi, chunki ular sitoplazmaning mahsulidir. Shilimshiqlanish suv o‗tlarida, zamburug‗larda, behi urug‗ida bo‗ladi; shilimshiq moda namni saqlab hujayrani qurib qolishdan asraydi. 6. Mustaqil ishlash tartibi. 1 – topshiriq: Hujayradagi chiqindi moddalar Ob‟ektlar: Piyoz po‗sti, bangdevona va marvaridgul 1 – tajriba: Piyozning sirtqi quruq po‗stidan olib mikroskopda ko‗riladi. Bunda romb, kub, to‗rtburchak shaklidagi rangsiz yaltirog‗ yakka kristallarni ko‗rish mumkin. 2 – tajriba:Bangidevona bargidan ozgina olib mikroskopda qaralsa, ko‗p miqdordagi murakkab kristallarni (yulduz shaklidagi druzlar) kuzatish mumkin. 3 – tajriba: Marvaridgul bargidan ozgina olib mikroskopda ko‗rilganda ignasimon shakldagi rafidlarni kuzatish mumkin. 2 – topshiriq: Hujayra shirasida uchraydigan moddalarni aniqlash. Ob‟ektlar: dub daraxtining po‗stlog‗i, qoqi o‗t ildizi, altey o‗simligining ildizi Reaktivlar: kontsentrlangan N2 SO4, qora tush, temir xlorid, 20% timolni spirtdagi eritmasi. 1 – tajriba: Dub daraxtining po‗stlog‗iga temir xlorid (FeCl3 ) eritmasidan tomizilib – oshlovchi moddani ko‗k qoramtir rangga bo‗yalishi kuzatiladi. 2 – tajriba: Altey ildizidan ozirog‗ olib unga qora tush tomizilsa, shilimshiq modda – sliz bo‗yalmaydi hujayraning hamma qismi qoraga bo‗yaladi. 3 – tajriba: Qoqi o‗t ildizidan ozrog‗ olib 20% timolni spirtdagi eritmasi va kontsentrlangan N2 SO4 eritmasidan tomizilib, spirt lampasida biroz qizdirilsa, inulin olcha ranga bo‗yaladi. 3 – topshiriq: Hujayra po‗stining kimyoviy tarkibining o‗zgarishi. Ob‟ekt: gugurt cho‗pi, probka (po‗kak), paxta tolasi Reaktivlar: Sudan III, floroglyutsin va ZnClJ eritmasi 1 – tajriba: Gugurt cho‗piga oldin floroglyutsin eritmasi tomizib keyin shisha tayyog‗cha yordamida xlorid kislota ta‘sir ettirilsa gugurt cho‗pi qizaradi. 225 2 – tajriba: Paxta tolasiga ZnClJ eritmasidan tomizilsa, kletchatka binafsha ranga bo‗yalishi kuzatiladi. 3 – tajriba: Po‗kak bo‗lakchasidan ozgina olib buyum oynasiga qqo‗yiladi. Unga Sudan III eritmasi tomizilsa, hujayra devorlari qizaradi. Topshiriq: Talabalar tajribalarni bajargandan so‗ng rasm daftarlariga kristallarning rasmini chizib nomini yozadilar. Laboratoriya mashg‗ulot-5 Mavzu: Hosil qiluvchi to„qimalar xillari va joylashishi. Birlamchi va ikkilamchi hosil qiluvchi to„qima 1. Darsning maqsadi: O‗simlik to‗qimalari ularning turlari, hosil qiluvchi to‗qima: birlamchi va ikkilamchi hosil qiluvchi to‗qimalarning joylanishini o‗rganadilar. 2. O„quv jarayonining mazmuni: 1. To‗qima haqida tushuncha 2. Kelib chiqishi jihatidan to‗qima xillari. 3. Embrional va doimiy to‗qimalar. 4. Hosil qiluvchi to‗qimalar (meristemalar). 5. Birlamchi va ikkilamchi meristema 3. O„quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma (shakl), vosita, usul, nazorat, baholash). a) Darsning turi – suhbat b) Metod – Bumerang, Vertushka v) Forma – (shakl) guruh g) Vosita – doska, tarqatma material, mikroskop, tayyor preparatlar, fiksirlangan material, tablisa d) Usul – nutqli e) Nazorat – kuzatish (ko‗rish) j) Baholash – o‗z-o‗zini va umumiy baholash 4. Metod – Vertushka, Bumerang Vertushka metodi Bu treningda guruhlarga material tarqatiladi va har bir guruh yakka holda to‗g‗ri javobni belgilaydi. Keyin bu materiallar guruhlarga aralashtirib beriladi, yana belgilanadi. Guruhlar soniga qarab aylangandan keyin o‗qituvchi va talabalar bilan umumiy to‗g‗ri javob belgilaniladi. Hosil qiluvchi to‗qima xillari va uchraydigan joyi Uchki meris - tema YOn meris- tema Inter kolyar meristema Jarohat meris- temasi Birlam chi- meriste- Ikki- lamchi meristema 226 ma 1.Yosh barglarda poya bo‗g‗imlarida bo‗lib, poyaning bo‗g‗im oralig‗i uzun bo‗ladi. 2. Ildiz va poyada silindrsimon qavat hosil qilib o‗simlik eniga o‗sadi va qalinlashadi. 3.O‗simlikning biror eri shikastlansa jarohatlangan joyni tiklaydi. 4. Poya va ildizning bo‗yiga o‗sishini ta‘minlaydi. 5. Prokambiy birlamchi floema va birlamchi ksilema elamentlarini hosil qiladi. 6. Kambiy ikkilamchi lub, ikkilamchi yog‗ochlik hosil qiladi. 5. Mustaqil bajarish uchun vazifalar Ob‘ektlar bo‗yicha ma‘lumotlar. O‗simlik organizimi har biri ma‘lum vazifani bajaradigan har xil to‗qimalardan iborat bo‗ladi. Kelib chiqishi,tuzilishi bir xil bo‗lgan umumiy fiziologik xususiyatga ega bo‗lgan va bir xil vazifani bajaradigan hujayralar to‗plami to‗qima deb ataladi. To‗qimalar hujayrasining shakliga ko‗ra 2 xil guruhga bo‗linadi: 1. Parenxima 2. Prozenxima Parenxima to‗qimalar-parenximatik hujayralardan tashkil topgan. Prozenxima to‗qimalar-prozenximatik hujayralardan tashkil topgan. To‗qimalar kelib chiqishiga ko‗ra embrional va doimiy bo‗ladi. Embrional to‗qima deb,o‗zidan boshqa to‗qimalarni hosil qiladigan to‗qimaga aytiladi. Embrional to‗qima hujayralari bo‗linib yangi hujayralar hosil qiladi,bu yangi hujayralardan prokambiy to‗qima hosil bo‗ladi. Hosil qiluvchi to‗qimadan paydo bo‗lgan hujayralar ma‘lum shaklga kirib,doimiy to‗qimaga aylanadi. Prokambiy to‗qima hujayralari bo‗linib kambiy (ikkilamchi hosil qiluvchi) to‗qimani hosil qiladi. Hosil qiluvchi to„qima-meristema Hosil qiluvchi to‗qimalar o‗simliklarning o‗sish nuqtalarida poya va ildizning o‗sish konusida bo‗ladi. O‗sish konusidagi xujayralarning bo‗linishi hisobiga ildiz va poya bo‗yiga o‗sadi. Birlamchi meristema hujayralari bir xil mayda yupqa selyuloza po‗stli parenxima hujayralaridan iborat bo‗ladi. Hujayra ichida quyuq donador protoplazma va yirik yadro 227 bo‗ladi. O‗sish konusidagi inisial(boshlang‗ich) hujayraning bo‗linishi natijasida yangi to‗qimalar hosil bo‗ladi. Poyaning o‗sish nuqtasi bilan ildizning o‗sish nuqtasidagi meristema taxminan bir xil bo‗ladi. Poyaning konus nuqtasini tekshirsak uni uchta qavatdan iborat ekanligini ko‗ramiz. 1. Dermatogen-bir qator joylashgan tashqi hujayralar qavati bo‗lib,bundan epidermis hosil bo‗ladi. 2. Periblema-bu oraliq hujayralar qavati bo‗lib dermatogen ostida bir necha qator bo‗lib joylashadi va bundan birlamchi po‗stloq hosil bo‗ladi. 3. Pleroma-markaziy qavat bo‗lib,u bir necha qavat bo‗yiga cho‗zilgan hujayralardan iborat. Pleromadan markaziy silindir hosil bo‗ladi. Hosil qiluvchi to‗qimalar o‗simlik hayotida katta ahamiyatga ega. CHunki ularning ishtirokisiz o‗simlik o‗smaydi va yangi organlar hosil bo‗lmaydi. 6. Mustaqil ishlash tartibi Kerakli jihozlar: O‗simlik organidan tayyorlangan fiksirlangan material. Safranin, Sudan III eritmasi va tayyor preparatlar. 1- tajriba. Poyaning o‗sish konusi. Mikroskopning katta ob‘ektivida bo‗linish nuqtasidagi hujayralarni kuzating (tayyor preparat). 2-tajriba. Ildiz zonalari. Mikroskop ostida ildizning quyidagi qismlarni ko‗ring: 1. Ildiz qini. 2. Bo‗linish zonasi-meristema. 3. O‗sish zonasi-(dermatogen,periblema,pleroma) 4. So‗rish zonasi epiblema (rizoderma), birlamchi po‗stloq,markaziy silindr (tayyor preparat). Topshiriqlar: Poya meristemasining umumiy ko‗rinishi, ildizning o‗sish zonalari rasmi chiziladi. Laboratoriya mashg‗ulot-- 6 Mavzu: Qoplovchi va mexanik to„qimalar. 1. Darsning maqsadi: Talabalar dars davomida qoplovchi va mexanik to‗qima xillari, ularning joylanishini o‗rganadilar. 2.O„quv jarayonining mazmuni: 1. Qoplovchi to‗qimaning vazifasi va uning xillari. 2. Birlamchi qoplovchi to‗qima-epidermisning hosil bo‗lishi 3. Ikkilamchi qoplovchi to‗qima-peridermaning hosil bo‗lishi 4. Uchlamchi qoplovchi to‗qima-quruq po‗stloq, uning hosil bo‗lishi, vazifasi 5. Mexanik to‗qimaning xillari va vazifasi. 6. Kollenximaning qalinlashishi, xillari uchraydigan joyi. 7. Sklerenximaning tuzilishi, xillari uchraydigan joyi 8. Sklereidlar tuzilishi, uchraydigan joyi. 3. O„quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma (shakl), vosita, usul, nazorat, baholash). a) Darsning turi – suhbat b) Metod – Bumerang, Vertushka v) Forma – (shakl) guruh 228 g) Vosita – doska, tarqatma material, mikroskop, tayyor preparatlar, fiksirlangan material, tablisa d) Usul – nutqli e) Nazorat – kuzatish (ko‗rish) j) Baholash – o‗z-o‗zini va umumiy baholash 4. Metod – Vertushka, Bumerang Bumerang treningi Talabalar kichik guruhlarga bo‗linadi va vazifa yozilgan material tarqatiladi. Har bir guruh o‗z fikrini bayon qiladi va guruhlar orsida savol-javob ketadi. 1-guruhga beriladigan vazifa 1. Qoplovchi to‗qima, paydo bo‗lishi va vazifasi 2. Birlamchi qoplovchi to‗qima-epiderma 3. Epiderma hujayralaridagi og‗izcha va tukchalar 2-guruhga beriladigan vazifa 1. Periderma, tuzilishi, uchraydigan joyi 2. Fellema, fellogen, fellodermaning tuzilishi, vazifasi 3. Yasmiqchaning paydo bo‗lishi, vazifasi 3-guruhga beriladigan vazifa 1. Uchlamchi qoplovchi to‗qima-quruq po‗stloq-paydo bo‗lishi, tuzilishi 2. Mexanik to‗qima vazifasi, xillari 3. Kollenximaning tuzilishi, xillari 4-guruhga beriladigan vazifa 1. Sklerenxima, tuzilishi, xillari 2. Sklereidlar tuzilishi, uchraydigan joyi 3. Mexanik to‗qimalarning ahamiyati Vertushka metodi Bu treningda guruhlarga material tarqatiladi va har bir guruh yakka holda to‗g‗ri javobni belgilaydi. Keyin bu materiallar guruhlarga aralashtirib beriladi, yana belgilanadi. Guruhlar soniga qarab aylangandan keyin o‗qituvchi va talabalar bilan umumiy to‗g‗ri javob belgilaniladi. № Mexanik to‗qima xillari, tuzilishi P lastin ka li koll enxi ma B ur cha kl i koll enxi ma YU msho q koll enxi ma S kler enxi ma Lubtol a YO g‗ oc h li k tol asi S ter eid 229 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7 Poyaning po‗stloq qismida joylashgan, ingichka uchli cho‗zinchoq hujayralardan tashkil topgan, hujayra qobig‗i sellyulozali bo‗lib, o‗t o‗simliklar poyasida uchraydi Hujayralari tirik hujayra po‗sti sellyulozali, qalin, epiderma ostidagi birlamchi po‗stloqning parenxim hujayralaridan paydo bo‗lgan hujayra po‗stining burchaklari qalinlashgan Qobig‗i juda qalin yog‗ochlashgan po‗stli, radial kanalchalar shaklidagi ingichka teshikchalari bo‗lgan o‗lik parenxim hujayralardan tuzilgan Kambiydan hosil bo‗lgan va yog‗ochlik (ksixema)qismida joylashgan mexanik to‗qima Poyaning po‗stloq qismida joylashgan sklerenxima turi Hujayraning tangental devorlari qalinlashgan mexanik to‗qima Hujayra devorlari orasida bo‗shliq bo‗lgan mexanik to‗qima Download 40.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling