Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi
Download 1.07 Mb.
|
Muratova Nilufar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geograftk tarqalishi.
- Mahsulotning tashqi korinishi.
- Mahsulotning mikroskopik tuzilishi.
O'simlikning nomi. Sarept xantali, qo'ng'ir xantal – Brassica juncea (Sinapis juncea L.) va qora xantal - Brassica nigra Koch. (Sinapis nigra L.); karamdoshlar – Brassicaceae (butguldoshlar - Cruciferae) oilasiga kiradi. Sarept xantal bir yillik, bo'yi 40-50 sm (ba'zan 1 m) ga yetadigan o’t o'simlik. Poyasi tik o'suvchi, shoxiangan, tuksiz. Ildiz oldi va poyaning pastki barglari patsimon qirqilgan, lirasimon bo'lib, poyada bandi bilan ketma-ket o'rnashgan. Barglari poyaning yuqori qismiga chiqqani sari siyraklashib, plastinkasi kamroq qirqilib va bandi qisqarib boradi. Poyaning uchki qismidagi barglari butun lansetsimon va poyada bandsiz o'rnashgan. Gullari shingilga to'plangan. Kosachabargi 4ta, tojbargi 4ta, tilla rangga bo'yalgan, otaligi 6 ta bo'lib, shundan 2tasi kalta, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi - chiziqsimon, ingichka, usti g'adir-budir, poyaga yondoshmagan va pishganda ochiladigan, 7-12 mm uzunlikdagi qo'zoq. Urug'i mayda, yumaloq shaklli, ocb sariq yoki qo'ng'ir bo'ladi. May oyida gullaydi, mevasi iyunda yetiladi. Qora xantal tojbargining ocb sariqligi, mevasining poyaga yondoshgan, to'rt qirrali, o'tkir uchli, urug'ining mayda va to'q qizil, qo'ng'ir rangli bo'lishi bilan sarept xantalidan farq qiladi. Geograftk tarqalishi. Sarept xantali quruq va issiq iqlimga chidamli bo'lib, Qirg'iziston va Ukraina respublikalarida, Quyi Volga bo'yi, Shimoliy Kavkaz, G'arbiy Sibir va boshqa yerlarda, qora xantal o'simligi esa (issiqqa cbidamsiz) Belorus Respublikasida o'stiriladi. Mahsulot tayyorlash. Xantal mevasi birin-ketin pisbadi, shuning uchun poyasi quriy boshlagacb, pastki, birinchi mevalari pishishi bilanoq yer ustki qismi o'rib olinib, bog' -bog' qilib bog'lab quritiladi. Pishgan mevani yanchib, elab, urug'i ajratib olinadi. Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot har ikkala xantal o'simligining urug'idan iborat. Sarept xantalining urug'I sharsimon, ustki tomoni chuqurchati (lupada ko'rish mumkin), och sariq yoki qo'ng'ir rangli bo'Iib, diametri 1,2 mm. Qora xantal urug'i sarept xantali urug'iga nisbatan kichikroq (diametric 1 mm), chuqurchalari ham aniq bilinadi, to'q qizil-qo'ng'ir rangga bo'yalgan. Mahsulotning o'tkir achchiq (chaynab ko'rilsa) mazasi va og'iz hamtla burunni ta'sirlovchi o'ziga xos hidi (suv'bilan ezib ko'rilganda) bor. Mahsulotning namligi 12 foiz, umumiy kuli 5 foiz, 10 foizti xlorid kislotada erimaydigan kuli 1,5 foiz, moysiz va boshqa o'simliklarni urug'ining aralashmasi 4 foiz, shu jumladan organik aralashmalar 2 foizdan ortmasligi lozim. Mahsulotga ko'pincha oq xantal- Sinapis alba L. o'simligining urug'i aralashib qolishi mumkin. Oq xantal mevasi sertukligi, silindrsimon va poyaga yondoshmaganligi, urug'ining yirik, silliq, chuqurchasiz, och sariq bo'lishi bilan sarept va qora xantallardan farq qiladi. Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Urug'ni yumshatish uchun u 1-2 sutka nam kamerada saqlanadi. So'ngra namlangan urug'ni parafin bo'lakchasiga o'rnatib, yupqa qilib, parafin bilan birga kesiladi va xloralgidrat eritmasida qizdirib yoritiladi. Keyin mikroskopning kichik va katta obyektivlarida ko'riladi. Xantal urug'i qo'ng'ir rangli yupqa po'stdan va embriondan iborat. Embrion esa yoysimon qayrilgan, bir-birining ichiga joylashgan ikkita (ichki tomondagisi kichkina, tashqi tomondagisi katta) urug' pallasidan va embrion i1dizchasidan tashkil topgan. Qora xantal urug'i ko'ndaIang kesimida urug' tashqi tomondan rangsiz, yirik, suvda shilimshiqlanuvchi epidermis hujayrasi bilan qoplangan. Epidermis hujayrasining ichki tomonida nihoyatda katta - gigant hujayralar (epidermis va mexanik to'qima orasidagi bo'shliq), uning ichkarirog'ida esa mexanik to'qima (bokal shaklidagi hujayralaridan tashkil topgan) qavati o'rnashgan. Mexanik to'qima hujayralari sariq devorli va katta-kichik (balandpast) bo'lib, faqat uchta tomoni qalinlashgan. Mexanik to'qimaning pastki tomoniga sariq yoki qo'ng'ir pigmentli bir qator hujayralar, uning ichkarirog'ida esa aleyron donachali rangsiz hujayralar o'rnashgan. Urug' pallasining hujayrasida yog' tomchilari bo'ladi. Bu tomchilarni sudan-III eritmasi bilan bo'yab ko'rish mumkin. Urug' po'stining tashqi tuzilishini tekshirish uchun urug' ishqor eritmasida qaynatiladi va yumshaganidan so'ng nina bilan po'stini ko'chirib olib, glitserin va suv aralashmasi yordamida mikroskopda ko'riladi. Bu tayyorlangan preparatda faqat bir qavat mexanik to'qimaning bokalsimon hujayralarini hamda po'stlog'ining chuqurcha (gigant hujayra)larini ustki tomonidan ko'rish mumkin. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling