Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi
OSHLOVCHI MODDALARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI
Download 1.03 Mb.
|
Oshlovchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- OSHLOVCHI MODDALARNING KIMYOVIY TARKIBI
- 1. Gidrolizlanuvchi (estro) tanidlar
- 2. Gallotaninlar (galloilgeksozlar)
- Caesalpinia coriaria Willd.
- Caesalpinia
- II. Kondensatsiyalanuvchi tanidlar (kotanidlar).
- Acacia catechu Willd.
- TARKIBIDA OSHLOVCHI MODDALAR BO‘LGAN O‘SIMLIKLARNI TAHLIL QILISH USULLARI OSHLOVCHI MODDALARGA SIFAT REAKSIYALAR
- Oshlovchi moddalarning tasnif (klassifikatsiya) reaksiyalari
- MAHSULOT TARKIBIDAGI OSHLOVCHI MODDALAR MIQDORINI ANIQLASH USULLARI
- Aniqlash texnikasi (XI DF bo‘yicha)
- OSHLOVCHI MODDALAR SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI
- TANIN OLINADIGAN MAHSULOTLAR Tanin
OSHLOVCHI MODDALARNING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI O‘simliklardan ajratib olingan oshlovchi moddalar tanidlarning bir qancha formalari aralashmasidan iborat, shu sababli ular amorf kukun (poroshok) holida bo‘ladi. Sof holda ajratib olingan ba’zi komponentlar (masalan, katexinlar) esa kristall holda bo‘ladi. Tanidlar suvda, har xil darajadagi spirtda va sirka kislotaning etil efirda yaxshi, boshqa organik eritmalarda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi. Oshlovchi moddalarning suvdagi eritmasi och qo‘ng‘ir rangli, hidsiz va burishtiruvchi mazali, kuchsiz kislotali xossaga ega bo‘lgan kolloid eritma. Suvda eritilgan oshlovchi moddalarni oqsil modda, og‘ir metallarning tuzlari, alkaloidlar va glikozidlarning eritmalari yordamida cho‘ktirish mumkni. Tanidlar ko‘p atomli fenollarning unumlari bo‘lib, boshqa fenollar singari temirning uch valentli tuzlari eritmasi bilan rangli (qora-yashil va qora-ko‘k rangli) cho‘kma hosil qiladi. Tanidlar havo kislorodi va fermentlar ta’sirida oksidlanib, qo‘ng‘ir rangli hamda sovuq suvda erimaydigan birikma – -flobafenlarga aylanadi. OSHLOVCHI MODDALARNING KIMYOVIY TARKIBI Turli o‘simliklardan olingan oshlovchi moddalar kimyoviy tarkibi bo‘yicha bir-biridan katta farq qiladi. Shunga qaramay, ularning tanidlarga xos umumiy belgilari bor. Barcha tanidlar molekulasida doimo bir nechta oksi guruh (ON) saqlovchi benzol yadrosi bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, barcha oshlovchi moddalar ko‘p atomli fenollar – polifenollar unumidir. Benzol yadrosidagi oksi guruhlar soni kamida ikkita, qator – o‘rta holatda (pirokatexinga o‘xshash) yoki uchta bo‘lib, qator – vitsinal (pirogallolga o‘xshash) joylashadi. Tanidlarni ishqorlar ishtirokida 180–200° gacha qizdirilsa, ulardan pirokatexin yoki pirogallol ajralib chiqadi. Shuning uchun ular pirogallol va pirokatexin guruhlariga bo‘linadi. Bu klassifikatsiya tanidlarning eng oddiy va eng eski klassifikatsiyasidir. Ana shu klassifikatsiya bo‘yicha oshlovchi moddalarning ayrim guruhlarini aniqlashda quyidagi reaksiyadan foydalanilgan: agar oshlovchi moddalar eritmasiga uch valentli temir tuzlarining eritmasi ta’sir ettirilsa, pirokatexin guruhiga kiruvchi tanidlar qora-yashil, pirogallol guruhiga kiruvchi tanidlar esa qora-ko‘k cho‘kma hosil qiladi. Oshlovchi moddalarning oxirgi klassifikatsiyasi 1911 yilda G.G.Povarnin tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 1919–1920 yillarda Freydenberg uni o‘z klassifikatsiyasiga asos qilib olgan. Agar oshlovchi moddalarga kislotalar hamda boshqa reaktivlar ta’sir ettirib qizdirilsa, ularning bir qismi gidrolizlanib, birmuncha oddiy komponentlarga parchalansa, ikkinchi qismi esa murakkablashib yuqori molekulali birikma hosil qiladi. Shunga ko‘ra Povarnin va Freydenberg barcha oshlovchi moddalarni ularning kimyoviy tarkibiga va ayrim molekulalari orasidagi bog‘lanishlarga qarab ikkita katta guruhga bo‘ladi.
Gidrolizlanuvchi tanidlarga quyidagi birikmalar kirishi mumkin: 1. Depsidlar – aromatik oksikarbon (fenol-karbon) kislotalarning o‘zaro hosil qilgan murakkab efirlari. Gidrolizlanuvchi tanidlar tarkibida ko‘p uchraydigan muhim depsidlardan biri gallat kislota didepsidi – metadigallat kislotadir. Depsidlar haqiqiy oshlovchi moddalarga kirmaydi. Ular jelatin bilan cho‘kmaydi va terini oshlash xususiyatiga ega emas. Depsidlar didepsid (ikki molekula oksikarbon kislotadan), tridepsid (oksikarbon kislotalarning uch molekulasidan hosil bo‘lgan) va boshqalardan tashkil topadi. 2. Gallotaninlar (galloilgeksozlar) asosan gallat kislotaning (ba’zan boshqa oksikarbon kislotaning ham) uglevodlar (yoki ko‘p atomli spirtlar) bilan bergan murakkab efirlari bo‘lib, haqiqiy glikozidlarga kiradi. Gallotaninlar gidrolizlanganda gallat kislota va geksozlarni (glyukoza, gamameloza va boshqalar) ajratadi. Eng oddiy gallotaninga dorivor rovochdan ajratib olingan gallat kislota bir molekulasining glyukoza bilan birikishidan tashkil topgan β-glyukogallin (1-0-galloil-β-D-glyukopiranoza) kiradi. Gallotaninlardan Xitoy gallotanini (Xitoy gallasidan olingan), Turkiya gallotanini (Turkiya gallasidan olingan), gamamela tanin (Hamamelis virginiana L. o‘simligidan olingan) va boshqalarning tarkibi yaxshi o‘rganilgan. Olimlarning olib borgan tajribalari asosida olingan ma’lumotlarga qaraganda sumax o‘simligining bargidan olingan tanin glyukozaning 6 ta gallat kislota (4 tasi didepsid, 2 tasi monogalloid holida), skumpiya o‘simligining tanini va Xitoy gallotanini glyukozaning 7 ta gallat kislota (3 tasi tridepsid, 2 tasi didepsid va 2 tasi monogalloid holida) va Turkiya gallotanini glyukozaning 5 ta gallat kislota (3 tasi tridepsid va 2 tasi didepsid holida) bilan birikishidan tashkil topganligi aniqlangan. 3. Ellagotaninlar – o‘zidan ellag kislotani ajratadigan oshlovchi moddalar. Ilgari ellagotaninlar ellag kislotaning uglevodlar yoki ko‘p atomli spirtlar bilan hosil qilgan murakkab efirlardan tashkil topadi deb hisoblanar edi. Keyinchalik SHmid va shogirdlari o‘tkazgan tekshirishlariga qaraganda ellag kislota oshlovchi moddalarning gidrolizlanishi natijasida geksaoksidifen kislotaning laktoni sifatida hosil bo‘lar, ellagotaninlarni esa uglevodlar (geksozlar) geksaoksidifen kislota bilan birikib tashkil etar ekan. Eng oddiy ellagotaninlarga divi-divi (Caesalpinia_coriaria_Willd.'>Caesalpinia coriaria Willd. mevasi), mirobalan (Terminalia chebula Retz.), kvebraxo (Schinopsis turlaridan) va Eucalyptus sieberiana dan ajratib olinib, yaxshi o‘ganilgan korilagin hamda Geranium thunbergu Siebold. et Zucc. dan ajratib olingan geraniinlar kiradi. Geksaoksidifen kislota optik faol modda bo‘lib, korilaginda (+) - formasida, yuglaninda (korilaginning izomeri, yong‘oq mevasining po‘stidan ajratib olingan) esa o‘zining (–) - formasida uchraydi. Keyingi ma’lumotlarga qaraganda ellagotaninlar tarkibida gallat va geksaoksidifen kislotalardan tashqari, tuzilishi bo‘yicha bu moddalarga ancha yaqin bo‘lgan boshqa birikmalar ham uchraydi. Ulardan xebulin (mirobalan ekstraktining asosiy komponenti), xebulag (mirobalan ekstraktining ikkinchi komponenti) kislotalari, brevilagin I va brevilagin II, brevifolinkarbon kislota (Caesalpinia brevifolia tarkibida bor), degidrodigallat kislota (Castanea vesca Bge. tarkibida bor), valoniv kislota (Quercus aegilops tarkibida bor) va boshqalar ajratib olingan hamda yaxshi o‘rganilgan. Xebulin kislota esa birinchi marta kristall holda ajratib olingan tanin hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan o‘simliklardan tashqari anor mevasining po‘stida, oddiy dub daraxtining po‘stlog‘ida hamda Turkiya gallasining tarkibida ham ellagotaninlar bo‘ladi. II. Kondensatsiyalanuvchi tanidlar (kotanidlar). Bu guruhdagi tanidlar molekulasida efirlarga xos bog‘lanish bo‘lmaydi, ular o‘zaro difenil tipida birlashadi. SHuning uchun ham bu tanidlar suyultirilgan kislotalar ta’sirida oddiy birikmalarga parchalanmaydi. Aksincha, ular kuchli kislotalar va boshqa birikmalar ta’sirida (yoki o‘zi oksidlanib) rangli birikmalar – flobafenlarni hosil qiladi. Kondensatsiyalanuvchi tanidlar uch valentli temir tuzlari bilan qora-yashil rangli cho‘kma hosil qiladi. Ishqorlar ishtirokida yuqori haroratda qizdirilgan kondensatsiyalanuvchi tanidlar, o‘zidan pirokatexin bilan bir qatorda ba’zan floroglyusin ham ajratadi. Kondensatsiyalanuvchi tanidlarni ba’zan quyidagi guruhchalarga bo‘ladilar: 1. Flavan unumlari. Kondensatsiyalanuvchi tanidlarning asosiy qismini flavan unumlari – flavolanlar: flavan-3-ollar (katexinlar) va qisman flavan- -3,4-diollar (leykoantotsianlar) tashkil qiladi. Flavolanlar flavanlarga yaqin birikmalar bo‘lib, keyingi vaqtda ularning bir qanchasi tanidlar tarkibidan sof holda ajratib olindi va yaxshi o‘rganildi. CHoy o‘simligi bargidan olingan tanin tarkibida katexinlarning turli birikmalari uchraydi. Epikatexin tanidlar tarkibida ko‘proq uchraydigan katexinlar jumlasidandir. Katexin birinchi marta bundan 150 yil ilgari Acacia catechu Willd. o‘simligidan ajratib olingan. 2. Yuqori darajada kondensatsiyalashgan (jipslashgan) tanidlar va flobafenlar. Bu tanidlar yaxshi o‘rganilmagan. 3. Oshlovchi moddalar xossasiga ega bo‘lgan ba’zi bir aromatik birikmalar. Bu guruh ham yaxshi o‘rganilmagan. Bulardan maklyura daraxtidan ajratib olingan sariq rangli modda – maklyurin to‘liq tekshirilgan. Akad. A.L.Kursanov, prof. M.N.Zapromet va shogirdlari kondensatsiyalanuvchi tanidlarni o‘rganishda ko‘p xizmat qildilar. Ular choy taninini o‘rganib, tanidlar biosintezini va polimerizatsiyasini, ularning o‘simliklar hayotidagi ahamiyati va kimyoviy tarkibiga bog‘liq ko‘pgina masalalarni tajriba asosida hal qilib berdilar. Katexinlar choy bargidan, kakao mevasidan, soxta akas robiniya, evkalipt hamda akatsiya turlaridan ham ajratib olingan. Oshlovchi moddalarning ba’zan uchinchi aralash guruhi ham bor, deb hisoblanadi. Bu guruh etarli darajada tekshirilgan emas. Odatda o‘simliklar tarkibida tanidlarning har ikkala guruhi ham bir vaqtda to‘planishi mumkin. Ba’zan o‘t o‘simliklarning er ustki qismida asosan tanidlarning kondensatsiyalanuvchi guruhi bo‘lsa, er ostki organlarida ko‘proq gidrolizlanuvchi tanidlar to‘planadi.
Odatda o‘simlik tanidlariga sifat reaksiyalar qilish uchun 10% li suvli ajratma tayyorlab, 5 ta probirkaga 3 ml dan quyiladi va ular ustiga temir- -ammoniyli achchiqtoshning va temir xloridning hamda alkaloidlar, o‘simlik shilliq moddalari va jelatinning1% li eritmasidan qo‘shiladi. Temir tuzlari eritmasi probirkada tanidlar bo‘lsa, qora-ko‘k (pirogallol guruhi) yoki qora-yashil (pirokatexin guruhi) rang va shu rangdagi cho‘kma, shilliq moddalar, jelatin hamda alkaloidlar eritmasi qo‘shilgan probirkada esa rangsiz cho‘kma hosil bo‘ladi.
a) oshlovchi moddalarning qaysi guruhga mansubligini xlorid kislota va formalin ishtirokida olib boriladigan klassifikatsiya reaksiyasi (Stiasni reaksiyasi) yordamida aniqlash mumkin. Buning uchun 200–250 ml hajmli tagi tekis kolbaga o‘simliklardan tayyorlangan 10% li tanid ajratmasidan 50 ml solinadi va ustiga 10 ml konsentrlangan (1:1) xlorid kislota va formalinning 40% li eritmasidan 15 ml qo‘shiladi. So‘ngra kolbani tik turuvchi shisha nay bilan birlashtirib, elektr plitka ustida to qizil g‘isht rangli cho‘kma (tanidlarning kondensatsiyalanuvchi guruhi kondensatsiyalanishidan vujudga kelgan cho‘kma) hosil bo‘lgunga qadar asta-sekin qizdiriladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma filtrlansa, filtratda gidrolizlanuvchi guruhning parchalangan mahsulotlari qoladi. Bu guruh mavjudligini aniqlash uchun 5 ml filtrat olib, ustiga 1 g kristall holdagi natriy atsetatdan asta-sekin solinadi va suyuqlikni chayqatmay, temir-ammoniyli achchiqtoshning 1% li eritmasidan 10 tomchi qo‘shiladi. Natijada kristall ustidagi neytral zonada filtratdagi tanidlarning gidrolizlanuvchi guruhi parchalangan mahsulotlari mavjudligini isbotlovchi ko‘k yoki zangori rangli to‘garakcha hosil bo‘ladi. b) Kolbachaga o‘simliklardan tayyorlangan 10% li tanidlar ajratmasidan solib, unga nitrozometil uretan qo‘shib qaynaguncha qizdirilsa, kondensatsiyalanuvchi (pirokatexin guruh) oshlovchi moddalar to‘liq cho‘kadi. Cho‘kma filtrlanadi. Filtratda gidrolizlanuvchi (pirogallol guruh) oshlovchi moddalar borligini aniqlash uchun probirkada olingan 5 ml filtratga 1 g kristall holdagi natriy atsetatdan solinadi va suyuqlikni chayqatmay, temir-ammoniyli achchiqtoshning 1% li eritmasidan 10 tomchi qo‘shiladi. Pirogallol guruh oshlovchi moddalar bo‘lsa, filtrat binafsha rangga bo‘yaladi. v) Kolbachaga o‘simliklardan tayyorlangan 10% li tanidlar ajratmasidan 5 ml solib, unga qo‘rg‘oshin atsetatning 10% li eritmasidan 5 ml va sirka kislotaning 10% li eritmasidan 10 ml qo‘shilsa, gidrolizlanuvchi (pirogallol guruh) oshlovchi moddalar cho‘kadi. g) Kondensatsiyalanuvchi oshlovchi moddalarning asosiy qismi bo‘lgan katexinlarga vanilin bilan reaksiya qilinadi. Buning uchun oshlovchi moddalar ajratmasiga vanilin va konsentrlangan xlorid kislota (yoki vanilinning konsentrlangan xlorid kislotadagi 1% li eritmasi) qo‘shiladi. Agar ajratmada katexinlar bo‘lsa, aralashma qizil rangga bo‘yaladi.
Oshlovchi moddalar miqdorini aniqlashda og‘irlik, hajm, kalorimetrik, nefelometrik va biologik usullardan foydalaniladi. Bu usullarning hammasi tanidlarni oqsil moddalar, og‘ir metallar tuzlari bilan cho‘ktirish, kuchli oksidlovchilar ta’sirida oksidlash, ba’zi birikmalar bilan rang va loyqa hosil qilish reaksiyalariga asoslangan. Butunittifoq yagona usul (VEM – Vsesoyuznыy edinыy metod) va XI DF qabul qilgan ofitsinal usullar ham yuqorida aytib o‘tilgan reaksiyalarga asoslangan. VEM tanidlarni oshlanmagan – xom teri kukuni (poroshogi) bilan cho‘ktirishga asoslangan bo‘lib, sanoatda oshlovchi mahsulotlar sifatini aniqlashda qo‘llaniladi. Dorivor mahsulotlardagi oshlovchi moddalar miqdori XI DF da qabul qilingan Levental-Kursanov usuli bo‘yicha aniqlanadi. Bu usul tanidlarning kislotali sharoitda kaliy permaganat – KMnO4 yordamida oksidlanishiga asoslangan. Indikator sifatida indigosulfon kislota qo‘llaniladi. Bu kislota1 tanidlar oksidlanib (titrlanib) bo‘lgan zahotiyoq (filtratdagi o‘simliklardan ajralib chiqqan boshqa organik moddalarning oksidlanishiga yo‘l bermay) o‘zi oksidlanib, ko‘k rangdan sariq rangga o‘tadi. Aniqlash texnikasi (XI DF bo‘yicha). Maydalangan va teshigining diametri 3 mm li elakda elangan 2 g atrofidagi (aniq tortilgan) mahsulot 500 ml hajmli konussimon kolbaga solinadi, ustiga 250 ml qaynagunicha qizdirilgan suv quyiladi, kolbaga vertikal sovutkich o‘rnatib, usti yopiq eletroplitka ustida vaqti-vaqtida chayqatib turgan holda 30 daqiqa qaynatiladi. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgach kolba ichidagi suyuqlik xona haroratiga kelguncha sovitiladi va so‘ngra undan 100 ml miqdorda boshqa, 200–250 ml hajmli konussimon kolbaga paxta orqali (mahsulot bo‘lakchalari kolbaga tushmasligi kerak) filtrlanadi. Filtratdan pipetka yordamida 25 ml olib, 750 ml hajmli konussimon kolbaga solinadi, ustiga 500 ml suv va 25 ml indigosulfokislota eritmasidan qo‘shib, doimiy chayqatib turgan holda aralashmani kaliy permaganatning 0,02 mol/l eritmasi bilan aralashma tiniq-sariq rangga o‘tgunga qadar titrlanadi. Indigosulfon kislotani titrlash uchun qancha kaliy permagant eritmasi sarflanganini quyidagicha aniqlanadi. 750 ml hajmdagi kolbaga 500 ml suv va 25 ml indigosulfon kislota solib, aralashma tiniq sariq rangga o‘tgunga qadar kaliy permaganatning 0,02 mol/l eritmasi bilan titrlanadi. Mahsulot tarkibidagi tanidlarning % miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi: bunda: x – tanidlarning % miqdori; 0,004157 – taninning kaliy permaganatning 0,02 mol/l eritmasi bo‘yicha titri (pirogallol guruh oshlovchi moddalar uchun; pirokatexin guruh oshlovchi moddalar uchun titr 0,00582 ga teng); a – tanidlar va indigosulfon kislotani titrlash uchun sarf bo‘lgan kaliy permaganat 0,02 mol/l eritmasining ml miqdori; b – indigosulfon kislotani titrlash uchun sarf etilgan kaliy permanganat 0,02 mol/l eritmasining ml miqdori; m – tahlilga olingan mahsulot og‘irligi g miqdorida; W – mahsulotning namligi, % hisobida. O‘simliklar tarkibida tanidlarning pirogallol va pirokatexin guruhlari doimo birga uchraydi, shuning uchun (ayniqsa, kondensatsiyalanuvchi oshlovchi moddalar bo‘lsa) ularni faqat pirogallol guruhi (tanin) bo‘yicha hisoblash noto‘g‘ri bo‘lur edi. Bu xil hisob bilan chiqarilgan miqdor haqiqiy miqdordan ancha kam bo‘lgani uchun hisoblashga pirokatexin guruhini titrini olish lozim. Mahsulotdagi oshlovchi moddalar miqdorini to‘g‘ri aniqlash uchun Toshkent Farmatsevtika Instituti farmakognoziya kafedrasining sobiq mudiri prof. R.L.Xazanovich va shu kafedra professori H.X.Xolmatov yangi usul ishlab chiqdilar. Bu usulga ko‘ra oldin tanidlarning filtratdagi umumiy miqdori kaliy permanganatning 0,02 mol/l eritmasi bilan titrlanadi, so‘ngra filtratdagi kondensatsiyalanuvchi guruh cho‘ktirilib, gidrolizlanuvchi guruh alohida titrlanadi. Oxirgi miqdorni umumiy titrlashga ketgan kaliy permaganat 0,02 mol/l eritmasining ml miqdoridan olib tashlansa, kondensatsiyalanadigan guruhga sarf bo‘lgan kaliy permaganat 0,02 mol/l eritmasining ml miqdori kelib chiqadi. Natijada har ikkala guruhdagi tanidlarning % miqdori alohida-alohida hisoblanadi. Bu miqdorlar yig‘indisi esa mahsulotdagi oshlovchi moddalarning umumiy miqdorini ko‘rsatadi. OSHLOVCHI MODDALAR SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLARNING TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI Oshlovchi moddalar va tarkibida tanidlar bo‘lgan mahsulotlardan tayyorlangan dorivor preparatlar tibbiyotda me’da-ichak (ich ketishi, kolit), og‘iz va tomoq shilliq qavatlarining yallig‘lanish (stomatit, gingivit) kasalliklarini, teri kuyishi, surunkali ekzema hamda yaralarni davolashda burishtiruvchi va bakteritsid vosita sifatida hamda ichakdan qon oqishini to‘xtatish uchun ishlatiladi. Tanidlarning bunday ta’siri ularning oqsil moddalar bilan cho‘kma berishiga hamda fenol gidroksil guruhlarining bakteritsid xossalariga asoslangan. Bulardan tashqari, tanidlar og‘ir metallarning tuzlari, alkaloidlar va glikozidlar bilan zaharlanganda antidot sifatida ham ishlatiladi. TANIN OLINADIGAN MAHSULOTLAR Tanin pirogallol guruhiga kiradigan oshlovchi moddalardan bo‘lib, o‘ziga xos hidli va kuchli burishtiruvchi mazali, och sariq yoki qo‘ng‘ir-sariq rangli amorf kukun (poroshok)dir. Suvda va spirtda yaxshi eriydi. Taninning burishtiruvchi, antiseptik va yallig‘lanishga qarshi ta’siri bor. U me’da-ichak kasalliklari (me’da-ichak katari, enterit, kolit, ich ketganda), og‘iz bo‘shlig‘i, burun va tomoqning yallig‘lanishi hamda kuyganni, surunkali ekzemalar va turli yaralarni (nam yara, yirinli yara) davolashda ishlatiladi. SHuningdek, tanin og‘ir metallar tuzlari va ba’zi alkaloidlar (morfin, kokain, atropin, nikotin, fizostigmin) bilan zaharlanganda zaharga qarshi (ularni cho‘ktishi uchun) qo‘llaniladi. Dorivor preparatlari. Og‘izni chayish uchun suvdagi 1–2% li eritmasi, og‘izga surtish uchun 5–10% li eritmasi, kuyganni va yaralarni davolash uchun 3–5–10% li surtmalari va ertmalari, ichak yallig‘lanishida klizma qilish uchun 0,5–1% li eritmasi ishlatiladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling