Тошкент халқаро таълим университети «Илмий тадқиқотлар ва академикўникмалар»
Download 73.15 Kb.
|
Ilmiy maqola akademik yozvuning janri sifatidda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Publitsistika
Badiiy uslub – badiiy asarlarga xos bo’lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchli bo’ladi. Badiiy uslub inson hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Bu uslubda tilning barcha imkoniyatlaridan foydalaniladi. Hatto yozuvchi o’zi ham turli ifodaviy vositalar yarata olishi mumkin.
Publitsistika – lotincha so’z bo’lib, “xalq, omma” ma’nolarini anglatadi. Davrning eng dolzarb muammolarini omma e’tiboriga televideniya, gazeta-jurnal va radio orqali yetkazadi. Oliy majlis yig’inlari va turli xil anjumanlarda ushbu nutq uslubidan foydalaniladi. Ilmiy uslub – fan va texnika tili bo’lib, daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining ilmiy atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslubdir. Ilmiy uslubning ilk ildizlari Yunonistonga borib taqaladi. Ular oddiy odamlar tushunishi qiyin bo’lgan maxsus terminlardan foydalanishgan. Asl maxsus terminalogiya lotin tilida bo’lgan. Dunyo tilshunoslari terminlarni o’z tillariga o’girishga harakat qila boshlagan bo’lsalar ham, lotin tili ilmiy axborotlarni yetkazib berishning yagona xalqaro usuli hisoblanadi. Uyg’onish davrida ko’plab olimlar badiiy unsurlardan yiroqlashib matn yaratishga uringanlar. Ilmiy uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to’g’risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo’llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon qilish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi. Unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etiladi va majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng qo’llanadi. Undagi ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratiladi. Ilmiy uslubga doir matnlar turli sohalarga qarab, shuningdek, kimga mo’ljallanganligiga nisbatan o’zaro farqlanadi. Masalan, ilmiy manbalar ilmiy fanga oid ma’lumotlar berish bilan ma’lum fan mutaxassisigagina mo’ljallangan bo’ladi. Ko’pchilikka mo’ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko’rinishlaridir. Download 73.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling