Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi
Download 1.03 Mb.
|
Oshlovchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi:Abduraximova N
- Rosaceae
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI FARMAKOGNOZIYA KAFEDRASI Tabiiy birikmalar kimyosi fanidan Mavzu: Dorivor o`simlik mahsulotlaridan saponinlarni ajratib olish Bajardi:Abduraximova N (FKF 1 kurs 1/1 guruh magistranti) DORIVOR O‘SIMLIK XOMASHYOLARIDAN OSHLOVCHI MODDALARINI AJRATIB OLISH VA TAHLILI Hayvonlarning xom terisini oshlash xususiyatiga ega va ko‘p atomli fenollar unumidan tashkil topgan hamda o‘simliklardan olinadigan yuqori molekulali zaharsiz murakkab organik birikmalar o‘simlikning oshlovchi moddalari – tanidlar deb ataladi. Oshlash jarayonida oshlovchi moddalar terining oqsil moddalari bilan birikib, erimaydigan birikma hosil qiladi. Natijada hayvonlar terisi o‘zidan suv o‘tkazmaydigan, chirimaydigan, elastik va shu kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Oshlovchi moddalarning bu xususiyatiga polifenollarning hamma unumlari ega bo‘lavermaydi. Terini oshlay oladigan polifenollar zichligi (molekula og‘irligi) 500 bilan 3000 o‘rtasida bo‘lishi lozim. Polifenollar zichligi 500 dan kam bo‘lganda, ular oqsil moddalar bilan adsorbsiya bo‘lsa ham, turg‘un birikma hosil qila olmaydi. Zichligi 3000 dan ortiq bo‘lgan polifenollar esa molekulalarining yirikligi sababli kollagenning fibrinlari orasidan sig‘ib o‘tib, turg‘un birikma beriish qiyin. Polifenollar terini oshlash xususiyatiga ega bo‘lishi uchun ular molekulasi tarkibida etarli miqdorda gidroksil guruhi (zichlikning har 100 ta birligida kamida 1–2 gidroksil guruhi) bo‘lishi ham kerak. Tanidlarning terini oshlash xususiyati kishilarga qadimdan ma’lum. Yuqori Misrning aholi yashagan erlaridan (bundan 5000 yil burun) xom teri, oshlovchi materiallar va oshlangan terilar topilgan. Bu keltirilgan dalillar kishilar qadim zamonlardan beri terini oshlashni bilganliklarini va shu maqsadda tarkibida tanidlar bo‘lgan o‘simliklardan foydalanganliklarini ko‘rsatadi. Tanidlar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa ikki pallali o‘simliklar sinfiga kiruvchi oilalarda, masalan, ra’noguldoshlar – Rosaceae, dukkakdoshlar – Fabaceae, qoraqatdoshlar – Saxifragaceae, torondoshlar – Polygonaceae, toldoshlar – Salicaceae, qoraqayindoshlar – Fagaceae, pistadoshlar – Anacar- diaceae va boshqa oilalar vakillari tarkibida ko‘p uchraydi. Tanidlar, ayniqsa gallalarda, o‘simliklarning patologik o‘simtalarida ko‘p (ba’zan 70% dan oshadi) bo‘ladi. Oshlovchi moddalar o‘simliklarning hamma organlarida to‘planishi mumkin. Ular daraxt va butalar po‘stlog‘ida, yog‘och qismida hamda ko‘p yillik o‘t o‘simliklarning er ostki organlarida ko‘p bo‘ladi. Ba’zan tanidlar daraxt va butalar bargida, mevasida, o‘t o‘simliklarning barcha er ustki qismida ham to‘planadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling