Toshkent farmatsevtika instituti


zanglamas  poMatdan  tay-


Download 24 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/29
Sana15.01.2018
Hajmi24 Kb.
#24582
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29

zanglamas  poMatdan  tay-
170

—  kremalerali:  teriga operatsion  choyshabni biriktirish  uchun 
ishlatiladi  (3 7 -2   rasm),  qisqich  asbobning  qisqa  turi  boMib 
qayrilgan,  o ‘tkirlangan,  o ‘tkir  tishlar  shaklida jagMarga  ega,  ular 
yordamida mato ushlanadi va teriga qadaladi; tishlari ishchi  holatda 
zich  q o‘shilib,  biri  ikkinchisiga  2  m m   o ‘tishi  lozim;
—  plastinkasimon:  operatsion  choyshabni  teriga  biriktirish 
u ch u n   ( 3 7 - 3 ,4   rasm  m o M jallan gan ).  U z u n lig i  90  m m , 
m o‘ychinakka  o ‘xshaydi;  kiyimga va  teriga  yopishib turishi  qulay 
boMishi  uchun  biroz egilgan;  ishchi  qismining tishchalari  2  mmga 
yopiladi,  rusumi  30x13  b o‘lgan  poMatdan  tayyorlanadi;  qisqich 
yuzasi  pardoz-lanmagan.
P in se tla r-m o ‘ychinaklar
  organizm ning  turli  to ‘qimalari, 
materiallar  va  o ‘rtamiyona  asboblarni  ushlab  turish,  shuningdek 
adaptatsiya,  ya’ni chok qo‘yish paytida jarohat chetlarini tekislashga 
moMjallangan.  M o‘ychinak —  har qanday jarrohlik operatsiyasida 
zarur asbobdir:  2 prujinali po‘lat plastinadan  iborat:  plastinalaming 
bir  uchlari  tutashtirilgan  (payvandlangan  yoki  ulangan),  boshqa- 
lari  esa  (ishchi  jagMari  yoki  panjalari)  shamshirsimon,  ochiladi 
(38-rasm ).
M o ‘ychinaklar,  xuddi  boshqa  palastinkasim on  prujinali 
asboblar  kabi,  zanglamas  poMatlarning  30x13  rusumidan  tayyor­
lanadi.  Asbobning  egiluvchanlik  darajasi  m e’yorlangan  boMishi 
lozim ,  chunki  m o‘ychinakning  haddan  tashqari  qattiqligi jarroh 
qoMining  toliqishiga  olib  keladi,  haddan  tashqari  yengil  boMsa, 
jarroh  barmoqlari  asbobni  yom on  his  etadi.  Qattiqlikni  chegara- 
lashdan  tashqari  (q o‘shilish  kuchi  kamida  0.45— 1,0  kgs  boM- 
ganda),  asbob  jagMari  qiyshaymasligi  lozim:  voM  qo‘yiladigan 
qiyshayish  01—03  mm  dan  oshib  ketmasligi  kcrnk  M o‘ychinak- 
ning sathi  pardozlanmagan,  ishchi jagMarida  maycLi  kcrtiklar yoki 
tishchalar  mavjud.
Mo'ychinaklar  sifatini  tekshirishda  bitta jagMning  tishchalari 
(yoki  kertiklari)  asbob zich  yopilganda tiqilmasdan boshqa jag‘ning 
tegishli  o ‘yiqlariga  kirishiga  e ’tib or  berilad i.  S in o v   paytida 
m o‘ychinaklar  qoMda  siqish  yoMi  bilan  barmoqlar  ochilganda 
dastlabki  holatiga  qavtishi  lozim .  Sanoatda  barcha  jarrohlik 
m u ta x a ssislik la r i  u ch u n   tis h d o r   ja r r o h lik   (b itta   t is h li)
171

m o‘ychinakJar va bir  necha turli-o‘lchovlardagi  anatomik  (soyli) 
mo‘ychinaklar ishlab chiqariladi.  Umumiy jarrohlik amaliyotida va 
maxsus  jarrohlikda  ham  maxsus  mo'ychinaklar  ishlatiladi  (38- 
rasm):
38-rasm.  Mo‘ychinaklar(pinsetlar):
1—jarrohlik;  2—anatomik;  3—tishli-panjali.
—  umumiy  maqsadli  jarrohlik  m o‘ychinaklari  (38-1  rasm)
—  ishchi sathida tishchalari  mavjud;  yuqori  fiksatsion  qobiliyatga 
ega.  Zich to ‘qimalami  ushlab turishda qo'llaniladi  (asosan,  terini); 
ishlatilayotganda to'qimalarga albatta jarohat  yetkazadi, jami  4 ta 
o'lchovda  —  uzunligi  130,  150,  200 va 250  mm  qilib tayyorlanadi;
—  anatomik  (38-2  rasm)  — jagMarning  ishchi  sathida  yengil 
ko'ndalang  kertiklarga ega,  to'qimalarni boshqa  mo'ychinaklarga 
nisbatan  bo'shroq  ushlaydi,  lekin  ularga  mayin  ta’sir  etadi  (shu 
bois  “an atom ik ”  deyiladi)  jarrohlik  operatsiyalarida  yengil 
jarohatlanadigan  to'qim alar  (parenxim atoz  to'qim alar),  qon 
tomirlar,  nerv  tom irlari,  ichaklar  va  fiksatsiya  qilish  uchun 
qo'llaniladi; jami  6  o'lchovda —  uzunligi  100,  130,  150,  200,  250 
va  300  mm  qilib  tayyorlanadi;
—  tishli-panjali  (38-3  rasm)  —  birmuncha  zich  to'qimalar 
(paylar,  teri)ni,  shuningdek  ignalar,  ligaturalar  va  shu  kabilarni 
ushlashga  moMjallangan;  jagMarning  ish ch i  q ism id a  panja 
ko'rinishida taqasimon joylashgan tishchalar mavjud;  to'qimaning
172

qamrov  maydoni  va tishchalar soni  oldingi  pinsetga  nisbatan  ortiq, 
shuning  uchun  uning  fiksatsion  qobiliyati  yuqori;
— 
qulfli
  —  chuqur  b o‘shliqlar  uchun  —  asosan  k o‘krak 
jarrohligida, 
chuqur  b o‘shliqlardagi  to'qimalarni  qamrash  va 
ushlashga  moMjallangan;  muolaja  qismida  halqa  boMmagan  va 
prujinali qulfli  m o‘ychinakni eslatadigan qisqichlardir;  qisqichning 
uzunligi  235  mm ,  tor  tishdor  ishchi  jagMari  boMadi  (8  mm); 
zanglamas  30x13  rusumli  poMatdan  tayyorlanadi;
— 
metall qavslar qo ‘yish va olishga mo ‘Ijallangan
 — jagMarning 
ishchi  sathida  ichiga  Mishel turidagi  metall  qavslarni joylashtirish 
va  ularni  m o ‘ychinakning  ishchi  qism idagi  kesilgan  joyida 
boMadigan tilchalar yordamida qavslar yechiladigan, teriga qo‘yishda 
bosib chiqarish  uchun  xizmat  qiladigan  alohida o ‘yiqlar (kesiklar) 
mavjud;  jagMami  ochish  kuchi  0 ,8 —2,0  kgs.
Jarohat kengaytiruvchi  va  suruvchi  asboblar
Jarohatlarni kengaytirish asboblari  operatsiya vaqtida, birinchi 
kesishdan  keyin  qon  oqishini  t o ‘xtatish  va  jarohatni  ko‘zdan 
kechirish zarur boMganda,  uning chetlarini  kengaytirish  maqsadida 
ishlatiladi.  Jarrohlikda  turli  asboblar  ishlatiladi,  ular  yordamida 
jarohatning  chetlari  surilib  kengaytiriladi,  bu  bilan  zarur  ish 
sharoitlari ta’minlanadi. Jarohatlarni  kengaytirishda eng oddiy va 
ko‘p q o‘llaniladigan  asboblar,  bu  — jarrohlik  ilgaklaridir:
— 
tishli (Folkman bo'yicha)
 o ‘tkir va to ‘mtoq tishli chiqariladi 
(39-rasm):  tishlari 2,  3,  4,  6 talik boMib,  zanglamas  30x13  rusumli 
poMatdan tayyorlanadi;
— 
o ‘tk ir   ilg a kla r
  —  qalin  to'qim alarni  ushlash  uchun 
ishlatiladi, to‘mtoqlari esa mayinroq to'qimalarga qo'yiladi,  uchta, 
to'rtta tishli  o'tkir ilgaklar 2  oMchovda  ishlab chiqariladi:  katta  va 
o'rtacha,  4  ta  tishli  to'm toq  ilgaklar  3  oMchovda  tayyorlanadi: 
kichik, o'rtacha va katta. Asbob egilishida yetarlicha mustahkamlik 
qobiliyatiga ega boMishi lozim, chunki ba’zida jarohat to'qimalarini 
kengaytirishda  sarflanadigan  kuch  12— 15  kgsgayetadi,  ratsional 
shakldagi  dastaga  ega  boMib,  u  asbobni  qoMda  mahkam  ushlash 
(fiksatsiya qilish)  imkonini berish  kerak,  buning uchun  ko'rsatkich 
barmoq halqa orasidan o ‘tib uni butun operatsiya davomida ushlab
173

39-rasm.  Tishli  ilgaklar.
turishi  lozim.  Asbob  sathiga,  xuddi 
k o ‘zgu  yaltiragan i  kabi,  sayqal 
berilishi  lozim.
— 
plastinkasim on  —
  jarohat 
chetlarini  ochish  uchun,  yirik  qon 
tomirlami chetga surish va yumshoq 
to'qimalami ajratishga moMjallangan: 
ilg a k la r  2  t o m o n li,  bir  n ech a  
oMchovda  ishlab  chiqariladi:  eng 
uzuni  (215  mm)  —  plastinkasimon 
Faraber  b o 'y ic h a   (4 0 -ra sm )  — 
uchlari  30  va  50  mm  uzunlikda 
egilgan;  qalinligi  2  mm  zanglamas 
poMatning silliq, sayqallangan yaltiroq 
tunukasidan  tayyorlanadi.
A sbobning  egilu vch anligi  va 
mustah-kamligini ilgak dastasiga yuk ilib, sinovdan o ‘tkaziladi: kichik 
ilgaklar  uchun  har bir tishchaga  1,5  kg,  o ‘rta  va  katta  ilgaklarga  2 
kg  dan  yuk  osiladi.  Ayni  paytda  ilgak  tekis joyga  tayanadi.  Sinov 
natijasida tishchalar deformatsiya qoldiqlariga ega boMmasligi lozim.
Faraber  b o ‘yicha  j u f t   ilm oqlar
  ham  shunga  o ‘xshaydi, 
uzunligi  qisqaroq  (156  m m),  chiqqan  uchlari  22 va  32  m m ,  faqat
2  donadan  ishlab  chiqariladi.  Ular 
jarohatlarni  2 tomonga kengaytirish 
uchun  xizmat  qiladi.
Yuqorida  k o ‘rsatilgan  asbob- 
lardan  tashqari,  diafragmal  nerv 
u ch u n   p la s tin k a li  ilg a k la r   2 
tom onlam a,  uzunligi  150  mm  va 
biroz  qisqaroq  qilib  tayyorlanadi. 
Yanada kichik uzunlikdagi  (125  mm) 
va  eni  10  mm  ilgaklar  Dyupyuitren 
kontrakturalari paytida barmoq  uch- 
laridagi  operatsiyalarga  moMjallan­
gan  to'plamga  kiradi.  Ilgaklarning 
eg ilu v c h a n lig i  5  kg  yukni  o sib
40-rasm.  Faraber bo‘yicha 
plastinalar.
174

q o ‘yish  y o ‘li  bilan  sinovdan  o ‘tkaziladi.  Sinovlar  natijasida 
ilgaklarning uchlari deformatsiya qoldiqlariga ega bo‘lishi  mumkin 
emas.
K o ‘zgular
  b o ‘shliqdagi  jarohatlarni  va  tabiiy  naychalarni 
kengaytirishga  xizmat  qiladi.  Tibbiyotda  ginekologik,  rektal  va 
boshqa  kasalliklarda  ishlatilib  kelinadi.  K o‘zgularga  asosiy  talab
—  silliq,  yaltiragancha  sayqallangan  boMishi  kerak.  Ko‘zgular 
yorug‘likni  aks  ettiradigan  sathli  boMib,  operatsiya  qilinayotgan 
bo‘shliqni  q o‘shimcha  yoritish  imkoniyatini  yaratadi.
K o‘zgular  zanglam as  1 2 x l8 N 9   poMatdan  tayyorlanadi. 
Asbobning  chetlari  a ’zolarga  zarar  yetkazmasligi  uchun  to'm - 
toqlangan,  sathi  esa  silliq  sayqallangan  boMishi  kerak.  Mustah- 
kamligini  sinash  uchun  ustiga  10  kg  gacha  yuk  qo‘yish  yoMi 
bilan  amalga  oshiriladi,  ayni  paytda  k o‘zguning  ishchi  qismi 
egilm asligi  zarur.  Quyida  um um iy  jarrohlikda  ishlatiladigan 
ko‘zgular ta’riflanadi:
— 
Duayen  qorin  ko'zgusi
  ( 4 1-rasm)  qorin  b o ‘shligMdagi 
operatsiyalar  jarayonida  qorin  devorlari  chetlarini  surib  ochish 
uchun;  ishchi qismi egarsimon  shaklda  boMadi  va to ‘qimaga ancha 
ayab ta’sir o ‘tkazadi,  hatto kuchli tortilganda ham 
jarohatning chetlari  kengroq ochiladi;  dastasi tishli 
ilgaklar  turi  bo'yicha  yasalgan,  ishchi  qismining 
kengligi  60  va  100  mm;
— 
jigar k o ‘zgusi
 —  qorin  bo'shligMdagi  ope­
ratsiya  jarayonida  jigarni  surish  va  ushlash,  uni 
fiksatsiya yoki  himoyalash,  shuningdek operatsiya 
qilinayotgan  a ’zoga  yaqinlashishni  qulay  qilish 
uchun,  yassi  tor  (kengligi  36  m m ),  chetlar 
to ‘mtoqlangan,  kuraksimon  ishchi  qismga  ega, 
ishchi  qismi  dastasiga  120° burchakda mustahkam 
o ‘rnatilgan,  uzunligi  285,  eni  65  mm;  Duayen 
ko‘zgusiga  o ‘xshash,  lekin  biroz  uzunroq; jami  3 
ta  oMchovda  ishlab  chiqariladi:  ishchi  qismining 
uzunligi  70,  100  va  130  mm; 
41-rasm.
—  buyraklar  uchun  k o ‘zgu
  —  peshob  pufagi 
Duayen qorin 
jarohatini  kengaytirish,  shuningdek  buyraklarni 
ko‘zgusi.
175

surish  (kengligi  29  m m ,  ishchi  qismining  uzunligi  100  mm)  va 
ko‘tarish  (kengligi  12  mm,  ishchi  qismining  uzunligi  26  mm, 
radius  bo'yicha  qayrilgan)  uchun  moMjallangan;
— 
Fyodorov  bo'yicha  buyrak ko'zgusi  —
  buyrakni  va  buyrak 
oyoqchasini  operatsiya qilish paytida yumshoq to'qimalami chetga 
surish  uchun  ishlatiladi;  ishchi  qismi  dastasiga  nisbatan  120° 
burchak ostida joylashgan va yoysimon  egilgan,  shu tufayli chuqur 
joylashgan  a’zoni  surib  ochish  imkoni  yaratiladi  va  yumshoq 
to ‘qimalarga jarohat yetkazilmaydi,  rusumi  20x13 boMgan zangla­
mas  poMat  yoki  titanning  VT1-10  qotishmasidan  tayyorlanadi;
— 
o ‘pka n i  chetga  surish  uchun  k o ‘zgu
  —  qizilo'ngachda 
operatsiya  paytida  o'pkani  chetga surish  uchun  ishlatiladi;  o ‘pka 
surilib  ketmasligi  uchun  kuragida  tirqishlar  o ‘yib  yasalgan; jami  2 
oMchovda ishlab chiqariladi: tor (eni  125 mm) va keng (eni  150 mm);
— 
yurak uchun k o ‘zgu —
  ko‘krak b o‘shligMdagi operatsiyalar 
paytida  yurakni  surib  q o‘yish  uchun;  nozik-egiluvchan  qilib, 
zanglamas  30x13  poMatdan  tayyorlanadi.  Qattiqlik  uchun  ichki 
qismi  zanglamas  poMatdan  3  oMchovda  —  160x50,  112x40  va 
70x40  mm  tayyorlanadi;
— 
ik k i  tava q a li  k o ‘zgu:
  tabiiy  naylar  va  b o'sh liq larni 
kengaytirishga  moMjallangan  (to‘g ‘ri  ichak,  qin,  burun  uchun); 
umumiy jarrohlikda rektal ko‘zgu ishlatiladi,  uning tavaqalari gayka 
va murvat yordamida ochiladi, prujina yordamida esa yopiladi; ishchi 
jagMar  yaxshilab  sayqallangan  boMadi;  30x13  rusumli  poMatdan 
tayyorlanadi.
Jarohat  kengaytiruvchilar
  tegishli  operatsiyalarda  qorin  va 
ko‘krakbo‘shliqlaridagi jarohatlarni ochish  uchun qoMlaniladi.  Ular 
operatsiya  paytida  ushlab  turishni  talab  qilmaydigan  2  tom onli 
ko‘zgulardir.  Jarohatlarni  kengaytiruvchi  asboblaming  quyidagi 
turlari  ishlatiladi:
—  kremalerali  2  tavaqali  (42-a  rasm):  olib  qo'yiladigan  2  ta 
ko'zguga ega;  kremalera kengaytiruvchi harakatlaming avtomatligjni 
ta ’m inlaydi;  b a’zida  t o ‘qimalarga  tiralib  qolganda,  jarohat 
burchagini  chiqarib  qo‘yish  zarurati  tugMlganda  3  tavaqali,  lekin 
olib qo‘yiladigan qo'shimcha ko‘zgu turidagi jarohat  kengaytirgich 
ishlatiladi;
176

с
7
42-rasm.  Jarohat kengaytiruvchi va suruvchi asboblar.
—  kremalerasiz  2 va  3  tavaqali  (42-b  rasm) jarohat  chetlarini 
ochiq  holda  ushlab  turadi,  natijada  harakatchan  ustunlar  va 
harakatlanuvchi qism  ustiga bosimidan  hosil boMadigan  o ‘zini  o ‘zi 
to ‘xtatib  q o‘yish  barham  topadi;  ustun  t o ‘rt  burchakli  kesikka 
ega,  unga  olib q o ‘yiladigan  3 -k o ‘zgu  o ‘rnatiladi;
—  murvatli,  qovurg‘alar  uchun  (42-d   rasm)  jarohat  ochil- 
ganda  qovurg‘alarni  m inim al  rezeksiyasida  katta  harakatni 
rivojlantirish,  masalan,  ko‘krak  b o ‘shlig‘i  a ’zolarini  ochish  va 
ularga  yaqinlashish  imkonini  tug'diradi;  avtomatik  holda  o ‘zini 
o ‘zi  ushlovchi  vazifasini  bajaradi;  qabul  qilish  paytida  o ‘yiqli 
q o‘shiI-maning sozligiga e ’tibor qaratiladi;
—  romsimon  (42-e  rasm):  torokal  operatsiyalar  va  umurtqa 
pog‘onasi  hamda  buyrak  operatsiyalarida  keng  qoMlaniladi; jami 
7  turdagi  oMchovlarda  ishlab  chiqariladi;  xuddi  murvatli  kengay-
177

tiruvchilar kabi,  salmoqli,  o ‘pka va yurak operatsiyalarida qovur- 
g ‘alar orasini  oson ochadi; jag‘lari  romli yoki bir qadar tirqishlarga 
ega;  rusumi  30x13  b o ‘lgan  zanglamas  p o‘latdan  tayyorlanadi;
—  a ’zo  u shlagich   b ilan   ( 4 2 - f   rasm):  qorin  b o 'sh lig 'i 
operatsiyalarida qo'llaniladi,  o'lchovi  38x75  mm  ilgaklardan tash­
qari  almashtiriladigan  novsimon  ko'zgularga  ega:  kichik  va  katta 
(eni  60  m m ),  jigami  surishga  moMjallangan;
— bolalar uchun: bolalarning qorin bo'shlig'i  operatsiyalarida 
ishlatiladi; jarohat chetlarini  90  mm gacha  kengaytirish  imkonini 
beradi; o'matilgan holatda to'sqichli mexanizm bilan ushlab turiladi.
A ’zolar  va  to'q im alarn i  surib  chiqarish,  him oyalashga 
moMjallangan 
oddiy  suruvchi  asboblar:  ichki  a’zolarni  surish 
uchun plastinka  (42-B,  a  rasm) qorin jarohatini tikishda va boshqa 
qator  hollarda  qoMlaniladi,  Buyalskiy  kurakchasiga  nisbatan 
ustuvorlikka  ega,  ayniqsa,  katta a ’zolar (jigar,  oshqozon,  taloq va 
boshqalar)  ni surishda ahamiyati katta; yirik o'lchovlaiga ega;  qorin 
bo'shligMni  chetga  surishda  va  himoyalashda  ularning  sirg'alib 
ketishiga  mutlaqo  yo‘1  qo'ymaydi;  L-62 jezi  yoki  20x13  rusumli 
zanglamas  poMatdan tayyorlanadi;
B u y a lsk iy   k u ra k ch a si  ( 4 2 - B ,  b  rasm )  ic h k i  a ’z o la r 
(oshqozon,  qorin,  ichak  va  boshqalar)  ni,  qorin jarohatiga  chok 
o'tkazishda, chetga surib turishda qo'llaniladi, shuningdek osteomiya 
paytida yumshoq to'qimalarni  chetga surishda  ishlatiladi;  umumiy 
uzunligi  —  212  mm;  ravon,  silliq,  chetlari  to'm toq   boMgan 
kurakcha bo'rtiq sathli dastasiga tutashtirilgan.
Yuqorida tasvirlangan kurakchadan tashqari,  sanoatda cho'zin- 
choqroq  kurakcha  ham  ishlab  chiqariladi  (uzunligi  300  mm);
—  amputatsion  retraktor  (4 2 -D   rasm):  oyoq-qo'l  amputa- 
tsiyasi paytida arra zarar yetkazmasligi uchun yumshoq to'qimalarni 
surish  va  himoyalashga xizmat  qiladi,  4 tavaqali  boshqa tavaqaga 
nisbatan turli  holatlarda fiksatsiya qilish imkonini beradigan sharnir 
yordamida  tutashtirilgan  2  ta  yumshoq  tavaqadan  tarkib  topgan; 
tavaqlar markazida yarim doira shaklida teshigi bo'lib,  ular tavaqalar 
ishchi  holatida  qo'shilganda  suyakning  o'tishi  uchun  istalgan 
o'lchovlardagi  yopiq  tirqishni  hosil  qiladi;  zanglamas  metalldan 
tayyorlanadi.
178

Og'iz  kengaytiruvchi  asboblar
  o g ‘iz  bo‘shlig‘ini  majburan, 
masalan,  ingalatsion  narkoz  paytida  ochilishiga  xizmat  qiladi. 
Sanoatda  o g ‘iz  kengaytiruvchilar  va  tilni  ushlab  turuvchi 
asboblaming  2  turi  ishlab  chiqariladi:
— kremalerali og‘iz kengaytiruvchi  qayrilma jag‘larga ega bo‘lib, 
ular tufayli  uni  og‘izga  kiritish  ancha  qulaylik  tug‘diradi;  turlicha 
egilgan  boMib  4  ta  turi  ishlab  chiqariladi,  uzunligi  125— 190  mm;
—  buramali  (vintli)  —  ancha  oddiy  tuzilmaga  ega,  o g ‘izni 
ravon  asta-sekin  ochilishini  ta ’minlaydi;
—  tilni  ushlovchi  Mate  turi  tilni  chiqarib  olish  va  ushlab 
turishga  xizmat  qiladi;  romsimon  jag'larga  ega  qisqich  asboblar 
turi  bo'yicha  tuzilgan,  ishchi  sathida  ko'ndalang  soycha  mavjud; 
kremaleraning  birinchi  tishiga  yopishda  jag‘ning  ancha  qalinligi 
sababli  tilga jarohat  yetkazilishiga  y o ‘l  q o ‘ymaydi.  Tishni  ushlab 
turuvchi  asboblar bolalar  uchun  ishlab  chiqariladi,  rusumi  30x13 
poMatdan  tayyorlanadi.
Q abul  q ilin a y o tg a n d a   ja g 'la r d a g i  tish c h a la r   u ch la ri 
to ‘mtoqligiga  e ’tibor beriladi.  Egiluvchanlik bo'yicha sinov  kesigi 
10x10  mm  naychani  jagMar  orasida  qisish  yo'li  bilan  amalga 
oshiriladi;  ayni  paytda asbobni  yopilishida kremaleraning birinchi 
tishiga  sarflanadigan  kuch  1—2,5  kgs  dan  ortmasligi  lozim.
Kurakcha  (shpatel)lar
  og'iz  bo'shlig'i  ko'zdan  kechirilayot- 
ganda  tilni  chetga  surish  yoki  bosib  turish  uchun  qoMlaniladi. 
Ular  teshikli  yoki  teshikchalarsiz  silliq  plastinkalardan  iborat. 
Mustahkam  zanglamas poMatdan tayyorlanadi.  Kurakchalar atigi
2  mm  qalinlikda  bo'ladi,  shunga  qaramay,  egiluvchan  bo'lishi  va 
ishlatilganda  bukilib  q olm asligi  lo z im .  Kurakchalar  puxt  i 
sayqallangan  boMadi.  Qirilgan  joylari  boMmasligi  kerak,  chetlari 
to'mtoqlangan boMishi  lozim.  To'qimalarni  chetga surishga xizmat 
qiluvchi  m uhofazali  va  dori-darm on 
— 
m alham dorilarni 
qadoqlash  uchun  ishlab  chiqariladi.
Zondlar
Mazkur guruhga  mansub  asboblar,  asosan,  tashxis  va  nazorat 
uchun  xizmat  qiladi.  Ularning yordamida jarohat  yo'li,  bo'shliqlar
179

va  yoMlami,  u  yerda  begona  qattiq 
jismlaming  mavjudligini,  shuning­
dek  teshik  yoMlar,  bo‘shliqlar  va 
b o sh q alarn i  an iq lash   m um kin.
B
ro 
Z o n d la r   k o 'p in c h a   za n g la m a s 


Ш
 
1 2xl8N 9T   rusumli  poMatdan  yoki
q op lam ali  jezd an   tayyorlanadi. 
S an oatd a  zo n d larn in g   quyidagi 
turlari  ishlab  chiqariladi:
—  novsim on,  uzunligi  170  mm
— jarrohlik  zondi  (43-a  rasm);
—  215  mm  —  proktologik  (43- 
b  rasm),  uchi  tugmasimon  doirali; 
asbob  nov shaklida  boMib  uchi  qat­
tiq,  bu esa  unda yumshoq  to'qim a- 
lami kesib tashlash imkonini beradi; 
nov tubi pichoq yoki qaychi tigMning 
gardishi  silliq  yurishi  uchun  tekis 
sathga  ega boMishi  kerak;
— tugmasimon  2 tom onli  (43-d  rasm)  aylana kesikli  (diametri
2,  uzunligi  160  mm ),  biroz  qalinlashgan  va  doiralashgan  chetlar 
(tugunchalar) ga ega naydir;  120° burchakda bukilish va sinmasdan 
yana to ‘g ‘rilanishi  lozim;
jarrohlik zondi,  quloqchali  oldingisiga qaraganda bir uchida 
tugmacha o ‘miga quloqchasi  mavjud,  u tufayli jarohatga ligaturalar, 
tamponlar  va  drenajlar  qo‘yish  imkoniyati  tugMladi;
Download 24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling