Toshkent Farmatsevtika Instituti Sanoat farmatsiyasi fakulteti 101 B guruh talabasi Keldiyorov Elchinbek Mavzu:Kimyo-farmasevtika korxona va dorixona muassalari ichi infeksiyasini oldini olish chora tadbirlarni ishlab chiqish - Dorixona — dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda tayyor dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya va gigiyena ashyolari, maʼdanli suvlar, davolash-kosmetika mahsulotlarini saqlaydigan va sotadigan tibbiyot muassasasi. Dorixonada toʻsatdan kasal boʻlib qolgan yoki baxtsiz hodisaga uchragan kishilarga tez tibbiy yordam ham koʻrsatiladi.
Dorixona
- Dorixonaning binosining ichki pardozlash funktsional maqsadlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shu bilan birga, dorixona binolari ichki ishlar ichki qismi nafaqat katta gigienik, balki psixologik ahamiyatga ega ekanligini hisobga olish kerak.
- Infeksiya kasallik shaklida, shuningdek, bakteriya tashuvchilik shaklida namoyon boʻladi. Mikroblarning bir turi qoʻzgʻatgan kasallik oddiy infeksiya, ikki yoki bir necha turi qoʻzgʻatgan kasallik aralash infeksiya, yuqumli kasallik bilan ogʻrib oʻtgan kishiga takror Infeksiya yuqishi reinfeksiya, mikroblarning muayyan turi zarar yetkazgan organizmga takror Infeksiya yuqishi superinfeksiya deb ataladi. Baʼzi mikroblar organizmda inaktiv holatda boʻladi, ammo muayyan sharoitda patogen xossalarini namoyon qila oladi (autoinfeksiya), shuning natijasida kasallik roʻy beradi.
Infeksiya
Mikroorganizmlar odatda chang zarrachalariga, havoda muallaq turgan aerozol zarrachalariga birikadi. Dorixona xonalari va farmatsevtika ishlab chigarish korxonalari xonalarini ifloslanish manbalari ventilyasiya va atmosfera havosi, uskunalar yuzasi, yordamchi materiallar, kiyim-kechak va ishchi-xodimlarning o'zlaridir.
Infeksiyani oldini olish
- Dorixona xodimlari ishga kirishdan oldin dastlabki va ish jarayonida davriy tibbiy ko'riklardan o'tishlari kerak.
- Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena goidalariga rioya qilishi katta ahamiyatga ega, chunki sanitariya goidalarini buzilishi dorixona ichidagi infeksiyaning tarqalishi va dorilarni ifloslanishiga olib keladi.
- Dorixona xodimi ish vagtida doimo xalatda va bosh kiyimda bo’lishi kerak. Dorixona xodimlari hojatxonaga kirayotganlarida xalatni echishi, chiqqandan so'ng qo'Ilarni sovun, dezinfeksiyalovchi modda bilan yuvishi kerak.
Terining tozaligi shaxsiy gigiyenaning asosiy talablaridan hisoblanadi. Aseptik sharoitida dori tayyorlaydigan xodimlar shaxsiy gigiyena goidalariga rioya qilishlari lozim. Steril dorilarni tayyorlash shaxsiy gigiyena goidalariga rioya qilgan holatlarda tayyorlanilishi kerak.
E'tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |