Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi


Т  247    14- amaliy mashg‟ulot: Stomatologik asbob va jihozlar


Download 18.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/34
Sana15.01.2018
Hajmi18.83 Kb.
#24584
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34

Т 

247 
 
14- amaliy mashg‟ulot: Stomatologik asbob va jihozlar 
 
Mashg‟ulotning 
maqsadi: 
talabalar 
stomatologiya 
asboblarining 
nomenklaturasini  bilishi,  terapevtik  va  jarrohlik  stomatologiya  asboblarining 
sifatiga  baho  bera  olishi,  ularni  qabul  qilish  qoidalari,  funktsional  xossalarini  va 
sifatini aniqlash usullarini, upakovkalash va saqlashni tashkil eta bilishi lozim.  
Talaba  bilishi  lozim:  Davolash-profilaktika  muassasalarida  ishlatiladigan 
Stomatologiya  asboblari  va  jihozlari  tasnifi  va  ularga  qo‘yilgan  talablar  asosida 
tovarshunoslik  tahlili  o‘tkazishni,  yaroqliligi,  sifatini  aniqlash  usullari  haqida 
ma‘lumot
Talaba  bajara  olishi  lozim:  Davolash-profilaktika  muassasalarida 
ishlatiladigan stomatologik jarrohlik operatsiyalarda va davolashda qo‘llaniladigan 
asboblar  va  buyumlar,  ularni  ishlatish,  assortimenti,  sifati  va  saqlanishini  haqida 
ma‘lumot  bilan  va  namunalari  bilan  tanishadilar.  Stomatologik  asboblarning 
tovarshunoslik taхlili, me‘yoriy hujjat asosida sifatini tekshirish. 
Mavzuning  ahamiyati:  Mavzuni  o‘rganish  talabalarga  tibbiyot  texnikasi 
tovarshunosligi  fanining  keyingi  mavzularini  o‘zlashtirishga  yordam  beradi, 
davolash-  profilaktika  muassasalarida  ishlaydigan  provizorlar  faoliyatida 
uchraydigan  tibbiyot  texnikasi  buyumlarini  qabul  qilish,  saqlash,  ishlatish  va 
tovarshunoslik  tahlilini  o‘tkazish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  masalalarni  malakali  hal 
qilish imkonini beradi. 
Fanlararo  va  fan  ichida  bog‟liqlik.  Mashg‘ulot  davomida  olingan 
bilimlardan  Farmatsevtika  ishini  tashkil  qilish  fani  ―Omborхona  ishini  tashkil 
qilish‖  va  Farmatsevtika  iqtisodiyoti  fanidagi  ―Moddiy  boyliklarni  qabul  qilish‖ 
mavzularini o‘zlashtirishda foydalanish mumkin. 
Tayanch  atama  va  iboralar.  jarrohlik  amaliyoti,  jarrohlik  kesuvchi  va 
qisqich  asboblar,  skalpellar,  pichoqlar,  tibbiyot  iskanalari,  suyak  omburlari, 
raspatorlar, suyak qoshiqlari, jarrohlik va yordamchi qaychilar, U 10 A va 40X13 
rusumli  po‘lat.  
Nazariy qism: 
Stomatologik  o‟rindiq.  Bemor  tishini  ko‘rish,  davolash  va  olib  tashlashda 
bemorni  qulay  qilib  o‘tqazish  uchun  xizmat  qiladi.  Stomatologik  kreslo  quyidagi 
qismlardan  iborat:  a)  kattakon  cho‘yan  asos  (Yumaloq  shaklda);  b)  oyoq 
qo‘yadigan  taglik;  v)  tirsak  qo‘yiladigan  suyanchiqli  o‘rindiq;  g)  suyanchiq  va 
bosh  tutqich.  Kresloning  asosida  oyoqli  kompressor  bor,  shuning  yordamida 
o‘rindiq  kerakli  balandlikka  ko‘tariladi  yoqi  pastga  tushiriladi.  O‘rindiqni  kreslo 
asosiga  o‘rnatilgan  pedalni  bosish  yo‘li  bilan  Yuqori  ko‘tariladi  yoqi  past 
tushiriladi. Bemorni yarim yotqizish uchun suyanchiqi orqaga tushiriladigan kreslo 
―yarim  narkoz  kreslo‖  deb  ataladi.  O‘rindiq,  suyanchiq  va  tirsak  qo‘yiladigan 

248 
 
joyga charm yoqi charm o‘rnini bosadigan material qoplanadi. Tirsak qo‘yiladigan 
joy  plast-massadan  yasalgan  bo‘lishi  ham  mumkin.  Bosh  qo‘yiladigan  joy  har 
qanday vaziyatda ham qimirlamay turadigan bo‘lishi kerak.
 
 
Bor mashina. Tish davolash va tish texnikasi  amaliyotida tishni parmalash 
va shlifovka qilish uchun ishlatiladi. Bormashinaning bir necha turlari bor: 1) oyoq 
bormashina; 
2) 
ko‘chma 
elektr 
bormashina; 
3) 
devorga 
o‘rnatiladigan 
elektr  bormashina;  4)  ham 
elektr energiyasi, ham oyoq 
bilan 
harakatga 
keltiriladigan 
– 
kombinatsiya 
qilingan 
bormashina. 
Oyoq 
bormashina 
juda  oddiy  ishlangan.  U 
ikki  qismdan  iborat.  Pastki 
qismi 
cho‘yan 
asosdan 
iborat 
bo‘lib, 
unga 
aylantiradigan 
(privod) 
g‘ildirak  (shnur  qo‘yish  uchun  o‘rtasida  novsimon  o‘yiqi  bor)  va  shatun  hamda 
krivoship  bilan  birlashtirilgan  oyoq  pedali  o‘rnatilgan.  Yuqori  qismi  bo‘laklarga 
ajratiladigan  tirgovuchdan  iborat,  bu  tirgovuchning  pastida  asosga  birlashtirish 
uchun,  Yuqorisida  esa  egiluvchan  qismini  ulash  uchun  moslamasi  bor.  g‘ildirak 
aylanganda  uning  harakatlari  shnur  orqali  o‘tib,  egiluvchan  qismining  kichkina 
g‘ildirakchasi  (shkivi)ni  aylantira  boshlaydi,  buning  natijasida  parmaning  uchi 
aylanadi. 
Ko‟chma  elektr  bormashinada  pedal  va  aylantiradigan  g‘ildirak  o‘rnida 
asosga  o‘rnatilgan  elektr  dvigateli  bor,  bu  dvigatel  127  yoqi  220  volt 
kuchlanishdagi oddiy yoritish elektr tarmog‘idan energiya olib ishlashi mumkin. 
Bormashina  oyoq  reostati  bilan  ishga  tushiriladi  va  aylanishlarining  soni 
oshirib kamaytiriladi. 
Bormashinaning  egiluvchan  englik  qismi  bormashinaning  aylanma 
harakatini  uchliklar  bilan  parmalarga  o‘tqazish  uchun  xizmat  qiladi.  Bu  qism 
metall  prujinadan  iborat  bo‘lib,  prujina  ikkita  metall  to‘r  va  tashqarisidan  ip 
gazlama bilan o‘ralgandir. Qismning bir tomonida privod shnuri solinadigan shkiv 
(g‘ildirakcha),  boshqa  tomonida  esa  qismni  birlashtirish  uchun  metall  patruboq 
(qulfli)  bo‘ladi.  Qism  to‘xtab  qolmay,  bir  maromda  u  yoqi  bu  tomonga  3000 
obminut berib ishlashi kerak. 

249 
 
Bormashinalar  uchun  uchliklar.  Borlarni  mahkamlash  va  ularga  aylanma 
harakat  uzatish  uchun  xizmat  qiladi.  Bu  uchliklar  ikki  xil  bo‘ladi:  to‘g‘ri  va 
burchakli  uchlik,  aylanuvchan  boshchalik  to‘g‘ri  uchlikda  uning  o‘qi  borning 
o‘qiga  to‘g‘ri  keladi,  burchakli  uchlikda  esa  –  uchlik  o‘qi  bor  o‘qiga  nisbatan 
burchak  ostida  joylashgan  bo‘ladi  (ikkita  shesterenka  yordamida).  Uchliklar 
minutiga  3000  marta  aylanganida  qizimasdan,  ovozsiz  ishlashi  kerak.  Uchlik  5 
minut beto‘xtov ishlaganda ko‘pi bilan 600 qiziydigan bo‘lishi  lozim. Uchlikning 
usti xrom bilan sirlangan bo‘ladi. 
Tish parmalari. Tish kavaklarini parmalash, shuningdek tishni va plombani 
ishlash  uchun  qo‘llaniladi.  Quyidagi  borlar  ishlab  chiqariladi:  1)  to‘g‘ri  uchlikka 
o‘rnatiladigan borlar; 2) burchakli uchlikka o‘rnatiladigan borlar. Ularning har biri 
ishchi  qismidan  (boshchasidan  )  va  o‘rnatish  (dum)  qismidan  iborat  bo‘ladi. 
To‘g‘ri burchakli uchliklar uchun ishlatiladigan borlarning boshchasi shaklan bir-
biridan farq qilmaydi. 
Ishchi qismiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan quyidagi parma bor: 1) ikkita 
va  bitta  o‘yiqi  bo‘ladigan  fissurali  silindrik  borlar;  2)  ikkita  va  bitta  o‘yiqi 
bo‘ladigan fissurali konussimon parmalar; 3) g‘ildiraksimon parmalar ; 4) teskari 
konussimon parmalar; 5) sharsimon parmalar; 6) finiralar; 7) poliralar. Finiralar va 
poliralar tishlarni ishlash va silliqlash uchun qo‘llaniladi. 
Tish kovagiga ishlov beradigan asboblar 
Drilborlar  tish  kavagini  kengaytirish  uchun  qo‘llaniladi;  ular  diametriga 
qarab nomerlar bo‘yicha farqlanadi. 
Parmalar  va  drilborlarning  kesuvchanlik  xususiyatini  oshirish  maqsadida 
ular tarkibida volfram bo‘lgan maxsus po‘lat (XV5) dan yasaladi. Parmalar 10 yoqi 
16 donadan bir turda va razmerlarda plastmassa qutilarga joylangan bo‘ladi. 
Pulpoekstraktor.  Alohida  elastik  simdan  tayyorlanadi  va  tish  kanalidan 
ildiz  pulpasi  (nerv)ni  olib  tashlash  uchun  ishlatiladi.  Pulpoekstravktorning  uchida 
narezkasi  bo‘ladi  va  nomerlariga  qarab  diametrining  razmerlariga  muvofiq 
farqlanadi. 
Tish  ildiziga  ishlatiladigan  qirrali  igna.  Tish  kanaliga  dori-darmon  qo‘yish 
uchun ishlatiladi. U uch qirrali bo‘lishi bilan pulpoekstraktordan farq qiladi. Ular 
nomerlariga qarab belgilanadi.  
Pulpoekstraktorlar  va  tish  ildiziga  ishlatiladigan  ninalar  900  burchak  ostida 
egilib, asli qoliga keltirganida sinmasligi kerak. 
Kovak  to‟ldirgichlar.Tishga  plomba  qo‘yishda  ishlatiladigan  asbob. 
Dastasining  har  ikkala  tomonida  ishchi  qismi  bor.  Bu  asboblar  ishchi  qismining 
shakliga  ko‘ra  ikki  tomonlama  tekislaydigan  yoqi  ikki  tomonlama  boshchali 
(tupferlar),  shuningdek  kombinatsiya  qilingan  (boshchasi  va  plombani 
silliqlaydigan joyi bo‘ladigan) asboblarga bo‘linadi. 

250 
 
Ekskavator.  Bu  asbobning  har  ikkala  tomoni  ham  ishlatiladi.  Ekskavator 
tishdan  plomba  qoldiqlarini, dentin  chirklarini va  boshqalarni olib tashlash uchun 
mo‘ljallangan. 
Ekskavatorning  ishchi  qismi  chetlari  o‘tkir  kichkina  qoshiqqa  o‘xshaydi. 
Ekskavator 4 xil nomerda ishlab chiqariladi (qoshiq diametriga qarab). 
Tish  toshlarini  olish  uchun  ishlatiladigan  asboblar  turli  shakldagi  va 
razmerlardagi iskanalardan iborat. qattiq po‘latdan yasaladi; chetlari o‘tkir bo‘ladi. 
Jarrohlik stomatologiya asboblari 
Tish  omburlari.  Yaxlit  yassi  qulf  –biriga  birlashtirilgan  ikkita  yarim 
bo‘lakdan iborat. Uning dastasi salmoqdor bo‘lib, o‘yiqlari bor. Sanoatimizda tish 
omburlari  kattalar  uchun  12  nomerda  va  bolalar  uchun  4  nomerda  ishlab 
chiqariladi.  Tish  omburlari  qaysi  maqsadda  ishlatilishiga  qarab,  ishchi  qismining 
shakli  turlicha  bo‘ladi.  Tumshuqsimon  omburlarning  jag‘i  shaklan  qush  burniga 
o‘xshaydi,  bunday  omburlar  pastki  jag‘  tishlarini  hamda  ularning  ildizlarini  olib 
tashlash uchun ishlatiladi (№33, 13 va 22). 
Tish  omburlari  zanglamaydigan  po‘latdan  yasaladi.  Dastasining  ichki 
tomonida  omburning  nomeri  yozib  qo‘yilgan  tamg‘a  bo‘lishi  kerak. 
Tumshuqsimon  omburlar  –  15  sm,  nayzasimon  omburlar  –  18  sm  va  qolgan 
omburlar  –  16-17  sm  uzunlikda  bo‘ladi.  Bolalar  tishini  oladigan  omburlarning 
uzunligi – 14-15 sm dir. 
Katta kishilar  tishini  oladigan omburlarning  sifatini  tekshirib  ko‘rish  uchun 
omburlar  jag‘i  orasiga  diametri  6-8  mm  bo‘lgan  mis  simni  30  kg  kuch  bilan, 
bolalar  tishini  oladigan  omburlar  sifatini  aniqlash  uchun  esa  diametri  4-6  mm 
bo‘lgan  mis  simni  qisqich  qulfidan  60  mm  masofaga  qo‘yib,  15  kg  kuch  bilan 
qisiladi. Bunday sinov natijasida omburlarda deformatsiya bo‘lmasligi, shuningdek 
jag‘larining cheti uchib ketmasligi va qayrilib ketmasligi kerak. 
Tish  elevatori  omburlar  bilan  ushlash  qiyin  bo‘lgan  ildiz  va  tishlarni  olib 
tashlash  uchun  ishlatiladi.  Tish  elevatorining  ichi  kavak,  dastasi  va  novsimon 
ishchi  qismi  bor.  Tish  elevatorlari  shakliga  qarab:  a)  to‘g‘ri,  b)  chap  va  v)  o‘ng 
elevatorlarga bo‘linadi. 
Yordamchi asboblar 
a)  Tish  Ko‟zgusi.  Og‘iz  bo‘shliqini  va  tishlarni  tekshirib  ko‘rish  uchun 
ishlatiladi.  Bu  Ko‘zguning  sathi  botiq,  shu  sababli  u  tasvirni  kattalashtirib 
ko‘rsatadi.  Ko‘zgu  Yumaloq  bo‘lib,  kalta  sterjeni  bor,  sterjen  dastaga  burab 
kirgiziladigan narezka  bilan tugallanadi. Ko‘zguning  do‘ng  tomoni  kumush  bilan 
qoplangan  va  jez  (L62)  gardishga  o‘rnatilgan.  Bu  ko‘zgu  suvda  qaynatilganda  va 
quritilganda,  spirt  bilan  yuvilganda  doq  bo‘lmasligi  hamda  amalgamasi 
ko‘chmasligi kerak. 

251 
 
b)  Tish  zondlari.  Ishchi  qismining  shakliga  ko‘ra  nayzasimon  va  burchak 
ostida egilgan bo‘ladi, zondlarning uchi o‘tkir. Tish zondi U8A markali po‘latdan 
yasaladi va ustiga xrom qoplanadi. 
v)  Tishga  ishlatiladigan  egilgan  pintset.  Tish  kavagiga  paxta  tampon 
qo‘yish uchun ishlatiladi. Bu pintsetning uzunligi 15 sm bo‘lib, tabaqalarining uchi 
egilgan va juda ingichkadir (eni 0,6 mm gacha). 
 
Plombalash ashyo‟lari 
Vaqtincha plomba qo‘yish uchun sun'iy dentin ishlatiladi. 
Doimiy  plomba  uchun  sement  ishlatiladi,  uning  uch  xili  bor.  Sement 
poroshogi  solingan  har  bir  flakon  bilan  birga  suyuqlik  solingan  flakon  ham 
beriladi. Ikkala flakon ham karton qutichaga solingan bo‘ladi. 
Fosfat  –  sement.  Poroshoq  tarkibida  asosan  giltuproq  aralashgan  rux  oqsid 
bo‘ladi.  Suyuqlik  fosfat  kislotadan  iborat.  Poroshoqning  og‘irligi  50  g 
suyuqlikning og‘irligi 30 g. Fosfat –tsement 3 xil rangda chiqariladi. 
Silikat-sement.  Poroshoq  tarkibida  asosan  qumtuproq  bo‘ladi.  Silikat-
tsement  shishasimon  bo‘lgani  tufayli  oldingi  tishlarga  plomba  qo‘yish  uchun 
ishlatiladi. Silikat-tsement 6 xil rangda chiqariladi. 
Erkodont-sement.  Bu  poroshoq  fosfat  va  silikat-tsement  teng  miqdorda 
qo‘shilgan aralashmadan iborat. Erkodont-tsement 3 xil rangda chiqariladi. 
Amalgama. Jag‘ tishlarga (katta kavaklar bo‘lganda) doimiy plomba qo‘yish 
uchun  ishlatiladi.  Kumush  amalgama  –  sof  kumush,  qo‘rqoshin  va  mis 
qotishmasidan iborat bo‘lib, unga simob qo‘shib tuyilgan. Mis amalgama – mis va 
simob aralashmasi. Amalgamalar flakonlarda 50 g dan qilib chiqariladi. 
Tish  pastalari  tishlarni  davolash  uchun  qo‘llaniladi  va  bankada  50  g  dan 
chiqariladi.  Quyidagi:  trikrezolformalinli,  yodoformli,  kamfarafenolli  pastalar  va 
hoqazo. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

252 
 
STOMATOLOGIYA ASBOBLARI VA JIHOZLARI 
Stomatologiya jihozlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Terapevtik stomatologiya buyumlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                                   tekislagichlar 
                                                              tupferlar 
                                                                    ekskavatorlar 
 
 
 
 
 
 
Stomatologik krеslo 
 
Kattalar 
uchun 
 
Bolalar 
uchun 
 
Boshtutqichlar 
 
Bormashinalar 
 
Stomatologik 
 moslamalar 
 
Kombinir-
langan 
 
 
Elеktr 
yoritkichli 
 
Siqilgan 
xavo bilan 
ishlovchi 
Tish parmalari 
 
O‟yiqli 
 
fissur 
 
Finir 
va polir 
 
Ildiz kanaliga ishlov bеrish asboblari 
 
Pulpoekstrak- 
torlar 
 
Dril-
borlar 
 
Ildiz 
igna-
lar 
 
Kanal 
to‟ldir-
gichla
 
Plombalash va tish 
toshlarini olish 
asboblari 
 
Uchliklar 
 
To‟g‟ri 
 
Burchakli 
 
Aylanuvchan 
boshchali 
 

253 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Xirurgik stomatologiya asboblari 
 
    
omburlar 
 
  elеvatorlar 
 
    Yordamchi asboblar 
Tish 
zond
 
Tish 
ko‟zgu 
shpatеl 
 
Stomo-
tologiya 
shpritsi 
      Tish 
     pintsеt 
 
Ortopеdik stomatologiya va tish qoplama 
ishlari buyumlari 
Sun'iy  tishlar 
 
Tishlarga va tish 
qoplamlariga ishlov bеrish 
buyumlari 
plastmassa 
chinni 
Po'lat 
Pardoz bеrish 
uchun aylana 
 
Olmos gar-
dishli 
lappak 
G`diskG` 
 
Andozani 
pardozlash 
boshchalari 
 
Andozani par-
dozlash 
frеzalari 
 
Ajratish G`opеra-
tsionG` lappaklar 
 
Tish protеzi ishlari uchun 
                    moslamalar 
 
Shlеyf mashina 
 
 
Shpatеll
ar 
 
Nusxa olish 
qo‟shiqlari 
 
artikullyatorlar 
 
shtixеllar 
shabеralar 
qoplama olgich 
qaychi 

254 
 
Muammoli masalalar: 
1.  Qabul  qilingan  stomatologik  jihozni  tovarshunos  tahlili  o‘tkazilganda 
quyidagilar  aniqlandi:  stomatologik  kresloning  asosiy  qismlari  cho‘yandan 
qilingan,  o‘rindiq  va  suyanchiq  joyga  charm  qoplangan,  tirsak  qo‘yiladigan  joy 
plastmassadan yasalgan. Stomatologik jihozlarga quyidagi talablar etarli miqdorda. 
2. Tish parmalari kesuvchan hususiyatlarini cho‘yan plastinkasini bir necha 
marta parmalash bilan sinab ko‘rildi. Qanday hulosa berasiz? 
3.  Tish  kovagini  kengaytirish  va  kanalidan  ildiz  pulpasini  olib  tashlash 
uchun  qo‘llaniladigan  asboblarni  tovarshunoslik  tahlili  o‘tkazildi.  Ular  nomlarini 
va  sifat usullarini aniqlang. 
4.  Tish  omburlarning  sifatini  tekshirish  natijasida  deformatsiya  borligi  va 
qulfi bo‘shashib ketganligi aniqlandi. Qanday hulosa berasiz? 
5.  Tishga  plomba  qo‘yishda  ishlatiladigan  asboblar  yig‘masida:  bir 
tomonlama ishchi qismi ilmoq ko‘rinishda, kichkina iskanalar (to‘g‘ri va egilgan), 
tekislagichlar, tugmachali pichoq, hamda tupferlar bor edi. Bu asboblar yig‘masini 
tishga plomba qo‘yishda ishlatish mumkinmi.? Nega?  
 
AQLIY HUJUM UCHUN SAVOLLAR 
 
1. Stomatologiya jihozlari. Ularining qo‘llanishi, tasnifi, markirovkasi, 
qadoqlanishi. 
2. Tеrapеvtik stomatologiya buyumlari tasnifi,tovar turlari, ishlatilishi, 
ularga qo‘yiladigan talablar. 
3.  Jarrohlik  stomatologik  buyumlar  tasnifi,tovar  turlari,  ishlatilishi, 
ularni stеrillash usullari.  
4. 
Еrdamchi  asboblar:tovar  turlari,  ishlatilishi,  afzalliklari. 
Tovarshunoslik tahlilini o‘tkazish. 
5.  Ortopеdik  stomatologiya  va  tish  qoplama  ishlari  buyumlari:  tovar 
turlari,  ishlatilishi,  ularni  stеrillash  usullari.  Tovarshunoslik  tahlilini 
o‘tkazish. 
6. Sun'iy tishlar, ularning ishlatilishi, turlari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

255 
 
Guruh bilan ishlash qоidalari 
 
Guruhning har bir a‘zоsi: 
- o‘z sheriklarining fikrlarini хurmat qilishlari lоzim; 
- berilgan tоpshiriqlar bo‘yicha faоl, hamkоrlikda va mas‘uliyat bilan 
ishlashlari lоzim; 
- o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin; 
- yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lоzim; 
- guruhni bahоlash jarayonida ishtirоk etishlari lоzim; 
-  ―Biz  bir  kemadamiz,  birga  cho‘kamiz  yoki  birga  qutilamiz‖  qоidasini 
yaхshi bilishlari lоzim. 
 
Guruhlar uchun topshiriqlar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Vazifalar. 
1-vazifa.  ―Klaster‖  treningi  bo‘yicha  Stomatologik  asboblari  tasnifini”, 
“kesuvchi  asboblar”  va  “Stomatologik  jixozlari  tasnifini”  tushunchalarga 
mantiqiy  zanjir  tuzing  (10  daqiqa  ichida).  Klaster  treningidan  foydalanishda 
quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi*: 
 
 
 
I – guruh vazifasi 
1. 
Stomatologiya 
jihozlari. 
Ularining 
qo‘llanishi,  tasnifi,  markirovkasi, 
qadoqlanishi. 
2.  Tеrapеvtik  stomatologiya  buyumlari  tasnifi,  tovar  turlari,  ishlatilishi,  ularga 
qo‘yiladigan talablar. 
II  – guruh vazifasi 
1.  Yordamchi  asboblar:  tovar  turlari,  ishlatilishi,  afzalliklari.  Tovarshunoslik 
tahlilini o‘tkazish. 
2. Ortopеdik stomatologiya va tish qoplama ishlari uchun buyumlari: tovar turlari, 
ishlatilishi, ularni stеrillash usullari. Tovarshunoslik tahlilini o‘tkazish. 
III – guruh vazifasi 
1 Jarrohlik stomatologik buyumlar tasnifi, tovar turlari, ishlatilishi, ularni stеrillash 
usullari.   
2. Sun'iy tishlar. Ularning ishlatilishi,turlari. 

256 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-vazifa.  Ish  daftariga  bormashinani  tuzilishi  va  turlarini  sanab, uchliklarni 
nakonechnikrasmini chizib oling. 
 
3-vazifa.  Berilgan  parmaning  turini  va  nuqsonlarini  aniqlang.  Ishga 
yaroqliligi  to‘g‘risida  hulosa  chiharing.  To‘g‘ri  va  burchakli  uchliklar  uchun 
borlarni  turini  chizib,  asosiy  qismlarini  qanday  materialdan  tayyorlanganligini 
ko‘rsating. 
4-vazifa.  O‘qituvchi  bergan  namunani  turini  va  qo‘llanilishini  aniq-lang, 
nuqsonlarini  topib,  ishlatilishi  mumkinligi  qaqida  hulosa  chiharing.  Drilborlarni, 
tishlarni plombalaydigan asboblar, tish toshlarini olib tashlovchi asboblarni chizing 
va qanday materialdan tayyorlanganligini aniqlang. 
5-vazifa. Ish daftarida sizga ma'lum bo‘lgan plombalovchi materiallar turini 
sanabo‘ting  doimiy  va  vaqtinchalik.  Chiqariladigan  turlarini  tuzilishi  va 
nuqsonlarini ko‘rsating. 
6-vazifa.  Sizga  ma'lum  bo‘lgan  sun'iy  tishlar  turini  sanab  o‘ting.  Ularning 
to‘liqligini 
ko‘rsating.  Berilgan 
namuna 
turini, 
qanday 
materialdan 
tayyorlanganligini va sifatini aniqlang. 
Download 18.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling