Тошкент халқаро таълим университети «Илмий тадқиқотлар ва академикўникмалар»


Har bir soha doirasida ilmiy matn yaratishda e’tibor berish lozim


Download 73.15 Kb.
bet7/13
Sana18.01.2023
Hajmi73.15 Kb.
#1098224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Ilmiy maqola akademik yozvuning janri sifatidda

Har bir soha doirasida ilmiy matn yaratishda e’tibor berish lozim bo’lgan xususiyatlar:

  1. So’zlarning lug’aviy ma’nosini bilgan holda tanlash;

  2. So’z va terminlarning tushunarli bo’lishini hisobga olish;

  3. Baynalminal terminlarni adabiy tilning leksik me’yoriga muvofiq tarzda tanlash;

  4. So’z va terminlarni matnning mazmuni va uslubiy xususiyatidan kelib chiqib tanlash;

  5. Mavhum ma’noga ega bo’lgan otlardan(o’tish, yuksalish) tez-tez foydalanish;

  6. Turli xil qisqartmalardan faol foydalanish.

E’tibor berish lozim bo’lgan o’rinlardan tashqari ilmiy matnlar o’z belgilariga ham ega:


  1. Matnning morfologik xususiyatiga ko’ra fe’llar passiv, ot va sifatdosh faol pozitsiyani egallaydi.

  2. Ilmiy nutq uslubining ta’kidlangan mantig’i matn qismlari o’rtasidagi munosabatni ifodalovchi ko’p sonli kirish so’zlar va jumlalardan foydalanishni talab qiladi. Masalan, birinchidan, ikkinchidan, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, yuqorida aytilganidek, shunday qilib, xullas kabi.

  3. Tobe izohli qo’shma gaplar, sabab, maqsad, shart-sharoit, oqibatlar, yondoshuvlar keng tarqalgan.

  4. Ilmiy uslubga xos matnlarda bir ma’noli leksemalarning ustunlikka egaligi. Buning bosh sababi atamalar bilan to’yinganligidir.

  5. Ilmiy ma’lumot ta’kidlar uyg’unligida beriladi. Masalan, yana bir misol keltiramiz, endi matnning asosiy qismiga e’tibor qaratsak, keling savolni chuqurroq tahlil qilib ko‘raylik kabi.

Ilmiy matnlarda ko’chirmalardan foydalanish, manbaalarga havola qilish va sarlavha tanlashga ham jiddiy e’tibor beriladi. O’quv qo’llanmalari va darsliklarning turlari va vazifalari bir-biridan farq qiladi. Bu o’qish va o’qitishning turlari, xillari bilan bog’liq.Ilmiy uslubning yetakchi vazifasi fakt yoki hodisaning tavsifi bo’lishiga qaramay, qo’shimcha mantiqiy munosabatlarni o’rnatish qobilyati matnlarni turli jihatlarda tahlil qilishda doimo o’zini eslatib turadi. Ilmiy nutqning o’z manzili bor. Ya’ni ilmiy nutq uslubi va shu uslubdagi matnlar ilmiy va kasbiy, ilmiy va ta’lim sohasida, olimlar, muhandislik-texnik xodimlar, ma’lum bir sohadagi professional mutaxassislar orasida qo’llanadi. Ilmiy uslubdagi matnlarning adresatlari ilmiy axborotni idrok etishga tayyor shaxslardir. Ilmiy uslubga xos matnlarda fikr ko’plik shaklda ifoda etiladi. Masalan, “Bizning kuzatishlarimiz natijasiga ko‘ra;
…ushbu ma’lumotlarni chuquqr tahlil qildik” kabi.
Ilmiy uslub bir qator umumiy xususiyatlarga ega, umumiy sharoitlar fanlarning tabiati(tabiiy, aniq, gumanitar) va janr farqlari(monografiya, ilmiy
maqola, ma’ruz, darslik va boshqalardan) qat’iy nazar, o’zini namoyon qiladigan funksional va lingivistik xususiyatlar uslubning o’ziga xos xususisyatlari haqida gapirishga imkon beradi. Ilmiy uslubning oluvchilarini olimlar tashkil qiladi.3


Download 73.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling