Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi
Download 18.83 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning tasnifi
- 3-mavzu. Tovarlar tavsiflari, iste‟mol xossalari. Assortiment va uning ko ‗rsatkichlari.
- 4-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarining sifat nazorati va standartlashtirish.
- 5-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlari qayd etish jarayoni.
- 6-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarini qadoqlash. Tovarlar markirovkasi. Tovar va xizmat ko‟rsatish belgilari.
- 7-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarini saqlash.
- 8-mavzu. Materialshunoslik asoslari.
- 9-mavzu. Tibbiyotda zamonaviy texnologiyalarini qo„llanilishi.
- AMALIY MASHG„ULOTLARNING MAZMUNI 1-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi fani.
- 2-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlari, ularning tavsiflari, is„temol xossalari.
- 3-mavzu. Tovarshunoslik tahlilida qollaniladigan me„yoriy hujjatlar.
- 4-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarini qadoqlash .
- 5-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarini saqlash.
- 6-mavzu. Sanitariya–gigiena va bemorlar parvarishi uchun ishlatiladigan buyumlar.
- 7-mavzu. Bog„lov vositalari.
- 8-mavzu. Jarrohlik choklash ashyolari
- 9-mavzu. Umumiy jarrohlik kesuvchi asboblar.
- 10-mavzu. Jarrohlik qisqich asboblar.
- 11-mavzu. Jarrohlik kengaytiruvchi, suruvchi va yordamchi asboblari.
- 13-mavzu. Otorinoloringologik asboblar: quloq, tomoq va burun asboblari.
- 14-mavzu. Stomatologiya asboblari va jihozlari.
- 15-mavzu. Akusherlik, ginekologik va urologik asboblar. Oraliq nazorat.
- 16-mavzu. Ko„rishni tekshirish, tuzatish va ximoyalash asboblari.
- “Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni
Jami 1 14 1 07 1 7 1 6 5 1 4 8 4 6 4 3 Nazariy mashg„ulotlarning mazmuni 1-mavzu. Tovarshunoslikning nazariy asoslari. Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi fani maqsadi, vazifalari haqida. Tovarshunoslik asoslari, asosiy tushunchalar, ta‘riflari. Tibbiyot tovarlarning tasnifi va ularning ta‘rifi: tibbiy buyumlar, ashyolar, tibbiy texnika, tashhis vositalari. Dorixona va omborlarda tibbiyot va farmatsevtika tovarlarni qabul qilish, saqlash jarayonlarini tashkil qilish. Tovarshunoslik tahlil va uning turlari. Farmatset-tovarshunos egallaydigan amaliy va nazariy ko‘nikmalari. O‘zbekiston farmatsevtika bozorida tibbiy va farmatsevtika tovarlarning xolati. 2-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning tasnifi Farmatsevtik tovarlarning guruhlari (bog‗lov, tikuv, sanitariya va gigiena buyumlari, bemorlar parvarishida ishlatiladigan buyumlar , dezinfeksiya va deratizatsiya vositalari, mineral suvlar, zuluklar, parafarmatsevtik tovarlar, biofaol moddalar va dori vositalar) va ularning ta‘riflari. Tibbiyot tovarlarining tasnifi va ularning ta‘riflari ( tibbiyot buyumlar , ashyo, apparat , uskuna, jihoz, asbob). 3-mavzu. Tovarlar tavsiflari, iste‟mol xossalari. Assortiment va uning ko‗rsatkichlari. Tovarlar haqida ma‘lumot, ularning turkumlarga, sinflarga, turlarga, guruhlarga, kichik guruhlarga tasniflanishi va ularning ta‘riflari. Tovarlarning sifat, son, assortiment tavsiflari. Assortiment haqida tushuncha. Assortiment ko‘rsatkichlari: kengligi, to‘laligi, chuqurligi, yangilanish darajasi va ularni aniqlash. Tovarlarning iste‘mol xossalari: funktsionalligi, xavfsizligi, ishonchliligi, bezararligi, samaradorligi, o‘zaro almashinuvi. 4-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarining sifat nazorati va standartlashtirish. Tovarlarning sifati haqida tushuncha. Sifat ko‘rsatkichlari: miqdoriy, son, assortiment jihatdan. Standart haqida tushuncha. Tovarlarni standartlash. Standartlashda me‘yoriy hujjatlarning toifalari: davlat, milliy, tarmoq, korxona standartlari, farmakopeya maqolalari, VFM. Xalqaro standartlar: Xalqaro, Yevropa, Milliy Farmakopeyalar. Sifat nazorat qilish va GMP qoidalari. ISO 9000 oilasiga mansub Xalqaro standartlar. GMP va ISO o‘rtasidagi asosiy tafovutlar. Ekspluatatsiya (foydalanish) hujjatlari: yorliq, pasport, texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish yo‘riqnomasi. 12 5-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlari qayd etish jarayoni. Qayd etish jarayoni haqida tushuncha. «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‗g‗risida» va «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib- taomillari to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‗yxatdan o‗tkazish tartibi haqida. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‗yxatdan o‗tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va namunalar, ularning ekspertizasi. Sog‗liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh Boshqarmasida laboratoriya sinovlarini o‗tkazish, bayonnomalarini rasmiylashtirish. Sog‗liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi shifoxonalarda klinik sinovlarni o‗tkazish, rasmiylashtirilgan bayonnomalarni Prezidiumga taqdim etish. Ekspertlar kengashiga taqdim etilgan hujjatlarni ko‗rib chiqish va yakuniy xulosa (qayd etish uchun ruxsat berish yoki rad etish) hamda ro‗yxatdan o‗tkazilganlik guvohnomasini berish. 6-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarini qadoqlash. Tovarlar markirovkasi. Tovar va xizmat ko‟rsatish belgilari. Tibbiyot va farmatsevtika buyumlarini qadoqlash ishlari. Qadoqlashda ishlatiladigan xom ashyo turlari. Qadoqlar turlari va tasnifi. Qadoqlarga qo‘yiladigan talablar. Tara (idish), tasnifi, qo‘yiladigan talablar, tayyorlash ashyolari. Qadoqlash vositalari va ularning tasnifi. Farmatsevtika tovarlarini guruhlarga taqsimlash: tartibi, tuzilishi, xossalari bo‗yicha. Fizik-kimyoviy xossalarga muvofiq saqlash va saqlanishida qo‘yiladigan talablar. Tovarlarning markirovkasi, uning maqsadi, turlari, tuzilishi, ta‘rifi. Tovar va xizmat ko‘rsatish belgilari: tovar, savdo, milliy, nufuzli belgilar. Tovarlarning yaroqlilik muddati va seriyasi: tuzilishi, ta‘rifi. 7-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarini saqlash. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarini tarkibiga binoan saqlash qoidalari. Parafarmatsevtik tovarlar (bog‗lov vositalar, sanitariya buyumlari, choklash ashyolari)ni saqlash, tibbiy zuluklarni saqlash, mineral suvlarni saqlash. 8-mavzu. Materialshunoslik asoslari. Materiallar haqida tushuncha. Tibbiyot texnikasi va buyumlarni tayyorlashda ishlatiladigan materiallar va ularga qo‘yiladigan talablar. Materiallar, tasnifi, tibbiyotda ishlatilishi. Metallar va ularga shakl berish usullari. Po‘lat, cho‘yan, uglerodli po‘lat, zanglamaydigan po‘latlar. Rangli metallar: mis, alyuminiy, dyuralyuminiy va boshqa rangli metallar, ulardan tayyorlangan tibbiyot asbob-uskunalari. Metallar zanglashi va undan saqlovchi qoplamalar. Zanglashni hosil qiluvchi, uni tezlatuvchi omillar. Zanglashdan asrash, foydalanish muddatini uzaytirish. Zanglashni sekinlashtirish yo‘llari. (ingibitorlar). Biokorroziya va undan saqlash. Metall va nometall qoplamalar. Nikel va rux qoplamlari. Anorganik qoplamlar. Nometall qoplamlar. Bo‘yash va laklash. Sirlash. Rezina va lateks buyumlar, tasnifi, turlari. Tabiiy va sun‘iy kauchuk. Rezina buyumlarni tayyorlash usullari: qoliplash, quyish, siqib chiqarish, botirib olish. Rezina buyumlarining tasnifi, turlari. Sifatini baholash usullari, saqlanishiga qo‘yiladigan talablar. Plastmassa va boshqa nometal ashyolar. Termoplastikplastmassalar va ularning turlari: fenoplastlar, aminoplastlar. 13 Plastmassa tibbiyot buyumlarni afzalligi va salbiy xossasi va ularni saqlashga qo‘yiladigan talablar. 9-mavzu. Tibbiyotda zamonaviy texnologiyalarini qo„llanilishi. Tibbiyot amaliyotida sun‘iy materiallardan tayyorlangan buyumlarni ishlab chiqarish jarayoni. Sun‘iy yurak klapanlari, sun‘iy oyoq-qo‗l protezlari, ko‗z protezlari, implantantlar va ularni jarrohlikda qo‗llanilishi. AMALIY MASHG„ULOTLARNING MAZMUNI 1-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi fani. Tovarshunoslik tahlil turlari. Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi fani maqsadi, vazifalari haqida. Tovarshunoslik asoslari. Tibbiyot tovarlarning tasnifi va ularning ta‘rifi: tibbiy buyumlar, ashyolar, tibbiy texnika, tashhis vositalari. Dorixona va omborlarda tibbiyot va farmatsevtika tovarlarni qabul qilish, saqlash jarayonlarini tashkil qilish. Tovarshunoslik tahlil va uning turlari: assortiment, hujjatli, umumiy. Farmatset-tovarshunos egallaydigan amaliy va nazariy ko‘nikmalari. 2-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlari, ularning tavsiflari, is„temol xossalari. Tovarlar haqida ma‘lumot, ularning turkumlarga, sinflarga, turlarga, guruhlarga, kichik guruhlarga tasniflanishi va ularning ta‘riflari, farmatsevtik tovarlarning turlari (bog‗lov, tikuv, sanitariya va gigiena buyumlari, bemorlar parvarishida ishlatiladigan vositalar, dezinfeksiya va deratizatsiya vositalari, mineral suvlar , zuluklar, parafarmatsevtik tovarlar, biofaol moddalar va dori vositalar) va ularning ta‘riflari. Tovarlarining assortimenti, turlari, ko‘rsatkichlari. Tovarlarning sifat, son, assortiment tavsiflari. Assortiment haqida tushuncha. Assortiment ko‘rsatkichlari: kengligi, to‘laligi, chuqurligi, yangilanish darajasi va ularni aniqlash. Tovarlarning iste‘mol xossalari: funktsionalligi, xavfsizligi, ishonchliligi, bezararligi, samaradorligi, o‘zaro almashinuvi. 3-mavzu. Tovarshunoslik tahlilida qollaniladigan me„yoriy hujjatlar. Tovarlarning sifati haqida tushuncha. Sifat ko‘rsatkichlari: miqdoriy, son, assortiment jihatdan. Standart haqida tushuncha. Tovarlarni standartlash. Standartlashda me‘yoriy hujjatlarning toifalari: davlat, milliy, tarmoq, korxona standartlari, farmakopeya maqolalari, VFM. Xalqaro standartlar: Xalqaro, Evropa, Milliy Farmakopeyalar. Sifatni nazorat qilish va GMP qoidalari. ISO 9000 oilasiga mansub Xalqaro standartlar. GMP va ISO o‘rtasidagi asosiy tafovutlar. Ekspluatatsiya (foydalanish) hujjatlari: yorliq, texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish yo‘riqnomasi. 4-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarini qadoqlash . Tibbiyot va farmatsevtika tovarlani qadoqlash. Qadoqlashda ishlatiladigan xom ashyo turlari. Qadoq turlari va tasnifi: ishlatilishi bo‘yicha, vazifasi va tuzilishi bo‘yicha. Qadoqlarga qo‘yiladigan talablar. Tara, tasnifi, qo‘yiladigan talablar, tayyorlash ashyolari. Qadoqlash vositalari va ularning tasnifi, ta‘riflari. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarini markirovkasi. Tovarlarning markirovkasi: turlari, ko‗rinishlari, ta‘riflari, mohiyati. Tovar va xizmat ko‘rsatish belgilari: 14 milliy savdo, firma, ximoya, nufuzliligi. Tovarlarning yaroqlilik muddati va seriyasi. Dori vositalarni markirovkalash. 5-mavzu. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarini saqlash. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarini saqlash qoidalari. Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarini fizik-kimyoviy xossalarga muvofiq saqlash va saqlanishida qo‘yiladigan talablar. 6-mavzu. Sanitariya–gigiena va bemorlar parvarishi uchun ishlatiladigan buyumlar. Sanitariya-gigiena buyumlarining vazifasi va tasnifi: bajaradigan vazifasi, ishlatilishi, tasniflanishi. Rezina buyumlarni (chokli va choksiz) olish usullari: qoliplash, elimlash, shpritslash va boshq. Qoliplash usulida olingan buyumlar: isitkich, muz xaltalari, taglik doira, sprinsovka va boshq., ular sifatiga qo‗yiladigan talablar, qadoqlash. Choksiz buyumlar: tibbiy qo‗lqoplar (anatomik va jarrohlik), barmoq g‗iloflari, so‗rg‗ichlar, pipetka qalpoqchalari, ularni saqlash va saqlanishida qo‗yiladigan talablar. Bemorlar parvarishi uchun buyumlar, ularni tuzilishi, saqlanishi, rusumlash (markirovkalash) va yaroqlik muddati: rezina paypoqlar, ideal bintlar, to‗rsimon bintlar, qo‗ltiqtayoqlar, supinator va boshq. ularni saqlash va saqlanishida qo‗yiladigan talablar, sifatini baholash yo‗llari. 7-mavzu. Bog„lov vositalari. Bog‗lov vositalarining tasnifi, bajaradigan vazifasi, ishlatilishi, tuzilishi, miqdori bo‗yicha. Paxta va undan tayyorlanadigan bog‗lov vositalari, ularga qo‗yiladigan talablar. Doka, bintlar , turlari , talablar. Ularni qadoqlash . Bog‗lov vositalarining saqlash va saqlanishida qo‗yiladigan talablar. Tovarlarni rusumlash (markirovkalash) va yaroqlik muddati . 8-mavzu. Jarrohlik choklash ashyolari Tikish ashyolari. Tovar turlari, ishlatilishi, ularga qo‗yiladigan talablar. Shimilib ketadigan tikish ashyolari. Tovar turlari, ishlatilishi, ularni sterillash usullari. Shimilib ketmaydigan tikish ashyolari. Tovar turlari, ishlatilishi, afzalliklari. Yangi tikish ashyolari. Jarrohlik ignalari. Tovar turlari, ularga qo‗yiladigan talablar, sterillash usullari. Tovarshunoslik tahlilini o‗tkazish. Tikish apparatlari. Ularni ekspert baholash, markirovkalash, o‗rash, sterillash va saqlash. 9-mavzu. Umumiy jarrohlik kesuvchi asboblar. Umumiy jarrohlik asboblarning tasnifi. Kesuvchi asboblar. a) pichoqlar amputatsion, rezeksiya, miya, tog‗ay, bog‗lov materiallarini kesadigan, elektr o‗tkazgichli pichoq; b) skalpellar tig‗i olinadigan, tig‗i olinmaydigan; v) umumiy jarrohlik va yordamchi qaychilari; e) raspatorlar; j) tibbiy suyak qoshiqlari; z) suyak omburlari: i) tibbiyot arralari; k) tibbiyot iskanalari yassi va novsimon, ularni markirovkasi va saqlanishi. 10-mavzu. Jarrohlik qisqich asboblar. Qisqich asboblarning tovar turlari: a)qon to‗xtatuvchi qisqichlar: tishli, kertikli to‗g‗ri va egilgan ―Moskit‖ tipidagi elastik, chuqur bo‗shliqlar uchun, buyrak oyoqchasi uchun; b) qon tomirlari uchun klemmalar pinsetsimon va vintli; v) elastik me‘da va ichak qisqichlari iskanjlar: me‘daga ishlatiladigan tikish uchun 15 ip o‗tkazadigan teshikli iskanja, ichak iskanjasi; g) operatsiya choyshablarini tanaga mahkamlash uchun ishlatiladigan qisqichlar kremal‘yerali, pinsetsimon; d) ignatutqichlar jarrohlik ignalar uchun, chuqur bo‗shliqlar uchun, tomirlarni tikish uchun, atravmatik ignalar uchun; d) pinsetlar: xirurgik, anatomik, tishli- panjali, chuqur bo‗shliqlar uchun;e) kornsanglar ularni markirovkasi va saqlanishi. 11-mavzu. Jarrohlik kengaytiruvchi, suruvchi va yordamchi asboblari. Jarrohat kengaytiruvchi asboblar tasnifi: plastinkasimon, avtomatik ravishda ishlaydigan, pinsetsimon. Kengaytiruvchi asboblar: Faraber ilmoqlari. Folkman ilmoqlari, kremalerali, avtomatik, kremalerasizlari. Suruvchi asboblar va ko‗zgular, ularning tovarshunoslik tahlili.Yordamchi asboblarning tovarshunoslik tahlili. 12-mavzu. Maxsus tibbiy asboblari: neyrojarrohlik va oftalmologiya. Neyrojarrohlik asboblari: dastparma KV-2, freza va parmalar yig‗masi bilan, buralgan sim arra, omburlar, neyroxirurgik qaychilar, neyroxirurgik qon to‗xtatuvchi qisqichlar, neyroxirurgik jarohat kengaytiruvchilar, neyroxirurgik shpatellar, miya qorinchasini teshish uchun o‗tmas kanyulya, egiluvchan tizimchali lampa. Oftalmologiya asboblari: Kesuvchi (pichoqlar, skalpellar, qaychilar), pinsetlar, kengaytiruvchi, yordamchi, ularning sifatini tekshirish. 13-mavzu. Otorinoloringologik asboblar: quloq, tomoq va burun asboblari. Amaliyotda qo‗llaniladigan LOR asboblari va uskunalarining tovar xususiyatlari Tashhis qo‗yish asboblari: Simanovskiy peshona reflektori, pnevmatik quloq voronkalar to‗plami, quloq ko‗zgulari. Kesuvchi LOR asboblari. Tovarshunoslik tahlili. Traxeotomiyada ishlatiladigan asboblar. Quloq asboblarining to‗plami Yordamchi LOR asboblar 14-mavzu. Stomatologiya asboblari va jihozlari. Stomatologiya jihozlari. Ularning qo‗llanishi. Terapevtik stamotologiya buyumlari. Jarrohlik stomatologiya buyumlari. Yordamchi stomatologik asboblar. Ortopedik stamotologiya va tish qoplama ishlari uchun buyumlar. 15-mavzu. Akusherlik, ginekologik va urologik asboblar. Oraliq nazorat. Akusherlik asboblari. Ularining qo‗llanishi, tasnifi, markirovkasi, qadoqlanishi. Embriotomiya asboblari, tasnifi, tovar turlari, ishlatilishi, ularga qo‗yiladigan talablar. Ginekologik asboblar, tasnifi, tovar turlari, ishlatilishi, ularni sterillash usullari. Xomiladorlikni to‗xtatish uchun asboblar, tovar turlari, ishlatilishi. Tovarshunoslik tahlilini o‗tkazish. Urologik. asboblari. tovar turlari, ishlatilishi, ularni sterillash usullari Tovarshunoslik tahlilini o‗tkazish 16-mavzu. Ko„rishni tekshirish, tuzatish va ximoyalash asboblari. 16 Ko‗z o‗tkirligi va ko‗z refraksiyasini aniqlashda ishlatiladigan moslamalar va asboblar: jadvallar harfli va halqali, binokulyar lupa, linzalar to‗plami, oftalmoskoplar, perimetr. Ko‗z bosimini o‗lchash asboblari: oftalmodinamometr, tanometrlar. Ko‗zoynak gardishlari va ularga qo‗yiladigan talablar. Kontakt linzalar, ularning turlari va saqlash sharoitlari. Oftalmologiya asbob-uskunalariga qo‗yiladigan talablar. 17-mavzu. Seminar. Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi fani, tahlil turlari, tavsiflari, is‗temol xossalari, me‗yoriy hujjatlar, tibbiyot va farmatsevtika tovarlarini qadoqlash, saqlash haqida tushuncha. Sanitariya-gigiyena va bemorlar parvarishi uchun ishlatiladigan buyumlar, b og‗lov vositalari, jarrohlik choklash ashyolari, umumiy jarrohlik kesuvchi, qisqich, kengaytiruvchi, suruvchi va yordamchi asboblari. Maxsus tibbiy asboblari: neyrojarrohlik va oftalmologik, о torinoloringologik , stomatologiya, аkusherlik, ginekologik va urologik asboblar. Ko‗rishni tekshirish, tuzatish va ximoyalash asboblari. O„qitish shakllari ―Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi fanlarini o‗qitishda ilg‗or ta‘lim texnologiyalari‖ fanini o‗zlashtirish jarayonida pedagogik jarayonni jadallashtirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot vositalari, kompyuter, internet tizimidan foydalaniladi. Ma‘ruzalar ilg‗or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalangan xolda savol-javob tarzida, tinglovchilarni undaydigan, o‗ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‗yish, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish asosida olib boriladi. Amaliy mashg‗ulotlar ilg‗or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanib, talabalarni undaydigan, o‗ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‗yish, talabchanlik, talabalar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish, Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi fanlari muammolariga doir keyslar tuzish, ulardan amaliyotda qo‗llash bilan tizimli, faoliyatga yo‗naltirilgan va dialogik yondoshuv, hamkorlikda, keys-stadi va muammoli ta‘lim asosida olib boriladi. Shuningdek, amaliy mashg‗ulotlar o‗rganilayotgan muammo echimlari bo‗yicha taklif berish, eshitish, idrok qilish va mantiqiy xulosalar chiqarish maqsadida davra suhbatlari, muammolar echimi bo‗yicha dalillar va ma‘lumotlarni taqdim qilish, eshitish va muammolar echimini topish qobiliyatini rivojlantirish uchun bahs va munozaralar, blits-so‗rovlar yordamida amalga oshiriladi. “Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi” fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezoni ―Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi‖ fani bo‗yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma‘lumotlar fan bo‗yicha birinchi mashg‗ulotda talabalarga e‘lon qilinadi. Fan bo‗yicha talabalarning bilim saviyasi va o‗zlashtirish darajasining Davlat ta‘lim standartlariga muvofiqligini ta‘minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‗tkaziladi: 17 joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo‗yicha bilim va amaliy ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‗ulotlarda og‗zaki so‗rov, test o‗tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‗tkazilishi mumkin; oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‗quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o‗z ichiga olgan) bo‗limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda bir marta o‗tkaziladi va shakli (yozma) o‗quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi; yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo‗yicha nazariy bilim va amaliy ko‗nikmalarni talabalar tomonidan o‗zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan ―Yozma‖ shaklida o‗tkaziladi. ON o‗tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‗tkaziladi. Oliy ta‘lim muassasasi rahbarining buyrug‗i bilan ichki nazorat va monitoring bo‗limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o‗tkazish jarayoni muntazam ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YaN qayta o‗tkaziladi. Talabaning bilim saviyasi, ko‗nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. ―Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi‖ fani bo‗yicha talabalarning semestr davomidagi o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo‗yicha quyidagicha taqsimlanadi: YaN-30 ball, qolgan 70 ball esa JN-50 ball va ON-10 ball, TMI 10 ball qilib taqsimlanadi. Ball Baho Talabaning bilim darajasi 86-100 A‘lo Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‗llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‗lish. 71-85 Yaxshi Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda qo‗llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‗lim 55-70 Qoniqarli Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish Tasavvurga ega bo‗lim 0-54 Qoniqarsiz Aniq tasavvurga ega bo‗lmaslik. Bilmaslik. 18 Fan bo‗yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo‗lgan o‗zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi. Talabalarning o‗quv fani bo‗yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. Talabaning fan bo‗yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: bu erda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o‗quv yuklamasi (soatlarda); O„- fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi (ballarda). Fan bo‗yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‗plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Joriy JN va oraliq ON turlari bo‗yicha 55 ball va undan yuqori balni to‗plagan talaba fanni o‗zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‗yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‗l qo‗yiladi. Talabaning semestr davomida fan bo‗yicha to‗plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‗plagan ballari yig‗indisiga teng. ON va YaN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‗tkaziladi. YaN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‗tkaziladi. JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to‗plagan va uzrli sabablarga ko‗ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‗nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo‗lgan muddat beriladi. Talabaning semestrda JN va ON turlari bo‗yicha to‗plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‗lsa yoki semestr yakuniy joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‗yicha to‗plagan ballari yig‗indisi 55 balldan kam bo‗lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‗lsa, fan bo‗yicha nazorat turi natijalari e‘lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‗ra rektor buyrug‗i bilan 3 (uch) a‘zodan kam bo‗lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‗rib chiqib, shu kunning o‗zida xulosasini bildiradi. Baholashning o‗rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‗tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra muduri, o‗quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo‗limi tomonidan nazorat qilinadi. Download 18.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling