Toshkent gumanitar fanlar universiteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi Rajapova Sanobarning Falsafa fanidan “Din madaniyat fenomeni” mavzusi bo’yicha tayyorlagan mustaqil ishi


Download 0.63 Mb.
bet2/3
Sana20.09.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1682862
1   2   3
Bog'liq
Falsafa Rajapova Sanobar

XIX asr boshlaridan to XX asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan bir yarim asr islom tadrijiy rivojlanishida muhim burilish bosqichi bo‘ldi. Sharq mamlakatlarida ro‘y bergan ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalardagi o‘zgarishlar, yangi sinfning – milliy burjuaziyaning shakllanishi, milliy-ozodlik harakatining avj olishi – bularning hammasi qo‘shilib, islomning jamiyatdagi tutgan o‘rniga qarashlarda ham, ijtimoiy hayotning yangi voqeliklarini islomning o‘zi tomonidan asoslashda ham o‘zgarishlarga olib kelmasligi mumkin emasdi. Islom diniga e’tiqod qiluvchlarning ayrimlari globallashuvni butunlay g'arblashtirish deb biladi. G'arblashtirishga qarshi turib, islom o'zining diniy an'analari va madaniy asoslariga tayangan globallashuvning o'ziga xos modelini izlashni taklif etadi. Islom ochiqlik, erkin kengayish imkoniyati, o'zgaruvchan sharoitlarga yuqori darajada moslashish, shuningdek, qat'iy markazchilik, ierarxiyalar va qarorlarni qabul qilishning murakkab mexanizmlari yo'qligi bilan ajralib turadigan konfessial tarmoq sifatida globallashuv davrida juda yaxshi rivojlanish istiqbollariga ega.

Globallashuv - g'arbning yangi mustamlakachilik siyosati, uning asl mohiyati to'g'risida tasavvur bermaydigan mafkuraviy mahsulot

  • Musulmon mualliflarining globallashuv fenomeniga munosabati
  • Globallashuv - g'arbning yangi mustamlakachilik siyosati, uning asl mohiyati to'g'risida tasavvur bermaydigan mafkuraviy mahsulot
  • Boshqalar esa, globallashuv bu ob'ektiv hodisa, deb hisoblashadi.
  • Ayrim musulmon mualliflari globallashuvning muqobil modeli sifatida islomiy qadriyatlarga asoslangan dunyo tartibini o'rnatishni taklif qilmoqdalar, chunki islom dunyosi umumbashariy qadriyatlar darajasiga ko'tarilgan g'arb liberal standartlarini qabul qilmaydi
  • Islom globallashuv jarayonida, ayniqsa, iqtisodiyot, siyosat, xavfsizlik, ekologiya, madaniyat sohalarida ishtirok etadi. Islomning globallashuv bilan to'qnashuvi muqarrar, chunki u insonga o’z qadriyatlarini yuklaydi va uni jamoadan bajarishni talab qiladi.
  • Agar globallashuv nazariyasi va amaliyoti axloqiy munosabatlarga zid kelmasa islom globallashuvga qarshi turishi shart emas.
  • Bugungi kunda globallashuv jarayonlari ta'siri ostida islom sivilizatsiyasi makonidagi xalqlarning madaniy, mafkuraviy va ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari mustahkamlanmoqda, musulmonlar o'rtasida transmilliy siyosiy o'zlikni anglash shakllanmoqda. Bundan tashqari, biron bir musulmon mamlakati yoki ummati dunyoda sodir bo'layotgan voqealardan chetda qololmaydi va bundan ham ko'proq unda dunyoning dolzarb muammolarini intensiv ravishda tushunish mavjud.
  • XXI asr boshlarida xalqaro xavfsizlikka va jahondagi barqarorlikka eng ko‘p tahdid soluvchi turli radikal (ekstremistik) va terrorchilik kuchlari tomonidan “islom fundamentalizmi” shiorlaridan foydalanish hozirgi sharoitda islomga siyosiy ruh berilishining eng keskin ko‘rinishlariga aylanmoqda.
  • Jangovar anti-g'arbiyizmning asosiy mafkuraviy manbalari sifatida islom fundamentalizmi va aqidaparastlikni aytib o’tish mumkin. G'arb ularga qarshi qanday kuch ishlatmasin ular kuchayab bormoqda.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling