Тошкент халқаро таълим университети «Илмий тадқиқотлар ва академикўникмалар»


Xalqaro konferensiyalar va jurnallar odatda asosiy qismi IMRAD qolipida


Download 73.15 Kb.
bet9/13
Sana18.01.2023
Hajmi73.15 Kb.
#1098224
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ilmiy maqola akademik yozvuning janri sifatidda

Xalqaro konferensiyalar va jurnallar odatda asosiy qismi IMRAD qolipida tayyorlangan maqolalarni qabul qiladi.Ya'ni:
I-ntroduction (Kirish)
M-ethodology (Uslubiyat)
R-esults (Natijalar)
A-nd
D-iscussion (Muhokama)
IMRAD formati juda oddiy...

Maqolaning boʻlimlari tabiiy savollarga javob berish kerak:


1) Birinchi savol: tadqiqot qaysi muammoga bagʻishlangan? (Kirish boʻlimi)
2) Ikkinchi savol: muammo qanday oʻrganildi? (Metodlar boʻlimi)
3) Uchinchi savol: Asosiy (ilmiy) topilmalar yoki kashfiyotlar qanday?
(Natijalar boʻlimi).
4) Toʻrtinchi savol: Natijalar nimani anglatadi? (Munozara boʻlimi)

Maqolaning sarlavha va annotatsiya qismi uning eng muhim tarkibiy tuzilishi hisoblanadi!
Maqolaning sarlavhasi – bu maqola mazmunini mukammal darajada tavsiflaydigan eng oz soʻzlar birikmasidir. Sarlavha – bu maqolaning oʻqilishi haqida aytishimiz mumkin boʻlgan yagona qism. Shubhasiz, sarlavhani eng koʻp kitobxonlar oʻqiydilar. Ehtimol, minglab odamlar maqolaning sarlavhasini koʻrishadi va faqatgina bir necha kishi maqolani toʻliq oʻqiydilar. Sarlavhaning vazifasi – maqolani toʻliq oʻqishga qiziqishni hosil etishdir. Maqolaga qiziqishi mavjud boʻlganlarning eʼtiborini jalb qilish uchun sarlavha maqola mazmuniga imkon qadar aniq va toʻliq mos kelishi kerak. Shuning uchun sarlavha uchun soʻzlarni juda ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak, ayniqsa ularning mazmuniga, ahamiyatiga va mosligiga eʼtibor berish kerak. Agar sarlavha maqola mazmunini toʻgʻri yetkazmasa, ushbu maqola mutaxassislar tomonidan hech qachon oʻqilmasligi mumkin. Maqola nomi juda uzun yoki juda qisqa boʻlmasligi kerak va 3-15 soʻzdan iborat boʻlishi kerak (artikl, old-qoʻshimchalar, predloglardan tashqari).
Baʼzida maqolalar sarlavhalari keraksiz soʻzlar (waste words) mavjudligi sababli juda uzun boʻladi, va u soʻzlar hech qanday maʼlumot bermaydigan soʻzlardir. Koʻpincha, bunday soʻzlar sarlavhaning boshida keladi.

Yaxshi maqola sarlavhasining asosiy xususiyatlari:


1) Kamida 3 ta va 15 tadan koʻp boʻlmagan soʻzlardan iborat.
2) Maqolaning oʻziga mos.
3) Keraksiz (waste words) soʻzlarini oʻz ichiga olmaydi.


Download 73.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling