Toshkent Farmatsevtika instituti Tekshirdi: Hasan Abdurahmonov


Download 59.13 Kb.
bet13/14
Sana28.12.2022
Hajmi59.13 Kb.
#1014570
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
“Falsafa turmus-WPS Office

Mifologik dunyoqarashda tabiat va jamiyatning, olam va odamning, bir butun borliqning umumiy birligi, ichki va tashqi aloqadorligi, inson ichki dunyosining manzarasi o‘zining dastlabki ifodasini topgan. Mifologik dunyoqarash bilan dastlabki sodda falsafiy qarashlar omuxtasi sifatida diniy dunyoqarash o‘z-o‘zidan shakllangan. Mifologiyada narsa va uning obrazi, moddiylik va ma’naviylik bir-biridan ajralmagan yaxlit holatda tavsiflansa, diniy dunyoqarash bularni bir-biridan ajratib tavsiflaydi. Diniy dunyoqarash tarixiy taraqqiyotning nisbatan keyingi bosqichlarida vujudga kelgan bo‘lib, u olamni, tabiiy va ijtimoiy xodisalarni ilohiy kuchlar ta’siri va mo‘‘jizasiga bog‘lab tushuntiradi. SHu bilan bir qatorda diniy dunyoqarash tabiat, olam borlig‘idan tashqari ilohiy borliqning mavjudligini tan oladi. Diniy dunyoqarashning xususiyatlari:

- Diniy dunyoqarashning mohiyatida Oliy ibtidoni barcha narsalar, butun olamning yaratuvchisi yoki birinchi sabab, deb tan olish yotadi.

- Diniy dunyoqarashning asosini diniy imon va e’tiqod tashkil etadi. Diniy imon Oliy ibtido (xudo, oliy ruh va h.k.)ga sig‘inishni, shuningdek, kishilar ongidagi diniy tasavvurlar, qarashlar, obrazlarni o‘z ichiga oladi.

Diniy dunyoqarash, xissiy-emotsional xususiyatga egadir.

- Diniy dunyoqarash diniy aqidalarda o‘z ifodasini topadi, har bir dinning o‘z aqidalari mavjud.

- Diniy dunyoqarash tarkibiga sig‘inish, toat-ibodat qilish, urf-odat, rasm-rusum, marosimlar sistemasi kiradi.

- Diniy dunyoqarash na faqat inson ongiga, shu bilan birga uning ruhiyatiga qaratilgan bo‘lib, u turli xikmatlar, afsonalar, falsafiy fikrlar orqali shakllantiriladi.

Diniy dunyoqarash haqida fikr yuritganda, uning mazmunida kishilarning ahloq-odob haqidagi ming yillar davomida to‘plagan bilimlari va tarixiy tajribalari aks etganligini, din uzoq davrlar mobaynida odamlarni tarbiyalashga yo‘naltirilganligi, u odamlarni bahamjihat yashashga undaganligini unutmaslik lozim. Din ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi ekanligini unutmagan va diniy qadriyatlarni hurmat qilgan holda, fuqorolarni, ayniqsa yosh avlodni zamonaviy, dunyoviy fanlar asosida dunyoqarashini shakllantirish zamon talabi ekanligini unutmaslik kerak. Mifologik va diniy dunyoqarashlarda falsafa unsurlari ham bo‘lib, dastlab eramizdan avvalgi to‘rtinchi, uchinchi ming yilliklarida qadimiy SHarq mamlakatlarida ilmiy fikrlar, u bilan bog‘liq ravishda olamni falsafiy anglash vujudga kela boshlagan.


Download 59.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling