Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiya yo’nalishi 104-a guruh talabasi Fayzullayev Firdavsning falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 62.54 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi62.54 Kb.
#1306676
Bog'liq
Falsafa 2

Toshkent farmatsevtika instituti Farmatsiya yo’nalishi 108-A guruh talabasi Obloqulov Sodiqning Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Mavzu: G'arb mutafakkirlarining borliq haqidagi talimoti
Reja
1.Borliq Falsafasi
2.Farobiyning borliq haqida fikrlari
3.Borliq shakllari
Markaziy Osiyoning eng qadimiy kitobi «Avesto»da, borliq harakatdagi dunyo, butun jonli va jonsiz narsalarning uyg‘unligidagi mavjudlik, deb ifodalanadi.Keyinchalik falsafa tarixida borliqning ko‘p sonli har xil talqinlari shakllandi, lekin ularning barchasi borliq haqidagi hissiy va oqilona tasavvurlar atrofiga u yoki bu tarzda tiziladi
Bunda fikrlar va yondashuvlar rang-barangligi namoyon bo‘ladi. Xususan, o‘rta asrlar Evropa falsafasida, «haqiqiy borliq - «Xudoning borlig‘i» va «haqiqiy bo‘lmagan», ya’ni Xudo yaratgan borliq farqlanadi. Sharqning buyuk mutafakkiri Forobiy borliq muammosini hal qilishda, «vujudi vojib» va «vujudi mumkin»ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi
Uning fikricha, «vujudi vojib» barcha mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o‘zga turtkiga muhtoj emas. U mutlaq borliq va donishmandlik ifodasi. «Vujudi mumkin» esa doimo o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo‘lib, unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. «vujudi vojib» yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir.
Forobiy bu darajalarning har biriga ta’rif beradi. Keyin u, «uchinchi aql» - aqli faolni ta’riflaydi. Unga ko‘ra, aynan «aqli faol»ga ko‘ra, insonning tabiiy, ma’naviy va ruhiy hayoti shakllanadi.Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi «vujudi vojib», ya’ni Allohdir.Vujudi vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo‘rin. Chunki, birinchi sabab uning natijasi bo‘lgan xilma -xil jarayonlarning mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi.
Forobiy fikricha, «Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo‘lga kiritish mumkin. To‘liqsiz jamiyatlar insonni takomillashtirishga qobil emaslar». Forobiyning bu fikrlari Platon va Aristotelning jamiyatga oid qarashlaridan farq qiladi, chunki u jamiyatdagi o‘zgarishlarni inobatga olgan. Jamiyatni to‘liq va to‘liqsizga ajratar ekan, For obiy shahar to‘liq jamiyatning birinchi bosqichidir deb e’tirof etad
Borliq shakllari. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e’tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib tgan. Jonli narsalar dunyosida inson alohida o‘rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida,ideal obrazlar bilan ish ko‘rish, ya’ni mavhum fikrlash va o‘zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o‘rin oladigan o‘ziga xos piramida hosil bo‘ladi. Borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i kabilardir. So‘nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda.Borliqning bu umumiy shakllari o‘ziga xos xususiyatga, o‘zining betakror mohiyatiga egadir.
Birlamchi tabiat borlig‘i ikki darajani o‘z ichiga oladi. Birlamchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya’ni ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan, atrof -muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga oshiradiga n, lekin ongga ega bo‘lmagan barcha narsalar, ya’ni sayyoramiz hayvonot vao‘simliklar dunyosini o‘z ichiga olgan butun biosferadan iborat. Ikkilamchi daraja - bu inson va inson ongining borlig‘i bo‘lib, bu inson yaratgan yoki o‘zgartirgan tabiatdir. Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir.

ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Download 62.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling