Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi


Meniantes (uchbarg) bargaining tashqi ko’rinishi


Download 1.07 Mb.
bet7/8
Sana25.10.2020
Hajmi1.07 Mb.
#136861
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muratova Nilufar

Meniantes (uchbarg) bargaining tashqi ko’rinishi

A - bargning yuqori epidermisi; B - bargning pastki epidermisi.



1 - ustitsa; 2 - aerenxima; 3 - qat-qat joylashgan kutikula.
Bargning yuqori epidermis hujayralari ko'p burchakli, to'g'ri devorIi, pastki epidermis hujayralari bir oz egribugri devorli bo'ladi. Ustitsalar bargning har ikkala tomonida joylashgan bo'lib, 4-7tagacha epidennis hujayralari bilan o'ralgan. Epidermisning ba'zi joylarida, ayniqsa, tomir o'tgan joydagi va ustitsaga yaqin bo'lgan hujayralar qat-qat joylashgan kutikula qavati bilan qoplangan. Bargning yumshoq qismida aerenximalar (havo joylashgan bo'shliqlar) ni ko'rish mumkin.

Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida meniantin, meliantin, foliamentin va boshqa achchiq glikozidlar, gensianin alkaloidi, flavonoidlar (rutin, giðerozid), 3% gacha oshlovchi va boshqa moddalar bo‘ladi.



Ishlatilishi. Meniantes (uchbarg) o‘simligining dorivor preparatlari ishtaha ochish va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashda, shuningdek, jigar va o‘t yo‘llari kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.

Dorivor preparatlari. Damlama. Mahsulot achchiq nastoyka va ishtaha ochuvchi, o‘t haydovchi hamda tinchlantiruvchi choy-yig‘malar tarkibiga kiradi.

2.5. Tarkibida yurak glikozidlari bo’lgan dorivor o’simliklar

Yurak glikozidlarining aglikonlari — geninlari bir, ikki, uch va ba’zan to‘rtta qand molekulasi bilan birikib, glikozidlar hosil qiladi. Bu glikozidlar, asosan, yurak muskullariga — kardiotonik ta’sir etganligi uchun yurak glikozidlari (yoki kardiotonik glikozidlar) deb ataladi.

Yurak glikozidlarining geninlari quyidagi ikkita birikmadan bittasining hosilasi (unumi) bo‘lishi shart:

Agar yurak glikozidlari molekulasining tarkibida 5 a’zoli to‘yinmagan lakton (butenolid) halqasi bo‘lsa, kardenolidlar (I), 6 a’zoli 2 marta to‘yinmagan lakton (kumalin) halqasi bo‘lsa, bufadiyenolidlar (II) deb ataladi.

Steroid birikmalarga yurak glikozidlaridan tashqari, o‘simlik va hayvonlar organizmida ko‘p uchraydigan moddalar: vitamin D, ba’zi saponinlar, sterinlar (fito-hamda zoosterinlar), o‘t kislota, jinsiy organlarning gormonlari va boshqa birikmalar kiradi. Bu birikmalarning asosiy skeleti siklopentanfenantren yadrosidan iborat bo‘lsa-da, ular kimyoviy tuzilishi bilan bir-biridan katta farq qiladi.

Yurakka, asosan, glikozidlarning geninlari ta’sir etadi. Qand qismi ularning suvda erishini kuchaytiradi va yurak muskullarida to‘planishiga yordam beradi. Bundan tashqari, qand qismi glikozidlarning organizmda shimilishi va ta’sirini tezlatadi hamda uzoq cho‘zadi.

O‘simlikdan ajratib olingan toza yurak glikozidlari achchiq mazali kristall holdagi birikma bo‘lib, suv va spirtda yaxshi, boshqa organik erituvchilarda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi.

Yurak glikozidlari o‘simliklar to‘qimalarida sintezlanadi hamda ular boshqa glikozidlar singari o‘simliklarning barcha organlaridagi hujayra shirasida erigan holda uchraydi. Bu guruhga kiradigan glikozidlar kendirdoshlar (Apocynaceae), sigirquyruqdoshlar (Scrophulariaceae), lolaguldoshlar (piyozguldoshlar) (Liliaceae), ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae), asklepiyadoshlar (Asclepiadaceae), karamdoshlar (butguldoshlar) — Brassicaceae (Craciferae), dukkakdoshlar (Fabaceae), jo‘kadoshlar (Tiliaceae), tutdoshlar (Moraceae), normushkdoshlar (Celastraceae) va boshqa oilalar vakillari tarkibida topilgan.

Hozirgacha dunyo miqyosida o‘simliklardan 400 ga yaqin yurak glikozidlari ajratib olingan. Ularning 380 tasi kardenolidlarga, qolganlari esa bufadiyenolidlarga kiradi. Ma’lum bo‘lgan yurak glikozidlarni tashkil etishda 136 ta aglikon va 35 ta monosaxaridlar ishtirok etadi. Anglikoni tarkibidagi to‘yinmagan lakton halqasining tuzilishiga ko‘ra, yurak glikozidlari ikki katta guruhga bo‘linadi.

1. Kardenolidlar. Lakton halqasi 5 a’zoli va bir marta to‘yinmagan.

2. Bufadiyenolidlar. Lakton halqasi 6 a’zoli va ikki marta to‘yinmagan.

Kardenolidlar, o‘z navbatida, ikki kenja guruhga bo‘linadi:

a) angishvonagul guruhi. Bu guruh glikozidlari aglikonining 10-uglerod atomida metil radikali bo‘lib, ular inson va hayvon organizmida ko‘proq to‘planib qolish va, so‘ngra, kuchli ta’sir ko‘rsatish (zaharlash) xossasiga (kumulatsiya xossasiga) egadirlar;

b) strofantus guruhi. Bu guruh glikozidlarni aglikonining 10-uglerod atomida aldegid, ba’zan spirt guruhi bo‘lib, ular kumulatsiya xossasiga ega emaslar.



Dorivor o’simlik va mahsulotning nomi va oilasi

Mahsulotning tashqi ko'rinishi.

Ishlatilishi

Dori turi

Angishvonagul bargi - Folia Digitalis.

Qizil angishvonagul

- Digitalis purpurea va yirik gulli angishvonagul -

Digitalis grandifiora, sigirquyniqdoshlar- Scrophulariaceae oilasi.



Angishvonagul o'simliklarining bargi, asosan, bir-biridan barg plastinkasining shakli, ser yoki kam tukli1igi, tomiriarining taraqqiy qilishi va plastinkasining qirrasi bilan farq qiladi.

Qizil angishvonagul o'simligining barglari cho'ziq tuxumsimon, o'tkir uchli, to'mtoq tishsimon qirrali, uzunligi 12-35 sm bo'ladi. Barg plastinkasining yuqori tomoni burishgan, to'q yashil, pastki tomoni sertuk, lrulrang, tomirlari yaxshi taraqqiy etgan bo'lib, aniq bilirub turadigan Mayda to'r hosil qiladi: Yirik gulli angishvonagul o'simligining barglari lansetsimon yoki cho'ziq lansetsimon, o'tkir uchli, o'tkir arrasimon qirrali

bo'ladi. Barg plastinkasining har ikkala tomoni yashil rangli, tuklar pastki tomonda tomirlar bo'ylab joylashgan.

Mahsulot hidsiz va yoqimsiz achchiq mazasi bor.




yurak

porogi hamda yurak kompensatsiyasi buzilishi natijasida qon

aylanishining II va III darajali buzilishini, gipertoniya va yurakning

tebranuvchi aritmiyasini davolashda ishlatiladi. Ular strixnin,

kofein va kamfora bilan birgalikda og'ir yuqumli kasalliklardan

keyingi yurak va qon tomiriarining zararlanishidan kelib chiqqan

yurak faoliyati susayishini davolashda ham ishlatiladi.


Bargdan tayyorlangan kukun,

tabletka, damlama, kordigit (tabletka) hamda tabletka holidagi digitoksin va boshqaiar.



Kiprikli angishvonagul yer ustki qismi - Herba

digitalis ciliatae.

Kiprikli angishvonagul - Digitalis ciliata; sigirquyruqdoshlar - Scrophulariaceae oilasiga kiradi.



Poyasi tik o'suvchi, shoxlanmagan. Ildizoldi to'pbarglari hamda

poyadagi barglari bandsiz, tor lansetsimon, o'tkir uchli, siyrak tishsimon qirrali, siyrak tukli. Bargining yo'g'on tomirlari faqat plastinkaning pastki

tomonidan bilinadi. O'simlik gullaganda ildizoldi va poyaning pastki qismidagi bargiari qurib qoladi. Gullari siyrak, bir tomonli shingilga to'plangan. Guli sarg'ish-oq, angishvonasimon. Mevasi - ko'p urug'li ko'sak.


Dorivor preparati qizil va yirik gulli angishvonagullar

preparatlari bilan birgalikda yurak kasalliklarini

davolashda ishlatlladi.


Bargdan tayyorlangan kukun (poroshok),

tabletka, damlama, kordigit (tabletka holidagi preparat) hamda

tabletka holidagi digitoksin va boshqalar


Sertuk angishvonagul bargi - Folia

Digitalis lanatae

Sertuk angishvonagul - Digitalis lanata; sigirquyruqdosblar - Scropbulariaceae oilasiga kiradi.



Quritilgan barglar bir oz qalin, cho'ziq lansetsimon, to'mtoq yoki o'tkir uchli, tekis qirrali yoki bir oz to'lqinsimon, ba'zan bir nechta mayda tishIi, asosiy va 3-4 yon tomirlari aniq bilinadigan, ust tomoni tuksiz, yaltiroq,

yashil rang, pastki tomoni och-yashil, tomirlari sariq-qo'ng'ir, asos qisrni qizg'ish. Mahsulot kuchsiz, o'ziga xos hidga ega.



yurak kasalliklarini (qon aylanishining surunkali II-III darajali

yetishmovchiligi, aritmiya, taxikardiya va boshqalar) davolashda

ishlatiladi. Farqi shundaki, sertuk angishvonagul dorivor preparat-lari tezroq organizmga so'riladi, organizmda ko'p yig'ilib qolmaydi (kumulatsiya xossasi kamroq) va siydik haydash -

diuretik ta'siri kuchliroq.



Suyuq holdagi preparatlar: yangi galen

preparati lantozid, selanid (digilanid S glikozidi, tabletka holida va 1 ml dan ampulada chiqariladi), digoksin (glikozid, tabletka

holida va 0,025 foizli eritmasi 2 ml dan ampulada chiqariladi)

atsetildigitoksin (glikozid, tabletka holida va 0,01 foizli eritmasi 2

ml dan ampul ada).


Strofant urug'i - Semina Strophanthi.

Kornbe strofanti - Strophanthus kombe; kendirdoshlar - Apocynaceae oilasiga kiradi.



Tayyor mahsulot cho'ziq va uzun, yassi, yuqori uchi o'tkir, uchma o'qqa aylangan, pastki uchi esa to'mtoq urug'dan iborat. Urug' uchmasi asos qismidan sinib ketgan bo'ladi. Urug' kumush rang yoki yashil-kulrang tusli, uchma tomonga yo'nalgan ipaksimon, yopishgan tuklar bilan qoplangan. Urug'ning yassi tomonida uchmaning asos qismidan boshlab 2/3 qismigacha o'rnashgan choklar ko'rinadi. Urug' yurnshoq bo'lib, uni barmoq orasida ezish mumkin. Issiq suvda namlangan urug' osongina ikkita pallasiga ajraladi. Mahsulot hidsiz, juda achchiq.


Strofant o'simligining preparatlari yurak (yurak

porogida) kompensatsiyasi buzilishida, nefrit, yurak astmasi hamda

ba'zi og'ir, yuqumli va boshqa kasalliklar natijasida yurak

ishini qattiq buzilishi kasalliklarini davolashda ishlatiladi.



Strofantin-K (0,05 foizli eritmasi 1 ml

dan ampul ada chiqariladi) va strofantidin atsetat (0,05 foizli eritmasi

1 ml dan ampulada chiqariladi).


Nashasimon kendir ildizpoyasi va ildizi - Rhizomata

et radices Apocyni cannabini.

Nashasimon kendir - Apocynum cannabinum; kendirdoshlar - Apocynaceae oilasiga kiradi.


Tayyor mahsulot ildizpoyadan va yer ostki yotiq novdadan tashkil topgan. Novdalarining

uzunligi 5-15 sm, diametri esa 0,6-1,5 sm. Ildizpoyaning ustki tomoni kulrang-qo'ng'ir, ichi esa och sariq rangli bo'ladi. Mahsulot hidsiz bo'lib, og'izni lovullatuvchi achchiq mazasi bor.



yurak

kasalliklarida (qon aylanishining II va III darajali buzilishida)

ishlatiladi.

Strofant o'simligi preparatlari o'rnida ishlatish tavsiya etilgan.




Simarin standart.

1 g simarinning biologik kuchi 38000-44000 LED yoki

5600-6900 KED bo'lishi kerak.


Bahorgi adonis yer ustki qismi - Herba Adonidis vernalis

Bahorgi adonis - Adonis vernalis;

ayiqtovondoshlar - Ranunculaceae oilasiga kiradi.


Tayyor mahsulot o'sirnlikning poyasi, bargi, guli va mevalarining aralashmasidan iborat.

Bargi panjasimon 5ga ajralgan, shundan 2ta pastki bo'lagi kalta, qolgan 3ta bo'lagi bir-biriga teng. Pastki ikkita bo'lagi

patsimon, qolganlari qo'shaloq patsimon ajralgan. Barg bo'lakchalari ingichka, chiziqsimon, bigizsimon o'tkir uchli, tekis qirrali. Guli yirik, quritilganda

diametri 3,5 sm bo'ladi. Kosachabargi 5-8ta, tojbargi 10-20ta, tilla rangda, otalik va onaliklari ko'p sonli, birlashmagan. Mevasi ko'p yong'oqli (30-40ta yong'oqchadan iborat)

bo'lib, umumiy ko'rinishi cho'ziq – sharsimon.

Yong'oqchasi teskari tuxumsimon shaklga

ega. Yong'oqchaning uchida ilgakcha shaklidagi onalik ustunchasi saqlanib qolgan. Mahsulot hidsiz, mazasi achchiq.


Adonis o'simligining preparatlari yurak kasalliklarini

davolashda ishlatiladi. Adonis preparatlari kumulativ xossaga ega

bo'lmagani sababli surunkali yurak porogini davolashda doim ishlatish mumkin (angishvonagul o'simligidan farqi).


Yangi galen preparati - adonizid (15 ml dan shisha idishda chiqariladi), quruq adonizid (tabletka), quruq ekstrakt, damlama. Adonisning quruq ekstrakti

Bekterev tabletkasi (draje) hamda adonis-brom tabletkasi (draje)

va yurak kasalligida ishlatiladigan boshqa kompleks preparatlar

tarkibiga kiradi.




III. Tajriba qismi

3.1. Yurak glikozidlariga rangli reaksiyalar

Yurak glikozidlariga rangli sifat reaksiyalar ko‘p bo‘lib, ularni uch guruhga bo‘lish mumkin.



I. Yurak glikozidlarining skeleti —sterinlarga bo‘lgan Liberman— Burxard reaksiyasi. Mahsulotdan tayyorlangan va bug‘latib quritilgan ajratmani (yoki glikozidlarni) konsentrlangan sirka kislotada eritib, unga sirka angidridi va konsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan (50:1 nisbatda) 2 ml qo‘shib aralashtirilsa, birozdan so‘ng (yoki biroz qizdirilsa) pushti-qizil rang hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan rang tezda ko‘k yoki yashil tusga o‘tadi.

II. Yurak glikozidlarining to‘yinmagan lakton halqasiga reaksiyalar.

1. Legal reaksiyasi. Quritilgan ajratmani (yoki glikozidlarning) spirtdagi eritmasiga 2 tomchi piridin, natriy nitroprussidning 5 foizli suvli eritmasidan 2 tomchi va ishqorning 10 foizli suvli eritmasidan 2 tomchini asta-sekin qo'shilsa, suyuqliklar uchrashgan joyda qizil rang (qizil halqa) hosil bo'ladi. Legal reaksiyasi, asosan, tarkibida 5 a'zoli to'yinmagan lakton (butenolid) halqasi bo'lgan yurak glikozidlariga – kardenolidlarga xosdir.

2. Raymond reaksiyasi. Glikozidlaming spirtdagi eritmasiga m- dinitrobenzolning spirtdagi 10 foizli va natriy ishqorining metil spirtdagi 10 foizli eritmalari aralashmasidan bir necha tomchi qo'shilsa, tezda ko'k rangga o'tuvchi binafsha rang hosil bo'ladi. Bu reaksiya ham, asosan, kardenolidlar (butenolid halqasi bo'lgan yurak glikozidlari)ga xosdir.

3. Kedde reaksiyasi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga yangi tayyorlangan 3,5- dinitrobenzoat kislotasining metil spirtdagi 2 foizli va ishqorning 40 foizli eritmalari aralashmasi qo'shilsa, ko'k (ba'zan binafsha yoki qizil) rang hosil bo'ladi. Bu reaksiya ko'proq kardinolidlarga xosdir.

4. Rozengeym reaksiyasi. Glikozidlarning xloroformdagi eritmasiga 90 foizli trixlorsirka kislotadan bir necha tomchi qo'shib qizdirilsa, ko'k yoki qizg'ish-binafsha (ba'zan sariq) rang hosil bo'ladi. Bu reaksiya ko'pincha tarkibida 6 a'zoli to'yinmagan lakton (kumalin) halqasi bo'lgan glikozidlar – bufadienolidlarga xosdir.

5. Balye — Neyman reaksiyasi. Glikozidlarning spirtdagi eritmasiga natriy pikratning spirtdagi 1% li va ishqorning suvdagi 10% li eritmalaridan qo‘shilsa, to‘q sariq rang hosil bo‘ladi. Bu reaksiya yordamida tarkibida to‘yinmagan lakton halqasi bo‘lgan barcha yurak glikozidlarini aniqlash mumkin.

6. Vindaus reaksiyasi. Glikozidlaming spirtdagi eritmasiga benzoldiazoniyxlorid eritmasi qo'shilsa, kislota sharoitida tiniq qizil, ishqor sharoitida esa tiniq binafsha rang hosil bo'ladi. Bu reaksiya ham tarkibida to'yinmagan lakton halqasiga ega bo'lgan hamma yurak glikozidlari uchun xosdir.

III. Yurak glikozidlari molekulasidagi dezoksisaxaridlarga (digitoksoza, simaroza va boshqa dezoksigeksozalarga) bo‘lgan Keller — Kiliani reaksiyasi. Tarkibida temir (II) xloridning 5% li eritmasidan 2 tomchi bo‘lgan 5 ml konsentrlangan sirka kislotada eritilgan 5—10 mg glikozid eritmasini probirkaga solib, ustiga oz miqdorda temir (II) xloridning 5% li eritmasi bo‘lgan konsentrlangan sulfat kislotaning bir-ikki tomchisini probirkaning chetidan tushirilsa, har ikkala suyuqlik uchrashgan yerda yuqori qismi zangori yoki ko‘k rangli qo‘ng‘ir halqa hosil bo‘ladi.


Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling