Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi


Download 1.07 Mb.
bet1/8
Sana25.10.2020
Hajmi1.07 Mb.
#136861
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muratova Nilufar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI



FARMAKOGNOZIYA KAFEDRASI

KURS ISHI

Mavzu: Tioglikozidlar saqlovchi o’simliklar.

Bajardi: 310 B guruh talabasi Muratova Nilufar




Mavzu: Tioglikozidlar saqlovchi o’simliklar.

Reja:


I. Kirish

1.1. Glikozidlar haqida umumiy tushuncha



II. Adabiyotlar sharhi

2.1. Tarkibida glikozidlar saqlovchi o’simliklar tasnifi, tibbiyotda qo’llanilishi

2.2. Tarkibida tioglikozidlar bo’lgan dorivor o’simliklar

2.2.1. Xantal urug’i va efir moyi

2.3. Tarkibida sianogen glikozidlar bo’lgan dorivor o’simliklar

2.3.1. Achchiq bodom urug’i

2.4. Tarkibida monoterpen (achchiq) glikozidlar bo’lgan dorivor o’simliklar

2.4.1. Meniantes (uchbarg) bargi

2.5. Tarkibida yurak glikozidlari bo’lgan dorivor o’simliklar

III. Tajriba qismi

3.1. Yurak glikozidlariga rangli reaksiyalar

3.2. Yurak glikozidlarining xromatografik tahlili

3.3. Yurak glikozidlarining biologik tahlili



Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

I. Kirish

1.1. Glikozidlar haqida umumiy tushuncha

Turli omillar ta'sirida qand va qand bo'lmagan qismlarga parchalanuvchi murakkab organik birikmalar glikozidlar deb ataladi. Qand bo'lmagan qism aglikon (yunoncha so'z bo'lib, qand emas degan ma'noni bildiradi), ba'zi glikozidlarda yana genin, sapogenin, emodin va boshqa nomlar bilan ataladi.

Glikozidlar tarkibidagi qand qismi mono- (ko'pincha glukozadan), di-, tri- va qisman undan murakkab bo'lgan oligosaxaridlardan hamda ayrim glikozidlarning o'ziga xos spetsifik qandlardan tashkil topgan bo'ladi.

Aglikon radikali bilan birlashgan qand molekulasining uglerod atomini α- yoki β- konfiguratsiyasiga (aglikon radikali bilan almashingan gidroksil guruhining bo'shliqda joylashganiga) hamda monosaxaridlarning 6 ta (piranoza) yoki 5 ta (furanoza) a'zoli halqa hosil qilgan tautomeriya shaklida bo'lishiga qarab, glikozidlar α- yoki β-, shuningdek piranozid yoki furanozid holatida bo'lishi mumkin. Tabiatda ko'pincha o'simliklar tarkibida glikozidlarning β- piranozid shakli uchraydi.

Aglikon qand molekulasi bilan efir tipida birlashib, glikozidlar hosil qiladi. Shuning uchun glikozidlar oson parchalanadi. Ular ferment (enzim)lar yoki kislotalar ta'sirida, suv va harorat ta'sirida gidrolizlanib, o'zining tarkibiy qismi aglikon va qand molekulalariga parchalanadi. Bu reaksiya orqaga qaytishi ham mumkin. Shuning uchun gidroliz natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar (aglikon va qand molekulalari)dan ma'lum sharoitda fermentlar ishtirokida qaytadan glikozid sintezlanadi. Lekin fermentlar qat'iy spetsifik ta'sir qilgani uchun har bir glikozidning parchalanishi va sintezlanishida ularning o'ziga tegishli maxsus fermentlari ishtirok etadi.

Glikozidlar tarkibida bir (monozidlar), ikki (biozidlar), uch (triozidlar) va undan ortiq monosaxarid molekulasi bo'lishi mumkin. Ular, odatda, aglikonning bitta gidroksil guruhiga uzun zanjir tipida ketma-ket birlashadi. Shuning uchun bunday glikozidlarning gidrolizi - parchalanishi pog'onali boradi va monosaxarid molekulalari aglikondan bittadan ketma-ket ajraladi.

Ko'pchilik hollarda glikozidlarning gidrolizi – parchalanishi fermentlar va harorat ta'sirida hamda suv ishtirokida boradi (agar kislota ta'sirida parchalanmasa), fermentlar oqsil moddalar bo'lib, yuqori haroratda (60-70 ºC da va undan yuqori) ular “o'ladi” (pishadi). Past haroratda (+25 ºC va undan past haroratda) esa fermentlar ta'sir qilmaydi, ya'ni ularning faolligi to'xtaydi.

Glikozidlar osonlik bilan parchalanadi. Ayniqsa, ular o'simliklarning o'lik to'qimasida ferment, harorat ta'sirida va namlik ishtirokida tez parchalanadi. Shuning uchun tirik o'simliklar to'qimasida bo'ladigan glikozidlarni birlamchi glikozidlar deb hisoblanadi. O'simliklardan ajratib olingan glikozidlarga birlamchi glikozidlarning qisman gidrolizlanishidan vujudga kelgan mahsulot deb qaraladi. Bu hoi mahsulot tayyorlash, qurittsh va saqlash vaqtida hisobga olinishi zarur.

Haqiqatan ham, yig'ilgan mahsulotni tezda quritilmay, uyib qo'yilsa, u namlik ta'sirida qiziydi, to'qimalaridagi fermentlar esa faollashib, glikozidlarni parchalaydi yoki to'g'ri quritilgan mahsulotni issiq va nam yerda saqlasa ham yuqorida aytilgan ahvol qaytariladi. Shuning uchun tayyorlangan mahsulotni yig'ib qo'ymay, tezda va to'g'ri quritish hamda quritilgan mahsulotni yaxshi yopiladigan idishlarga solib, quruq yerda saqlash lozim. Shundagina mahsulot tarkibidagi glikozidlar parchalanmay saqlanadi va dorivor mahsulot o'z qimmatini yo'qotmaydi.

Glikozidlar o'simliklar to'qimalarida bo'ladigan moddalar almashinuvi jarayonida faol qatnashadi. Glikozidlarga uglevodlarning zaxira holda yig'ilgan shakllaridan biri deb ham qaraladi.

Sof holda ajratib olingan glikozidlar kristall modda, ular ko'pchilik organik erituvchilarda erimaydi, spirtda yomon (ba'zan yaxshi) , suvda yaxshi eriydi. Glikozidlarning suvdagi eritmasi neytral reaksiyaga, shuningdek, qutblangan nur tekisligini og'dirish (optik faollik) xususiyatiga ega. Hamma glikozidlar Feling reaktividan misni qaytaradi. Glikozidlarning suvdagi eritmalari bariy gidroksid, qo'rg'oshin atsetat va tanin eritmalari bilan cho'kma hosil qiladi.

Glikozidlarning kimyoviy xossalari va tahlil qilish usullari ular aglikonlarining tuzilishiga bog'liq. Aglikonlarning kimyoviy tuzilishi turlicha bo'lganligi uchun tahlil usullari ham turlichadir.



II. Adabiyotlar sharhi

2.1. Tarkibida glikozidlar saqlovchi o’simliklar tasnifi, tibbiyotda qo’llanilishi

Tarkibida glikozidlar saqlovchi o'simliklar shu glikozidlar aglikonining kimyoviy tuzilishiga qarab sinflarga bo'linadi. Ba'zi glikozidlar hozirgacha yetarli darajada o'rganilmagani uchun sinflarga bo'lishda ularning fizik xossalari yoki hayvonlar organizrniga ko'rsatadigan fiziologik ta'siri asos qilib olingan.

Tibbiyotda ishlatiladigan hamda tarkibida glikozidlar bo'lgan dorivor o’simliklar va mahsulotlar quyidagi sinflarga bo’lnadi:

1. Tarkibida tioglikozidlar bo'lgan.

2. Tarkibida sianogen glikozidlar bo'lgan.

3. Tarkibida monoterpen (achchiq) glikozidlar bo'lgan.

4. Tarkibida steroid (yurak) glikozidlari bo'lgan.

5. Tarkibida tritergen glikozidlari (saponinlar) bo'lgan.

6. Tarkibida fenoglikozidlar bo'lgan.

7. Tarkibida antraglikozidlar bo'lgan.

8. Tarkibida flavon glikozidlari bo'lgan va boshqalar.

Yuqorida keltirigan glikozidlardan tashqari oshlovchi moddalarning katta bir guruhi (gidrolizlanuvchi oshlovchi moddalar), qisman kumarin (kurnarin glikozid)lar va boshqa birikmalar ham glikozidlarga kiradi.

Glikozidlarning terapevtik ta'siri ularning aglikonlariga bog'liqdir. Qand qismi esa aglikonlar (dernak, glikozid molekulasi) ni suvda erishini hamda hayvonlar organizmida shimilishini, ya'ni organizmga ta'sir qilishini tezlashtiradi. Shu bilan birga, ba'zi monosaxaridlar ayrim aglikonlarni ta'sir kuchini orttirish yoki aksincha, pasaytirishi mumkin.

Tioglikozidlar organizmning shilliq qavatlariga (ayniqsa, og'iz bilan ko'zga) kuchli ta'sir etadi. Yallig'lanish xarakteriga ega bo'lgan kasalliklarda, miozit, bronxit va bod kasalliklarida ishlatiladi. Sianogen glikozidlar bemorni tinchlantirish va og'riq qoldirish uchun tomchilar hamda miksturalar bilan birga ishlatiladi. Monoterpen glikozidlar esa ishtaha ochish va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun ishlatiladi, shuningdek, jigar va o't yo'llari kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Yurak glikozidlari va tarkibida ana shu glikozidlar bo'lgan mahsulotlardan tayyorlangan dori turlari hamda preparatlar, asosan, yurak kasalliklarini (yurak porogi va shu kasallik natijasida qon aylanishinins II va III darajali buzilishi, yurak astmasi va boshqalar) hamda ba'zi og'ir va yuqumli kasalliklar natijasida yurak ishining qattiq buzilishi kasalliklarini davolashda ishlatiladi.



2.2. Tarkibida tioglikozidlar bo’lgan dorivor o’simliklar

Aglikonining tarkibida oltingugurt bo'lgan glikozidlar tioglikozidlar (S- glikozidlar) deb ataladi. Bu glikozidlardagi qand molekulasi aglikon qismi bilan oltingugurt atomi orqali birlashgan. Tioglikozidlaming ferment ta'sirida parchalanishidan hosil bo'lgan aglikon qismi efir moylari xossasiga o'xshash xossaga ega (uchuvchan va suv bug'i bilan haydaladi). Shuning uchun bu glikozidlaming ba'zi aglikonlari eflr moyi deb yuritiladi.

Tioglikozidlar achchiq bo'lib, organizmning shilliq qavatlari va teriga qitiqlovchi ta'sir ko'rsatadi (terini qizdiradi yoki kuydiradi). Oz miqdorda iste'mol qilinsa, ishtaha ochadi. Tioglikozidlar kuchli bakteritsid ta'sirga ega.

Tioglikozidlar yoki izotiotsianatlar hayvonlarda buqoq kasalligini paydo qilishi mumkin, degan fikrlar ham bor.

Tioglikozidlarning turlari ko'p. Ular, asosan, kavardoshlar, karamdoshlar (butguldoshlar, krestguldoshlar), rezedadoshlar va boshqa oilalar vakillarida uchraydi. Jumladan, karamdoshlar oilasiga kiradigan o'simliklar (sholg'om, karam, rediska, turp, xren, xantal va boshqa o'simliklar)da keng tarqalgan.

Tibbiyotda tioglikozidlar saqlovchi o'simliklardan hozircha faqat xantal urug'i (uning tarkibida tioglikozid sinigrin bor) ishlatiladi. Sinigrin mirozin fermenti ta'sirida glukoza, kaliy bisulfat va allilizotiotsianatga (xantal eflr moyiga) parchalanadi.



Xantalning efir moyi och sariq rangli suyuqlik bo'lib, zichligi 1,013-1,022. U organizmning shilliq qavatlariga (ayniqsa, og'iz bilan ko'zga) kuchli ta'sir etadi.



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling