Toshkent Farmatsevtika instituti Tekshirdi: Hasan Abdurahmonov
Download 59.13 Kb.
|
“Falsafa turmus-WPS Office
Toshkent Farmatsevtika institutiTekshirdi:Hasan AbdurahmonovBajardi:Zufarjon NurimovFarmatsevtik biotexnologiya 102 A “Falsafa turmush tarzı va dunyoni anglash usuli”Falsafaning fan sifatida shakllanishi uzoq tarixiy jarayon bo‘lganligi aytiladi. Fan sifatida uning o‘z tadqiqot soxasi, funksiyalari borligi ta’kidlanadi. Xar bir tarixiy davr muammolari falsafiy baxs soxasiga aylanishi tabiiy xol ekanligi dalillanadi. Olam va unda odamning o‘rni muammosi xamisha qizgin baxs-munozara ob’ekti bo‘lib kelgan. Bu muammoga ilmiy jixatdan yondashishning qaror topishida barcha mamlakatlar, jumladan, Uzbekiston faylasuflarining xam xizmatlari bor. Olamni, unda odamning o‘rnini falsafiy idrok etishdan avval «falsafa» va «falsafa fani» tushunchalari o‘rtasidagi umumiylik va ayrimlikning farqini anglab olish muximdir. «Falsafa» umumiy va keng tushuncha bo‘lib, olam, unda odam va uning uyushmalari (jamoalari, ijtimoiy harakatlari, partiyalari, davlatlari va x.k.)ning o‘rni, qisqasi inson omili qanday? degan savollarga xar bir tarixiy davrda, mintaqa va mamlakat xalqlari tafakkur va turmush tarzlaridan kelib chiqib, turlicha qarashlar mavjud bo‘lib kelgan va xozir xam shunday.Insonda tabiatan falsafiy fikrlashga moyillik kuchli. «Filosofiya» atamasi yunoncha ikkita so‘z birikmasidir. («filio» - sevaman, «sofio» - donolik) «falsafa» esa lotincha «filosofiya» so‘zining o‘zbekchalashgan shakli bo‘lib, u «donishmandlikni sevish» ma’nosini anglatadi. Nemis filosofi Gegelning fikricha, falsafa donishmandlikning o‘zidir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, ertaklar, rivoyatlar, dostonlar, qo‘shiqlardan tortib, barcha dinlarning muqaddas kitoblaridagi olam, unda odamning o‘rni qanday bo‘lishi kerak, degan savolga o‘ziga xos javoblar bor. SHuning uchun qadimgi greklar barcha fanlarni falsafa, ya’ni donolik, donishmandlik ifodasi xisoblaganlar. Natijada odatiy (kundalik) ongda tarixan «falsafa – fanlar fani», «falsafa – fanlar onasi» degan fikr keng tarqalgan. Eshitilishi jozibali va extiromli ko‘ringan bu iboralar ostida falsafani fan sifatida tan olmaslik maqsadlari yotadiki, bu bizning davrimiz uchun xatarli mayl (tendensiya)dir. O‘atto olimlarning ba’zilari ana shu aqidaga tayanib, falsafa faniga munosabat belgilaydilar. G‘arb mamlakatlarida esa endilikda falsafaga extiyoj qolmadi, chunki u parchalanib, barcha fanlarga, ayniqsa ijtimoiy va gumanitar fanlarga tarqab ketdi, degan nuqtai nazardan kelib chiqib munosabat belgilash mayli kuchlidir. Bunday qarashlarni XIX asrdagi pozitivizm asoschisi O.Kont ilgari surgan bo‘lib, u V.V.YAnevich, V.Vindelband tomonidan rivojlantirildi. «Falsafa – deydi Vindelband, - barcha mulkini farzandlariga ulashib, shundan so‘ng qashshoq odam sifatida ko‘chaga uloqtirib tashlangan qirol Lirga o‘xshab qoldi». Afsuski, bunday g‘ayriilmiy nuqtai nazarda turgan vatandoshlarimiz ham yo‘q emas. Bunday fikrlar xatoligini, gayriilmiy ekanligini g‘oyaviy-nazariy jixatdan isbotlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi. CHunki falsafa fan sifatida shakllanib, o‘z tadqiqot sohasi aniqlanganiga ancha vaqt bo‘ldi.Download 59.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling