IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ishni tayyorlashda .“ Falsafa” fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda talabaga quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
• Seminar mashg`ulotlarga tayyorgarlik;
• Darslik va o`quv qo`llanmalar bo`yicha fan boblari va mavzularini o`rganish;
• Tarqatma materiallardan foydalangan holda fanning ma’ruzalar qismini o`zlashtirish;
• Maxsus adabiyotlardan foydalangan holda dars o’tishning zamonaviy metodlari interfaol usullari ustida ishlash;
• Fanning talaba tomonidan o`quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarilishi bilan bog`liq bo`lgan bo`limlarini va mavzularini chuqur o`rganish;
• Masofaviy ta’limdan foydalanish va hokozo.
Mustaqil talim talabalarga oldindan berib qo`yilgan mavzular bo`yicha zamonaviy interfaol usullar, pedagogik texnalogiyalar asosida dars ishlanmalarini tayyorlash, referatlar tayyorlash, fan mavzulariga doir qo`shimcha ma’lumotlar to`plash orqali amalga oshiriladi.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1. Falsafiy dunyoqarashning o'z-o'zini anglashdagi roli.
2. Dunyoning hozirgi zamon ilmiy manzarasining tahlilida falsafiy tafakkur
3. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar dialektikasi.
4. Sharq va G'arb falsafasida inson masalasi.
5. Falsafa qonun va kategoriyalarining ijtimoiy jarayonlar dialektikasidagi roli.
3.
|
V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
Falsafiy tafakkur xususiyati va qonuniyatlari, ularning jamiyat taraqqiyotiga ta'siri, mantiqiy tafakkur madaniyatining inson hayot va fikrlash tarzining takomillashtirishdagi roli va ahamiyati, Sharq va G'arb falsafasining yetakchi g'oyalari, ilmiy va ma'naviy merosi, dunyoning yagonaligi qonuniyati va unda koinot hamda inson borlig'ining aloqadorligi, kasbiy faoliyatda falsafaning metodologik ahamiyati, global jarayonlarda analitik va sintetik, mantiqiy tafakkurning roli, O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning mohiyati haqida;
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |