Toshkent Farmatsevtika instituti Tekshirdi: Hasan Abdurahmonov
Download 59.13 Kb.
|
“Falsafa turmus-WPS Office
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafa fanining tadqiqot ob’ekti bilan uning predmeti o‘rtasida yaqinlik bor.
Olam va uning umumiy manzarasi, buni bilish mumkin yoki mumkin emasligi, shu jarayonda odamning o‘rni va olamni o‘zgartirishdagi rolini aniqlash, olamga go‘zallik qonunlariga asoslanib munosabat belgilashning turli usullariga amal qilish jarayonida muayyan dunyoqarash va tafakkur tarzi shakllanadi, shu dunyoqarashga va tafakkur tarziga muvofiq qadriyatli ong vujudga keladi. Bu dunyoqarash va qadriyatli ong odamning muayyan yo‘nalishdagi imon-e’tiqodida o‘z mujassamini topadi. Demak, falsafa fanining predmeti ana shu holatlarni qamrab olishi kerak, deb hisoblaymiz. SHuning uchun ham falsafa fani predmetining quyidagi ta’rifini beramiz va uni o‘z nuqtai nazarimizdan turib tavsiflaymiz. Olamni ilmiy bilish, unda odamning o‘rni va o‘zaro munosabatini aniqlash jarayonida keng qamrovli tafakkur tarziga asoslanib, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, inson ongi va qalbiga shunga muvofiq imon-e’tiqod ruhini singdirish ilmiy falsafaning predmetidir.Falsafa fanining tadqiqot ob’ekti bilan uning predmeti o‘rtasida yaqinlik bor.Biroq, predmet o‘sha ob’ektni o‘rganish uslub va usullarini ham o‘z ichiga oladi. YUqoridagi ta’rifda bu holat inobatga olingan. So‘ngra, unda bizga hozirgacha ma’lum bo‘lgan ta’riflardagi umumiy mazmun saqlangan holda boshqa falsafiy oqimlar, yo‘nalishlar va maktablar uchun xarakterli bo‘lgan jihatlar ham hisobga olingan. Ularning insoniyat ma’naviy takomilidagi o‘ynaydigan va o‘ynayotgan rollariga xolisona baho berishni ham o‘z doirasiga kiritadi. Bu ta’rif olamni bilishda falsafa fanining boshqa fanlardan farq qiladigan o‘z o‘rni, yo‘li, usuli, vositalari, mezoni, maromi, qadriyatlari, ideallari borligini ham nazarda tutadi. Olamning bir zarrasi va ayni chog‘da o‘zi bir sirli olam bo‘lgan odamning o‘zi yashayotgan tarixiy, geografik va ijtimoiy muhitda muayyan o‘rni va o‘ynaydigan roli borligi (yaratuvchi yoki buzuvchi kuch ekanligi) e’tirof etilib, buni bilish zarurati ayon bo‘ladi. Odamzot olamni bilishda pastdan yuqoriga, soddadan murakkablikka, chekli qarashdan keng qamrovli qarashga tomon borish jarayonida g‘or odamlariga xos olg‘irlik, bosqinchilik tafakkur tarzi va cheklangan (sohaviy) tafakkur tarzidan keng qamrovli (falsafiy) tafakkur tarziga tomon ketayotgani, bunda falsafaning alohida, betakror o‘rni borligiga e’tibor qaratiladi. Va bu hol inson tafakkur tarzini o‘zgartirib borishining ahamiyati haqida teran fikrlar bildirishni nazarda tutadi. Ta’rifning umumiy mazmunida muayyan dunyoqarash va tafakkur tarzining odam ma’naviy-ahloqiy qiyofasi timsolida gavdalanishini namoyon etadigan imon-e’tiqodga munosabat ham bor. CHunki falsafa fani bu masalani chetlab o‘tmasligi kerak, zero har bir dunyoqarashdagi mazmun, yo‘nalish odam ongi va qalbidan joy olib, imon-e’tiqodiga aylangandagina, ular qadr topa oladi va u harakatlantiruvchi kuchga aylanadi.Download 59.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling