Toshkent farmatsevtika instituti farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasi tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi


Mavzu: Sanitariya-gigiena buyumlari


Download 18.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/34
Sana15.01.2018
Hajmi18.83 Kb.
#24584
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34

Mavzu: Sanitariya-gigiena buyumlari 
Topshiriqlar 
1.
 
Rezina buyumlar sifatiga baho bering. 
-
 
Rezina  buyumlar  namunalarini  tashqi  ko‗rinishini  tekshirib  uni 
butunligiga, yoriq joylari yo‗qliga ishonch xosil qiling. 
-
 
germetikligini tekshirib ko‗rish uchun uni suv bilan to‗ldiring, qopqog‗ini 
yoping va ustiga og‗irlik qo‗ying, suv sizib chiqmasligini  tekshining. 
-
 
havo  bilan  to‗ldiring  va  suvga  solib  bosib  ko‗ring,  havo  pufakchalari 
chiqmasligi kerak. 
 
Mavzu: Jarrohlik  choklash ashyolari  
Shoklash  ashyolari  jarrohlik  operatsiyalarida  turli  to‘qimalarni  (teri,  tomir, 
nerv,  va  boshqalarni)  tikish  va  qonni  to‘xtatish  maqsadida  ishlatiladi.  Jarrohlik 
operatsiyalari  kamdan–kam  holatlarda  chok  solmasdan  o‘tkaziladi.  Tikuv 
materiallari  sifatida  ipak,  ketgut,  qog‘oz  va  kapron  iplari,  metall  chegalar  va 
simlar,  ot  yoli,  bug‘i  paylaridan  tayyorlangan  iplar,  metalldan  yasalgan  maxsus 
mixlar, shurup va plastinkalar, suyak va boshqalar ishlatiladi. 
Jarrohlik  ignalari  yordamida  bir  qator  ip  bilan  tikishda  tikilayotgan 
to‘qimaga  qo‘sh  qavat  ip  tortiladi,  natijada  to‘qima  shikaslanadi.  Bunday 
shikaslanishlarga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lmagan hollarda (tomirlarga, nervlarga, 
ko‘zda, kosmetik, urogoliya va yurakda operatsiya qilishda) chok jarrohlik ignalar 
yordamida  solinadi.  Bunday  ignalarda  ipning  uchi  ignadan  chiqib  turmaydigan 
qilib  kiritib  (presslab)  qo‘yilgan  bo‘ladi  va  ignaning  diametri  amalda  ipning 
diametri  bilan  bir  xil  bo‘ladi.  Bu  ignalardan  bir  marta  foydalaniladi. 
Shikastlantirmaydigan  ignalar  uglerodli  yoki  zanglamas  po‘latdan  to‘g‘ri  yoki 
egilgan  bo‘lib  bir  tomoni  o‘tkirlangan  (teshuvchi,  kesuvchi  ignalarga  o‘xshab), 
ikkinchi  tomoniga  tikuv  materiali  (kapron,  lavsan  yoki  ketgut)ga  mahkam 
o‘rnatilgan.  Bitta  ipga  1  yoki  2  igna  (tikuv  materialini  har  ikki  tomoniga) 
o‘rnatilgan  holda  ishlab  chiqariladi.  Odatda  tomirlarni  tikishda  tikuv  materiallari 
yashil yoki ko‘kimtir rangga bo‘yalgan bo‘lishi mumkin. 
 
1.  Topshiriq:  Shikastlantirmaydigan  ignalar  sifat  ko„rsatkichlarini 
aniqlang. 
Topshiriqni bajarish bosqichlari: 
1-
 
Bosqich: berilgan namunani tashqi ko‗rinishini tekshiring.  
2-
 
Bosqich:  mahsus  doira  shaklidagi  yuzasiga  yupqa  magnit  lenta  
tortilgan  moslamani  igna  bilan  sanchib  ko‗ring  va  natijalarni  quyida  keltirilgan 
jadvalga kiriting. 
Namuna: 
Namuna 
raqami 
Yuzasining 
xolati 
Sanchuvchi 
qismi holati 
Ipni 
ignaga 
o‗rnatilishi 
Xulosa 

Yaltiroq, 
yoriqsiz,  tekis 
silliq 
O‗tkirlangan 
deformatsiyasiz 
Talablarga 
muvofiq 
Ishlatishga 
yaroqli 

286 
 
2.Topshiriq: Suyak tikishda ishlatiladigan ignalar  sifatiga baho bering. 
Topshiriqni bajarish bosqichlari: 
1-
 
Bosqich: berilgan namunani tashqi ko‗rinishini tekshiring.  
2-
 
Bosqich:  mahsus  doira  shaklidagi  yuzasiga  charm  yoki  zamsh 
tortilgan  moslamani  igna  bilan  sanchib  ko‗ring  va  natijalarni  quyida  keltirilgan 
jadvalga kiriting. 
Namuna 
raqami 
Yuzasining 
xolati 
Sanchuvchi 
qismi holati 
Ipni 
igna 
o‗rnatilishi 
Xulosa 
 
 
 
 
 
 
 
Topshiriqlar: Yumshoq to„qimalar uchun ishlatiladigan ignalar  sifatiga 
baho bering. 
 Topshiriqni bajarish bosqichlari: 
1-
 
Bosqich: berilgan namunani tashqi ko‗rinishini tekshiring.  
2-
 
Bosqich:  mahsus  doira  shaklidagi  yuzasiga  yupqa  charm  yoki  zamsh 
tortilgan  moslamani  igna  bilan  sanchib  ko‗ring  va natijalarni     quyida  keltirilgan 
jadvalga kiriting. 
Namuna 
raqami 
Yuzasining 
xolati 
Sanchuvchi 
qismi holati 
Ipni 
igna 
o‗rnatilishi 
Hulosa 
 
 
 
 
 
 
Mavzu: Kesuvchi asboblar  
Topshiriqlar 
1.
 
Pichoq va skalpellarni sifatini baholang. 
-
 
Tashqi ko‗rinishidan yuzasida korroziya dog‗larini aniqlang. 
-
 
Tig‗lari butunligini tekshiring. 
-
 
Funksional xossalarini tekshirib ko‗ring: (zamsh yoki qog‗oz karton  kesib 
ko‗ring, bunda tig‗lar o‗tkirligi pasayishi mumkin emas) 
2.
 
Qaychilar sifatini baholang. 
-
 
asbob  yuzasini  ko‗z  bilan  kechiring  va  korroziya  dog‗lari,  tirnalgan 
joylarni aniqlang; 
-
 
asbob qulfi yumshoq ishlashini tekshirib sinab ko‗rib; 
-
 
funksional xossasini 1-5 qavat dokani kesib ko‗rish bilan tekshiring. 
3. Iskana sifatiga baho bering. 
-  funksional  xossasini  tekshiring  (daraxt  novdasini  chopib  yoki  suyakdan 
tayyorlangan pona yuzasini 100 mm joyini qirib ko‗rish bilan). 
4. Suyak qisqichlari sifatini tekshirib ko„ring. 
- tashqi ko‗rinishidan yuzasi silliqligiga, qoplami butunligiga baho bering. 
- qulfi yumshoq yopilishini tekshiring. 
-  5-6  mm  qalinlikdagi  suyakdan  tayyorlangan  ponani    asbob  jag‗lari  bilan 
kisib  ko‗ring.  Bundan  asbob  kesish  qobiliyati  pasayishi,  jag‗lari  sinishi  mumkin 
emas. 

287 
 
Mavzu: Qisqichlar   
Topshiriqni bajarish boqichlari: 
1.
 
Qon to„xtatuvchi qisqichlar sifatini baholang . 
- asbob yuzasida qarroziya (dog‗lari, tirnalgan joylarini aniqlang) 
- ishchi qismi – jag‗larida – tishlari butunligini, pachoqlanmaganligini ko‗rib 
chiqing. 
2.  Qon  to„xtatuvchi  qisqichlar  kremalerasini  ishlashini  tekshirib 
ko„ring: 
- xar tishini maxkam yopilishini tekshiring. 
3.Qisqichlar jag‗lari maxkam yopilishini tekshirib ko‗ring: 
- jag‗lari  orasiga  papiros yupqa qog‗ozni qo‗yib qisib ko‗ring. 
 4. Choyshab qisqichlarini sifatini baholang. 
- tashqi ko‗rinishiga qarab yuzasida korroziya dog‗lari yo‗qligini tekshiring. 
- funksional xossasini tekshiring: 7-8 qavat dokani jag‗lar orasiga qo‗ying va 
qisib ko‗ring. Doka qisqich jag‗lari orasidan chiqib ketmasligi kerak. 
5. Kornsang sifatini baholang. 
-  asbob  jag‗larini  maxkam  yopilishini  4  qavat  doka  yoki  diametri  4-5  mm  
rezina naychani 3 marta qisib ko‗ring. Jag‗larida o‗zgarishlar bo‗lmasligi kerak. 
 
Mavzu: Jarrohlik kengaytiruvchi, suruvchi va yordamchi asboblar 
Jarohatlarni  kengaytirirish  uchun  ishlatiladigan  asboblar    jarohatni  ochib 
ko‘rish va opretsiya paytida  jarohat ichiga bemalol kira olishini ta'minlash uchun 
ishlatiladi.  Jarohatlarni  kengaytiradigan  asboblar  ichida  eng  oddiysi  ilmoqlar 
hisoblanadi. Jarrohlik ilmoqlari ikki turi bor: to‘rt turga bo‘linadi: to‘rt, ikki tishli, 
neyrojarrohlik  ilmoqlar,  yara  chetlari  olish  uchun  ikki  tomonli.  Ular  uncha  katta 
bo‘lmagan  bo‘shliqlardagi  yaralarni  kengaytirish  uchun  mo‘ljallangan.  Ikki 
o‘lchamda;  15 va 22 sm uzunlikda juft-juft qilib chiqariladi. Plastinka va ilmoqlar 
zanglamaydigan po‘lat listdan tayyorlanadi va yaxshilab jilolangan bo‘lishi kerak. 
To‘qimani  kesib  ketmasligi  uchun  plastikaning  chetlari  yumaloqlangan 
bo‘lishi  kerak.  Ko‘zgular  to‘rt  turga  bo‘linadi:  dastali  ikki  xil  ko‘zgu  kuraklar 
uchun  o‘yiqli,  yon  devorlarini  ko‘targich  qorin  uchun  mo‘ljallangan  ko‘zgu, 
chuqur elastik ko‘zgu (yurak uchun). Bu asbobning plastinka holidagi ishchi qismi 
dastasi bilan 120 burchak ostida birlashadi.Yoydek egilgan plastinkasimon ko‘zgu 
(Fyodorov ko‘zgusi) buyraklarni surish uchun xizmat qiladi. 
 
Topshiriqlar: 
1.
 
Tishli xamda tishsiz ilgaklar sifatiga baho bering. 
-
 
tishli  ilgaklarning  xar  bir  tishiga  1,5  –  2  kg  yuk  osib  ko‗rish  bilan  sifati 
tekshiriladi, bunda tishlarida xech qanday o‗zgarishlar bo‗lmasligi kerak. 
2.
 
Ko„zgular sifatiga baho bering. 
Bunning  uchun  ishchi  qismiga  10  kg  yuk  osib  ko‗ring,  sinovlar  natijasida 
ko‗zgu ishchi qismida o‗zgarishlar bo‗lmasligi kerak. 
3.
 
Tishli ilgaklarning tishlari o„tkirligini tekshiring. 

288 
 
Tishli  ilgaklarning  tishlari  o‗tkirligini  tekshirish  uchun  2-3  mm  karton 
qog‗ozni teshib ko‗ring. O‗tkir uchlarida o‗zgarishlar bo‗lmasligi kerak. 
4.
 
Raspatorlar sifatini baholang. 
-
 
ularni  kesuvchi  xossalarini  tekshirish  uchun  suyakdan  tayyorlanadigan 
pona  yuzasini  100  mm  joyini  qirib  ko‗ring.  Bunda  asbob  o‗tkirligi  pasayishi 
mumkin emas. 
 
Mavzu: Otorinolaringologik: quloq , tomoqvaburunasboblari 
Topshiriqlar: 
 
1.
 
Adenotom sifatini baholang. 
-
 
asbob  o‗tkirligini  funksional  xossasini  sinash  yo‗li  bilan  tekshiring: 
yumshoq  daraxt  po‗stlog‗ini  qirib  ko‗ring.  Asbob  ishchi  qismining  yuzasi 
deformatsiyasiz, silliq qolishi kerak. 
 
2.
 
Konxotom kesuvchi xossasini sinab ko„ring:  
-
 
selluloid plastinkasini yoki yupqa zamshani kesish yo‗li bilan tekshiring. 
3.
 
Quloq asboblari o„tkirligini sinab ko„ring. 
 
Mavzu: Stomatologik asbob va jihozlar 
Topshiriqlar: 
1.
 
Bor va frezalar sifatiga baho bering. 
-
 
Lupa  yordamida  bor  va  frezalarning  kesuvchi  qismlari  butunligini 
tekshiring. 
-
 
bor va frezalarning kesish qobiliyatini cho‗yan plastinkasini ko‗p marotaba 
(3-5 marta) parmalab ko‗ring. 
2.
 
Ildiz ignalari sifatini baholang: 
-
 
yumshoq  egiluvchanligini  90
0
  burchak  ostida  burab  ko‗ring,  igna 
sinmasligi kerak. 
3.
 
Tish omburlariga baho bering: 
-
 
mustaxkamligini  mahsus  moslama  yordamida  sinab  ko‗ring  (8  mm  mis 
simchasini 20 kg kuch bilan kisib ko‗rish zarur). 
4.
 
Ekskavatorlar mustaxkamligini sinab ko„ring: 
-
 
qotib  qolgan  dentin  yoki  suyak  yuzasini  qirib  ko‗ring.  Bunda  ishchi 
qismlari egilmasdan, kesuvchi qismi o‗tkirligi o‗zgarmasligi kerak. 
 
Mavzu: Akusher, ginekologik va urologic asboblar 
Topshiriqlar:  
1.
 
Akusherlik stetoskopni sifatini baholang. 
-
 
tashqi    ko‗rinishiga  e‘tibor  berib  yuzasida  g‗adir-budirlar  yo‗qligiga 
ishonch xosil qiling. Uning yuzasi silliq, loklangan bo‗lishi kerak, naychasi ikkala 
uchidagi kengaytirilgan joylarining chekkalari yumaloqlangan bo‗lishi kerak. 
2.
 
Toso„lchagich sifatini baholang. 
-
 
toso‗lchagich  shoxlari  deformatsiyaga  uchramaganligiga  ishonch  xosil 
qiling. 

289 
 
-
 
yuzasi silliq, nikel bilan qoplangan bo‗lishi kerak. 
-
 
ikkala shoxni birlashtiruvchi murvat yumshoq ishlashini tekshirib ko‗ring. 
3.
 
Akusherlik qisqich sifatini tekshiring: 
-
 
qisqich  yuzasi  silliq,  nikel  qoplamasi  bir  tekis  yurg‗izilgan,  chekkalari 
o‗tkir bo‗lmaganligini tekshirib ko‗ring. 
-
 
Akusherlik  qisqich  shoxlarining  ikkala  qismi  yumshoq  ishlashini 
tekshiring: uchun yog‗ochdan tayyorlangan. 50x50 mm ponani shoxlari bilan qisib 
ko‗rish zarur, qisqichda xech qanday o‗zgarishlar bo‗lmasligi kerak. 
4.
 
Nayzasimon perforator sifatini baholang. 
-
 
asbob qulfi yumshoq ishlashini  uni xaratkatga keltirib tekshiring. 
-
 
Nayzalarining  o‗tkirligini  qalin  karton  qog‗ozni  teshib  kesib  ko‗ring: 
kesim tekis, ravon bo‗lishi kerak. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

290 
 
7. MUSTAQIL TA‟LIM MAVZULARI 
 
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni 
Talabalarning 
mustaqil 
ishi 
o‗rganilayotgan 
mavzu 
Yuzasidan 
ma‘lumotlarni  axborot  texnologiyalarining  imkoniyatlaridan  keng  foydalangan 
xolda yig‗ish, olingan ma‘lumotlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish, tahlil qilish 
va  amaliyotda  qo‗llay  olishdan  iborat  bo‗lib,  uning  shakllari  turli  ko‗rinishda 
bo‗lishi mumkin. Mustaqil ishga mo‗ljallangan mavzular quyida keltiriritilgan. 
Mustaqil  ishni  bajarish  natijalari  baholanadi.  Uyga  vazifalarni  bajarish, 
qo‗shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‗rganish, kerakli 
ma‘lumotlarni  izlash  va  ularni  topish  yo‗llarini  aniqlash,  internet  tarmoqlaridan 
foydalanib ma‘lumotlar to‗plash va ilmiy izlanishlar olib borish, mustaqil ravishda 
ilmiy  manbalardan  foydalanib  ilmiy  maqola  va  ma‘ruzalar  tayyorlash  kabilar 
talabalarning mashg‗ulotlarda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil 
fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.  
 
Mustaqil ta‟lim mavzulari 
1. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tibbiy va 
farmatsevtik tovarlar assortimenti
2.  Tibbiyot  va  farmatsevtik  tovarlarning  zamonaviy  qadoq  turlari  va  ularga 
qo‘yiladigan talablar. 
3.  Bemorlar  parvarishida  ishlatiladigan  zamonaviy  rezina,  lateksdan 
tayyorlangan  buyumlar.  Tibbiy  amaliyotda  ishlatiladigan  yangi  zamonaviy  tabiiy 
va sintetik xom ashyodan tayyorlanadigan bog‘lov va choklash, tikish vositalari. 
4.  Umumiy  jarrohlikda  ishlatiladigan  zamonaviy  kesuvchi,  qisqich, 
kengaytiruvchi,  suruvchi  va  yordamchi  jarrohlik  asboblari  (neyrojarrohlik, 
oftalmologiya, lor, stomatologiya, akusher-ginekologiya, urologiya). 
5.  Tibbiyotda  zamonaviy  тиббий  техникани  qo‗llanilishi.  (jihozlari:
 
stomatologiya, oftalmologiya) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

291 
 
8. TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA TOVARSHUNOSLIGI 
FANIDAN TEST SAVOLLARI 
Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi fani. Tovarshunoslik tahlil 
turlari. 
1.  Tibbiyot  va  farmatsevtika  tovarshunosligining  asosiy  vazifasini 
aniqlang. 
a)
 
/  tibbiyot  tovarlar  iste‘mol  qiymatini,  iste‘mol  xususiyatini,  ularni 
tashish va saqlash jarayonida sifatini o‗zgarmasligini ta‘minlash; 
b)
 
tibbiyot tovarlarini aholiga sotishni ta‘minlash; 
c)
 
tibbiyot tovarlar sifatini nazorat qilish; 
d)
 
tibbiyot tovarlar xususiyatini o‗rganish. 
 
2. Tibbiyot va farmatsevtika tovarshunosligi fani – bu… 
a)
 
/ ilmiy fan; 
b)
 
o‘quv amaliyot; 
c)
 
axborot qismi; 
d)
 
fandagi yo‗nalish. 
3. Tibbiyot buyumlarini tayyorlashda qanday ashyolar ishlatiladi? 
a)
 
paxta,rezina; 
b)
 
metall, rezina, ipak; 
c)
 
/ rezina, metall, lateks, plastmassa; 
d)
 
paxta, alignin, ipak ipi. 
 
4.Tibbiyot asboblari- bu… 
a)
 
tibbiy muolajalarni bajarish uchun mo‗ljallangan uskunalar; 
b)
 
/  inson  a‘zolari  va  to‗qimalarida  muolaja  ishlarini  bajaradigan  texnik 
vositalar; 
c)
 
bemorlar holatini baholovchi qurilma
d)
 
muolaja bajarish uchun jihoz. 
 
5.Tovarshunoslik tahlil turlarini ko„rsating. 
a)
 
sifat tahlili; 
b)
 
assortiment tahlili; 
c)
 
/ sifat, son, assortiment, hujjatli, jamlangan tahlil; 
d)
 
to‗liq sifat va son jihatdan tahlil. 
6.Tibbiy ashyo–bu… 
a)
 
/ bir marta ishlatiladigan vosita; 
b)
 
ko‗p marta ishlatiladigan buyum; 
c)
 
sterillash mumkin bo‗lgan buyum; 
d)
 
sterillash mumkin bo‗lmagan buyum. 
7.Tibbiy apparat- bu... 
a)
 
muolaja bajaradigan texnik vosita
b)
 
bemorlaga qulaylik yaratadigan texnik qurilma; 
c)
 
bemorga  ta‘sir  etuvchi  va  holati  haqida  ma‘lumot  beruvchi  texnik 

292 
 
qurilma. 
d)
 
/texnik qurilma; 
8.Tibbiy jihoz –bu... 
a)
 
bemorga davolovchi ta‘sir ko‗rsatadigan texnik qurilma; 
b)
 
muolaja bajaradigan texnik vosita; 
c)
 
/ bemorlaga qulaylik yaratadigan texnik qurilma; 
d)
 
bemorga  ta‘sir  etuvchi  va  holati  haqida  ma‘lumot  beruvchi  texnik 
qurilma. 
9.O„zaro almashinuv – bu... 
a)
 
tovarlarni  ishlab  chiqarish,  qadoqlsh,  saqlash  va  sotib  olish 
jarayonidaga mansub tamoyil
b)
 
/bitta tovar, jarayon yoki xizmat o‗rniga boshqa tovar yoki xizmatning 
yaroqliligi, bir xil talablarni qondirish maqsadida foydalanish; 
c)
 
tovarlardan hamkorlikda foydalanish; 
d)
 
tovarni saqlash jarayonida atrof-muhitga bezararligi. 
10.Mutanosiblik-bu... 
a)
 
Tovarlarni  ishlab  chiqarish,  qadoqlsh,  saqlash  va  sotib  olish 
jaraenidaga mansub tamoyil; 
b)
 
Bitta tovar, jarayon yoki xizmat o‗rniga boshqa tovar yoki xizmatning 
yaroqliligi, bir xil talablarni qondirish maqsadida foydalanish; 
c)
 
/Tovarlardan hamkorlikda foydalanish; 
d)
 
Tovarni saqlash jarayonida atrof-muhitga bezararligi. 
 
Tibbiyot va farmatsevtika tovarlari, ularning tavsiflari, istemol 
xossalari. 
1..Iste‟mol tovarlari -bu...  
a)
 

Iste‘molcxilarning  yakka  tartibda  shaxsan  foydalanishiga 
mo‗ljallangan tovarlar turi;  
b)
 
Ko‗plab tovarlar guruhi; 
c)
 
Turli assortimentdagi tovarlar; 
d)
 
Tibbiyot tovarlari; 
2.Tovarning qanday tavsiflari mavjud? 
a)
 
sifat tavsifi; 
b)
 
miqdor tavsifi; 
c)
 
/assortiment,sifat, miqdoriy tavsiflar; 
d)
 
savdo tavsifi. 
3. Tovarlar assortimenti- bu... 
a)
 
tibbiyot tovarlari to‗plami; 
b)
 
farmatsevtik tovarlar to‗plami; 
c)
 
turli tovarlar yig‗indisi;  
d)
 
/muayan belgilar bo‗yicha shakllantiriladigan va turli xil, o‗xshash va 
yakka tartibdagi ehtiyojlarni qondiradigan tovarlar to'plami. 
4.Quyida  keltirilgan  tovarlar  ro„yxati  ichidan  oddiy  assortiment 
guruhini tanlab oling. 

293 
 
a)
 
bog‗lash vositalari, choklash ashyolari, dori vositalar, tibbiy jihozlar; 
b)
 
/tibbiyot qaychilari, skalpellar, jarrohlik arralari, Dalgren qisqichlari; 
c)
 
Jane shpritslari, narkoz apparatlari, qon quyish tizimlari; 
d)
 
Finalgon, Atenolol, Baralgin, Lyuer shpritslari; 
 
5.  Quyida  keltirilgan  tovarlar  ro„yxati  ichidan  guruhiy  assortiment 
turini tanlab oling. 
a)
 
/Jane shpritsi, bir marotabalik Lyuer shpritsi, ko‗p marotabalik Rekord 
shpritsi; 
b)
 
tibbiyot  qaychilari,  EKG-apparati,  jarrohlik  arralari,  jarrohlik 
qisqichlari; 
c)
 
1-kanalli  EKG  apparati,  ultra  tovush  apparati,  jarrohlik  kursi, 
stomatologik o‗rindiq; 
d)
 
EKG apparati, ultra tovush apparati, lazer apparati. 
 
6.  Quyida  keltirilgan  tovarlar  ro„yxati  ichidan  rusumli  assortiment 
turini tanlab oling. 
a)
 
Jane shpritsi, bir marotabalik Lyuer shpritsi, ko‗p marotabalik Rekord 
shpritsi; 
b)
 
Lister 
qaychilari, 
EKG-apparati, 
jarrohlik 
arralari, 
jarrohlik 
qisqichlari; 
c)
 
1-  kanalli  EKG  apparati,  2-  kanalli  EKG  apparati,  jarrohlik  kursi, 
stomatologik o‗rindiq; 
d)
 
/‖Digital ultra sonic diagnostic imaging system‖ DP-3300 ultra tovush 
tashxis apparati. 
7. Quyida keltirilgan tovarlar ro„yxati ichidan aralash assortimentidagi 
tovarlarni tanlab oling. 
a)
 
/bog‗lash vositalari, ketgut, Baralgin tabletkasi, tibbiy jihozlar; 
b)
 
tibbiyot qaychilari, skalpellar, jarrohlik arralari, Dalgren qisqichlari; 
c)
 
Jane shpritslari, narkoz apparatlari, qon quyish tizimlari; 
d)
 
Finalgon, Atenolol, Baralgin tabletkalari; 
8.Mahsulot –bu... 
a)
 
/haqiqiy  va  potensial  ehtiyojlarni  qondirishga  mo‗ljallangan  ishlab 
chiqarish faoliyati natijasi; 
b)
 
tijorat faoliyati obyektlari; 
c)
 
savdo talablarini qondiruvchi obyektlar; 
d)
 
iste‘molchilar talablarini qondiruvchi obyektlar. 
9.  Quyida  keltirilgan  tovarlar  ro„yxati  ichidan  tibbiy  uskunalarni 
tanlang. 
a)
 
Jane shpritsi, bir martalik Lyuer shpritsi, ko‗p martalik Rekord shpritsi; 
b)
 
Lister qaycxilari, EKG-apparati, jarrohlik arralari, jarrohlik qisqichlari; 
c)
 
1-kanalli  EKG  apparati,  2-  kanalli  EKG  apparati,  jarrohlik  kursi, 
stomatologik o‗rindiq; 
d)
 
/‖Digital ultra sonic diagnostic imaging system‖ DP-3300 ultra tovush 
tashxis apparati; 

294 
 
―Digital  ultra  sonic  diagnostic  imaging  system‖  DP-7700  ultra  tovush 
tashxis apparati 
―Digital ultra sonic diagnostic imaging system‖ DP-8800Pluss ultra tovush 
tashxis apparati. 
―Digital ultra sonic diagnostic imaging system‖ DP-9900 Pluss ultra tovush 
tashxis apparati. 
10. Tibbiyot texnikasi buyumlarining tasnifini Siz handay tushunasiz? 
a) tibbiyot asboblari, priborlari. 
b) / tibbiyot asboblari, priborlari, apparatlari va jihozlari. 
c)  tibbiyot  asboblari,  materiallari,  bemorlar  parvarishida  ishlatiladigan 
buyumlar. 
d) umumxirurgik, tikuvchi, kesuvchi, kengaytiruvchi asboblar. 
Download 18.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling