Toshkent Farmatsevtika instituti Tekshirdi: Hasan Abdurahmonov
Download 59.13 Kb.
|
“Falsafa turmus-WPS Office
Xulosa: a) Falsafa barcha fanlar bilan bog‘liq xolda rivojlanadi va boshqa fanlar kabi uzoq tarixiy taraqqiyot natijasi sifatida mustaqil fanga aylangan; b) Falsafa fani tabiiyotshunoslik, jamiyatshunoslik, insonshunoslik, texnikashunoslik fanlari xulosalarini bir-biriga bog‘lab, insoniyatni ilmiy-falsafiy dunyoqarash egasi qiladi; falsafa fani insonshunoslik fanlari va san’atning rivojiga yo‘l ochadi; g) Falsafa donishmandlik yo‘llarini ravon qiladi, olam sirlarining ich-ichiga kirib borish imkoniyatini yaratish jarayonida mistika bilan bog‘lanadi;Dunyoqarash kishilarning olam xaqidagi ahloqiy, falsafiy, xuquqiy, estetik, ilmiy, diniy va xokazo qarashlari majmuidan iborat. Dunyoqarashda kishilarning muayyan tarixiy davrdagi olam xaqidagi umumlashgan, yaxlit bilimlari aks etadi. Dunyoqarashning asosini insonning olamga munosabati tashkil etadi. Inson butun umri davomida o‘zini o‘rab olgan dunyoning mohiyatini anglashga harakat qiladi. Dunyoqarashning sub’ekti inson (individ), ijtimoiy guruhlar, sinflar, partiyalar, jamiyat a’zolari hisoblanadi. Dunyoqarash kishilarning nafaqat olamga, balki o‘z-o‘zlariga munosabatini ham ifodalaydi. SHu ma’noda dunyoqarashni inson tomonidan olamni va o‘z-o‘zini anglash jarayoni, deb hisoblash o‘rinlidir. Dunyoqarash o‘ziga xos xususiyatlarga ega:- Dunyoqarash olam va odam haqidagi yaxlit, umumlashtirilgan bilimlardan iborat. Unda olam, voqelikdagi turli o‘zgarishlar, taraqqiyot haqidagi o‘y-fikrlar, orzu-umidlar, his-tuyg‘ular, kayfiyatlar, bilimlar aks etadi.- Dunyoqarash kishilarning amaliy faoliyatlari jarayonida vujudga keladi va rivojlanadi. Inson faoliyati esa xilma-xil: mehnat, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohadagi xatti-xarakatlar; shu ma’noda dunyoqarashni anglash va faoliyatning uyg‘unligi tarzida ifodalash mumkin.- Dunyoqarashda individ, ijtimoiy guruhlar, sinflar, millatlarning yashash sharoitlari, turmush tarzlari, ular hayotining tabiiy-ilmiy hamda ijtimoiy-ma’naviy omillari o‘z ifodasini topadi. Dunyoqarash kishilar ijtimoiy hayoti- ijtimoiy borliqning in’ikosidir. Dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi uzluksiz tarixiy jarayon bo‘lib, jamiyatdagi o‘zgarishlar, taraqqiyot unda o‘z ifodasini topadi. Turli ijtimoiy tuzumlarda dunyoqarashning o‘ziga xos mazmuni va shakllari vujudga keladi va taraqqiy etadi.Download 59.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling